Audit va iqtisodiy tahlil



Download 342,81 Kb.
bet1/16
Sana25.06.2022
Hajmi342,81 Kb.
#702501
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 5362078957510335381



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Audit va iqtisodiy tahlilkafedrasi



KURS ISHI
Mavzu: Moliyaviy tahlilning turlari, shakllari va ularni boshqarishdagi roli


Bajardi: HBA-70 guruh talabasi
Akmalov Azizbek
Tekshirdi: PhD. Mavlonov N.N.


Toshkent-2020
Reja:
Kirish

  1. Moliyaviy tahlilda qo’llaniladigan usullarning o’ziga xos xususuyatlari

  2. Moliyaviy tahlilda oddiy an’anaviy usullar

  3. Moliyaviy tahlilda iqtisodiy matematik usullar

  4. Moliyaviy tahlilda maxsus usullar

Xulosa

Kirish.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida O’zbekiston Respublikasida mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida, shu qatorda eng avvalo tadbirkorlik sohasida islohotlarni yanada rivojlantirish va erkinlashtirish borasidagi aniq dasturlar ishlab chqilgan va ularni hozirgi kunda yanada takomillashtirish choralari ko’rib kelinmoqda.Respublikamizda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarining hissasi oshib borayotgan hozirgi paytda ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanuvchi har bir korxona, firma yoki tadbirkor raqobat sharoitlarida xo’jalik yuritish tizimida sifatli maxsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni amalga oshirishda o’ziga xos munosib o’rin egallashga intiladi. Yurtimizda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 7 fevralda imzolangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi Qarori,2017-2020 yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilish natijasida sanoat tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o’rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig’i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga to’g’ri kelmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o’zini va oilasini, balki xalqini ham, davlatini ham boqadi. Men takror bo’lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo’lsa davlat ham boy va qudratli bo’ladi””1-deb ta’kidlagan edilar. Bu respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik subyektlarining foyda ko’rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmatlar ko’rsatishini talab etadi.
Respublikamizda iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun tadbirkorlik subyektlarimizni yanada rivojlantirish va ularni dunyo bozorida o’z o’rinlarini topishi uchun, bundan tashqari mamlakatimizda import o’rnini bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarish, hamda eksportbop tovarlarni ko’paytirish bevosita xo’jalik yurituvchi subyektlarning asosiy (operatsion) faoliyatidan olinadigan daromadlarini hisobini yuritish bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki har bir xo’jalik yurituvchi subyekt foyda olarkan albatta o’z faoliyatini kengaytirishga, yanada ko’proq foyda olishga intiladi bu esa bevosita mamlakat iqtisodiyotini o’sishiga va import mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojni kamaytirishga olib kelishi bilan bir qatorda chetga eksport qilish imkonini ham yaratadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu haqida quyidagicha to’xtalib o’tgan: “Eng asosiysi, bu islohotlar natijasida xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz kerak. Odamlarimiz yetarli daromad topishi uchun eng qulay biznes va investitsiya muhitini shakllantirib, yangi-yangi korxonalar va ish joylarini ko’paytirishimiz zarur. Shuningdek, yurtimizda tadbirkorlikni keng rivojlantirish va bu soha uchun yangi sharoitlar yaratishga barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda. “Har bir oila- tadbirkor” dasturi doirasida o’z biznesini boshlayotgan oilalarga jami 5,9 trillion so’m kreditlar ajratildi. Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog’ona ko’tarilib, biznesni ro’yxatga olish ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o’rinni egallladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik.”2
Shu sababli bugungi kunda yuqorida aytib o’tilgan vazifalarni amalga oshirishda korxona samaradorligini baholash muhim ahamiyat kasb etadi va xodimlardan yuqori malaka talab etiladi.



Download 342,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish