Buzilgan landshaftlarni rekultivatsiya qilish



Download 173,35 Kb.
Sana05.07.2022
Hajmi173,35 Kb.
#740722
Bog'liq
Buzilgan land. rekultuvatsiya qilish


BUZILGAN LANDSHAFTLARNI REKULTIVATSIYA QILISH
Baxramov Ravshan
205-guruh
Tog-kon sanoati intensiv ravishda rivojlanayotgan bir davrda tabiatni muhofaza etish, ekologik muvozanatni saqlash, tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish, texnogen yerlarni rekultivatsiya qilish kabilar landshaftlar geografiyasining asosiy muammolaridan hisoblanadi. Insonning sanoat-xojalik faoliyati tufayli foydali qazilmalar keng kolamda qazib olinayotgan joylarda va ularning tevarak-atroflarida tabiiy landshaftlar va ularni tashkil etuvchi komponentlar shu darajada ozgarib ketganki, bokira belgilaridan va ozaro aloqadorlik xususiyatlardan nishon ham qolmagan
Karerlardan qazib olingan va atroflarga chiqarib tashlangan tog jinslari baland tepaliklarni hosil qilib katta-katta maydonlarni egallab yotibdi. Buning natijasida tabiiy komplekslarning faqatgina biologik komponentlari tubdan ozgarib qolmasdan, balki geologik fundamentlarda ham ozgarish sodir bolgan
Binobarin, tog-kon sanoati rivojlangan regionlarda antropogen geotizimlarning bir turi bolgan texnogen landshaftlar yoki texnogen yerlar vujudga keldi. M.P.Tolstoyning (1984) malumotiga kora sobiq SSSR hududidagi mavjud bolgan hamma turdagi texnogen landshaftlarning umumiy maydoni 2 mln. ga ni, shundan foydali qazilmalarni ochiq usul yoli bilan qazib olingan joylardagi texnogen yerlar 1 mln. ga ni tashkil etadi
Texnogen landshaftlarni rekultivatsiya qilish muammosining dolzarbligi 1973 yilda Bolgariyada bolib otgan Beshinchi Xalqaro simpoziumida ham qayd qilib otilgan. Simpoziumda qayd etilishicha texnogen yerlarni rekultivatsiya qilishning eng muhim nazariy yonalishlaridan biri insonning ishlab chiqarish faoliyati tasirida ozgaradigan yetakchi ekologik omillarni har tomonlama tahlil qilish va baholash kerak.
Rekultivatsiyaning nazariy va amaliy tadbirlari texnogen yerlarni yuqori unumdor geokomplekslarga aylantirishdagi va madaniy landshaftlarni maqsadga muvofiq tashkil etishdagi ishlab chiqilgan aniq ilmiy yonalishlarning yutuqlarini umumlashtiruvchi xulosalar tizimiga asoslangan bolishi kerak
E.A.Novikovning malumotiga kora faqatgina Donbassning ozidan har yili 10 mln. t tog jinsi chiqarib tashlanadi va ular texnogen tepalik relef shakllarini hosil qiladi. Ikkinchidan yer ostidan qazib olingan tog jinslari ornida katta-katta boshliqlar vujudga keladi. Keyinchalik atmosfera yoginlarining filtratsiyasi natijasida boshliqlar yuzasi chokadi va oziga xos antropogen karstlarni, sufozion chokmalarni va opirilgan joylarni hosil qiladi.
Tog-kon sanoati tasirida vujudga kelgan texnogen landshaftlar AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Chexiya, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda keng tarqalgan. Texnogen landshatlar Rus tekisligida, Shimoliy Kavkazda, Uralda, Garbiy va Janubiy Sibirda, Markaziy Qozogistonda, Orta Osiyoda ham katta maydonlarni egallab yotibdi. Bular Kursk magnit anomaliyasi, Moskva yaqinidagi qongir komir havzasi, Donbass, Kuzbass, Uchquduq, Zarafshon, Zarmitan, Murintov, Ohangaron va boshqalardir.
Hozirgi paytda birgina Ozbekiston hududining ozida 400 dan ziyod tog-kon sanoat korxonalari ishlab turibdi. Yuqorida korsatib otilgan regionlarda va mahalliy joylarda doimiy rekultivatsiya qilish chora-tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish xalq xojaligini yanada rivojlantirishda hamda kengaytirilgan ishlab chiqarishda yetakchi rol oynaydi.
Rossiyada texnogen landshaftlarni rekultivatsiya qilish tabiiy sharoitning zonal-regional xususiyatlariga kora turli xil yonalishlarda olib boriladi. Rus tekisligining ormon-dasht va dasht zonalarida texnogen yerlar madaniylashtirilib, qishloq xojalik ekin maydonlari kengaytirilmoqda. Ukrainaning Donesk, Dnepropetrovsk, Kirovograd oblastlarining hududlarida rekultivatsiya qilingan landshaftlarda don ekinlari koplab ekiladi va yuqori hosil olinadi.
Keyingi yillarda ozlashtirilgan yerlarda ekilgan kuzgi bugdoydan 24-38, arpadan 20-29, javhardan 25-28, makkajoxoridan 38-50 s don va 300-400 s yashil ozuqa, sulidan 160-200 s hosil olinmoqda (Motorina, 1985). Binobarin, rekultivatsiya natijasida madaniylashtirilgan yerlarning hosildorligi eski haydaladigan tuproqlarning hosildorligidan qolishmaydi
Orta Osiyoning qayirlarida va tog oldi tekisliklarida shagal, qum karerlari kop tarqalgan. Rekultivatsiya qilingan karerlar juda kop maqsadlarda foydalanilmoqda. Masalan, Zarafshon daryosining Samarqand vohasi hududidagi karerlarda suniy kollar (Moviykol, Yettikol) barpo etilgan va ular shahar aholisining asosiy dam olish zonalari hisoblanadi.
Tog oldi tekisliklaridagi qum karerlarini, antropogen bedlendlarni rekultivatsiya qilish natijasida mevali boglar yaratilgan. Texnogen landshaftlarning aksariyat maydonlari keyingi yillarda dala hovlilarni qurishda va boglarni tashkil etishda ham keng foydalanilmoqda
(Abdulqosimov, 1990).
Xorijiy mamlakatlarda ham texnogen yerlarni rekultivatsiya qilishda katta mablag sarflanadi. Masalan, Uelsda har bir gektar texnogen landshaftni madaniylashtirish uchun sarf qilingan mablag 4940, Angliyada 3200, Shotlandiyada 2850 funt sterilingni tashkil etadi. Kemberlendda har gektar texnogen yerni qishloq xojalik ekinzorlarini barpo qilish maqsadida ozlashtirilsa ortacha 2542, dam olish zonasi uchun ozlashtirilsa 4387, ormon xojaligi tashkil etilsa 2227 va sanoat qurilish uchun foydalanilsa 3820 funt sterling sarf qilinadi (Uollvork, 1979).
E.A.Novikov (1976) texnogen landshaftlarni rekultivatsiya qilishning oziga xos xususiyatlarini organib, uni iqtisodiy nuqtai-nazardan uch bosqichga boladi. Birinchi bosqich texnogen komplekslarni tiklash maqsadida qaror qabul qilishdan boshlanadi va ularni biologik ozlashtirish ishlari bilan yakunlanadi. Bunga rekltivatsiyaning loyihasini tuzish va tasdiqlash, injenerlik, tog-texnik va biologik tadbirlar hamda ularga sarflanadigan mablaglarni aniqlash kiradi.
E'TIBORINGIZ
UCHUN
RAXMAT
Download 173,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish