Chertma (tirnama) torli cholg‘ular Reja



Download 23,48 Kb.
bet2/2
Sana23.07.2022
Hajmi23,48 Kb.
#843340
1   2
Bog'liq
Chertma (tirnama) torli cholg‘ular

Do‘mbira – Markaziy Osiyoda qadimdan mavjud bo‘lgan torli cholg‘u. Uning yaratilishi eramizdan avvalgi davrlarga borib taqaladi. Afrosiyobda, Qo‘y qirilgan qal’ada olib borilgan arxeologik qazilmalar paytida do‘mbirasimon cholg‘ularning ilk tasvirlari va haykalchalari topilgan. Do‘mbira – baxshilarning eng yaqin hamrohidir. Hozirda bizda qo‘llanilayotgan do‘mbiralar juda kam o‘zgarishga uchragan.
Do‘mbira dutorga o‘xshab ikki tordan iborat. Dutordan farqli ravishda do‘mbiraning kosasi kichikroq va dastasi kaltaroq bo‘ladi. U tut, yong‘oq, yoki o‘rik daraxtidan yasaladi. Do‘mbiraning dastasi maxsus pardalar bilan bog‘lanmagan. Cholg‘u torlari kvarta, kvinta intervallariga sozlanadi. Diapazoni ikki oktavani qamrab oladi. Cholg‘uning xarragi qattiq tut yoki yong‘oqdan yasaladi. Do'mbiraning torlari plastik iplardan yasaladi. Qadimda cholg‘u torlari ichakdan, keyinchalik asa ipakdan eshilgan.
Do‘mbirada ikki tor bir vaqtda yoki alohida-alohida chertiladi. Bu ijrochi baxshilarning badihasiga bog‘liq.
O‘zbekistonda do‘mbira Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand vohalarida baxshi-shoirlar ijrochilik amaliyotida keng qo‘llaniladi.
Qozoq xalqida ham do‘mbira cholg‘usi eng asosiy musiqiy cholg‘ulardan biri hisoblanadi. Qozoq do‘mbirasi zamon ta’sirida o‘zgartirilib, qovurg‘ali kosaxona va bog‘lama pardalarga ega bo‘lgan cholg‘udir. Bizdagi ko‘rinishidagi cholg‘ular ham ularda saqlanib qolgan. Faqat, uni qozoqlar «chertar» deb ataydilar
Abu Ali ibn Sino (980-1037) ning "Davolash kitobi" deb nomlangan qomusining " Musiqa xaqida risola" bobida o’sha davrning musiqachiligiga oid ilmiy-falsafiy bilimlari bayon etilgan. Bu risolada cholg’ular ikki guruhga bo’linganlgini ta’riflaydi: mizrobli, noxunli (barbod, tanbur, rubob) va butun rezanator qopqog’i bo’ylab tortilgan ochiq torli cholg’ular (shohrux, chiltor, lira) chang va arfa asboblaridir.
XVII asrda yashab ijod etgan mashhur musiqashunos olim Xofiz Darvish Ali chang cholg’usidagi mukammal ilm olgan cholg’uchi hisoblangan. U kishining ustozlari Toshkentlik Amir Fathiy bo’lgan. Abdurauf Fitratning ma’lumot berishicha XVII asrda Abdullaxon zamonidan Imomqulixon zamonigacha bo’lgan mashhur musiqashunoslar: Hofiz Darvish Ali changchi, Buxorilik dutorchi Mahmud Ishoq o’g’li, Toshkentlik Amir Fathiy, Samarqandlik Mavlono Boqiy Zardo’z, Hojagiy Ja’far qonuniy, Hofiz Tonish, Hofiz Turdiy qonuniy, Mirza arabiy Qo’ng’irot, Qubuzchi Hofiz Poyanda, Qubuzchi Shayx Ahmad, Qubuzchi Mirmastiy, Balxlik ustod Abdullo Naychi, tanburchi Xo’ja Navro’z, Husayin Uddiy, g’ijjakchi ustod O’zbek va boshqalar.
Darvish Ali (XVII) ning ma’lumotiga qaraganda chang cholg’uvchilar homiysi Zuhraga bag’ishlangan. Ta’riflangan changning yetti maqom ijrosi uchun yigirma olti tori va yetti pardasi bo’lgan. Risoladagi ta’rif bo’yicha cholg’u asboblarining yettitasi: tanbur, chang, qonun, ud, rubob, qubuz, g’ijjak, o’sha davrda juda keng tarqalgan cholg’ular edi. Darvish Alining ma’lumotlari musiqa amaliyotida dastlab ansamblda uyg’un jo’r ovoz hosil qiladigan torli-noxunli va torli-kamonchali cholg’ular qo’llanilganligi haqidagi fikrni tasdiqlaydi.
Taniqli cholg’uchi Darvish Alidan ud va chang chalish mahoratini egallagan, uning shogirdi, mohir sozanda Mavlono Zaynullo Bedaniy Rumiy ko’pgina peshrav (Isfaxon, saqil, peshrav va boshqalar) ijodkori edi.
XV-XVII acp miniatyuralarda chang (arfa) doyra, lyutnya, borbod, qonun, ud, g’ijjak, soz, nay, rubob, tanbur cholg’uchilari tasvirlangan. Cholg’u asboblardan tashqari qarsak jo’rligida ijro etilgan raqslar ham tasvirlangan. Chang, lyutnya, ud, kabi musiqa cholg’ulari haqida Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa", asari qo’l yozmasiga ifoda etilgan rasmlar guvohlik beradi.
A.Navoiy (1441-1501) o’zining "Xamsa" sida yozilgan dostonlaridan biri "Sab’ai Sayyor" da Bahrom Go’r haqidagi qadimiy afsonani yangicha talqin etadi. Asar qahramoni-chang cholg’usini Dilorom deb atagan. Shoir uning cholg’usini musiqa timsoli sifatida gavdalantirgan.
Chang eng keng tarqalgan cholg’u sifatida ko’plab adabiy manbalarda qayd etiladi. Chang cholg’ularini o’z asarlarida Firdavsi-Ozoda, Navoiy-Dilorom, Nizomiy esa Fitna deb ataganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Akbarov Il. Musiqa lug’ati T., San’at 1990 yil.


2. Vizgo T. O’rta Osiyo musiqa asboblari. Moskva., 1980 yil.
3. Karomatov F. O’zbek chlg’uchilik musiqasi. Moskva., Muzika 1980yil.
4. Odilov A. O’zbek xalq cholg’u asboblarida ijrochilik tarixi.
Toshkent., O’qituvchi 1995 yil.
5. Fitrat A. O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi.
Toshkent., Fan., 1993 yil.
6.Petrosyants A.I. Cholg’ushunoslik T., San’at 1990 yil.
7. Odilov A. Chang darslik T., O’qituvchi 2002 yil.
Download 23,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish