Chiqarish markazi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/85
Sana08.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#642854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
dala tajribalarini olib borish

Och tusli bo‘z tuproqlar
dengiz sathidan 400 metrdan pastroqda, daryo 
terassalarining quyi tog„oldi tekisliklarida tarqalgan. G„o„za va g„alla 
etishtiriladigan bunday tuproqli maydonlar Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida, 
Farg„ona vodiysida, Zarafshon daryosi havzasining o„rta qismida va Qashqadaryo, 
Surhondaryo, Kafirnihon daryolari havzalarining quyi qismlarida, Vahsh va Panj 
vodiysida, Murg„ob va Tejan daryolari vodiylarinig yuqori qismlarida joylashgan. 
Och tusli bo„z tuproqlar asosan turli mehanik tarkibli lyossimon qumoq va 
qatlamli, loyqali allyuvial yotqiziqlarda shakllangan. Ba‟zi joylarda tuproq osti 
yotqiziqlari qumli va shag„alli jinslardan iborat. Havo harorati yuqoriligi, 
yog„ingarchilik kamligi va yer osti suvlari tabiiy harakati sekinligi tufayli 
minerallashgan sathi ko„tarilganda tuproq sho„rlanadi. Och tusli bo„z tuproqlar 
rivojlangan yotqiziqlar turlichaligi va ular bu yotqiziqlar sho„rlanganligi sababli 
avval ta‟kidlangan tuproqlarga nisbatan turli-tuman. Fizikaviy hususiyatlari juda 
yahshi bo„lgan hillari ham uchraydi, masalan, lyosslarda hosil bo„lganlari; noqulay 
fizikaviy hususiyatlari ham mavjud: yog„ingarchilikda juda ivib ketib, so„ng qalin 
qatqaloq hosil qiluvchi yoki shag„alli va qumli qatlam yuzaga yaqin bo„lganidan 
o„tkazuvchanligi (filtratsiya) yuqori och tusli bo„z tuproqlar shular jumlasidandir. 
Bunday tuproqlarda amalga oshiriladigan agrotehnik va meliorativ tadbirlar 
tabaqalashtirilishi, hususan, zararli tuzlar ta‟sirini yo„qotish uchun kapital (tubdan) 
va joriy sho„r yuvish qo„llanilishi, bu jarayonda sarflanadigan suv me‟yorlari 
tuproqning sho„rlanish darajasi va tuzlar tarkibiga ko„ra belgilanishi zarur. Yerlarni 
tekislash va sug„orish tartiblari taqozo etadigan tadbirlarni tabaqalashtirib qo„llash 
muhim ahamiyatga ega. Yerlarni sho„rsizlantirish uchun sho„r yuvish, zahira suvi 
va amal-o„suv suvi berish me‟yorlariga, boshqa agrotehnik tadbirlar tizimiga ham 
aniqlik kiritilishi lozim. 
Och tusli bo„z tuproqlarda faqat o„rtapishar g„o„za navlarinigina emas, balki 
amal-o„suv davri uzoqroq bo„lgan ingichka tolali go„za navlarini ham ekish, 
parvarishlash mumkin. Masalan, Namangan viloyatida ingichka tolali pahta 
yetishtirilayotgan bunday maydonlar tobora kengaymoqda. 
Sahro mintaqasida taqir, taqirsimon bo„zrang-qo„ng„ir va sahro-qumli 
tuproqlar shakllangan. Ular tarkibida organik modda, yalpi azot juda kam uchraydi. 
Taqir tuproqlar noqulay fizikaviy hususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ivib 
ketish, sho„rlanganligi, kam suv o„tkazuvchanlik, past mikrobiologik faoliyat, 
umuman olganda, kam unumdorlik shular jumlasidandir. Odatda, bu tuproqlar kam 
yog„ingarchilik tushishi va yuzadan ko„p bug„lanishi tufayli sho„rlangan. Taqir va 
taqirsimon tuproqlar Turkmaniston Respublikasi, Qoraqalpog„iston Respublikasi, 
O„zbekistonning Horazm, shuningdek, Buhoro, Surhandaryo, Qashqadaryo 



viloyatlari va Tojikiston Respublikasining pahta yetishtiriladigan hududlarida 
tarqalgan. Sahro mintaqasining deyarli barcha qism tuproqlari shamol eroziyasiga 
chalingan. 
Unumdorligini 
oshirish 
uchun 
bunday 
tuproqlarning 
fizikaviy 
hususiyatlarini yahshilash, organik modda bilan boyitish, sho„rni yuvish mehanik 
tarkibi og„ir bo„lsa, qum sepish, ularda barcha agrotehnik tadbirlarni o„z vaqtida, 
sifatli o„tkazish kerak. Bu mintaqada, ayniqsa Markaziy Farg„onada, Buhoro, 
Surhandaryo viloyatlari va Turkmaniston Respublikasida shamol eroziyaga qarshi 
tadbirlarni qo„llash zarur. 
Yuqorida tafsiflari berilgan mintaqaviy tuproqlardan tashqari, introzonal, 
sizob sathi yuza bo„lgan sharoitda shakllangan turli gidromorf tuproqlar mavjud 
bo„lib, ular orasida o„tloq-botqoq, o„tloq-allyuvial, o„tloq-soz va botqoqlar ham 
uchraydi. Bu tuproqlar bo„z tuproqlar va sahro mintaqalariga hos hususiyatlarini 
saqlagan holda yangi belgilarga ega bo„lganlar: yuza va chuqur qatlamda 
o„tloqlilik hosil kilgan, u yoki bu darajada botqoqlashgan. 
Sahro mintaqasi, shuningdek, och tusli bo„z tuproqlarda kapillyarlar orqali 
ko„tarilib, bug„lanayotgan suv miqdori yogingarchilikda tushgan suvga nisbatan 
ancha ko„p bo„lganligi bois o„tloq, gidromorf tuproqlar yuzasi va chuqur qatlamlari 
ham sho„rlangan; tuzlar miqdori va tarkibi bo„yicha sho„rlanganlik darajasi 
turlicha-kuchsizdan ancha yuqorigacha, ularda shishgan, qatqaloqli-shishgan yoki 
qatqoqli sho„rhoklar vujudga kelgan. Bu esa, sahro va bo„z tuproqlar mintaqasi 
tuproqlari turlicha bo„lishiga olib kelgan. Ba‟zi yerlarda bunday hilma-hillik shu 
qadar yuqoriki, bu ularning tuprog„ini alohida-alohida tuproq hillari majmualariga 
ajratishni taqazo etadi.
Mintaqaning tabiiy tuproqlarida ziroatlar sug„orilishi oqibatida jiddiy 
o„zgarishlar sodir bo„ladi. Uzoq muddat sug„orilgani bois qishloq ho„jaligi ekinlari 
ham ba‟zi hududlar tuproqlarida 2 m. va undan qalinroq agroirrigatsion qatlam 
hosil qiladi. 
Sug„orma dehqonchilik sharoitida yuqorida ta‟riflangan tuproqlarning yuza 
qatlami orgnik va oziqa unsurlari, hususan fosfor bilan to„yinadi, fizikaviy 
hususiyatlari yahshilanadi; sho„r yuvishlar ta‟sirida o„simliklar uchun zaharli 
tuzlardan halos bo„ladi, zovur tizimi ta‟sirida sizob sathi pasayadi. Bularning 
barchasi sug„orma dehqonchilik hududlari tuproqlarining turli-tumanlik doirasini 
kengaytiradi, unumdorligini yanada barqarorlashtiradi. Shuni ham ta‟kidlash 
zarurki, asosiy mintaqalarga hos tuproq hillaridan tashqari o„tkinchi bo„z-o„tloq, 
taqir-o„tloq va boshqa hildagi tuproqlar ham mavjud. Tuproqlar turli-tumanligi 
yuza yoki ostki qatlamlari mehanik tarkibi, qatlamlari yahlitligi yoki qat-qatligi, 
zahi qochirilganlik darajasiga ko„ra ham ortib, boradi. So„nggi yillarda 
sug„oriladigan yerlarning o„zlashtirilganlik darajasi bo„yicha ma‟lumotlar ko„proq 
to„planmoqda. Shu asosda sug„orish, ishlov berish, o„g„itlash kabi agrotadbirlar 
kam unumli tuproqlarga nisbatan yahshi samara beradigan yuqori unumli tuproqlar 
aniqlanmoqda. 
Tajribalarni o„tkazishda tuproqlarning turlichaligi, albatta, hisobga olinishi, 
ular dastlab mintaqaning eng tipik tuprog„ida joylashtirilishi, shu bilan birga, 



ho„jalik yuritish jihatidan ahamiyatli bo„lgan tuproq hillarini ham qamrab olishi 
maqsadga muvofiq. 
Tajribani joylashrishdan avval dalalarning dehqonchilik tarihi bilan tanishish 
zarur. Bunda tajriba o„tkaziladigan maydonga o„tgan 3 yil davomida ekilgan 
ekinlar, dalalarning o„t bosganlik darajasi, zararkunandalar va kasalliklar (ayniqsa, 
vilt) manbalari va agrotehnik tadbirlar tizimi bo„yicha farq aniqlanadi. Eng 
muhimi, yuqori me‟yorda mineral va argonik o„g„itlar (ayniqsa, fosfor 300-400 
kg/ga dan ortiqroq) va go„ng (30-40 t/ga dan ko„proq) sepilgan, chuqur 
shudgorlangan (40 sm) va yumshatilgan (50-70 sm dan chuqurroq) variantlar 
joylashtirilgan yerni belgilab qo„yish kerak. Chunki bu tadbirlarning davomiy 
ta‟miri o„rganilmasa, qo„yilayotgan tajriba natijalari noto„g„ri talqin qilinishi 
mumkin. Bu ta‟sirni aniqlash uchun ishlab chiqarish sharoitida 1-2 yil davomida 
muvozanatlashtiruvchi bir yillik ekinlar bug„doy, javdar, makkajo„hori ekish zarur. 
Muvozanatlashtiruvchi ekinlar rivojlanishida har hillik kuzatilsa, ularning hosilini 
aniqlash maqsadida alohida hisobga olish, dalaning ola rivojlangan qismi rejadan 
ajratib ko„rsatilishi shart. 
Sho„rhok dog„lari bor sho„rlangan dala, tajriba o„tkazishga yaroqsiz 
hisoblanadi. 
Notekis relefli yerlarda tajriba qiyalikning bir hil qismi (janubiy, shimoliy, 
g„arbiy yoki sharqiy ekpozitsiya)da joylashtirilishi kerak, chunki ekinlar turli 
qiyaliklarda turlicha rivojlanadi. 
Tajriba uchun tanlangan dalalar tuprog„ining to„liq tipikligiga, yuza 
qatlamining mehanik tarkibi, haydov qatlami, gumus qatlami va pastki 
qatlamlarning bir hilligiga ishonch hosil qilish uchun batafsil o„rganilishi kerak. 
Tanlangan dala tuproqlaridan uzoq muddat davom ettiriladigan tajriba qo„yishdan 
avval 1,5-2 metrgacha yoki sizob sathigacha chuqurlikdan, agar u (sizob) 2 m. 
atrofidagi chuqurlikda bo„lsa, kavlab kesmasi morfologik tavsif etilib, namunalari 
genetik qatlamlar bo„yicha olinadi. Bu namunalarga asosan barcha qatlamlardagi 
tuproq tarkibida mavjud bo„lgan gumus, yalpi NPK oziqa moddalari, nitratlar, 
amiyak, harakatchan P
2
O
5
va almashinuvchi K
2
O miqdorlari, shuningdek, uning 
mehanik tarkibi va hajm massasi aniqlanadi. 
Kesmalar genetik qatlamlari (gorizontallari) tekshirilishi natijasida olingan 
dalillar asosida tajriba, uchun tanlangan dala tuprog„ining tipikligi va hili 
mo„ljaldagi mosligi, tajriba joylashadigan paykal chegarasidagi sharoitlar bir hilligi 
aniqlanishi zarur. Buning uchun paykal har 40-50 m.da muayyan izlanish 
(marshrut) bo„yicha kuzatiladi va har bir yo„nalish (marshrut) bo„yicha shunday 
masofada 50-60 sm li chuqurcha kavlanadi. Iloji bo„lsa, tajriba olib boriladigan 
dalaning 5 nuqtasi (konvert shaklida) yoki 3 nuqtasi (dioganal bo„yicha) haydov va 
haydov osti qatlamlaridan tuproq namunalari olinib, bir hil qatlamlar tuproqlari 
aralashtirilib, bitta o„rtacha namuna hosil qilinadi. Bu amal dalaninig haydov va 
haydov osti qatlami faqat tuproq kesmasi bo„yichagina emas, balki shu 
qatlamlardagi gumus va azot, fosfor va kaliyning harakatchan shakllari miqdori 
bo„yicha ham bir hilligi ishonch hosil qilish uchun o„tkaziladi. Agar dalaning 
tuproq sharoiti bo„yicha hech qanday gumon paydo bo„lmasa, u tajribani 
joylashtirish uchun to„liq yaroqli, degan hulosaga kelish mumkin. 


10 
Ko„p yillik dala tajribasi davomida olingan barcha tuproq namunalari shu 
tajriba nihoyasiga yetkazilgunga qadar saqlab qo„yiladi. Tahliliy ma‟lumotlarda 
uchrashi mumkin bo„lgan u yoki bu hatoni bartaraf etish uchun shunday qilinadi. 
Zarurat tug„ilsa, tajriba qayta o„tkaziladi. 
Tajriba uchun tanlangan dala tuproqlari hilma-hil bo„lsa, u holda mo„ljaldagi 
tajriba bir hilroq maydonga ko„chirilishi, shuningdek tajriba dalasini suv bilan 
ta‟minlash va agrotehnik tadbirlar tizimini muddatida va sifatli amalga oshirish 
choralari ko„rilishi zarur. 
Yuqorida qayd etilgan sharoitlarga to„liq rioya qilingandagina tajriba uchun 
dala to„g„ri tanlanganligiga va muvaffaqiyatli o„tkazishga ishonch hosil qilish 
mumkin. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish