Chiqarish markazi


 DALA TAJRIBASI BO‘YICHA UMUMIY QOIDALAR



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/85
Sana08.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#642854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
dala tajribalarini olib borish

2. DALA TAJRIBASI BO‘YICHA UMUMIY QOIDALAR 
Dala tajribasi dehqonchilikdagi turli masalalarni tadqiq etishning asosiy 
uslubidir. Dala tajribasining asosiy vazifalari laboratoriya, vegetatsiya, lizimetr va 
kichik maydonlardagi tadqiqotlar natijalaridan foydalanib, turli tabiiy va ho„jalik 
sharoitlarida ishlab chiqarishga joriy etish uchun o„rganilayotgan yangi usul yoki 
ekinlarni parvarishlash tehnologiyalariga qiyosiy ilmiy-agrotehnik va iqtisodiy 
baho berishdan iborat. 
Hozirgi vaqtda chigit 60 va 90 sm. li qator oraliqlarida, shuningdek, plyonka 
ostiga ekilmoqda. G„o„zani parvarishlash, hosilini barvaqt etishtirishning turli 
tehnologiyalari, pahta terimida zamonaviy yangi mashinalar qo„llanilmoqda. Dala 
tajribasini joylashtirish uslubiyati davrning bu kabi talablariga mukammal javob 
berish kerak. 
Har bir dala tajribasi natijalarining ilmiy qimmati va joriy etishga loyiqligi 
ularni joylashtirish va olib borish sharoitlariga qo„yilgan ma‟lum uslubiy talablarga 
qat‟iyan amal qilinishiga bog„liq. 
Dala tajribalari tajriba uchastkalari dalalarida ekinlarni etishtirishning u yoki 
bu omillari va usullarini alohida-alohida va birgalikda chuqurroq o„rganish 
maqsadida har bir viloyat tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib o„tkaziladi. 
Ayrim omillar alohida holda batafsilroq, ko„pincha boshqa tadqiqot uslublari bilan 
bog„lab o„rganiladi. Ko„pchilik hollarda tajribalar nisbatan katta bo„lmagan 
maydonchalarda olib boriladi.
Ishlab chiqarish sharoitida maydonchalar hajmini sezilarli darajada 
oshirishga asos yo„q. Bunda tajribalar asosiy va muhim hisoblangan, boshqa 
variantlarga nisbatan yahshi natija bergan variantlar kiritilgan soddaroq tizimda 
o„tkaziladi. Ular tehnik jihatdan ishlanib bo„lingan tadbirlar hamda ularning 
birikmalarini iqtisodiy va tashkiliy-ho„jalik nuqtaiy nazardan baholashda juda 
muhimdir. 
Dala tajribalari qisqa muddatli, ko„p yillik va uzoq muddatli bo„lishi qisqa 
muddatli tajribalar 3 yildan 10 yilgacha, ko„p yillik tajribalar 10-15 yil, uzoq 
muddatli tajribalar 50 yil va undan ko„proq davom etishi mumkin. 
Qisqa muddatli tajribalar yil sayin o„zgarib turadigan paykallarda 3-4 yil 
davomida olib boriladi. Asosiy paykallarda esa, tajriba 4-10 yil davom ettiriladi. 


11 
Ko„p yillik va uzoq muddatli, bir omilli yoki ko„p omilli tajribalar ekinlarni 
yetishtirishda 
qo„llanilayotgan yangi tehnologiya tadbirlari tuproqning 
unumdorligiga, suv-fizikaviy, kimyoviy hossalari va undagi biologik jarayonlarni, 
etishtirilgan hosil va uning sifatiga ta‟siri va keyingi ta‟sirini chuqur o„rganish 
imkonini yaratadi. 
Ko„p yillik va uzoq muddatli tajribalar dehqonchilikning fundamental 
(nazariy) masalalarni yechish hamda o„simliklar hayot jarayoni va hosildorligi 
amalga oshirilgan tadbirlar, tuproqqa ishlov berish tehnologiyalari, ekinlarni 
parvarishlash agrotadbirlari va boshqa omillar ta‟sirini aniqlash imkonini beradi. 
Qishloq ho„jaligi mashinalari, mehanizmlari va me‟yoriy dala agrotehnikasini 
qo„llash imkoni mavjudligi dala tajribalarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Dala tajribasi uchun yer tanlash va uni tayyorlash. 
Tajriba uchun o„tmishi 
(3-4 yilgi dala tarihi) ma‟lum bo„lgan paykal ajratilishi lozim. 
Shu narsa aniq bo„lishi kerakki, ajratilayotgan yerda so„ngi yillar davomida 
(3 yildan kam bo„lmagan davrda) bir hil meliorativ ishlar amalga oshirilgan, bir hil 
ekin etishtirilgan, tuprog„iga bir turdagi ishlov va o„g„itlar barilgan bo„lsin. 
Ilgari turli ho„jalik maqsadlarida foydalanilgan dala ma‟lum tayyorgarliksiz 
tajriba uchun olinishi mumkin emas (masalan, bir qismiga o„g„itlar ko„p solingan, 
unda tubdan yer tekislash ishlari o„tkazilgan, yo„l o„tgan yoki imoratlar
tomorqalar, mollar uchun ko„ra va b.k. bo„lgan dala). 
Shunday qilib, tajribaga ajratilgan yerning barcha qismida tuproq 
unumdorligi qariyib bir hil, relfi tekis yoki qiyalik darajasi teng bo„lishi kerak. U, 
shuningdek, maydoni hajmiga ko„ra, g„o„za-beda, g„o„za-g„alla ekinlarini 
parvarishlash, pahta va g„alla hosilini yig„ishtirib olishda mehanizatsiya 
vositalaridan foydalanish imkonini berishi lozim. 
Iloji boricha tajribaning barcha variantlarini tuprog„i bir hil yoki bir-biriga 
yaqin maydonlarda joylashtirishga erishish zarur. 
Tajriba ho„jaliklarida uncha katta bo„lmagan maydonlar uchrab turadi. 
Ularni asta-sekin yiriklashtirish kerak. Tuproq unumdorligi faqat ayrim 
qismlardagina (masalan, uvatlar tekislanganda, eski ariqlar ko„milganda va b.q.) 
birmuncha o„zgargan maydonda tajriba o„tkazish uchun, tekislangan uvatlar, 
ko„milgan ariqlar o„rni tajribaning himoya yo„lagiga ajratilgani ma‟qul. Himoya 
yo„lagiga bunday erlar bir necha yil davomida ajratilishi kerak. 
Yer tubdan tekislanganda tuproq yuza qatlami unumdorligi keskin o„zgaradi. 
Bunday holda yiriklashtirilayotgan maydonni tajriba qo„yish uchun mahsus 
tayyorlash talab etiladi. Buning uchun maydonga muvozanatlashtiruvchi ekinlar 
(beda, qoplovchi ziroatlar) ekish bilan birga, o„g„itlar tabaqalashtirilgan 
me‟yorlarlarda solinadi yoki tekislangan yer usti tuproqning ustki, unumdor qismi 
bilan qayta yopiladi. 
Sug„orishda tuproq bir tekis namlanishini ta‟minlash maqsadida tajriba 
dalasining yuzasi yahshilab tekislanishi kerak. Bunday tekislash uchun mahsus 
nivelirlash asos bo„ladi. 
Tajribadan bo„shagan paykalni yana tajriba o„tkazish uchun bir yil 
o„tmasdan ajratib bo„lmaydi, ayrim hollarda, ayniqsa, o„g„itlarning turli me‟yorlari 
bo„yicha o„tkazilgan tajribalardan so„ng bundan ham kechroq ajratish kerak. 


12 
Ushbu muddat davomida maydonga birorta ekin ekilib, bir hil ishlov va bir 
me‟yorda o„g„it berilgani ma‟qul. 
Bunday ekinlar muvozanatlashtiruvchi ekinlar bo„lib, zarur hollarda ularni 
tegishli yerlarda ekib, o„stirish ikki-uch yil va bundan ham ko„prok davom 
ettiriladi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish