Chiqindilar bo'yicha 2016 yilda buyon qabul qilingan prezident formulalarining bajarilishi 1-bob. Umumiy qoidalar


-§. Xo‘jalik hududi va muhandislik inshootlarini loyihalashtirish



Download 24,22 Kb.
bet5/6
Sana07.07.2022
Hajmi24,22 Kb.
#754234
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chiqindilar bo\'yicha 2016 yilda buyon qabul qilingan prezident formulalarining bajarilishi

4-§. Xo‘jalik hududi va muhandislik inshootlarini loyihalashtirish
35. Xo‘jalik hududi qattiq qoplamali maydonga ega bo‘lishi, tungi vaqtlarda yoritilishi, atrofi to‘silgan bo‘lishi hamda qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoniga kiriladigan yo‘lga ega bo‘lishi lozim.
Poligonning xo‘jalik hududiga kirish joyida darvoza yoki shlagbaum o‘rnatiladi.
36. Konteynyerlar va chiqindi tashish texnikalarini yuvishga mo‘ljallangan maydon xo‘jalik hududidan tashqarida bo‘lishi kerak. Konteyner va chiqindi tashish texnikalarini yuvish havo harorati 5°S dan yuqori bo‘lganda amalga oshiriladi.
37. Yiliga 360 ming m3 dan ortiq qattiq maishiy chiqindilar qabul qilinadigan hamda 15 yildan ortiq muddatga foydalanish mo‘ljallangan yirik poligonlarda suv ta’minoti artezian quduqlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu quduqlar poligonlarning umumiy loyihasi tarkibida nazarda tutilishi lozim.
38. Poligonlardan chiqishda chiqindi tashish texnikalari g‘ildiraklarini yuvish uchun uzunligi 8 metr, eni 3 metr va chuqurligi 0,3 metr o‘lchamdagi temir betonli qurilmaga ega bo‘lgan dezinfeksiya hududi bo‘lishi shart. Ushbu qurilma 3 foizli lizol bilan to‘ldiriladi.
39. Tashqi va ichki yong‘in o‘chirish uchun sarflanadigan suv sig‘imining hajmi 108 m3 dan kam bo‘lmasligi hamda ushbu sig‘imlardan yong‘in o‘chirish avtomobillarining suv olishlari uchun sharoit yaratilgan bo‘lishi lozim. Poligonda yong‘in o‘chog‘iga suv berish uchun bir soniyada 10 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suv olish imkoniga ega bo‘lgan, yoqilg‘i-moylash mahsulotlarida ishlovchi nasos hamda yeng va dastaklar bo‘lishi zarur.
40. Poligonlarning butun hududi perimetri bo‘yicha to‘siq o‘rnatiladi. To‘siq chuqurligi 2 metrdan ortiq bo‘lgan quritish xandag‘i va balandligi 3 metrdan ortiq bo‘lgan tuproq devor shaklida qurilishi mumkin.
5-§. Sanitariya-muhofaza zonasi va monitoring tizimi
41. Sanitariya-muhofaza zonasida poligon perimetri bo‘ylab 5 — 8 metr kenglikda yo‘lak quriladi, uning chegarasi bo‘ylab daraxtlar ekiladi, muhandislik kommunikatsiyalari (suv quvurlari, kanalizatsiya) yotqiziladi, balandligi 16 — 20 metr bo‘lgan elektr yoritish qurilmalari o‘rnatiladi.
Sanitariya-muhofaza zonasida daraxtlar yoki tuproq uyumlari mavjud bo‘lmasa, poligonlar perimetri bo‘yicha tuproqtepa barpo etiladi.
42. Sanitariya-muhofaza zonasida turar joylar va ichimlik suvi quduqlarini joylashtirish taqiqlanadi.
43. Sizot suvlari oqimining poligondan yuqori qismida poligondan chiqadigan filtrat ta’sir qilmaydigan hududda monitoring inshooti (quduq) barpo etilishi lozim.
Sizot suvlari oqimining poligondan 100 — 200 metr pastki qismida ham 1 ta yoki 50 — 100 metr oraliqda 2 ta monitoring inshooti (quduq) barpo etiladi.
Monitoring inshootlari (quduqlar) sizot suvlariga chiqindilar tushishidan himoya qilingan bo‘lishi, shuningdek suvdan namuna olishni ta’minlashi lozim.
44. Olingan namunalarga asosan, suv tarkibidagi ammiak, nitritlar, nitratlar, gidrokarbonatlar, kalsiy, xloridlar, temir, sulfatlar, litiy, organik uglerod, rutut, magniy, xrom, tsianidlar, qo‘rg‘oshin, simob, margimush, mis, bariy va boshqa kimyoviy moddalar miqdori aniqlanadi.
45. Yirik shaharlarga xizmat ko‘rsatuvchi poligonlarda atmosferaga chiqarilayotgan tashlamalarni monitoring qilish yoki energiya olish maqsadida gazni faol ajratib olish tizimini o‘rnatish maqsadga muvofiq.

Download 24,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish