Chirchiq davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi 20/1 guruh talabasi umidullayeva umidaning musiqa o‘qitish metodikasi fanidan mustaqil ishi mavzu: Musiqa o‘qitish metodikasi. Reja


Musiqa darslarida ilmiylik, tizimli va davomiylik tamoyili



Download 70,03 Kb.
bet4/15
Sana26.10.2022
Hajmi70,03 Kb.
#856910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mustaqil ish

Musiqa darslarida ilmiylik, tizimli va davomiylik tamoyili. Dmiylik tamoyilini o'rganilayotgan materiallar hajmi hamda qiyinlik darajasining shug'illanuvchilarning yoshi, individual xususiyatlari, tayyorgarlik darajasiga muvofiq bo'lishi talabini anglatadi. Bu tamoyilni amalga oshirar ekan o'qituvchi musiqiy asar, faoliyat turlari, savolni o'rganish uchun zarur bo'ladigan vaqtni aniqlaydi. U o'quvchilarga tushinarli bo'ladigan yangi tushuncha, musiqiy iboralar hajmini, o'rganilayotgan faoliyat turlarini yoritish chuqurligini, amaliy ijro murakkabligini, o'qitish metodlarini belgilaydi.
Ilmiy bilimlaming tarixiy rivojlanishi qurshab turgan olam qonuniyatlarini kamroq tushunishdan yanada chuqurroq tushunnishgacha ko'tariladi. Ilmiy bilimlar ilmiylik xususiyatini yo'qotmagan holda musiqa olamini har xil darajada tushuntirib berishi mumkin. Shuning uchun ham o'quv dasturida o'rganilayotgan musiqa asarlari o'quvchilaming yoshiga, ulami rivojlanish darajasiga qarab ko'proq yoki kamroq teranlik bilan izoxlab berilishi mumkin. Masalan, ■ Davlat Madhiyasi barcha sinflarda o'rganiladi. Bu asaming ilmiy ta'rifi yil sayin chuqurlashib boradi. Madhiya o'rgatilishining birinchi bosqichida yuzakichilikka yo'l qo'ymaslik kerak.
Har bir dars singari musiqa darsi ham o'zining tuzulishi va mazmuni bilan ilmiy asosda tashkil topishi zarur. Musiqa haqidagi bilimlar doirasi musiqa ta'limi va tarbiyasida asosiy negizdir. Unda insoniyat yaratgan musiqaga oid qonun-qoidalar, xulosalar, umumlashma musiqaviy tajribalar tarzida o'z aksini topgan. Ulami o'zlashtirish musiqa amaliyoti yo'lida bilim va ko'nikmalar hosil etishi demakdir.
Musiqa darslari jarayonida o'quv materiallarining bolalar bilim va tajribasiga mosligi, bolalar ovozining rivojlanishi qonuniyatlarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to'g'ri o'rgatish, asarlami bolalaming idrok etish qobiliyatiga mos tahlil etish va boshqalar musiqa darsining ilmiylik tamoyilini tashkil qiladi.
Ilmiy dunyoqarashni muayyan bilimlar tizimi asosidagina tarkib toplirish mumkin. Shuning uchun ta'lim tizimli va davomiy bo'lishi kerak. Dars shaxsni tarkib toptirishning asosiy vositasi, tizimli ilmlarning asosiy manbai bo'lishi kerak - faqat shunday sharoitdagina u katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'ladi. Musiqa darsi o'z ishida ta'limning tizimlilik va davomiylik tamoyillariga amal qilgan taqdirdagina o'quvchilarga tizimli bilim berish malakalami singdirish mumkin.
Ilmiylikni tizimliliksiz amalga oshirib bo'lmaydi. Musiqa darsining barcha faoliyat turlari hamda keyingi darslaming ham o'zaro mantiiqiy bog'lanishi tizimlilikni tashkil qiladi. Bir xil musiqa asarini turli xil yo'llar, metodlar, vositalar bilan o'rganlishi mumkin. O'qituvchi asami o'rgatishning tegishli aniq sharoit uchun eng maqbul tizimini qidirib topishi mumkin.
Kuylash va tinglash uchun asarlami bolalar bilimi va malkalari, vokal va xor malakalari darajasiga xos tanlash hamda ulami oddiydan murakkabga va ma'lumdan noma'lumga qarab o'zlashrib borish tamoyili asosida tartibga solish tizimlilik demakdir.
Darsning har bir elementi o'z navbatida har bir dars galdagi ' darsning mantiiqiy davomi bo'lib, pedogogik maqsadlarini tabora amalga oshirliishi esa davomiylik tamoyili demakdir.
Musiqa faoliyatlari davomida o'quvchi shaxsining darsga qobiliyatliligi, mehnatsevarligi yoki yalqovligi, o'qishni istamasiigi, qatiyyatliligi yoki bo'shligi, intizomliligi yoki poyntar-soyintarligi, bilim olishga qiziqishi yoki qiziqishi yo'qligi, kam yoki tez toliqishi va shu kabi xislatlari namoyon bo'ladi. O'quv ishi tizimi, agar o'qituvchi ta'sir o'tkazish tizimini oldindan rejalashtiradigan bo'lsa, har bir darsda bolada ijobiy fazilatlami tarbiyalashga yordam beradi.

Download 70,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish