Chirchiq davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi 20/1 guruh talabasi umidullayeva umidaning musiqa o‘qitish metodikasi fanidan mustaqil ishi mavzu: Musiqa o‘qitish metodikasi. Reja


II.Musiqa darslarining tuzilishi va ularni o‘tkazish



Download 70,03 Kb.
bet7/15
Sana26.10.2022
Hajmi70,03 Kb.
#856910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Mustaqil ish

II.Musiqa darslarining tuzilishi va ularni o‘tkazish.
1.Musiqa darslarini tashkil etish.
Musiqa darsi o'quvchilaming ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyalini shakllantirishga, milliy g'urur va vatanparvarlik taribiyasini amalga oshirishga, ijodiy maxorat, nafosat va badiiy didm o'stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shunga ko'ra musiqa darsi uchun ajratilgan xona keng, yorug'lik bolalarga chap tomondan tushib turadigan, havosi yangilanib turadigan bo'Iishi lozim. Xona zarur ashyolar bilan jixozlanishi shart. Doskaning teng yarmida nota yo'li bo'Iishi kerak. Xonada musiqa asbobi, iloji bo'Isa, fortepiano, shuningdek, magnitafon yoki disket qo'yuvchi texnik moslama hamda barcha sinflar uchun musiqa tinglash va jamoa bo'lib kuylashga doir asarlar yozib olingan magnit tasmalar va disketlar to'plami bo'Iishi lozim.
Yana xonada plakatlar, testlar, nazorat ishlari, solfedjo va ashula to'plamlarini qo'yish va saqlashga shkaf ham bo'Iishi zarur.
Akustika sharoitlarini vujudga keltirish uchun sinf burchaklari matodan tayyorlangan darpardalar-ekranlar bilan to'sib qo'yiladi. Xona devorlariga bolalar kompozitorlarining portretlari, davlat ramzlari, derazalarga yorug' tushishiga halaqit bermaydigan pardalar osib qo'yilishi kerak. Sinfdagi hamma jihozlar o'z joy-joyiga qo'yilishi, ko'rinishi shunday chiroyli bo'Iishi zarurki, o'quvchi sinfga kiirb kelganda o'zini konsert zaliga kirib kelgandek his qilsin. Lekin xonani ortiqcha bezab, bachkanalashtirib yubormaslik lozim.
Musiqa darsi o'quvchilar sinfga kirgandan boshlab, dars tugab, sinfdan chiqqunlariga qadar aniq va tartibli uyushtirilgan bo'Iishi kerak. Imkoniyat bo'lsa, qo'ng'iroq chalinadigan vaqtda bolalar sinf eshigi oldida qatorlashib turib, musiqa sadosi ostida sinfga kirib kelgani ma'qul. O'qituvchi chalishrti to'xtatib, o'quvchilar bilan salomlashmaguncha har bir o'quvchi o'zining doimiy o'miga kelib, o'tirmay kutib turadi. Musiqa to'xtab, o'qituvchi salomlashgandan so'ng o'tirishga ruhsat bergach, o'quvchilar o'tiradilar va musiqa darsi boshlanadi.
Shuni ham aytib o'tish joizki, bolalaming muntazam ravishda darsga marsh (musiqa) sadolari ostida sinfga kirishi doimiy qonun emas, faqatgina bu metod bolalami marsh musiqasiga to'g'ri qadam tashlab yurishini shakllantiradi, xolos. Musiqaga mos to'g'ri qadam tashlab yurishni o'rganiladigan mavzular yengil bo'lganda ana shularning hisobiga, darsdan bo'sh vaqtlarda va ertalabki gimnastik mashqlami bajarayotganda ham shakllantirish mumkin. Yuqori sinflarda sinfga kirish va sinfdan chiqish musiqasiz, odatdagi darslardek bo'laveradi. Sinfda har bir bolaning o'z o'rnini belgilab qo'yish ahamiyatlidir. Agar o'qituvchi o'quvchilaming musiqiy qobiliyati bilan tanish bo'lmasa, o'quv yilining boshida oldingi qatorga bo'yi past bolalami, orqa qatorlarga bo'yi balandroq bolalami o'tqazish kerak.
O'qituvchi darslar jarayonida yetarii qobiliyatiga ega bo'lmagan bolalami o'ziga yaqin bo'lgan oldingi qatorga va kuchliroq o'quvchilarni yetarii musiqa qobiliyatiga ega bo'lmagan o'quvchilar orasiga o'tqazadi, qobiiiyatlilar qobiliyatsizlarga yordam berishi va yetakchi bo'lishi kerak.
Musiqa darsida bolalar asosan o'tirib, mashg'ulot bilan shug'ullanadilar. Lekin vokal-xor malakalarini rivojlantirishda tikka turib qo'shiq kuylash ham maqsadga muvofiqdir. Bu narsa o'quvchilarga dam beradi, chunki dars davomida doimo o'tiraverish bolalami toliqtirib qo'yadi. O'qituvchi birinchi darsdan, bosh lab dars vaqtida tinchlik saqlanishi va darsda o'tirish-turish qoidalariga rioya qilish lozimligini bolalarga tushintiradi. Hamda bu qoidaning buzilmasligini nazorat qilib boradi.
O'qituvchi tomonidan berilgan savollarga o'quvchilar faqat qo'l ko'tarib, ruxsat bo'lgach javob berishlari kerak. Shuningdek, o'quvchilar o'qituvchining ishorasi bilangina qo'shiq kuylay boshlashi va to'xtatish lozimligini har doim esda tutishlari zarur.
O'qituvchi cholg'u asbobini, ayniqsa, fortepianoni shunday joyga qo'yishi kerakki, uni chalib o'tirgan o'qituvchi hamma bolalami ко'rib turadigan bo'lsin. O'quvchilar qo'shiqni atayin buzib aytsa, tartibni buzishga harakat qilsa, o'qituvchi shu bolalarga biror chora ko'rishda andekkina xatoga ham yo'l qo'ymasligi kerak. O'qituvchi juda talabchan, lekin shu bilan birga qo'ygan talablari adolatli va o'quvchilarga beg'araz munosabatda bo'lishi lozim. Biroq haddan tashqari talabchan bo'lish va bolalami jiddiy va qo'rquv ostida turtib turish yaramaydi. O'qituvchi ayrim vaqtlarda bolalaming arzimagan sho'xligini «sezmasligi», darsdan biroz chetga chiqib, bolalarga biroz dam berish maqsadida bolalarbop so'zlar bilan hazillashib qo'yishi ham mumkin.
Dars davomida o'qituvchi ovozining baland-pastligi ham ahamiyatlidir. Agar o'qituvchi sal narsaga jahli chiqaversa, qo'pol, tez va bepisandlik bilan gaplashsa, saldan-salga baqirib, xattoki musht bilan stolga ursa va shu yo'l bilan bolalami qo'rqitib, yaxshi intizom o'rnatib olaman desa juda katta xato qilgan bo'ladi. Bu soxta talabchanlik o'qituvchining obro'sini to'kadi, o'quvchilaming fanga bo'lgan mehrini so'ndiradi. O'qituvchi o'quvchining atayin qilgan intizomsizligi uchun jazolashni mumkin qadar kamaytirishi lozimligini esda tutishi kerak. Jazolash bolalarda g'azab uyg'otadi, ular o'qituvchining asabi°a tegishga harakat qiladi. Bu harakatlar yaxshilikka olib kelmaydi.
O'zini tuta bilgan, sabotli, bolalarga hech vaqt baqirmasdan sekin- asta, bir xilda do'stlik ruhida so'zlaydigan, o'zi qo'ygan talablaming izchillik bilan bajarilishiga erishish uchun intiladigan o'qituvchining darsida intizom va tartib hamma vaqt yaxshi bo'ladi. Darsda intizomning yomon bo'lishi, ko'pincha, o'qituvchining darslami olib borishni bilmasligidan kelib chiqadi. Shuning uchun o'qituvchi dars jarayonlarida yo'l qo'ygan xatolarini topishi, darsda qo'llash uchun to'g'ri metodlami qidirishi kerak. Agar darsda yaxshi ijodiy vaziyat yaratilgan bo'lsa, ayrim o'quvchining intizomni buzishi ko'pchilik o'quvchilaming g'azabiga uchraydi. Masalan, bolalar o'zlari sevib qolgan qo'shiqni aytayotganlarida o'quvchilardan biri to'satdan atayin yo ashulani ertaroq boshlab yuboradi, yoki so'zlami adashtiradi, yoki past kuylanadigan joyda baqirib kuylaydi. O'qituvchi esa xomi to'xtatishga, bolalardagi ijodiy ruhni buzishga majbur bo'ladi. Bunda sinf intizomni buzgan bolaga g'azab bilan tanbeh berishi tabiiydir.

Download 70,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish