Cho`G`i ado bo`lmaydigan ijodkor mirsanova Moxira Husniddin qizi Samdu II kurs magistranti Annotatsiya



Download 32,63 Kb.
bet1/2
Sana05.04.2022
Hajmi32,63 Kb.
#530014
  1   2
Bog'liq
Mirsanova Moxira. 4-m SamDU[1]



CHO`G`I ADO BO`LMAYDIGAN IJODKOR
Mirsanova Moxira Husniddin qizi
SamDU II kurs magistranti
Annotatsiya. Bu maqolada mashhur shoirimiz Erkin Vohidovning bebaho shoirlik iste`dodi, she`rlarida mujassamlashgan so`z latofatini namoyon eta olish qobiliyati, she`riyat, adabiyot, san`at haqidagi, adabiy -tanqidiy qarashlari haqida, shuningdek, adabiyotshunoslik borasidagi faoliyati haqida so`z yuritiladi.
Kalit so`zlar. Erkin Vohidov, shoir, “she`r dardida bemor”, “cho`g`i ado bo`lmaydigan”, ilm, adabiyotshunos, adabiy-tanqidiy qarashlari.
Taniqli shoirimiz, so’z latofatini bekam-u ko`st namoyon eta oladigan so`z san`atkori, xalqimizning sevimli farzandi Erkin Vohidov o`z ijodi bilan kitobxonlar mehrini qozondi. Ijodkorga nisbatan berilgan “she’r dardida bemor”, “cho’g’i ado bo’lmaydigan” kabi ta’riflar zamiridagi ehtirom, beqiyos ijod namunalaridan kuchli ta’sirlanish, shoirning iste’dodiga qoyil qolgandagina beriladigan ta’riflardir.
“She’r dardida bemor” deganda chinakam iste’dod sohibi, yozadigan ijod namunalarini yurak qo’ri bilan yaratadigan shoirlargagina beriladigan ta’rifdir. She’ri umrining mazmuniga aylangan shoirgina she’r dardida bemor bo’ladi, bunday shoirlarning cho’g’i ado bo’lmaydi, olovli satrlar ketidan, olovli satrlar yozilaveradi.
Ijodkorning o’zi shoirlarga qarata yozgan satrlariga diqqat qilsak:
Shoir bo’lsang,
Bo’lsin qalbing
Elga qurbon bo’lgudek,
Shoir bo’lsang,
Bo’lsin xalqing
Senga qalqon bo’lgudek
Shoir bo’lsang,
Qalamingni
Nayza qilib tutolsang
Yurakdagi alamingni
Oq qog’ozga to’kolsang
Shoir bo’lsang,
Qalb chirog’ing
Yonib tursa to abad.
Bu dunyodan
Ketar chog’ing
Yig’lab qolsa she’riyat1
Haqiqiy shoirda vataniga, xalqiga qurbon bo’la oladigan qalb bo’lmog’i darkor, va bu xalqni shunday sezvmoq, unga chin dildan xizmat qilmoq kerakki, o’sha xalq seni shoir deb tan olsin, yozganlarini sevib o’qisin, vaqti kelganda shoirni olqishlasin, unga qalqon bo’lsin. Vaqti kelsa she’rlarini shoir qurol qilib undan haqiqat uchun foydalansin, bu satrlar hattoki kuch bo’lib ma’lum jabhalarda o’zini ko’rsata olsin. Yurakdagi alamli haqiqatlarni oq qog’ozga hayiqmay ifoda etmoq, ijodkor qalbidagi chirog’i hamisha yonib turmog’i darkor.1

Shoir ijodi shunchaki quruq so’zlardan iborat bo’lmasligi lozim, shundagina haqiqiy ijodni anglagan qalblar, she’riyat ahli, asl shoirning qadr-qimmatini e’zozlaydi.


Buning uchun esa ijodkorda Alloh bergan ilhom, so’z san’atini yaratuvchi va anglovchi talant bo’lishi talab qilinadi.
Alloh bergan talantni hamma ham anglayvermaydi, buni anglamoq va tinimsiz mehnat natijasida rivojlantirmoq lozim. Bu borada ilmning hikmati ham katta albatta, har birimiz bilimlarni chuqur o`rganishga intilmog`imiz, imkoniyatlarimizni va maqsadlarimizni ilmga yo`naltirmog`imiz lozim. Shundagina bizda yashiringan qobiliyatni, salohiyatni yuzaga chiqishi boshlanadi. “Ilm- ikki dunyo saodatining kaliti” – deganlarida bobolarimiz nimani nazarda tutganlar? Biz bilim sabab dunyoni anglaymiz, o`zligimizni, bu dunyoda yashashdan maqsad nima ekanligini, yashaganda ham qanday yashamoq lozimligini, halol nima-yu, harom nimaligini ham shu ilm sabab anglaymiz. Har bir inson to`plagan bilimlari natijasida ikki dunyo saodatiga erishmoq uchun nima qilmoq lozimligi xususida xulosa chiqaradi va shunga qarab ish tutadi. Ijodkorning ilmi kuchli bo`lsa, u yaratgan asarlar ham kuchli mazmun mohiyatga ega asarlar bo`lib yaratiladi.
Maktab o`qituvchisining so`zi o`ttiz bolaga yetib boradi, Dorilfunun domlasining so`zi yuzta talabaga yetib boradi, Notiqning so`zi ming tinglovchiga yetib boradi, Qalamkashning so`zi bir yo`la o`n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. Demak, uning so`zi mas`uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir” , - deydi O`tkir Hoshimov “ Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asarida. Bu aytilgan fikr shubhasiz haq gapdir, chunki ijodkor yaratgan asar durdona asarlar darajasiga chiqa olsa, bu asar necha millionlab o`quvchilarini topadi va qadr qimmati ortib boraveradi. O`tkir
Hoshimov maktab o`qituvchisini, notiqni, dorilfunun domlasini, va qalamkashning
berayotgan ta`limi va bilimini darajasini, mas`uliyatini juda chiroyli taqqoslab ochib bergan. Ularning ichida eng mas`uliyatlisi ham, ko`pchilikka yetib boradegani ham qalamkashning mehnati ekan, demak, qalamkash ko`pchilikka mos, o`qiganda kitobxonga nimadir bera oladigan asar yozmog`i lozim ekan.
Erkin Vohidov o`zbek she`riyati osmonidagi yorqin yulduzgina bo`lib qolmay , bundan tashqari adabiyotshunoslik borasida ham ulkan izlanishlar olib borgan, bu borada ko`plab publitsistik maqolalar yozgan, keyinchalik bu fikr – mulohazalarini “Shoiru she`ru shuur” asariga jamladi, bundan tashqari “So`z latofati” nomli adabiyotshunoslikka oid asari ham juda qimmatli.
Erkin Vohidov nafaqat buyuk shoir, yuksak saviyali adabiyotshunos ham ekanligini shu asarlari orqali ham bilib olishimiz mumkin. Buyuk ijodkorlar ijodiga nazar solsak adabiy- tanqidchilikka oid ma`lumotlarni talaygina uchratish mumkin. Erkin Vohidov o’zining “Shoiru she`ru shuur” asari adabiy-tanqidiy qarashlari, maqolalari, adabiy suhbatlar jamlangan kitob bo`lib, bu asar orqali ijodkorning fikr-mulohazalari bilan o`rtoqlashish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov g`oyat murakkab ijodiy yo`l mashaqqatlarini yengib, olg`a intildi. U o`zining latofatli she`rlari, hayajonli g`azallari, xushchaqchaq latifalari, qasidalari va dostonlari bilan xalqimiz orasida keng shuhrat qozondi va sevimli shoir degan sharafga muyassar bo`ldi. U she`riyat osmonidagi yorqin yulduzlarimizdan biri bo`lib qoldi. 2



Download 32,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish