Chorvachilik va parrandachilik mahsuloti hamda xom ashyolarini ishlab chiqarish uchun jonivorlarni yetarli miqdor va sifatdagi yem -xashakka bo’lgan ehtiyojlarini qondirishdek muhim vazifani bajarish talab etiladi



Download 25,99 Kb.
Sana07.12.2019
Hajmi25,99 Kb.
#28790
Bog'liq
hayvon

Chorvachilik va parrandachilik mahsuloti hamda xom ashyolarini ishlab chiqarish uchun jonivorlarni yetarli miqdor va sifatdagi yem -xashakka bo’lgan ehtiyojlarini qondirishdek muhim vazifani bajarish talab etiladi.

Dehqonchilikni intensifikatsiyalash munosabati bilan yerni va o’simliklarni (turli rivojlanish fazalarida) ishlash uchun organik va mineral moddalardan ko’proq foydalaniladigan bo’ldi. Oqava suvlar va go’ngdan organik o’g’it sifatida foydalanish, tuproqning va suv manbalarining mikroflora bilan ifloslanishi xavfini oshiradi. Shuning uchun yem-xashaklar va yaylovlar infeksion va invazion kasallik qo’zg’atuvchilarining tez tarqalish vositasi bo’lib qolishi mumkin. Yerni o’g’itlashda va o’simliklar zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan ximiyaviy moddalar yem-xashak bilan birga hayvonlar organizmiga kirib, ularni nobud bo’lishiga va zaharlanishi tufayli mahsuldorligi pasayishiga sabab bo’lishi mumkin. Yem-xashakni noto’g’ri asrash uning sifati buzilishiga, ularda hayvonlar uchun zararli zamburug’lar, mikroblar avj olib rivojlanishiga sabab bo’ladi. Agar yaylovlardan foydala-nishda, yem-xashak tayyorlash, uni tashish, qayta ishlash va asrashda muayyan veterinariya-sanitariya tartib qoidalariga rioya qilinsa, chorva mollarning sifatsiz yem-xashakdan kasallanishini oldini olish mumkin.

Yem-xashak ekinlarini ekish va mollarni yaylovda boqishni tashkil qilish uchun yer uchastkalari tanlashda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur hududda o’lgan hayvonlar ko’miladigan joylar, axlatxonalar bo’lmasligi zarur, chunki ular yuqumli kasallik o’chog’i bo’lishi mumkin.

Yaylovlarda hamda yem-xashak ekinlari ekiladigan maydonlarda mi-neral o’g’itlar va zaharli ximikatlar saqlanadigan ochiq maydonchalar ko’rishga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Agar yaylov uchastkalarini chorva mollar haydab o’tiladigan va transport qatnashi mumkin bo’lgan yo’llar kesib o’tgan bo’lsa, ularning atrofi g’ov bilan to’sib qo’yiladi.

Organik o’g’itlarni yerga solish, mollarni o’tlatish yoki yem-xashak tayyorlash muddatlari hamda usullarini to’g’ri tanlash yuqumli, invazion kasalliklarga hamda qon suruvchi hashoratlarga qarshi kurashda eng muhim vazifa hisoblanadi. Bunda parazitlar va mikroorganizmlarning rivojlanish davrlari, ularning tashqi muhitda yashay boshlash (jonlanish) muddatlari hisobga olinadi.

Masalan, shartli patogen mikroorganizmlar, gelmintlar tuxumining jonlanish muddatlari iqlim sharoitiga (harorat, namlik va hokazolarga) qarab bir necha soatdan bir necha oygacha davom etadi.

Spora hosil qiluvchi turlar esa tashqi muhitda bir necha yilgacha saqlanib qolishi mumkin. Shuning uchun go’ng va oqava suvlar zararsizlantirilgandan keyingina ulardan yaxshisi, kuz-qish davrlarida yer haydash oldidan o’g’it sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Agar oqava suvlar o’sib turgan ekinlarni sug’orish uchun ishlatiladigan bo’lsa, u holda mazkur uchastkalardagi ekinlar o’t uni, makkajo’xori va boshoqdosh ekinlar esa silos yoki don tayyorlash uchun ishlatiladi. Ifloslangan uchastkalarda yetishtirilgan ko’kat oziq, kar-toshka va lavlagini muayyan muddatgacha saqlangandan va maxsus ishlovdan o’tkazilgandan (tozalab yuvilgandan va zararsizlantirilgandan) keyingina chorva mollariga berishga ruxsat etiladi. Gelmintlarning tuxumi bilan ifloslangan yaylovlardan o’rib olingan pichan zararsizlanguncha saqlangandan keyin uni mollarga berish mumkin.

Yuqumli va invazion kasalliklarga qarshi kurashda mollarni zagon tartibida o’tlatish katta ahamiyatga ega. Bunda yaylovdan foydalanish muddati uzayadi, yaylovning gelmintlar tuxumidan va kupgina mikroorganizmlardan o’z-o’zidan tozalanishi uchun imkon tug’iladi. Zagonlarning atrofi g’ov bilan ajratib quyiladi. Zagonlarning soni katta-kichikligi va ulardan foydalanish muddatlari, odatda, o’tlarning o’sish tezligiga, boqiladigan mollar soniga va hokazolarga bog’liq bo’ladi. Zagonlardan foydalanmay turish muddatlari ve-terinariya-sanitariya nuqtai nazaridan juda muhim bo’lib, odatda, u 3-4 kunni tashkil qiladi.




MOLLARNI QIShLOVGA ТAYYoRLASh VA QIShLOVNI

O’ТKAZIShDA IShТIROK EТISh


Хo’jalikda bahorgi-yozgi va kuzgi-qishki davrlarda

veterinar-profilaktik va davolash tadbirlarini tashkillashtirish

Хo’jalikdagi veterinariya-sanitariya madaniyatini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlar, hayvonlarni saqlash va oziqlantirish sharoitlari, chorvachilik fermalarida yaxshi tashkillashtirilgan veterinariya va zootexniya xizmatlari bo’lishi kerak.

Хo’jaliklar veterinariya muassasalarining Davlat veterinariya tarmog’i chorva muvaffaqiyatini ta’minlash, profilaktik, epizootiyaga qarshi, veterinariya-sanitariya tadbirlarini o’tkazish, hayvonlarga davolash yordamini ko’rsatish ishlari bilan doimo banddir.

Yilning har bir fasli hayvonlarni asrashda o’ziga xos xususiyatga egadir, shuning uchun ham veterinariya mutaxassislari oldiga aniq vazifalar qo’yiladi.

Bahorgi davrda mollarni og’ilda boqish tugaydi, sigirlar va ona-cho’chqalarning tug’ishi, qo’ylarning qo’zilashi boshlanadi. Yosh hayvon bolalarini saqlab qolish uchun veterinariya tadbirlari o’tkaziladi. Yosh hayvon bolalari o’stiriladigan xonalarda tegishli sanitariya rejimi o’rnatiladi. Nimjon va kasal yosh hayvon bolalari uchun maxsus sanitariya bo’limlari yoki seksiyalar ajratiladi. Har bir fermada belgilangan sanitariya kuni ajratilib, kun davomida buzoqlarning xonalari va yayrash maydonchalari yaxshilab tozalanadi va dezinfeksiyalanadi. Yosh hayvon bolalarining oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olish va davolash uchun umumiy oldini oluvchi vositalar keng qo’llaniladi. Bahorda o’zlarining xizmat ko’rsatadigan hududlarida ve terinariya mutaxassislari hayvonlarda profilaktik emlash va ishlov berishlar hamda diagnostik tekshiruvlar o’tkazadilar. Bu vaqtda yirik shoxli hayvonlarning teri osti so’nasining oldini olish va qarshi kurash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun so’na lichinkalarining hayvonlarning terisi ostiga kelish muddatini hisobga olgan holda hamma mollarning bosh tuyog’i tekshiriladi va ularga ishlov beriladi. Хo’jalikning veterinariya-sanitariya xavfsizligi ko’pincha yuqorida ko’rsatilgan choralarning sifati va o’z vaqtida o’tkazilishiga bog’lik.

Ayrim hollarda jamoa chorvachiligi uchun tayyorlangan dag’al-xashaklar va shirali ozuqalar tugash arafasida bo’lib, ularning sifati pasayadi va buziladi. Shuning uchun xo’jalik veterinariya mutaxassislarining vazifasi har kuni ozuqa sifatini nazorat qilib turish va yaroqsiz ozuqalarni tegishlicha tekshirish va ishlov bermasdan foydalanishga yo’l qo’ymaslikdir.

Yozgi davrdan maksimal darajada podani har xil surunkali kasalliklardan sog’lomlashtirish uchun foydalanish kerak. Yoz oylari hayvonlarning sog’ligini (ayniqsa yosh chorva mollarining) mustahkamlaydigan, yuqumli, shuningdek, yuqumsiz kasalliklarning oldini olishda keng tadbirlar o’tkazadigan qulay mavsumdir.

Bahor-yoz paytlari parrandachilikda ham diagnostik tekshirish va profilaktik ishlar o’tkaziladi, ularning o’lishiga yo’l qo’yilmaydigan, saqlash va oziqlantirish sharoitlarini yaxshilaydigan choralar qo’llaniladi: parrandachilik xo’jaliklarida tegishli veterinariya-sanitariya sharoitlariga erishiladi; tovuq-xonalarni infeksiya kirib kelishidan saqlaniladi.

Yoz paytlari ko’pchilik parazitar kasalliklarning qo’zg’atuvchilari va ularning tashuvchilari chorvachilikka sezilarli zarar yetkazadi.

Shuning uchun veterinariya mutaxassislari sug’orish ishlarini o’tkazish yo’li bilan yaylovning sanitariya holatini yaxshilashga katta e’tibor beradilar, gelmintozlardan xolos bo’lgan yosh hayvon bolalarini o’stirish uchun sharoit yaratadilar. Shuningdek, bu davrdagi asosiy vazifalardan biri gnuslar va boshqa qon suruvchi hashoratlarga qarshi tadbirlar o’tkazishdir. Хo’jalik boshqaruvi hayvonlarga ishlov berish uchun preparatlar bilan ta’minlydi. Qon suruvchi hashoratlarga qarshi maxsus kurash guruhlarini tashkillashtiradi. Yozdan hayvonlarning teri kasalliklarini to’liq yo’qotish va sog’lomlashtirish uchun foydalaniladi.

Kuzgi davrlarda veterinariya mutaxassislari chorvachilik xonalarini va mollarni qishgi saqlashga tayyorlashga ko’p vaqtini ajratadilar. Kuz davrida hayvonlarda rejali ravishda diagnostik tekshirish va oldini oluvchi ishlar o’tkazgan taqdirdagina, og’ilda boqish davrida podaning yuqumli kasalliklardan xoli bo’lishiga erishiladi. Podadagi tuberkulez va brutsellez bilan kasallangan hamma hayvonlarni ajratish maqsadidagi tekshirishlar mollarni og’ilga qo’ygungacha tugallangan bo’lishi kerak. Parazitar kasalliklar va terisi zamburug’lar bilan jarohatlangan hayvonlar qishki qo’tonlarga qo’yilmaydi. Chunki qish paytida ularga qarshi kurash sharoitlari qiyinlashadi va qo’shimcha xarajatlarni talab qiladi. Piroplazmidozlardan xoli bo’lmagan hududlarda oldini olish va hayvonlarni davolash, shuningdek, gelmintozlar-ning tarqalmasligi uchun kuzda ko’plab muolajalar o’tkaziladi.

Qish faslining boshlanishi bilan hayvonlarda (ayniqsa, yosh chorva mollarida) har xil turdagi shamollash kasalliklari va ovqat hazm qilish organlari kasalliklarining yuzaga kelish xavfi kuchayadi. Qish chorvadorlar uchun eng mas’uliyatli davr hisoblanadi. Shu vaqtda yuqumsiz kasalliklarning oldini oluvchi tadbirlar veterinariya mutaxassislarining diqqat markazida bo’lishi kerak.

Og’ilda boqish davrida yosh chorva mollarining, nafas olish organi kasalliklarining oldini olishda, chorvachilik binolarida deyarlik haroratning o’zgarib turishiga, yuqori namlik, shamollashlar, ammiak va serovodorodlar konsentratsiyasining ortishiga yo’l qo’ymaslik zarurdir.

Veterinariya vrachlari, xo’jaliklarning feldsherlari bu davrda tayyorlangan ozuqalarning sifatini diqqat bilan kuzatib turadi, zaharli zamburug’lar bilan zararlangan ozuqalarni hayvonlarga oziqlantirishga ruxsat etmaydi. Ozuqa ratsionini tuzishda ishtirok etib, ularning tarkibida mineral moddalar, mikro-elementlar, vitaminlarning to’la bo’lishiga erishiladi. Ozuqalarning to’la qiymatli va yuqori sifatligini aniqlash uchun ularning namunasini veterinariya laboratoriyasiga tekshirishga jo’natiladi. Ozuqada kalsiy va fosfor yetishmaganda ratsionga mineralli qo’shimcha oziqalar (bur, suyak uni va boshqalar), mikroelementlar yetishmaganda esa - kobalt, mis, marganets, rux, yod qo’shib to’ldiriladi. Og’ilda boqilgan davrda oziqada karotinning saqlanishi kamayadi. Bunday hollarda hayvonlarning ayrim guruhlariga, vitamin A eritmasi beriladi.




Veterinariya mutaxassislarining podani qayta to’ldirishdagi

tadbirlarda ishtirok etishi

Chorvachilikda naslsizlik, kampushtlik, bola tashlash, yangi tug’ilgan hayvonlarning yashovchanligini pasayishi kabi holatlarga turli omillar sabab bo’lishi mumkin. Bular qo’yidagilardan iborat:

1.Hayvonlarni oqsillar, uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlar bo’yicha muvofiqlashtirilmagan, konsentrat yemlar ortiqcha va ildiz mevalilar yetishmaydigan oziqalar bilan boqish, shuningdek, ularga zamburug’lar bilan zararlangan, tarkibida turli zaharlar va kislotalar bo’lgan oziqalarni berish.

2. Asrash texnologiyasidagi nuqsonlar. Mikroiqlim ko’rsatkichlarining noqulayligi, matsionning butunlay yo’qligi yoki yetarli emasligi, sanitariyaga xilof sharoitlar, sutdan chiqqan davrda sigirlarning noto’g’ri asralishi, hayvonlarni o’z vaqtida tug’ruqxonalarga o’tkazmaslik.

3. Jinsiy organlarda yuz beradigan yallig’lanish jarayonlari va yuqumli bo’lmagan funksional o’zgarishlar.

4. Immun ko’rsatkichlar.

5. Sun’iy urug’lantirishni tashkil etishdagi kamchiliklar: kuyikishni o’z vaqtida aniqlanmaslik, sun’iy urug’lantirishdagi sanitariya sharoitlarining qoniqarsizligi, sigirlar va urg’ochi cho’chqalarni boshqa joyga ko’chirish, og’ilga joylashtirish va hokazo ishlarda ularga noto’g’ri muomalada bo’lish, spermani aniqlash, suyultirish va sifatini tekshirib ko’rish texnikasining hisobga olish ishlari yomonligi va boshqalar.

Hayvonlarni naslsizlikka olib keluvchi kasalliklar ko’pincha tug’ish va undan keyingi davrlarda kelib chiqadi, chunki bu davrda urg’ochi mollar fiziologiyasida, ayniqsa ular noqulay sharoitda asralgan va boqilgan taqdirda, keskin o’zgarishlar yuz beradi.

Bo’g’ozlikning davrida va dastlabki laktatsiya oylarida sigirlarni kuchli konsentratli tipda boqish tug’ishdan keyin bachadonning involyutsiyalanishi uzoqqa cho’zilishiga olib keladi. A, D, Ye vitaminlar yetishmaganda jinsiy sikllarning 7-12 kungacha qisqarishi, tuxum hujayralarining nobud bo’lishi, tuxumdonlar giperfunksiyasi, ovulyatsiya bo’lmasligi, sariq tana kechikib hosil bo’lishi kuzatiladi, follikulyar kislotalar (sariq suv yig’ilishi) paydo bo’ladi. Ratsionda fosfor, kalsiy, yod, kobalt, mis, rux, marganets yetishmasligi ham jinsiy sikllar buzilishini, yo’ldosh tutilib qolishini, bachadon subinvolyutsiyasi va endometritlarni keltirib chiqaradi. Bo’g’oz sigirlarni o’z vaqtida sutdan chiqarish (sog’may quyish) va bo’g’ozligining oxirgi davrida ularni alohida ajratib boqish yuqorida aytib o’tilgan kasalliklar oldini olishning muhim omilidir. Veterinariya mutaxassislari sigirlar o’z vaqtida sutdan chiqarilishini va tug’ruqxonalarga o’tkazilishini, ularni oziqlantirish, matsionni kanday tashkil qilinganligini, binolarning yetarlicha shamollatilishini muntazam ravishda tekshirib turishlari kerak. Тug’ruqxona bo’limi juda yaxshi sanitariya holatida saqlanishi lozim. Bu davrda sigirlar maxsus ratsionlar asosida boqiladi. Тoki bola tug’ilguncha sigirlar faol ravishda yurgizib turiladi va tuqqandan 2-4 kun o’tgach yurgizish yana davom ettiriladi. Тug’ruqxonalarda kecha-kunduz navbatchilik tashkil qilinadi.

Hayvonlarni yetarli miqdorda va sifatli yem-xashak bilan ta’minlash ishlari veterinariya mutaxassislari nazorati ostida bo’lishi kerak. Ratsionlar to’g’ri tuzilishini kuzatib borish zarur. Ular oqsil, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar bo’yicha muvofiqlashtirilgan bo’lishi kerak. Yetishmagan mineral moddalar o’rnini maxsus qo’shimchalar (trikalsiyfosfat, suyak uni va boshqalar) bilan to’ldiriladi. Vitaminlar yetishmasa, ular yem-xashakka kushib beriladi yoki in’eksiya qilinadi.

Naslsizlikning oldini olish tadbirlarida hayvonlarning jinsiy fiziologik jihatdan to’la qimmatli ekanligini aniqlash yuzasidan klinik va laboratoriya tekshirishlari olib borishga birinchi darajali ahamiyat beriladi.


Chorva xodimlari va aholi o’rtasida veterinariya

bilimlarini targ’ibot qilish

Хo’jalikda epizootik sog’lomlikni yaxshilash sharoitlaridan biri, chorva xodimlari va aholi o’rtasida veterinariya bilimlarini targ’ibot qilish, ferma xodimlarini kasallangan hayvonlarga birinchi yordam ko’rsatish va oldini olishdagi oddiy usullarga o’qitish hisoblanadi. Veterinariya targ’ibotini xo’jaliklarning umumiy vazifalariga bog’langan holda doimo o’tkazib turish kerak. Bu ishda eng muhim chorvachilik va veterinariya xodimlarini sog’lom podani tashkil qilishga, hayvonlar kasalliklarining oldini olishga, chorvachilik mahsulotlarining yuqori veterinariya-sanitariya sifatini ta’minlashga yo’naltirishdir.

Тarg’ibot usullari xilma-xildir: leksiya o’qish va suhbat o’tkazish; mahalliy gazetalarda maxsus maqolalar bilan chiqish; kinofilmlarni ko’rsatish, xo’jalikda veterinariya burchagini tashkil qilish va boshqalar. Bunda asosiy e’tibor xo’jalik uchun eng muhim bo’lgan masalalarga qaratiladi. Sigirlar, cho’chqalar va boshqalar ona-mollarni tug’ish davrida sog’lom tug’ishni tashkillashtirish, o’tkazish va yosh chorva mollarini saqlab qolish haqida, birorta yuqumli kasallik xavf tug’dirganda uning oldini olish choralari haqida borishi kerak. Chorvadorlarning ish joylari va dam olish joylardagi har xil kasalliklarda veterinariya tadbirlarini tashkillashtirish, kasal hayvonlarga bi-rinchi yordam ko’rsatish omillari va usullarini tushuntiruvchi qo’llanma va varaqalar osib qo’yiladi.


Veterinariya davolash ishlarini tashkillashtirish

Hayvonlarning yuqumsiz kasalliklariga qarshi kurash choralarining asosi hisoblangan oldini olish va davolash ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilishi kerak. Hayvonlarni davolashning o’zi, bir vaqtda kasallikning oldini olish ham hisoblanadi. O’z vaqtidagi diagnostika, davolash va yuqumsiz kasalliklarning sababini o’rganish kasallikning tarqalishini ogohlantiruvchi omil hisoblanadi. Keyingi yillarda veterinariya fani tomonidan yangi, bir qator yuqori samarali davolovchi, oldini oluvchi vositalar va hayvonlarni davolash usullari, shuningdek, davolash muolajalarini amalga oshiradigan asbob-uskunalar taqdim qilingan. Davolash ishlarining samaradorligini oshirish uchun uni tashkillashtirish shakllarini kuchaytirish, eng yaxshi veterinariya davolash stansiyalari, muassasalar, xo’jaliklarda veterinariya shifoxonalarining davolash ishlaridagi tajribasidan keng foydalanish, davolovchi vositalar, asbob va uskunalarni unumli qo’llash zarurdir. Davolash ishlari natijasida kasal hayvonlarga o’z vaqtida yordam ko’rsatilsagina, u samarali hisoblanadi.

Ushbu tadbir xo’jalik mutaxassislari tomonidan amalga oshirilib, uning maqsadi yuqumsiz kasalliklarning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik va o’z vaqtida davolash ishlarini amalga oshirishdir. Buning uchun chorva mollari-ning saqlanishi, boqilishi, ularga ko’rsatilayotgan zootexnikaviy va veterinar-sanitar ishlarining o’z vaqtida bajarilishi nazorat qilinadi, ya’ni bu muassasalarda bosh veterinar vrachi ko’proq nazoratchilik qiladi, ferma mudiri, zootexnik va molboqarlar o’z vazifalarini amalga oshirilishi lozim.

Yuqumsiz kasalliklarning xavfi tez sezilmasada, sekinlik bilan chorvachilikka katta talofat beradi. Masalan, bronxopnevmoniya, dispepsiya va hokazo yosh mollarda yuqumsiz kasalliklardan oshkozon-ichak sistemasi kasalliklari ko’p xuruj qiladi.

Davolash ishlarni xo’jalikda bosh veterinar vrachi stansiyasida esa terapevt tomonidan tashkil qilinadi.

Davolash ishlari asosan 2 turga bo’linadi:

1. Statsionar davolash - izolyator, statsionar, LSD-2,5-3%-ga (kasallik tarixi).

2. Ambulator davolash - hayvonlarni qatnatib davolatish.

Davolash yordamining zarurlik darajasiga qarab 3 turga bo’linadi:

1. Shoshilinch davolash

2. Odatiy davolash

3. Rejali davolash

Klinik ko’rikni hayvonlarni bonitirovkasi bilan birga o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Klinik ko’rik natijasi bo’yicha dalolatnoma tuzilib, unda kamchiliklar, tavsiya va takliflar qayd etiladi.

Hayvonlar joyida - chorvachilik binolarining o’zida, ambulatoriyali yoki statsionar sharoitda davolanadi. Chorvachilik binolarida asosan kechiktirib bo’lmaydigan yordamlar ko’rsatiladi.

Jumladan: noto’g’ri tug’ishlarlarda, qizil ungachga begona jism tiqilib qolganda, sanchiqlarda, qorin damlaganda (timpaniya) va boshqalarda kasallikning og’irligi va kechishiga, statsionar sharoitda davolashning mumkinligiga qarab, veterinariya vrachi hayvonning umumiy podada qolishining maqsadga muvofiqligi masalarini hal qiladi.

Uzoq davolashni talab qiladigan hayvonlarga zamonaviy apparaturalardan foydalanib, vrachning doimiy kuzatish sharoitida davolash zarur bo’lsa, tuman veterinariya stansiyasining statsionariga yoki uchastkaning veterinariya shifoxonasiga keltiradi.




DISPANSERIZATSIYa O’ТKAZIShNI ТAShKILLAShТIRISh

Dispanserizatsiya hayvonlarning kasalliklarini diagnostikasi, davolash va profilaktikasi bo’yicha rejali ravishda amalga oshiriladigan veterinariya tadbirlar sistemasi bo’lib, (subklinik) yashirin kasal hayvonlarni aniqlash, kasalliklarning profilaktikasi va davolashini o’z ichiga oladi, uning maqsadi - hayvonlarni kasalliklardan muhofaza qilish va ularning maxsuldorligini pasayishiga yo’l qo’ymaslik. Dispanserizatsiya xo’jalikning joriy rejalariga kiritilib, komissiya ishtirokida amalga oshiriladi - tuman bosh veterinariya vrachi xo’jalik rahbarlari, zootexniklar.

Dispanserizatsiya shartli ravishda 3 bosqichga bo’linadi:

1. Klinik tekshiruv - barcha organlar sistemasi tekshirilib, naslchilik xo’jaliklarida qoramollarning 30-40%-dan qon, 10-15%-dan sut va siydik tekshiriladi. Boshqa xo’jaliklarda esa 5-15%-dan qon, sut, siydik bioximik tekshiruvda natijada guruh: sog’lom, shartli sog’lom va aniq kasallar ajratiladi.

2. Davolash ishlari - kasal hayvonlar to’liq tekshirilib, davolanishi lozim.

3. Profilaktika - barcha kasalliklarning sabablari bartaraf etiladi. Dispanserizatsiya yakunida har bir tekshiruvdan o’tkazilgan hayvonlarga dispanser kartasi to’ldirilib, kamchiliklar va tavsiyalar komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnomada qayd etiladi.




Hayvonlarning kasalliklariga qarshi kurash stansiyalarida

va xo’jaliklarda davolash ishlari

Veterinariya muassasi ambulator va statsionar davolashni o’tkazadi, shuningdek, unga berkitilgan hududdagi tuman xo’jaliklarining o’zida va boshqa xo’jaliklarda (aholi punktlarida) hayvonlarga yordam ko’rsatiladi. Stansiyaga yuqumsiz xirurgik, ginekologik, yuqumli va invazion kasalliklar bilan kasallangan hayvonlar tushadi. Davolovchi vrach-ambulator qabul qilishni bajaradi, statsionarda davolash ishlari bilan shug’ullanadi, kasal hayvonlarga yordam ko’rsatish uchun xo’jalikga chiqadi va tuman veterinariya mutaxassislariga maslahatlar beradi.

Stansiyada ambulator qabul boshqa veterinariya muassasalaridagi singari kun tartibi bo’yicha ma’lum soatlarda o’tkaziladi. Ambulatoriyali davolanishga tushgan hamma birlamchi yoki ikkilamchi hayvonlar "Kasal hayvonlarni qayd qilish jurnali" (1-vet shakli)ga yoziladi.

Хo’jalik shifoxonasidagi yoki xo’jalikning veterinariya punktidagi ve-terinariya feldsherining vazifalari Davlat veterinariya tarmog’idagi davolash muassasida ishlovchi feldsherning vazifalariga o’xshashdir. Bu yerda ham xuddi shunday ish tartibi, dori-darmonlarni saqlash va ulardan fodalanish tartibi o’rnatilgan bo’lishi lozim.

Kasallangan mollar asosan egalarining (xo’jalik yoki fuqarolarning) tashabbusi bilan keltiriladigan veterinariya muassasalaridan farqli o’laroq, chorvachilik hissadorlik jamiyatlarida davolash ishi veterinariya mutaxassislarining fermalar va sexlarni har kungi aylanib chiqish vaqtida kasallangan mollarni tekshirish, diagnoz quyish va shunday keyingina davolash uchun ajratib olishi bilan amalga oshiriladi.

Veterinariya mutaxassislarining fermalarda navbatchilik qilish tartibi joriy qilingan chorvachilik hissadorlik jamiyatlarida kasallangan mollarni aniqlash vazifasi navbatchi (feldsher) yoki (vrach)ning vazifasiga kiradi. Kasallangan mollarga davolash yordamini ham uning o’zi ko’rsatadi.

Davolash hujjatlari. Хo’jalikda va veterinariya muassasalarida davolanayotgan barcha mollar hisobga olinishi kerak. Shu maqsadda "Kasal hayvonlarni" qayd qilish jurnali" (1-vet) tutilgan bo’lib, u xo’jaliklar uchun ham, shuningdek, davolash masalalari uchun ham mo’ljallangan. Statsionar sha-roitda davolanadigan zotli va mahsuldor hayvonlar uchun "Kasallik tarixi" (1A-vet) ham yuritiladi.

Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo'lib, tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o'simliklar bilan uzviy aloqada bo'lib, geografik qobiqda kimyoviy elementlarning migrasiyada qatnashadi. Hayvonlar o'simliklar tomnidan quyosh nuri ta'sirida hosil qilgan organik moddalar va bir-birlari bilan oziqlanib, biologik hamda tabiatda moddalarning almashinuvida ishtirok etadi. Yirik mavjudotlarning bir-biri bo'lgan ozuqa aloqasi – bu energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga o'tkazuvchi mexanizmdir.

Yer sharida yashil o'simliklar quyosh energiyasining faqat 1% nigina o'zlashtirib, yiliga 150-200 mlrd. t organik modda hosil qiladi.

O'simliklar quyoshdan olayotgan olayotgan energiyasini 100% desak, shuning 50%ini  o'simliklar nafas olish jarayonida, qolgan energiyani o'zlashtirib, organik modda sifatida organizmda to'playdi. Bu to'plangan organik modda o'txo'r va bir-biri bilan ovqatlanuvchi hayvonlarga o'tadi.

O'txo'r va etxo'r hayvonlar (konsumentlar)da energiya balansi qo'yidagicha bo'ladi: yutilgan ozuqa energiyasi to'la o'zlashtirilmaydi, uning bir qismi tashqi mhitga najas sifatida chiqariladi, so'ngra uni boshqa organizm o'zlashtiradi. Hayvonlar organizm o'zlashtirib olgan ozuqa va zapas energiyaning asosiy qismini organizmning ish faoliyatini normal saqlashga, oz qismini esa nafas olishi uchun sarflaydi. Natijada konsumentlarning o'lishi va chirishi tufayli organik qoldiqlar vujudga keladi, ularni saprofitlar (bakteriyalar, zamburug'lara, nematodalar) parchalab, anorganik moddalarga aylantiradi.

Ba'zi hayvonlar, chunonchi yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni qirib, o'simlik hosildorligini oshiradi yoki ba'zi foydali hasharotlar o'simliklarni zararkunanda  hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, boyqush bir yilda 1000 ta sichqonni yo'q qilib, 0,5 t donni saqlab qolsa, chumolilar o'rmonlarni kasallikdan saqlaydi.

Bir xujayrali dengiz hayvonlarining qoldiqlaridan cho'kindi jinslar (bo'r, ohaktosh) vujudga kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq suvli qismida marjon orollari vujudga keladi.



Inson uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat resurslaridan biri hayvonlar hisoblanadi. Hayvonlar insoniyatni go'shtga, yog'ga, moyga, sutga, tuxumga, baliq maxsulotlariga va boshqalarga bo'lgan talablarini ta'minlaydi. Ma'lumotlarga ko'ra Yer sharida kishilar yiliga hayvonlar hisobiga 180 mln. t oqsil moddasiga boy bo'lgan oziq-ovqat xom ashyosi olmoqdalar yoki dunyo bo'yicha taqsimlanayotgan moyning 40% i hayvonlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ko'p mamlakatlarda, jumladan Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlariningko'p qismini dengiz hayvvonlaridan foydalanib etishtirilmoqda. Hozir dunyo bo'yicha oziq-ovqat uchun yiliga 70-80 mln. t dengiz hayvonlari va baliqlar tutilmoqda. Akademik V.G. Bogarevnnig ma'lumotiga ko'ra Dunyo okeanlarida hayvonlar biosmassasi 1 mlrd. tonnani tashkil etadi. Bu juda katta oziq-ovqat manbai bo'lib, bir ga dengizdan olinadigan baliq miqdori bir ga yaylovdan etishtiriladigan go'shtdan 2 marta ortiqdir. Bularnig hammasi hayvonlarning oziq-ovqat etishtirishdagi roli juda katta ekanligidan darak beradi.



Download 25,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish