Choydari” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillar yig‘ilishining 2022 yil dagi son bayonnomasiga asosan tasdiqlangan


-bob. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vakolatlari



Download 225 Kb.
bet6/7
Sana21.07.2022
Hajmi225 Kb.
#833369
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
CHOYDARI MFY NIZOMI

7-bob. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vakolatlari
41. Fuqarolar yig‘ini raisi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
fuqarolar yig‘ini va uning organlari faoliyati doirasida ish yuritishning to‘g‘ri tashkil qilinishi hamda samarali olib borilishini, shuningdek, qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;
fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) — fuqarolar yig‘ini raisining jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi maslahatchilarini va fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar a’zolarini, taftish komissiyasining raisi hamda a’zolarini saylash uchun nomzodlarni taqdim etadi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risida yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi;
kam ta’minlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, shuningdek, tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi qabristonlarni barpo etish va mavjud bo‘lganlarini rekonstruksiya qilish haqida takliflar kiritadi;
voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi;
keksalarning, ayniqsa yolg‘iz keksalarning muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘radi, ularga moddiy ko‘maklashish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda huquqiy, metodik va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi;
tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qiladi;
ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni tashkil etadi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi;
jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qiladi, murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
fuqarolar yig‘ini xodimlarining faoliyatiga baho berish hamda ularni rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga taqdimnoma kiritadi;
tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, moddiy madaniy meros ob’ektlari haqida ma’lumotlar so‘raydi va oladi, ularni saqlash yuzasidan mahalla aholisi orasida tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
har chorakda o‘z mahallasi hududidagi dolzarb muammolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda — sektor) rahbarlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga (bundan buyon Xalq qabulxonalari deb yuritiladi) taqdim etib boradi hamda murojaatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli davlat tashkilotidan hisobot talab qiladi, bajarilmagan taqdirda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga ko‘rib chiqish uchun ma’lumot kiritadi;
muntazam ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan mas’ul xodimlari, sektor shtabi a’zolari, yo‘l qurilishi, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijasi yuzasidan yozma ravishda sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga ma’lumot kiritadi;
fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan davlat idoralari vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotlarini qabul qiladi;
keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi, fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi hamda «Keksalar maslahati» guruhining faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanishni, buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishini va hisoboti taqdim etilishini ta’minlaydi, shuningdek, har chorakda fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) jalb etilgan mablag‘lar va homiylik xayriyalaridan foydalanish to‘g‘risida hisobot beradi;
davlat organlari va tashkilotlaridan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq zarur hujjatlar, statistik va boshqa ma’lumotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni so‘rab oladi, qonunga asosan tarqatilishi taqiqlangan yoki cheklangan axborotlar bundan mustasno;
davlat organlarida, shu jumladan, sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolar yig‘inining manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolar yig‘ini nomidan shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarga fuqarolar yig‘ini faoliyatiga doir masalalar yuzasidan takliflar kiritadi va ularning ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi;
xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga fuqarolar yig‘ini faoliyatiga doir masalalar yuzasidan ko‘rilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritadi;
uy-joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishiga boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida taklif kiritadi;
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq masalalarda uy-joy mulkdorlarining roziligi asosida ularning nomidan boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan o‘zaro munosabatlarga kirishadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga va boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga taqdimnomalar kiritadi;
jamiyat va mamlakat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan mahalladagi muammolarni hal etishga munosib hissa qo‘shgan faollarni «Mahalla iftixori» ko‘krak nishoniga taqdim etish uchun nomzod etib ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritadi;
fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining (profilaktika inspektorining) faoliyatiga baho berish hamda uni rag‘batlantirish yoki unga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga ular tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish haqida fuqarolar yig‘ini kengashiga taklif kiritadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) o‘limni qayd etishi, xat-xabarlarni, shu jumladan, pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga to‘lanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek, banklardan mablag‘larni olishga ishonchnomalarni tasdiqlashi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) fuqarolar bilan munosabatlarda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishga va o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida o‘ziga ma’lum bo‘lgan axborotlarning qat’iy sir saqlanishini ta’minlashga majbur.
Fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
tegishli hududda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash ishlarini tashkil etadi, ushbu yo‘nalishda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
hududdagi kriminogen vaziyatni, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni o‘rganadi va natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini raisi, tuman (shahar) ichki ishlar organi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga tegishli ma’lumot va takliflarni taqdim etadi;
huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qo‘yish, ularning sodir etilishi sabablari va bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslar bilan profilaktika ishlarini amalga oshiradi;
profilaktik hisobga olishni, shu jumladan, huquqbuzarliklar, ularni sodir etgan shaxslar va huquqbuzarliklardan jabrlanganlar hisobini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritadi, ularga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordamlarni ko‘rsatishga qaratilgan choralarni amalga oshiradi;
davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularga qonunga hurmat hissini singdirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi;
davlat organlari, jamoat va boshqa tashkilotlar rahbarlariga huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari hamda ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha taqdimnomalar kiritadi;
doimiy yashash joyini uzoq muddatga tark etgan shaxslarni aniqlaydi va hisobini yuritadi, ularning chet elda bo‘lish joylari va muddatlarini aniqlash yuzasidan qarindoshlari bilan muntazam ish olib boradi, uzoq muddat mobaynida chet elda bo‘lib qaytgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni amalga oshiradi;
kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan mahallalarda jinoyatlarni jilovlash bo‘yicha jalb qilingan hamkor huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining ish natijalaridan kelib chiqib ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlik masalasini hal qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
hududdagi har bir oilani o‘rganadi, notinch oilalarni aniqlaydi va ular bilan profilaktik ishlar olib boradi, shu jumladan, mutasaddi tashkilotlar bilan ularning maishiy va boshqa muammoli masalalarini hal etishga ko‘maklashadi;
ichki ishlar organlarining probatsiya xizmati hisobida turgan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoiy jazoga hukm qilingan shaxslar, shuningdek, qamoqda saqlash bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslar ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi, ular bilan profilaktik ishlar olib boradi;
birinchi marta ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan hamda yengilroq jazo qo‘llanilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri probatsiya nazoratiga olingan shaxslarning xulq-atvorini nazorat qiladi, ularni ijtimoiy moslashtirish va qayta jinoyat sodir etishining oldini olishga ko‘maklashadi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan va ma’muriy nazoratga qo‘yilgan shaxslarga tarbiyaviy-profilaktik ta’sir choralarini amalga oshiradi, ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
o‘quvchilarning ta’lim muassasalaridagi davomatini nazorat qiladi, ijtimoiy xavfli holatda bo‘lgan va ta’lim muassasalariga qatnamaydigan voyaga yetmaganlar va yoshlar, ushbu toifadagi shaxslarning ota-onalari bilan profilaktika ishlarini olib boradi;
doimiy yashash joyi bo‘yicha yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan yoxud boshqacha tarzda pasport-viza rejimi talablarini buzgan holda yashayotgan shaxslarni aniqlaydi, fuqarolarning turar joylari ijarasi yoki ulardan tekin foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarning mavjudligini tekshiradi;
turar joy egalari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan uy-joy fondi va uylar atrofi hududlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shu jumladan, ko‘p qavatli uylarning cherdak va yerto‘lalari hamda boshqa qo‘shimcha bino va xonalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi;
egasiz turar joylarni aniqlash va ularning saqlanishini nazorat qilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘radi;
ta’lim, madaniy-ko‘ngilochar, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa tashkilotlarda (to‘garaklar, klublar va h.k.) voyaga yetmaganlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar ahvolini o‘rganadi;
vasiylik va homiylik organlariga yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni joylashtirishda ko‘maklashadi;
sanitariya, atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va yong‘in xavfsizligi sohalaridagi qonunchilikka rioya etilishi bo‘yicha choralarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishida jamoat tartibini ta’minlashda ishtirok etadi;
xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zo‘ravonlikdan jabrlanganning xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsning zo‘ravonlikka moyil xulq-atvorini o‘zgartirishda unga ruhiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirishi bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tkazilishini tashkil etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va huquqbuzarliklarning oldini olish holati to‘g‘risida har oyda fuqarolar yig‘ini kengashiga, har chorakda kamida bir marta fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) hisobot beradi, tegishli takliflar kiritadi;
yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi, «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhining faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda holatlarning oqibatlarini bartaraf etishda jamoat tartibini ta’minlaydi;
fuqarolar o‘rtasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va kamxarj o‘tkazishga, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini aholi ongiga singdirishga, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar shuhratparastlik va dabdaba bilan o‘tkazilishining oldini olishga qaratilgan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni tashkil etadi;
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderi beradi va uning ijrosini ta’minlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning vakillarini qabul qiladi;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzadi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq o‘z vakolatiga taalluqli bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
Fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlarini amalga oshirishda fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishi, ularning yonlarida taqiqlangan buyum va vositalar mavjud deb, gumon qilishga asoslar bo‘lgan taqdirda, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishi va ularning ashyolarini ko‘zdan kechirishi, huquqbuzarlikning quroli yoki bevosita predmeti bo‘lgan buyum va hujjatlar aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularni olib qo‘yishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari fuqarolar bilan munosabatlarda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishga va o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida o‘ziga ma’lum bo‘lgan axborotlarning qat’iy sir saqlanishini ta’minlashga majbur.
Fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
hududda xotin-qizlarning oilada, mahalla va mehnat jamoalaridagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi manzilli ishlarni tashkil etadi;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, ularning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
yoshlarni milliy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, xotin-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etadi;
ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib boradi, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etishga ko‘maklashish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;
«Ayollar maslahat kengashi» bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga ko‘maklashish choralarini ko‘radi, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarning biznes rejalarini tayyorlash yuzasidan bilim va malakalarini oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil qiladi;
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy muhiti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
erta nikohlarning oldini olish, notinch va muammoli oilalar bilan manzilli ishlash tizimini yo‘lga qo‘yadi;
xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikka moyil bo‘lgan hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish choralarini ko‘radi;
xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzadi, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib boradi, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi;
oilada turmush madaniyatini shakllantirish, xonadonlarda sanitariya-gigiena qoidalarini keng targ‘ib etish ishlarini tashkil etadi;
oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli yot g‘oyalardan ayollar, ayniqsa, yosh qizlarni himoyalashga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi hamda mazkur tadbirlarni amalga oshirishda tegishli davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-ma’naviy masalalar to‘g‘risida har oyda fuqarolar yig‘ini kengashiga, har chorakda kamida bir marta fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) hisobot beradi;
fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasi hamda «Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning vakillarini qabul qiladi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan faol hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi;
xotin-qizlarning muammolarini hal etish maqsadida fuqarolar yig‘ini kengashi va vakolatli davlat organiga murojaat qiladi hamda murojaatlari bo‘yicha ishlar bajarilmagan taqdirda, mahalla raisi (oqsoqoli) orqali yuqori turuvchi tashkilotga yoxud huquq-tartibot idoralariga taqdimnoma kiritadi;
jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilalarni mustahkamlashga, xotin-qizlarning muammolarini hal etishga munosib hissa qo‘shgan ayollarni «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoniga taqdim etish uchun nomzod etib ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritadi.
Fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari fuqarolar bilan munosabatlarda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishga va o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida o‘ziga ma’lum bo‘lgan axborotlarning qat’iy sir saqlanishini ta’minlashga majbur.
Xokim yordamchisi quydagi ishlarni amalga oshiradi.
ish bilan band bo‘lmagan aholi monitoringini yuritadi;
aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil etish, ish bilan band bo‘lmagan aholini o‘zini o‘zi band qilish, jamoat ishlariga jalb etish, kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, fuqarolar yig‘ini binosida va aholining tanishishi uchun qulay bo‘lgan joylarda bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida e’lon berib borish choralarini ko‘radi;
hududning qadimiy kasb-hunar an’analaridan kelib chiqqan holda oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirishga oid maqsadli va tizimli ishlarni amalga oshiradi;
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishi monitoringini olib boradi;
fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
kam ta’minlangan oilalarni ehtiyojmandlik darajasidan chiqarish choralarini ko‘radi;
yolg‘iz keksalar va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli tadbirlarni amalga oshiradi;
atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati va uni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini, xayriya hasharlarini ixtiyoriylik asosida tashkil etadi;
aholining mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanishini ta’minlash, shaxsiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib boradi;
tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida, shu jumladan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda hamda shartnomalar tuzishda ko‘maklashadi;
aholi bandligi, atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati va uni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish, tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish va tadbirkorlikni rivojlantirish holati to‘g‘risida har oyda fuqarolar yig‘ini kengashiga, har chorakda kamida bir marta fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) hisobot beradi, tegishli takliflar kiritadi;
fuqarolar yig‘ini huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maslahat markazi faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha hamda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyalarining faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan faol hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi;
uzrsiz sabablarga ko‘ra ekin maydonlaridan foydalanmayotgan tomorqa yer egalariga nisbatan jamoatchilik ta’siri choralarini ko‘rish yuzasidan fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritadi;
hududni obodonlashtirish, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga munosib hissa qo‘shgan fuqarolarni «Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi» ko‘krak nishoniga taqdim etish uchun nomzod etib ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritadi;
shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishayotgan, jamoat ishlaridagi faolligi bilan aholi o‘rtasida alohida hurmatga sazovor bo‘lgan ilg‘or tomorqa yer egalarini «Namunali tomorqachi» ko‘krak nishoniga taqdim etish uchun nomzod etib ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritadi.
Fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari fuqarolar bilan munosabatlarda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishga va o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida o‘ziga ma’lum bo‘lgan axborotlarning qat’iy sir saqlanishini ta’minlashga majbur.
Fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlaydi;
mahalladagi yoshlar hisobini hamda ularning oilaviy-ijtimoiy ahvoli, o‘qish va ish faoliyati, iqtidori va qiziqishlari monitoringini yuritadi;
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolarini joyiga chiqib o‘rganish, ular bilan muloqot va uchrashuvlar tashkil etish, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallada yoshlar infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun fan, madaniyat, san’at to‘garaklarini tashkil etish va ularga yoshlarni keng jalb etish choralarini ko‘radi;
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va oila muqaddasligi g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan ta’sirchan tadbirlarni amalga oshiradi;
yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishlariga ko‘maklashadi;
ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda mashg‘ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan o‘quvchilarni aniqlab, o‘qishga qaytarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etadi, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi;
noqobil, notinch oilalar, ularda tarbiyalanayotgan yoshlar, chet ellarga ishlash yoki boshqa sabablar bilan chiqib ketgan ota-onalar, jazo muddatini o‘tayotganlar, zararli oqimlar ta’siriga tushib qolgan oilalar farzandlari bilan individual tartibda ish olib boradi hamda ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan barcha toifadagi shaxslar farzandlarining yashash tarzi va xulq-atvorini muntazam ravishda o‘rganib boradi;
yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan, xususan, ekstremizm, terrorizm, «ommaviy madaniyat» va boshqa yot g‘oyalardan himoya qilish, nazoratsizlik, qarovsizlik va boshqa g‘ayri ijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish hamda bunga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashadi;
yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ularning ongiga ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch ekanligini singdirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi;
yoshlarning uyushgan holda qadimiy tarixiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ma’rifat maskanlariga, tabiat bag‘riga sayohatlar, muzey va ko‘rgazmalarga ekskursiyalarini tashkil etadi;
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sport to‘garaklariga jalb qilish, shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktika, sanitariya-gigiena tadbirlarini amalga oshiradi;
yoshlarning atrof muhitni, tabiatni asrab-avaylash, muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ekologik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib boradi;
«Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhining faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga ko‘maklashadi.
Fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish orqali mahalladagi muammolarni hal etish masalalarida, shuningdek, milliy urf-odat, an’ana va marosimlarni tashkil etish hamda o‘tkazishda taklif va tavsiyalar beradi;
ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati va ogohligini oshirish, jaholatga qarshi ta’sirchan hamda kuchli ma’rifat targ‘ibotini, umumta’lim maktablarida kiyinish madaniyatini, o‘quvchilarning davomatini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etadi;
fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi hamda «Keksalar maslahati» guruhining faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda fuqarolar yig‘ini raisiga ko‘maklashadi;
kambag‘al va ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashadi;
mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan keksalar va faxriylar, namunali oilalar va obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan shaxslar salohiyatidan yoshlar tarbiyasiga oid tadbirlar o‘tkazish choralarini ko‘radi;
keksalar va faxriylar ishtirokida aholi o‘rtasida diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazadi hamda el ardog‘idagi insonlar bilan uchrashuvlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etadi;
bayram sanalari munosabati bilan davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda keksalar va faxriylar ishtirokida ma’rifiy tadbirlar tashkil etadi;
fuqarolar yig‘ini faoliyatida faol ishtirok etayotgan keksalar va faxriylarni davlat mukofotlariga taqdim etish bo‘yicha takliflar beradi;
aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari guruhlarini shakllantirish, keksalarni ommaviy sport musobaqalariga keng jalb etishda faollik ko‘rsatadi;
ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning amalga oshirilishida faol ishtirok etadi;
loqaydlik, oilaviy kelishmovchiliklar va yoshlar o‘rtasida «ommaviy madaniyat» ko‘rinishidagi salbiy illatlar tarqalishining oldini olish bo‘yicha tadbirlar tashkil etadi;
keksalar orasida sport-sog‘lomlashtirish, salomatlik uchun shaxsiy mas’uliyatni yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etadi;
ijtimoiy himoyaga olingan yolg‘iz keksalarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, qarovchisiz qolgan fuqarolarni ambulator-statsionar hamda uy sharoitida davolash, yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning tashkil etilishiga ko‘maklashadi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan pensiya yoshidagi kishilarning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashadi;
ehtiyojmand, boquvchisiz qolgan yolg‘iz keksalarga har jihatdan ko‘maklashish choralarini ko‘radi;
to‘y va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham, ijtimoiy tabaqalanishga yo‘l qo‘ymagan holda o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boradi;
ilm-fan, san’at, hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqa madaniyati, tadbirkorlik kabi turli sohalar bo‘yicha katta hayotiy va kasbiy tajribaga ega keksalar ishtirokida aholi orasida tadbirlar o‘tkazadi;
Haj va Umra ziyoratlariga tavsiya etiladigan fuqarolar bo‘yicha takliflar beradi;
yolg‘iz keksalar hamda pensionerlar uchun tarixiy qadamjolar, ziyoratgohlarga sayohatlar uyushtirishga ko‘maklashadi.
42. Fuqarolar yig‘ini organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi.
43. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) besh yil muddatga saylanadi. Saylovlar «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
44. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘z zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning talab darajasida va samarali bajarilishi uchun mas’uldirlar.

Download 225 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish