Choydari” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillar yig‘ilishining 2022 yil dagi son bayonnomasiga asosan tasdiqlangan


-bob. Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasi



Download 225 Kb.
bet5/7
Sana21.07.2022
Hajmi225 Kb.
#833369
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
CHOYDARI MFY NIZOMI

5-bob. Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasi
30. Fuqarolar yig‘inlarida fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi komissiyalar tuziladi:
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi;
xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya;
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya.
Tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
31. Komissiya a’zolarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga nomzodi ko‘rsatilgan shaxs fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda saylangan hisoblanadi.
32. Fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun fuqarolar yig‘ini a’zolari orasidan tarkibi kamida uch kishidan iborat taftish komissiyasi tuziladi.
Taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdor bo‘ladi.
Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida fuqarolar yig‘ini boshqa organining a’zosi bo‘la olmaydi.
33. Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasi o‘z faoliyatini fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
34. Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasini tuzish, qayta tashkil etish hamda faoliyatini tugatish tartibi, shuningdek, ularning vakolatlari, komissiyalarning a’zolarini saylash (tarkibdan chiqarish) tartibi komissiyalarning namunaviy nizomlarida belgilab qo‘yiladi.
6-bob. Fuqarolar yig‘ini faoliyatiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik tuzilmalari
35. Mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand tarbiyasiga oid masalalarda ota-onalarning malakasini oshirishda yordam berish, bu borada oilalardagi mavjud muammolarni bartaraf etish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida fuqarolar yig‘ini huzurida «Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmasi tashkil etiladi.
«Ota-onalar universiteti» jamoatchilik tuzilmasi faoliyati fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tashkil qilinadi va muvofiqlashtiriladi.
36. Mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlashda keksa avlod vakillari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning nafaqadagi xodimlarining boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida fuqarolar yig‘inlari huzurida «Keksalar maslahati» guruhi tashkil etiladi.
«Keksalar maslahati» guruhlari faoliyati fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan tashkil qilinadi va muvofiqlashtiriladi.
37. Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish, oilalarni mustahkamlash va ularning farzand tarbiyasidagi rolini hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan maslahatlar berish, «odobli qiz», «iffatli kelin» va «ma’rifatli ayol» g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida fuqarolar yig‘ini huzurida «Ayollar maslahat kengashi» jamoatchilik tuzilmasi tashkil etiladi.
«Ayollar maslahat kengashi» jamoatchilik tuzilmasi faoliyatiga qoida tariqasida, fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar faoli rahbarlik qiladi.
38. Mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi ishlarni kuchaytirish maqsadida harbiy xizmatga chaqiriluvchilar, oliy harbiy bilim yurtlari va ichki ishlar organlariga nomzodlar orasidan «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhi shakllantiriladi.
«Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhi faoliyati fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil qilinadi va muvofiqlashtiriladi.
39. Mahallada tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida fuqarolar yig‘ini huzurida tadbirkorlik bo‘yicha maslahat markazi tashkil etilishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini huzuridagi tadbirkorlik bo‘yicha maslahat markazi faoliyati, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi tomonidan tashkil qilinadi va muvofiqlashtiriladi.
40. Fuqarolar yig‘ini faoliyatiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik tuzilmalarini tuzish, qayta tashkil etish hamda faoliyatini tugatish tartibi, shuningdek, ularning vakolatlari, jamoatchilik tuzilmalarining a’zolarini saylash (tarkibdan chiqarish) tartibi ularning namunaviy nizomlarida belgilab qo‘yiladi.

Download 225 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish