Dala tajribasida variantlarni joylashtirish usullari Reja


Variantlarni sistematik usulda joylashtirish



Download 0,53 Mb.
bet2/2
Sana03.03.2022
Hajmi0,53 Mb.
#480842
1   2
Bog'liq
Дала тажриба

Variantlarni sistematik usulda joylashtirish. Sistematik usulda variantlar birin ketin ma’lum tartibda ketma-ket joylashtiriladi. Ketma-ket joylashtirishda variantlar 1, 2 va 4 yarusli qilib joylashtiriladi.

Tajribada variantlarni 2 yoki 4 yarusli qilib joylashtirganda turli yarusdagi takrorliklarda paykallarni shunday tartibda joylashtirish kerakki, bunda bir xil variantlar vertikal yo’nalishda teritoriya jihatidan bir-biriga to’g’ri kelib qolmasin. Bir xildagi variantlarni iloji boricha bir-biridan uzoqroq masofada joylashtirish kerak.


Takroriklar 2 yoki 4 yarusda joylashtiriladigan bo’lsa birinchi yarusda variantlar 1 dan 10 gacha ketma-ket joylanib, keyingi yaruslarda esa bir necha xona chapga suriladi. Bunda variantlar soni yaruslar soniga bo’linib, hosil bo’lgan raqamli variantdan boshlab keyingisi birinchi bo’lib joylashtiriladi. Masalan, 2 yaruslida 10 : 2 = 5, 4 yaruslida 10 : 4 = 2,5, ya’ni 2 yaruslida 6 chi variantdan, 4 yaruslining 2, 3, 4 yaruslarida tegishlicha 3, 6, 9 chi variantlardan boshlab joylashtiriladi.


Variantlarni bu tartibda joylashtirish juda qulay va sodda bo’lsa ham, ammo u yoki bu variantning afzallik darajasini aniqlashda kutilmagan xatolar uchraydi va tajribada yo’l qo’yilgan miqdor o’zgarishlarni hisoblash ishonchli darajada bo’lmaydi.





  1. Rendomizasiya (tasodifiy) joylashtirishning o’ziga xosligi. Tasodifiy yoki rendomizasiya usuli – Angliyalik olim R.A.Fisher tomonidan tavsiya etilgan. Bunda variantlar takroriklar ichida tasodifiy joylashtiriladi. Bu usulning afzalligi shundaki, u variantlarni tuproq unumdorligigi xilma xil bo’lgan yerga joylashtirish imkonini beradi. Demak, u yoki bu variant oldindan mo’ljallab qo’yilgan joyga emas, balki chek (qur’a) tashlash tufayli variantlar tasodifiy uchragan paykalga joylashtiriladi. Shu sababli bu usulda sistematik usuldagidek xato va kamchiliklarga o’rin qolmaydi.

Tasodifiy usulda har bir variant raqam yoki harf bilan belgilanib, karton, tunuka yoki plastmassadan qilingan chekka yoziladi. Oldin tajriba takroriklari va uning ichidagi variant o’rni (paykal) qog’ozga sxematik ravishda chiziladi. So’ngra variantlar yozilgan chek yaxshilab aralashtiriladi va qo’lga tasodifiy chiqqani qog’ozga chizilgan birinchi takrorikdagi variantlar o’rniga yoziladi. Xuddi shu tartibda qolgan takrorliklarga ham variantlar o’rni to’lg’aziladi. Bu usulda bir necha cheklanish mavjud, jumladan, uzunasi va ko’ndalangi bo’yicha takrorliklar chegarasida bir xildagi variantlar yonma-yon joylashmasligi kerak. Aks holda qaytadan chek tashlashga to’g’ri keladi.


Tasodifiy usulda ham takrorliklarni 1, 2 va 4 yarusda joylashtirish mumkin. Har bir takrorlik ichidagi tajriba variantlari taqqoslash uchun bitta nazorat varianti joylashtiriladi.


Tasodifiy usulga yana lotin kvadrati usuli ham kiradi (6-rasm) . Bunda variantlar bilan takrorliklar soni teng bo’ladi. Masalan, 4x4, 5x5x, 6x6 va hokazo. Variantlar raqami harf bilan belgilanib, ular yorliqqa yoziladi. Variantlar soniga qarab oldindan to’g’ri to’rtburchak kataklar chiziladi va chek tashlash bilan ushbu kataklarga tasodifiy qo’lga chiqqan varinatlar joylashtiriladi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, kataklarning uzunasi va ko’ndalangi bo’yicha bir xil variant ikki marta qaytarilmasligi lozim. Aks holda qaytadan chek tashlanib, variantning bir marta takrorlanishiga erishiladi. Bundan tashqari, variantlar soni to’rttadan kam va sakkiztadan ortiq bo’lmasligi kerak. Variantlar miqdori 4 dan kam bo’lsa yuqoridagi talabga rioya qilish qiyinlashadi. Sakkiztadan ortiq bo’lsa, takrorliklar sonining ko’payishi hisobiga ko’p maydon, ekish materiallari, parvarish qilish va kuzatishga mehnat kuchi va xarajat talab etiladi.


Lotin kvadrati yangi chiqarilgan o’g’itlar va gerbisidlarni o’rganishda, seleksion ishlarda, jumladan, yangi navlarni sinash, kasalliklarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda qo’llaniladi.


B ulardan tashqari, tajriba qo’yishda parchalangan paykalchalar usuli ham qo’llaniladi. Bu bir yo’la ikki, uch omillarni tekshirishda qo’llanilib, asosiy omil birinchi tartibli (o’tmishdosh ekin yoki ishlov bsrish) hisoblanib, unga kattaroq ikkinchi darajali omilga (o’g’itlash yoki nav sinash) o’rtacha va uchinchi darajali omilga (gerbisid qo’llash) kichikroq maydon ajratiladi. Natijada birinchi darajali kattaroq maydon uzunasi yoki ko’ndalangiga ikkinchi darajali maydonga bo’linadi (parchalanadi) va ikkinchi tartibli paykal esa uchinchi tartibli paykalchaga bo’linadi. Bu usul birinchi darajali tekshiriluvchi omillar (masalan, A, V) ketma-ket (sistemali) va ikkinchi (a, v, s, d, ye) hamda uchinchi darajali (1, 2, 3, 4) omillarniig variantlari birinchi takrorlikda, keyingilarida (II va III da) ularning o’rni almashtiriladi (7-rasm).





  1. Standart usulning afzalligi va kamchiliklari.




  1. Sistematik va tasodifiy usulning bir biridan farqi.




  1. Lotin kvadrati usulida tajriba variantlari qanday joylashtiriladi.




  1. Parchalangan paykalchalar usuli qanday tajribalarda qo’llaniladi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish