Daraxt — buta o'simliklar kompozitsiyasi



Download 83 Kb.
bet4/6
Sana04.04.2022
Hajmi83 Kb.
#527136
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Daraxt — buta o\'simliklar kompozitsiyasi-5

Eslatma: Balandligi va kengligi bo 'yicha birinchi raqam — balandlik va kenglikning boshlang'ich chegarasi, ikkinchi raqam — balandlik va keng/ikning eng katta chegarasi. Qavs ichida ko'rsatilgan o'lchamlar yorug'liksevar turlardan foydalanishda qabul qilish tavsiya etiladi.
Jimjimador yashil o'siraliklar — muntazam geometrik yoki stillashtirilgan figuralar ko'rinishidagi sun'iy solingan turlar.
Chirmashadigan o'simliklar (4.4-jadval) daraxtsimon, butasi-mon va maysa o'simliklar (lianalar). Ular binolar, inshootlar, balkonlar, lodjiyalarni vertikal ko'kalamzorlashtirish uchun kerak bo'ladi. Chirrnashuvchi o'simliklar ko'chatlarining quyidagi turlari farq qilinadi: devoriy bino devorlari yaqinida, balkonlarda va lodjiyalarda; tana yoki — daraxt poyasi yonida, pergollar va trelajlar, chirmashuvchilar, ayvonchalar bo'ylab va boshqa kichik me'moriy shakllar bo'yicha joylashadi; osilib turuvchi chirma­shuvchilar; chirrnashuvchi o'simliklardan chirmandalar.
Gulli o'simliklar kompozitsiyasi. Gulli bezashning asosiy turlari — klumbalar, rabatkalar, bordurlar, miksborderlar, guruhli o'tqazishlar, gul massivlari, yakka o'tqaziladigan daraxtlar, parterlar, toshh tepaliklarjjilpinariylar) hisoblanadi.
Gulli o'simliklar kompozitsiyasi. Gulli bezashning asosiy turlari — klumbalar, rabatkalar, bordurlar, miksborderlar, guruhli o'tqazishlar, gul massivlari, yakka o'tqaziladigan daraxtlar, parterlar, toshh tepaliklarjjilpinariylar) hisoblanadi.


Klumbalar — bu doira, uchburchak, kvadrat, to'g'ri to'rt-burchak, romb va boshqa shakldagi turli muntazam geometric shakldagi gulzorlardir. Kattaligiga ko'ra ular katta va kichik bo'lishi mumkin. 2-3 m2 dan 50 m2 gacha, ko'pincha ular 10-15 m2 bo'ladi.
Klumbalar odatda o'rtasiga qarab ko'tarilgan qavariq shaklda qilinadi (balandligi klumba diametrining 0,1 qismidan ortiq emas). Klumbalar yashash muddatiga ko'ra bir yillik va ko'p yillik bo'ladi. O'tqaziladigan materialning turiga ko'ra ular guli, dekorativ-bargli va gilamli, aralash (gulli-gilamli). O'tqazish xarakteriga ko'ra klumbalar yaxlit (aynan bir xil o'simliklardan va novdalardan) va tarkibli (bir turdagi, lekin har xil navli o'simliklardan) bo'ladi. Tarkibli klumbalarda o'simliklar faqat sistematik munosabatda farq qilmasdan, balki balandligi, gullarning va barglarning rangi bo'yicha ham farqlanadi. Klumbalar odatda, ikki marta; bahorda va yozda-kuzda bezatiladi. Bahorda, kuzda ekilgan ikki va ko'p yillik piyozlilardan foydalaniladi; yozgi-kuzgi davr uchun — bir yillik, ko'p yillik, ochiq tuproqda qishlovchi va qishlamaydigan, gilamsimon o'simliklar. Qishlovchi gilamsimon o'simliklar klumbani bahorgi bezash uchun ham yaroqlidir. Klumbalar markazida yelpig'ichsimon palmalar, agovalarni o'tqazish mumkin,ular qishda oranjereyaga ko'chiriladi. Gulli o'simliklarni ekishdan tashqari, klumbalarni bezashda atirgul, maysa o'tlardan foydalaniladi. Klumbaning to'sig'i bersklet, shamshod, biruchina va boshqalardan; g'ishtdan, tabiiy toshdan, betondan bordyur ko'rim'shida (eni 10—15 sm) bo'lishi mumkin.
Rabatkalar — to'g'ri to'rtburchakli cho'zilgan shakldagi uchastkalar, unda bo'yi enidan uch va undan ortiq marta katta bo'ladi (l-jadval). Rabatkaning eni 0,5—3 m, ko'pincha 1—1,5 m bo'ladi. Saqlanish muddati, o'tqaziladigan material turi, bezatilishi, to'silishiga ko'ra rabatkalar xiyobonning yonlari bo'ylar, bino yoniga (bir tomonlama) yoki xiyobonning o'rtasiga (ikki tomonlama rabatkalar) joylashtiriladi. Bir tomonlama rabatkalarda baland o'simliklar orqaroqda, pastroqlari oldinroqda joylashtiriladi, ikki tomonlama rabatkalarda esa baland o'simliklar rabatkaning o'rtasini egallaydi.
Miksborderlar — (aralash rabatkalar) bir-biriga ulanib ketuvchi va asosan ko'p yilliklardan tuzilgan, to'g'ri va noto'g'ri shaklda tuzilgan turli guruhdagi o'simliklardan tashkil topgan keng chiziqlardir. Miksborderda gullash erta bahordan kech kuzgacha bo'lishi kerak. Bunga yilning turli davrlarida gullaydigan o'simliklarni tanlab erishiladi.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish