-jadval Daryolarning to`yinish sharoitiga bog`liq holda qaysi turga mansubligini belgilovchi mezonlar
To`yinish sharoitiga bog`liq holda daryo-larning turlari
|
Daryolar qaysi turga kirishini ko`rsatuvchi mezonlar
|
|
WVII-IX, yillik oqimga nisbatan % hisobida
|
Suv eng ko`p bo`ladigan oylar
|
Muzlik-qor suvlaridan to`yinadigan daryolar
|
1,00
|
38
|
VII, VIII
|
Qor-muzlik suvla-ridan to`yinadigan daryolar
|
0,990,26
|
3717
|
V, VI
|
Qor suvlaridan to`yinadigan daryolar
|
0,250,18
|
1612
|
IV, V
|
Qor-yomg`ir suvlaridan to`yinaligan daryolar
|
0,170,001
|
110
|
III, IV, V
|
Ushbu tasnifda daryolarning to`yinish manbalariga bog`iq holda ajratilgan turlari ma`lum darajada shartlidir. Masalan, muzlik-qor suvlaridan to`yinadigan daryolarda muzlik suvlari hissasi bor-yo`g`i 10% atrofida bo`lishi ham mumkin. Umuman shuni yodda tutmoq kerakki, tog` daryolarining to`yinishi jihatidan qaysi turga mansubligi daryoning ma`lum bir kuzatish joyi (posti) ma`lumotlari asosida aniqlanadi. Shu narsa ham ma`lumki, tog` daryolarining to`yinish sharoitlari ularning quyi oqimi tomon o`zgarib boradi. Masalan, Norin daryosi Norin shahri yonida muzlik – qor suvlaridan to`yinadigan daryolar turiga mansub bo`lsa, Farg`ona vodiysiga chiqish joyida (Uchqurg`on shahri yaqinida) u qor-muzlik suvlaridan to`yinadigan daryolar turiga kiradi.
Daryolarning to`yinish sharoitlari u yildan bu yilga ham o`zgarib turishi mumkin, bu esa ayrim yillarning ob-havo xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Misol qilib o`sha Norin daryosini olaylik. Farg`ona vodiysiga chiqaverish joyida bu daryo aslida qor-muzlik suvlaridan to`yinadigan daryodir. Lekin, 1917 va 1934 yillarga oid ma`lumotlar asosida bajarilgan hisoblashlar bo`yicha u muzlik-qor suvlaridan to`yinadigan daryolar guruhiga kiradi.
Daryolarning qaysi turga kirishini aniqlash uchun tavsiya etilgan mezonlar daryolarning tog`lardan chiqqanidan keyingi, ya`ni tekislik qismlari uchun to`g`ri kelmaydi. Buning sababini daryolar suv rejimining tekislikka chiqqach inson xo`jalik faoliyati ta`siri natijasida keskin o`zgarishi bilan tushuntirish mumkin.
Endi daryolarning V.L.SHults tasnifida keltirilgan turlarini ayrim-ayrim holda qisqacha ko`rib chiqaylik.
Birinchi turdagi daryolarning to`yinishida baland tog`lardagi asriy qor va muzliklarning erishidan hosil bo`lgan suvlar keng ishtirok etadi. Biroq, muzliklarga yaqin bo`lgan joylar e`tiorga olinmasa, bu turdagi daryolarning to`yinishida muzlik suvlarining miqdori qor suvlari miqdoriga nisbatan kam bo`ladi va yillik oqim hajmining 25-30%ini tashkil etadi. Bu xil daryolarda oqim miqdori yillar bo`yicha kam o`zgaradi va to`linsuv davri juda kech iyul-avgut oylarida ko`zatiladi. Bu turdagi daryolar, asosan Pomir-Oloy tog`larining mangu qor va muzliklar ko`p bo`ladigan eng baland tizimlarida (Panj, Vaxsh, Zarafshon daryolari) va Oloy tog` tizmasining shimoliy yonbag`irlarida (Isfara, Sux daryolari) ko`pdir. Bunday daryolar Norin havzasining yuqori qismida, Issiqko`l havzasida va Qirg`iz, Orqa Ili, Jung`oriya Olatovlarning shimoliy yonbag`irlarida ham Talas Olatovining g`arbiy qismida ham uchraydi.
Ikkinchi turdagi daryolar oqimi ko`proq mavsumiy qor va kamroq miqdorda mangu qorlarning erishidan hosil bo`ladi. Ularda muzlik suvlarining hissasi ancha kam-yillik oqimning 15% gacha bo`lgan qismini tashkil etadi. Bu turdagi daryolarda tulinsuv davridagi oqimning eng ko`p qismi may-iyun oylariga to`gri keladi. Ularga Sirdaryo havzasidagi Norin, Qoradaryo, Piskom, Chotqol, Chirchiq va Xisor tog`larining janubiy yonbag`irlaridan oqib tushadigan bir qancha daryolar-To`palangdaryo, Qoratog`daryo va Kofirnihon kabilar kiradi.
Uchinchi turdagi daryolarning suv to`plash havzalari ancha past joylashgan bo`lib, asosan, mavsumiy qor va qorliklar hisobig to`yinadi. Bu tur daryolar oqimi yillararo va yil davomida keskin o`zgarib turadi, tulinsuv davri ertaroq (mart-may oylarida) kuzatiladi. Qashkadaryo, Sangardak, G`ovasoy va Yassi kabi daryolar shu turga kiradi.
Nihoyat, to`rtinchi turga mansub daryolarning to`yinishida baland tog` qorlari va muzliklari deyarli yoki butunlay ishtirok etmaydi. Lekin, yomg`ir suvlari hissasi boshqa turdagi daryolarga nisbatan eng katta salmoqqa ega bo`ladi. Bu turdagi daryolarning suv to`plash havzalarining o`rtacha balandliklari nisbatan kichik bo`lib, ularga Ohangaron, Aris, Kalas daryolari, Qoratovning janubi-garbiy yondagirlaridan oqib tushadigan soylar va shuningdek, Turkmaniston daryolarini misol qilib keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |