Dast avval korxona o'zi nimaligini bilib olsak



Download 70,94 Kb.
bet2/5
Sana31.12.2021
Hajmi70,94 Kb.
#268702
1   2   3   4   5
Bog'liq
HISOBOT TAXLIL (3 marta)

Ishchi lavozimi

Ishchilar soni

Tikuvchi

120

Qadoqlovchi

10

Dazmolchi

10

Pechatlovchi

10

Aksesuar bo'limi boshlig'i

2

Master

8

Master yordamchilari

8

Oshpaz

3

Farrosh

2

Haydovchi

5

Ish boshqaruvchi

1

Dizayner

2

Qorovul

2

Bugalter

1

Mexanik

1

Direktor

1

Korxonada men Iqtisodchi sifatida faoliyat olib bordim. Korxona boshqaruvidagi iqtisodchining ro'li qanday ekanligini quyidagi chizmadan bilib olish mumkin:

Korxonada mahsulotlar "Bonito kids" korxonasi buyurtmasiga binoan ishlab chiqariladi. Korxonaga odatda 100.000 tadan 700.000 tagacha mahsulotga buyurtma beriladi. Buyurtmalar doimiy ravishda uzluksiz qabul qilinadi.

Korxonaning bir kunlik maxsulot ishlab ishlab chiqarish quvvati 8.000 ta. Ma'lumotlarga ko'ra bir kunda 10 tadan 120 tagacha bo'lgan mahsulotlar "yaroqsiz" deb topiladi. Bunga sabab 2 ta ekanligini bildim:


  1. Ishchilar malakasi yetishmasligi. Bizning Xonobod shahrimizda 20 ga yaqin trikotaj korxonalari faoliyat olib boradi. Malumki trikotaj korxonalarining asosiy Ishchilari ayollar. Korxonalar soni ko'p bo'lganligi uchun ishchi ayollar yetishmaydi. Natijada korxona ishga qabul qilish jarayonida ishchilarning malakasidan qat'iy nazar ishga olaveradi. Malakasiz ishchilar esa mahsulot sifatiga tasir ko'tsatadi.

  2. Ishchilarning 8 soatdan ko'p ishlashi. Yuqorida aytib o'tganimizdek mahsulotlarga buyurtmalar ko'p. Buyurtmachi buyurtmasini tezroq olishni hohlaydi. Shuning uchun ishchilar majburiy ish vaqtidan qo'shimcha tashqari ihtiyoriy ravishda qo'shimcha ishlashiga ham to'g'ri keladi. Charchagan ishchi albatta mahsulot sifatiga salbiy ta'sir qiladi.

Ushbu muammolarga yechim sifatida quyidagilarni aytish mumkin. 1-sabab yani Ishchi yetishmasligiga kelsak korxona qo'shni qishloqlardan avval tikuvchilik sohasida ishlagan ishchi ayol qizlarni ishga jalb qilishi mumkin. Korxonaning shaxsiy Avtobusi borligi yo'l uzoqligi muammosini oldini oladi.

2-sabab qoshimcha ishlashga keladigan bo'lsak bu korxonaning asosiy muammosidir. O'tgan yili shu muammoga yechim sifatida korxona qo'shimcha filial ochgan ekan. Yangi 50 ta tikuv mashinasi sig'imidagi filialga 2 milliard mablag' sarflangan ekan. Buyurtmalar o'tkan yilgiga nisbatan bu yil ko'paygani uchun yangi filial ochilganiga qaramasdan yana qo'shimcha ishlashga to'g'ri kelyapti. Buning yechimi shuki korxonada ish smenasini oshirish kerak. Hozirda korxona faqat bir smenada ishlaydi. Agar ishni 2 smenada tashkil qiladigan bo'lsak bir kunlik mahsulot hajmi 20.000 dan 40.000 taga yetadi, yani 2 barobar ortadi. Bu esa bizga 2 milliard mablag' tejab beradi. Sababi mashinalar kechki pay ishlanmasdan turadi. 2 milliard mablag' sarflab yangi fillial ochgandan ko'ra, hozir mavjud mashinalardan 2 barobar ko'proq foydalanish kifoya. Lekin shuni ham takidlab o'tish kerakki korxonada ish smenasini oshirish bilan birgalikda yangi filiallar ochishni ham rejalashtirish kerak. Chunki O'zbekiston Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishni diversifikatsiya qilish maqsadida, Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda potensial xaridorlar va savdo tarmoqlari bilan doimiy ravishda ikki tomonlama muzokaralar olib bormoqda. To‘qimachilik mahsulotlarini eksportini jadallashtirishda muhim omillaridan biri “GSP +” rejimi bo‘lib, unga ko‘ra o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari boshqa to‘qimachilik mamlakatlari bilan jiddiy raqobatlasha olishga va eksport hajmini keskin oshirishga imkon yaratadi.

Muhim qadamlardan biri 2017 yilda O‘zbekiston Evropa Ittifoqi bilan «to‘qimachilik protokoli» ni ratifikatsiya qilinishi bo‘ldi. Ushbu protokolga muvofiq, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati tovarlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishda bojxona to‘lovlarini sezilarli darajada pasaytirish ko‘zda tutilgan. Agar ilgari o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga Yevropa Ittifoqining bojxona hududiga kirishda 17 foiz miqdorida soliq solinadigan bo‘lsa, protokol shartlariga ko‘ra to‘lovlar 6 foizga tushdi.

Shu o'rinda ko'pchilikka qiziq bo'lgan "GSP nima?" "GSP va GSP+ orasida qanday farq bor?" kabi savollarga javob berib o'tsam: GSP — bu «General System of Preferences» (Imtiyozlar bosh tizimi) iborasining qisqartmasi. Mohiyatan, bu O‘zbekistondagi qariyb hamma mahsulotlar Yevropa Ittifoqi davlatlariga bojsiz eksport qilinishini anglatadi. O‘zbekiston bu imtiyozlarga ega bo‘lgan 9-davlat bo‘ldi.

Shu bilan birga “GSP”ga nisbatan JSTga imtiyozlar beradigan har bir a’zosi, benefitsiar mamlakatlar bajarishi kerak bo‘lgan o‘z mezonlarini belgilaydi. Ushbu sxema rivojlangan mamlakatlar uchun ham, imtiyozlarni oluvchilar uchun ham qulaydir.

"GSP" va "GSP+" ning farqi shuki "GSP" rejimida O‘zbekiston Yevropa Ittifoqiga 3000 ta tovarni bojxona to‘lovisiz va 3200 ta mahsulotni pasaytirilgan stavkalar bilan eksport qilish imkonini beradi. “GSP +” maqomiga ko'ra, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqiga eksport qiladigan tovarlar soni 6200 taga ko'paydi va to‘qimachilik mahsulotlarining bojxona stavkalari 4 dan 12% gacha hisoblanadi.

Keyingi bosqichda O‘zbekistonga “GSP +” tizimiga o‘tish vazifasi qo‘yildi. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi “GSP +” tizimiga qo‘shilish tashabbuschilaridan biri bo‘ldi. Doimiy ravishda Yevropa Komissiyasi vakillari bilan ishlar olib borildi, Tashqi ishlar vazirligi va ITS vazirligi ko‘magida turli darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi, xususan, YEIning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha komissari Piter Burian bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Ushbu maqomni olish uchun O‘zbekiston inson va mehnat huquqlariga oid 27 ta asosiy xalqaro konvensiyalarga rioya qilish, shu jumladan, paxta yig‘im-terimida bolalar va majburiy mehnatni yo‘q qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqaruv qoidalariga rioya qilish doirasida juda katta ishlarni amalga oshirdi.

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston delegatsiyasining Bryusselga tashrifi tashkil etildi. Yevrokomissiya vakillari, tadbirkorlar, mashhur kiyim brendlari va OAV vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Natijada Yevropa tomoni Umumiy imtiyozlar tizimining “GSP +” dan foydalanuvchi maqomini olish uchun zarur bo‘lgan barcha 27 xalqaro konvensiya va bitimlarning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishini yakunlaganini bildirdi va mamnuniyat bilan qabul qilindi va ushbu maqomni olish uchun O‘zbekiston tomonining arizasini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

GSP +” O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati uchun qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

O'tkan yilning 30 noyabrida Yevropa Komissiyasi O‘zbekiston Respublikasining Preferensiyalarning umumiy tizimi plyus – “GSP+” dan foydalanuvchi maqomini olish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qildi. 10 apreldan O‘zbekiston uchun Yevropa Ittifoqining maxsus imtiyozlar tizimi (GSP+) kuchga kirdi.

“GSP +” tizimi taqdim etilib va joriy kilingandan so‘ng o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar o‘z mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilishda bir tomonlama tarif imtiyozlaridan foydalanishni boshlashlari mumkin. Yana takror aytaman, O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishlari mumkin bo‘lgan tovarlarning soni 6200 taga ko‘payadi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, “GSP+”ga muvofiq, dastlabki bosqichda to‘qimachilik mahsulotlarining eksporti hajmi 300 million AQSH dollarini tashkil etadi, keyinchalik 2025 yilga kelib 1,2 milliard AQSH dollarigacha o‘sishi aytilmoqda.

Hozirda O‘zbekiston 2,1 milliard dollardan ortiq to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilmoqda. Eksport qilinayotgan mahsulotlarning aksariyati MDH mamlakatlari, Turkiya va Xitoy bozorlariga yo‘naltiriladi. Va atigi 60 million dollar Yevropa Ittifoqi davlatlariga to‘g‘ri keladi.

"GSP+" imtiyozidan foydalanish maqsadida "Sargasso textile" korxonasi ham birqancha o'zgarishlar qilishi kerak. Yuqorida aytib o'tganimizdek "GSP+" rejimi mahsulotlarmizni Yevropaga eksport qilish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Fikrimcha endi bu imkoniyatlardan foydalanish uchun korxona o'z oldiga 3 bosqichda rivojlanish maqsadini qo'yishi kerak:



  1. Download 70,94 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish