Dasturiy modulni ishlab chiqish



Download 271,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana01.01.2022
Hajmi271,35 Kb.
#300600
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dasturiy modulni ishlab chiqish

 

 Tuzilmaviy dasturlash 

 

Modulni dasturlashda u nafaqat kompyuterga, balki insonga ham tushunarli bo‘lishini 

hisobga  olish  kerak:  modulni  ishlab  chiquvchilar  ham,  uni  tekshiruvchi  shaxslar  ham, 

modulni  sozlash  uchun  test tuzuvchi  testchilar  ham,  modulga  talab  qilingan  o‘zgarishlarni 

kirituvchi  DV  kuzatib  boruvchilari  ham  modul  ishi  mantiqini  qayta-qayta  tahlil  etishga 

majbur  bo‘ladilar.  O‘ozirgi  zamon  dasturlash  tillarida  ushbu  mantiqni  g‘oyat chalkashtirib 

yuboradigan  vositalar ko‘p bo‘lib,  ular  modulni  inson  uchun tushunilishini  qiyinlashtiradi. 

SHuning  uchun to‘g‘ri keladigan til  vositalarini tanlash choralarini ko‘rish  hamda  ma’lum 

dasturlash tartibiga rioya qilish zarur. Buning bilan bog‘liq holda Deykstra dasturni bir nechta 

turdagi  boshqarish  konstruktsiyalari  (tuzilmalar)dan  iborat  kompozitsiya  sifatida  qurishni 

taklif  qildiki,  bu  boshqarish  konstruktsiyalari  dastur  ishi  mantiqini  tushunarliroq  qilish 

imkonini  beradi.  Faqat  shunday  konstruktsiyalardan  foydalangan  dasturlash 



tuzilmaviy 

(strukturali) dasturlash degan nom bilan ataldi. 

Strukturali  (tuzilmaviy) dasturlashning asosiy konstruktsiyalari quyidagilardir: ketma-

ketlik, tarmoqlanish  va takrorlanish (4.4-rasmga qarang). Umumlashma operatorlar (ishlov 

berish  uzellari)  -  S,  S1,  S2  hamda  predikat  (shart)  -  R  ushbu  konstruktsiyalarning  tarkibiy 

qismlari  (komponentlaridir).  Bunda  yo  qo‘llanayotgan  dasturlash  tilining  oddiy  operatori 

(o‘zlashtirish, kirish, chiqish va protseduraga murojaat qilish operatorlari), yoki tuzilmaviy 

(strukturali) dasturlash asosiy boshqaruv konsturktsiyalarining kompozitsiyasi bo‘lgan dastur 

fragmenti umumlashma operator sifatida xizmat qilishi mumkin. Muhimi shundaki, har bitta 

konstruktsiya boshqaruv bo‘yicha faqat bitta kirish va bitta chiqishga ega. 

Yana shunisi ham muhimki, bu konstruktsiyalar hozirdanoq matematik ob’ektlardirlar 

(aynan  shu  tuzilmaviy  dasturlashning  muvaffaqiyatini  ta’minlaydi).  Har  bitta  tuzilmaviy 

bo‘lmagan  dastur  uchun  funksional  ekvivalent  bo‘lgan  (ya’ni  aynan  bitta  masalani 

echadigan)  tuzilma  holiga  keltirilgan  dasturni  yaratish  mumkin.  Tuzilma  holiga  keltirilgan 

dasturlar  uchun  ma’lum  bir  xossalarning  matematik  isbotini  berish  mumkin.  Bu  esa 

dasturdagi  ayrim  xatolarni  aniqlash  imkonini  beradi.  Bu  masalaga  alohida  ma’ruza 

bag‘ishlanadi. 

Tuzilmaviy dasturlash ba’zida «GO TO siz dasturlash» deb ham ataladi. Biroq bu erda 

gap  operator  GO  TO  da  emas,  balki  undan  betartib  foydalanishdadir.  Ko‘p  hollarda 



tuzilmaviy  dasturlash  ayrim  dasturlash  tillarida  (masalan,  FORTRAN  da)  aks  ettirilganda, 

o‘tish  operatori  (GO  TO)  tuzilmaviy  konstruktsiyalarni  ishlatish  uchun  qo‘llanadi.  Bu 

tuzilmaviy  dasturlash  tamoilini  buzmaydi.  Dasturni  aynan  «tuzilmaviy  bo‘lmagan»  o‘tish 

operatorlari chalkashtiradi, bunda ayniqsa matn modulida bajarilayotgan o‘tish operatoridan 

yuqorida  (avval)  joylashgan  operatorga  o‘tish  chalkashtiradi.  Shunday  bo‘lsa-da,  o‘tish 

operatorini  chetlab  o‘tishga  urinsak,  tuzilmaviy  dasturlar  nihoyatda  katta  va  qo‘pol  bo‘lib 

ketishi  mumkin.  Bu  esa  ularning  aniqligiga  zarar  etkazadi  va  matn  modulida  qo‘shimcha 

xatolarning paydo bo‘lish havfini tug‘diradi. Shuning uchun mumkin bo‘lgan o‘rinda o‘tish 

operatorini  chetlab  o‘tishni  maslahat  berish  mumkin,  ammo  bu  dastur  aniqligiga  zarar 

etkazmasligi kerak. 

O‘tish  operatorini  qo‘llashning  foydali  jihatlari  ham  bor.  O‘tish  operatori  yordamida 

tsikldan, ya’ni muayyan tuzilmaviy birlik (umulashma operator) ishini tugallaydigan alohida 

shart-sharoit  bo‘yicha  bajariladigan  protseduradan  chiqishni  amalga  oshirish  mumkin. 

Buning  bilan  u  dastur  tuzilmasini  faqat  lokal  (ya’ni  boshqalarga  ta’sir  qilmaydigan  bitta 

o‘rinda)  buzishi  mumkin  xolos.  Favqulotda  (odatda  xato)  vaziyatlarga  nisbatan  yuzaga 

keladigan  reaktsiya  (munosabat)ni  dastur  tuzilmasida  ishga  solish  ancha  qiyinchiliklar 

tug‘diradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                       

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Ketma-ketlik 

S2 

S1 


S2 

S1 



Download 271,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish