Fuqarolik jamiyati – iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayot sohasiga to‘g‘ri keladigan tushunchadir. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy sohasi ko‘lamiga ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar, fuqarolarning turli shakldagi faoliyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari ham mansubdir.
Ehtiyoj – inson talablari asosida paydo bo‘ladigan tabiiy xususiyat; jonli mavjudot hayot kechirishining yaqqol shart-sharoitlarga, uning shularga bog‘liq ekanligini ifoda etuvchi holat.
Integratsiya – milliy iqtisodiyotlarning sifat jihatidan yangi sharoitlarga ega bo‘lishi va, mamlakat taraqqiyoti imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, ixtiyoriy ravishda birlashishi, bir-birlariga o‘zaro ta’sir etishi jarayoni.
Vatanparvarlik – Vatanga nisbatan sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo‘lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilat.
Do'stlaringiz bilan baham: |