DAVLAT VA XO’JALIK BOSHQARUV ORGANLARI YURIDIK XIZMATI
Reja:
Boshqaruv organlari faoliyatida qonuniylikni ta'minlashda yuridik xizmatning roli
Yuridik xizmatning huquq ijodkorligi va huquqni qo’llash faoliyatida ishtiroki
Tarmoqda bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida yuridik xizmatning ishtiroki
Boshqaruv organlari faoliyatida qonuniylikni ta'minlashda yuridik xizmatning roli
Yuridik xizmatning respublika va mahalliy davlat hamda xo’jalik boshqaruvi organlari faoliyatida quyidagi funksiyalarni tashkiliy, nazorat, huquqiy tarbiya, normativ-huquqiy hujjatlar va yuridik amaliyot bo’yicha ma'lumotnoma ishlarini olib borish bilan amalga oshiriladi.
Yuridik xizmatning tashkiliy funksiyasi — qonuniylikni ta'minlash bo’yicha hamda huquqiy ishlar darajasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari yuridik xizmatining bu funksiyasi markaziy yoki ishchi devonida, shuningdek, boshqaruv organi tizimida yoki tarkibida bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlarning qonunchilikni to’g’ri qo’llanishini to'minlashga qaratiladi va amalga oshiriladi.
Yuridik xizmatning nazorat funksiyasi — u bajaradigan vazifalar hajmi va vakolat doirasi bo’yicha asosiy funksiya hisoblanadi.
Yuridik xizmat to’g’risidagi qonunchilikning rivojlanishi uning qonuniylikni ta'minlashga qaratilgan faoliyatida mustaqilligini kuchaytirishga yo’naltirayotganligini ko’rsatmoqda. Natijada yuridik xizmat xodirnlari nafaqat respublika va mahalliy davlat hamda xo’jalik boshqaravi organlari rahbarlariga yoki boshqa mansabdor shaxslarga huquqiy masalalarda maslahatlar beradi, balki qonunchilikka rioya qilish ustidan nazorat qilish funksiyasini ham keng ko’lamda amalga oshiradi
Yuridik xizmat respublika va mahalliy davlat hamda xo’jalik boshqaravi organlari faoliyatiga taalluqli bo’lgan barcha qonunlar va qonun osti hujjatlarini, shu jumladan, o’zlarining lokal hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni olib boradi
Yuridik xizmatni nazorat funksiyasi — ichki idoraviy nazoratning tarkibiy qismi hisoblanib, u quyidagi vositalar orqali amalga oshiriladi:
yuridik xizmat respublika va mahalliy davlat hamda xo’jalik boshqar uvi organlari rahbarlariga imzolash uchun taqdim qilinayotgan buyruqlar va huquqiy mazmundagi boshqa hujjatlar loyihalarining qonunga muvofiqligini tekshiradi va ularga viza qo’yadi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi qonunlarga muvofiqligini yuridik xizmat tomonidan oldindan tekshirilmas-dan chiqarilishiga yo’l qo’yilmaydi;
2) respublika va mahalliy davlat hamda xo’jalik boshqaruvi organlari, ularning tizimi yoki tarkibiy bo’linmalari rahbarlari tomonidan chiqarilgan huquqiy mazmundagi hujjatlar qonunga muvofiqligi nuqtayi nazaridan tekshiriladi yoki o’rganiladi. Bunda asosan yuridik kuchga kirgan hujjat tekshiriladi va bunday hujjatning qonunga zidligi aniqlansa, yuridik xizmat tomonidan tegishli choralar ko’riladi, ya'ni tegishli rahbarga bu haqida axborot beriladi; 3) davlat va xo’jalik boshqaruvi organi tizimi va tarkibidagi xo’jalik yurituvchi subyektlarning huquqiy ishlarining ahvolini tekshiradi. Masalan, xo’jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini,
shuningdek, talabnoma bildirish va uni ko’rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish, davlat va xo’jalik boshqaravi organlari va uning tarkibiy bo’linmalarida qonunchilikka rioya qilinishini o’rganish va umumlashtirish yuridik xizmatning funksiyasiga kiradi. Mazkur ishlarni takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlab, boshqarav organi rahbariyati va hay'atiga kiritadi.
Yuridik xizmat davlat va xo’jalik boshqaravi organlari va uning tizimiga kiravchi xo’jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va xodirrdarining huquqiy tarbiya ishida faol ishtirok etadi hamda uning tashkilotchisi bo’lib hisoblanadi.
Yuridik adabiyotlarda huquqiy tarbiyaning quyidagi asosiy shakllari farqlanadi:
huquqiy ta'lim (o’qitish yoki o’qish);
huquqiy targ’ibot (og’zaki va ommaviy axborot vositalari orqali);
qonunlar va yuridik amaliyotning tarbiyaviy ta'siri;
huquqiy tashviqot;
huquqiy axborot berish;
shaxsiy huquqiy tarbiyaviy ish
Yuridik xizmatning normativ-huquqiy hujjatlar va yuridik amaliyot bo’yicha ma'lumotnoma ishlari o’z ichiga quyidagilarni oladi:
normativ-huquqiy hujjatlar fondini tashkil qilish;
tarkibiy bo’linmalarni normativ-huquqiy hujjatlar matni bilan ta'minlash;
normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarni belgilab borish, bekor qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni foydalanishdan chiqarish va bu haqda tarkibiy bo’linmalarni xabardor qilish;
sud amaliyoti materiallarini yig’ish.
Huquq ijodkorligi huquqiy tartibga solishning asosiy, boshlang’ich bo`g’ini hamda huquqiy ishlarning muhim tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar o’z vakolatlari doira-sida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yo’riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar mazkur buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi. Davlat boshqaruvi organlarining normativ huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolatiga ega ekanligi O’zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi «Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi Qonunida bevosita o’z aksini topgan. Bundan tashqari mazkur vakolat davlat boshqaruvi organlarining Nizomlarida ham o’z ifodasini topgan.
Davlat boshqaruvi organlarida yuridik xizmatning idoraviy huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtirokini uch yo’nalishga ajratish mumkin, ya'ni:
birinchisi, normativ-huquqiy hujjat loyihasini bevosita yuridik xizmatning o’zi tomonidan yoki ayrim hollarda muayyan bo’limlar bilan birgalikda tayyorlashi;
ikkinchisi, boshqa bo’lim yoki bo’linma xodimlariga normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ko’maklashish;
uchinchisi, normativ-huquqiy hujjat loyihalarini huquqiy ekspertizadan o’tkazish.
Yuridik xizmat loyihalarni tayyorlashda tarkibiy bo’limlarga huquqiy masalalar bo’yicha zarur bo’lgan yordamni ko’rsatadi. Loyihani ishlab chiqishdan avval, yuridik xizmat yordamida ishlab chiqiladigan loyihaning mavzuyiga oid bo’lgan Qonunlar, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar va davriy nashrlar, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qo’llash amaliyoti va agarda mavjud bo’lsa, sotsiologik va boshqa tadqiqot materiallarini o’rganish tashkil etiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, asosan, unda hal etilishi lozim bo’lgan masala boshqaruv organining qaysi tarkibiy bo’limining faoliyat doirasiga taalluqli bo’lsa, shunga topshiriladi. Ushbu bo’lim yoki bo’linma loyihani asosiy ijrochisi bo’lib hisoblanadi va uni tayyorlash bo’yicha javobgardir. Juda muhim va murakkab loyihalarni tayyorlash uchun komissiya, ya'ni ishchi guruhini tuzish tavsiya etiladi. Ushbu holatda loyihani tayyorlash uchun mas'ul bo’lgan mansabdor shaxslar doirasi aniqlanadi. Zaruriyat bo’lgan hollarda loyihani ishlab chiqish uchun olimlar va tajribali mutaxassislar jalb etiladi.
Boshqaruv organi yuridik xizmatining huquq ijodkorligida ishtirok etishining asosiy shakli bu — huquqiy ekspertizadir. Huquqiy ekspertiza quyidagi elementlardan iborat: qonuniylikni tekshirish, matnni huquqiy va umumiy tahrirlash, normativ-huquqiy hujjat shaklining belgilab qo’yilgan talablarga javob berishi, normativ-huquqiy hujjatga manfaatdor shaxslar tomonidan viza qo’yish tartibi, normativ-huquqiy hujjat yuboriladigan shaxslar ro’yxati.
Yuridik xizmat buyruqlarning yoki boshqa huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarini tahlil etayotganda quyidagilarga e'tibor qaratishi lozim:
mazkur hujjatni qabul qilish zarurligi yetarli darajada asos-lantirilganmi;
boshqaruv organi mazkur hujjatni qabul qilish vakolatiga egami;
u amaldagi qonunchilikka zid emasmi;
undagi havolaki normalar to’g’ri qo’yilganmi;
ushbu masala yuzasidan avval idoraviy hujjat qabul qilin-ganmi;
loyihada nazarda tutilgan huquqiy choralar asoslantirilganmi;
hujjatning shakli to’g’ri tanlanganmi;
yangi hujjat qabul qilinishi munosabati bilan awalgi hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimcha kiritish yoki ularni bekor qilish masalalari unda yoritilganmi.
Tarmoqda bozor munosabatlarini joriy etishda yuridik xizmat asosiy tuzilma bo’lib hisoblanadi, chunki bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini va mohiyatini boshqa soha vakillaridan ko’ra yuridik xizmat xodimlari yaxshi o’zlashtirib olgan bo’ladi.
Yuridik xizmat faqatgina normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va uni huquqiy ekspertizadan o’tkazish bilan cheklanib qolmasdan, mazkur normativ-huquqiy hujjatni tegishli darajada ijro etilishini ta'minlashda ham ishtirok etishi lozim. Normativ-huquqiy hujjat ijrosini ta'minlash faqatgina uning ijrosini nazorat qilish orqali emas, balki mazkur normativ-huquqiy hujjat tegishli munosabatlarni yetarli darajada va to’liq tartibga solayotganligini aniqlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Normativ-huquqiy hujjatdagi kamchiliklar esa, asosan, uni qo’llash jarayonida darhol namoyon bo’ladi.
Nazorat savollari:
Boshqaruv organlari faoliyatida qonuniylikni ta'minlashda yuridik xizmat qanday ahamiyatga ega?
Yuridik xizmatning huquq ijodkorligi va huquqni qo’llash faoliyatida ishtiroki nimalarda namoyon bo’ladi?
Tarmoqda bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida yuridik xizmatning ishtiroki haqida gapirib bering.
Yuridik xizmatning mulkni saqlashni ta'minlashdagi hamda davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdagi ishtiroki nimalarda o’z ifodasini topadi?