Davlatni elektron usulda boshqarish Bugungi kundagi abtlari «Elektron Belarus» davlat dasturi


«Elektron Belarus» davlat dasturi



Download 0,52 Mb.
bet4/5
Sana02.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#524387
1   2   3   4   5
«Elektron Belarus» davlat dasturi

Bugungi kunda «Elektron Belarus» davlat dasturini amalga oshirish doirasida Belarus Respublikasi davlat organlarining idoralararo elektron aylanishi tizimi sinov foydalanish uchun topshirildi. Dasturni ishlab chiqishdan maqsad davlat boshqaruvi masalalarini yanada tezkor va samarali hal qilish zarurati bo‘ldi. 75 ta davlat idoralari va tashkilotlarini birlashtirgan integratsiyalashgan axborot maydoni amalga oshirilgan bo‘lib, bu tashkilotlar orasida Belarus Respublikasi Prezidenti Ma’muriyati, Vazirlar Kengashi apparati, Belarus Respublikasining barcha vazirliklari, Minsk shahri va barcha viloyat ijroiya qo‘mitalari, respublikani etakchi muassasalari va korxonalari, Belarus Respublikasi Milliy banki va bank tizimidagi etakchi tijorat tashkilotlari bor.


Qozog‘iston Respublikasida elektron hujjat aylanishining idoralararo tizimini muvaffaqiyatli yaratish va rivojlantirish uchun bir qator meyoriy hujjatlar qabul qilindi: «Qozog‘iston Respublikasi Hukumati Reglamenti», «Qozog‘iston Respublikasi davlat tashkilotlarida hujjatlashtirish va hujjatlarni boshqarishning na’munali qoidalari», «Qozog‘iston Respublikasi davlat organlarini elektron hujjat aylanishi tizimi konsepsiyasi», shuningdek «Elektron hujjat aylanishi yagona idoralararo tizimi uchun texnik hujjatlar» qabul qilindi, tuzilmasiga, axborot almashinuvi va bir xillashtirilgan dasturiy ta’minotning yagona formatlaridan foydalanishga, elektron raqamli imzo qo‘llanilishiga qo‘yiladigan talablar va hokazalar kiritilgan.
Qozog‘istonda mavjud bo‘lgan idoralararo elektron hujjat aylanishi Evropa va MDH mamlakatlarida foydalaniladigan unga o‘xshash tizimlardan tubdan farq qiladi. Asosiy farqi shundaki, Qozog‘istonn elektron hujjat aylanishini yagona tizimi barcha markaziy davlat organlari hujjat aylanishi idoraviy tizimlarini birlashtirishga va bir xillashtirishga imkon beradi. Davlat organlarini Intranet–portali davlat xizmatchilarini jamoa bo‘lib ishlash vositalari, zarur axborot resurslari bilan ta’minlash uchun, shuningdek tashkiliy masalalarni hal qilish va axborot almashinuvi uchun mo‘ljallangan ichki korporativ axborot tizimidan iborat.
Ukrainadagi davlat idoralari elektron hujjat aylanishi texnologiyalaridan foydalanib, idoralararo axborotga oid o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Davlat standarti sifatida elektron hujjatlar MoReq (Model Requeirements for the Management of Electronic Records)ni boshqarish bo‘yicha funksional spetsifikatsiya namoyon bo‘lishi belgilangan. 2002 yilda Evropada ishlab chiqilgan MoReq universal standart bo‘lib hisoblanadi, milliy spetsifikatsiyaga ega emas va istalgan mamlakatda qo‘llash uchun oson moslashadi. Idoralararo elektron xujjat aylanishning boshlang‘ich bosqichini amalga oshirish uchun MOREQ–UA standartini muhokama qilish uchun web-resursini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Resurs 2009 yilning 18 may oyida o‘z ishini boshlagan.
Tahlillar asosida qog‘ozli va elektron ko‘rinishdagi xujjat aylanuvining farqini quyidagi diagrammalardan ko‘rishimiz mumkin:


EHT ga o’tish





Qog‘ozli hujjat aylanuvining ko‘rinishi





Elektron hujjat aylanuvining avfzalliklari

Axborot jamiyati – jamiyat rivojlanishining yangi bosqich sifatlarini ifodalovchi nazariy model hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishining texnologik asosi bo‘lib sanoat emas, balki axborot va telekommunikatsion texnologiya xizmat qiladi.


Axborot texnologiyalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, davlatni boshqarish, ichki va tashqi bozorda raqobatni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ixtiyoriy shaxs ixtiyoriy axborotdan foydalanish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida qonun va texnik imkoniyatlar bilan kafolatlangan.
Axborot jamiyatining o‘ziga xos xususiyati:

  • jamoa hayotida bilim va axborot rolining oshishi;

  • ichki yalpi mahsulot xizmatlari va mahsulotlarini ishlab chiqishda axborot kommunikatsiyasining ahamiyatini oshishi;

  • global axborot maydonini tashkil etilishi orqali:

a) aholining samarali axborot almashinuvini ta’minlash;
b) aholining jahon axborot manbaiga murojaatini ta’minlash;
v) aholini axborot resurslari va xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirish.
Boshqarish davlatning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Murakkab boshqaruvli katta masshtabdagi ob’ektlarda axborot texnologiyalari yordamida boshqarish ijtimoiy islohatlarni o‘tkazish, ijtimoiy tashkilotlar turlarini o‘zgartirish, tashkil etish madaniyatini yangi pog‘onalarga ko‘tarishni taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida turli tashkilotlar dasturiy ta’minotning turli ishlab chiqaruvchilari tomonidan bajarilgan va har xil platformalarda amalga oshirilgan axborot texnologiyalarni qo‘llaydilar. Axborot texnologiyalarning turli platformaligi samarali idoralararo elektron hujjat aylanishini tashkil etishning asosiy tutib turuvchi omili hisoblanadi. Bugun turli tashkilotlar o‘rtasidagi hujjat aylanishi asosan qog‘oz ko‘rinishda amalga oshirilmoqda, bu esa xizmatga oid axborotning tezkor almashinuvini ancha murakkablashtiradi va kechiktiradi. Bu jarayon quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi: bir tashkilotning axborot tizimida yaratilgan hujjat qog‘oz eltuvchiga chop etib chiqariladi, kurer yoki odatdagi pochta orqali boshqa tashkilotga etkaziladi, u erda kompyuter xotirasiga o‘qitiladi va yangi axborot tizimiga kiritiladi. Bu tashkilotlardan har birining ichida o‘z hujjat aylanishini avtomatlashtirish tizimi amal qilishini hisobga olgan holda tashqi muomala uchun mo‘ljallangan hujjatdagi har bir o‘zgarish yuqorida tavsiflab o‘tilgan jarayonlardan bir necha marta o‘tadi.
O‘zbekistonda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi mustaqil tashkilotlar o‘rtasida qog‘ozsiz hujjat almashinuvini qonuniy hal etib, bu muammoni qisman bo‘lsada hal etdi.
Bugungi kunda sozlashlar yordamida turli platformali echimlarning to‘g‘ri o‘zaro aloqasini ta’minlashga imkon beruvchi ko‘plab uskunalar mavjud. Bu vaziyatdan chiqish yo‘llaridan biri O‘zbekiston Respublikasida davlat tuzilmalaridagi turli xil axborot tizimlarining o‘zaro aloqa qilishi yagona standartini qo‘llanishi hisoblanadi. Bu esa turli davlat tashkilotlari axborot tizimlarini yagona tashkilotlararo elektron hujjat aylanishi tizimiga birlashtirish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasida O‘z DSt 1270 davlat standarti ishlab chiqilgan bo‘lib, unda axborot tizimida qo‘llaniladigan elektron hujjatlarning format va shakllarini tavsiflari mavjud. Ushbu standartda tavsiflangan belgilashlarni kengaytirilgan tili ma’lumotlarini tizimlashgan tavsifi standarti - XML-standarti (eXtented Markup Language)ning qo‘llanishi tashkilotlarni o‘z hamkorlari, uzoqda joylashgan filiallari va boshqa tashqi tashkilotlar bilan aloqalarini samaradorligini ancha oshirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘z DSt 1270 standarti ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi tizimida elektron hujjatlar almashinuvi uchun majburiy hisoblanadi va mavjud xalqaro umum tan olingan standartlar asosida ishlab chiqilgan. Agar ushbu standart tashkilotda mavjud bo‘lgan axborot texnologiyalari bilan qo‘llab-quvvatlanmasa, u holda uni umumiy standartga keltirish yoki ushbu standartga mos keladigan mukammal axborot texnologiyalarni joriy qilish tavsiya etiladi.
Bundan keyin ishlab chiqilayotgan «Elektron hujjat, shakllantirish, qo‘llash va saqlashga qo‘yiladigan talablar» davlat standarti yordamida turli elektron hujjatlarni saqlash, izlash, tashkil etilishi kerak.
Axborot tizimida elektron hujjat, odatda, ro‘yxatga olish-nazorat kartochkasi ko‘rinishida taqdim etiladi, unda hujjatning rekvizitlari to‘g‘risida, topshiriqlar, ijrochilar to‘g‘risida, ijro etilgani, ijro etish muddati to‘g‘risidagi axborot bo‘ladi. Hujjatning rekvizitlari va qayd etish-nazorat shakli tashkilot ichida qabul qilingan ish yuritish va axborot texnologiyalari tizimida bajariladigan funksiyalarga bog‘liq holda aniqlanadi. Hozirgi zamon bosqichida respublika tashkiliy-farmoyish hujjatlarini umumlashgan tizimining belgilangan talablari va standartlarini tashkillashtirishda respublikada elektron hujjat yuritish va ish yuritishni meyoriy-huquqiy asosini shakllantirish zarurati mavjud. Hozirgi paytda «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va xududiy bo‘linmalarida hujjatlar va ijro intizomi holatining monitoringi bilan ishlarni tashkil etish tartibi» amal qilmoqda.
Davlat boshqaruvi ob’ektlarida elektron hujjat aylanishida nafaqat hujjatning formati va tuzilmasiga, balki ob’ektlararo axborot tizimlarida ham qo‘llaniladigan hujjatni yagona rekvizitlarini qo‘llash bo‘yicha talablar ham belgilanishi kerak.
Elektron hujjat yagona rekvizitlarining qo‘llanilishi rekvizitlarni tavsiflashni yagona ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyati to‘g‘risidagi masalani qo‘yish imkonini beradi. «Standart» rekvizitlar tavsifidan iborat ma’lumotlar bazasining mavjudligi ma’lum rekvizitlar to‘plamiga ega turli hujjatlarni shakllantirish imkonini beradi. Bu ma’lumotlar bazasining «standart» rekvizitlari asosida elektron hujjatlar ro‘yxati yaratilib, ular yagona reestrga kiritiladi. Bu elektron hujjatlarga bevosita ishlov berishni ta’minlashga imkon beradi.
Ixtiyoriy axborot texnologiyalari tizimini tashkilot tuzilmasi, hujjatlar bilan ishlash texnologiyasiga sozlash uchun turli axborot va kiritishni optimallashtiruvchi boshqa yordamchi ma’lumotlardan iborat ma’lumotnomalar mavjud bo‘ladi. Ushbu ma’lumotnomalar turli tuzilma va formatga ega bo‘lib, bu ularning sinxronlashtirish jarayonini qiyinlashtiradi. Murakkab boshqaruvli katta masshtabli ob’ektlarda hujjat aylanishida tashkilotlarning «moslashuvchi» ma’lumotnomalari yaratilishi, ularni dolzarb holatda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashkilotchi belgilanishi kerak. Bu ob’ektlararo axborot tizimini tashkil etishda o‘zaro ishlash jarayonini optimallashtirish imkonini beradi.
Davlat boshqaruvi tizimida ob’ektlararo elektron hujjat aylanishini standartlashtirish bilan birga quyidagi holatlarga e’tibor qaratish lozim:
- ob’ektlararo axborot tizimi foydalanuvchilari uchun ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi tartibini belgilovchi va qoidalarini bajarilishiga;
- ob’ektlararo axborot tizimi doirasida elektron hujjatlarning yagona axborot resurslarini shakllantirish va foydalanish tartibiga;
- elektron hujjatlarning qimmatligini ekspertizadan o‘tkazishni va davlat tomonidan saqlashga topshirishni tartibga solishga;
- ob’ektlararo elektron xujjat almashinuvi vaqtida axborotni yo‘qotish xavflarini bartaraf etish maqsadida barcha xatti-harakatlarni rasmiylashtirish tizimini tashkil etishga;
- ob’ektalararo tarmoqda kompleks axborot xavfsizligini ta’minlashga.
Ob’ektlar elektron hujjatlarini hisobga olishni, saqlashni va foydalanishni avtomatlashtirish uchun ob’ektlarni elektron arxivlari tizimini yaratish va uning xavfsiz ishlashi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini markaziy elektron arxivi bilan o‘zaro aloqasi masalalari ko‘zda tutilishi va hal etilishi kerak.
Ob’ektlararo axborot tizimini yaratishda elektron hujjatlardan, huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgani kabi, O‘z DSt 1092 standartining ERIni qo‘llagan holda foydalanishni ta’minlovchi mexanizmlar nazarda tutiladi. SHu maqsadda ochiq kalitlar infrastrukturasidan foydalanib, ob’ektlararo elektron hujjat aylanishida ERIni qo‘llash talablari, shuningdek ob’ektlararo axborot tizimining ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari bilan o‘zaro ishlashi bo‘yicha bir qator talablar ishlab chiqilgan.
Ob’ektlararo axborot almashuv tizimining samarali ishlashi uchun tizimni ma’muriy boshqarishni avtomatlashtirish, shuningdek yangi ob’ektlarni ulanishi uchun ob’ektlararo axborot tizimi ochiqligini va kengayuvchanligini ta’minlash zarur. Ma’muriy boshqarishni murakkabligi ob’ektlararo axborot almashinuvi tashkiliy tuzilmasining murakkablik darajasiga bevosita bog‘liq.
Ob’ektlararo elektron hujjat aylanishini amalga oshirishda axborot xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu masalani hal qilish uchun quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
- telekommunikatsiyalar infrastrukturasini ta’minlashga va ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi uchun tarmoqni qurishga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- ob’ektlararo axborot almashinuv tizimining dasturiy-apparat vositalarini va axborot resurslarini ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash bo‘yicha choralar ishlab chiqish;
- ob’ektlararo axborot almashinuvida ERIdan foydalanish sohalari belgilash (himoyalangan mualliflashtirish, haqiqiyligini tasdiqlash va hokazo);
- elektron hujjatlarni aloqa kanallari bo‘yicha uzatishda va ob’ektlararo axborot tizimining ma’lumotlar bazasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini qo‘llagan holda saqlashda elektron hujjatlarni butunligini himoyalash va ta’minlash bo‘yicha talablar ishlab chiqish;
- murakkab boshqaruvli katta masshtabdagi ob’ektlararo elektron xujjatlar almashinishida himoyalangan ulanishi talablarini bajarish.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish