Detallarni chizish ketma-ketligi



Download 19,7 Kb.
bet1/2
Sana20.08.2021
Hajmi19,7 Kb.
#152505
  1   2
Bog'liq
Oila rasmi


  1. Oila rasmi”

Tadqiqot uchun - oq qog’oz (21x29 sm hajmdagi), 6 xil rangli qalam, o’chirgich zarur. Bolaga quyidagi ko’rsatma beriladi.”Iltimos, o’z oilang rasmini

chiz”. Bunda oila so’zining ma’nosini tushuntirish ta’qiqlanadi. Agar bola nima chizish kerakligini so’rasa, psixolog ko’rsatmani takrorlashi zarur. Vazifani bajarish vaqti chegaralanmagan. Vazifani bajarish jarayonida quyidagilar qayd qilinishi zarur:



  1. detallarni chizish ketma-ketligi;

  2. 15 sekunddan ortiq pauzalar;

  3. detallarni o’chirish;

  4. bolaning o’z- o’zidan beriladigan izohlari;

  5. Emotsional reaktsiyalar hamda ularning tasvir mazmuni bilan aloqasi.

Vazifa bajarib bo’lingach, psixolog verbal yo’l bilan iloji boricha ko’proq ma’lumot olishga harakat qilishi lozim.Odatda quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:

Ayt-chi bu erda kim tasvirlangan?

Ular qaerda tasvirlangan?

Ular nima qilishayapti?

Buni kim o’ylab topdi?

Rasmda chizilganlarning eng baxtlisi kim? Nima uchun?

Ulardan eng baxtsizi kim? Nima uchun?

Oxirgi ikki savolga agar bola javob bergisi kelmasa, uni majburlash kerak emas. Chunki u hissiyotlar bilan bog’liq.Suxbat davomida psixolog bola chizgan rasmning mazmunini aniqlashga harakat qilishi zarur:

-agar oila a’zolaridan biri tasvirlanmagan bo’lsa, unga nisbatan hissiyotlarini;

- uning sabablarini, rasmdagi alohida detallar (hayvonchalar, qushchalar) bola uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini bilish muhimdir. Ammo bunda iloji boricha to’g’ri, bevosita savollarga murojaat qilmaslik zarurki, bu bolada tashvishlanish, himoya reaktsiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. Ko’pincha bunday hollarda proektiv savollarga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir (masalan, «Agar qushcha o’rniga odam rasmi chizilgan bolsa, u kim bo’lishi mumkin?», «Akang bilan musobaqalashsang kim Yutgan bo’lar edi?», «Biror erga bormoqchi bo’lsa, akang o’zi bilan kimni olib ketar edi?»).

Suxbatdan so’ng bolaga 6 turdagi vaziyatni hal qilish taklif qilinadi: ulardan uchtasi oila a’zolariga nisbatan negativ hissiyotlarni, uchtasi ijobiy munosabatlarni aniqlashga qaratilgan: Tasavvur qilaylik, tsirkka 2 ta chiptang bor, kimni o’zing bilan birga tsirkka taklif qilar eding?

Tasavvur qilaylik, oilangiz mehmonga borishi kerak. Biroq kimdir kasal bo‘lib uyda qoladi. U kim?

Konstruktordan uy yasayapsan, lekin uning uddasidan chiqa olmayapsan. Kimni yordamga chaqirasan?

Senda qiziqarli filmga bir necha chiptalar bor, lekin u oila a‘zolarining sonidan 1 taga kam. Uyda kim qoladi?

Tasavvur qilaylik, sen kimsasiz orolga tushib qolding, u erda kim bilan birga yashashni xohlarding?

Senda qiziqarli loto o‘yini bor‘ Oila a‘zolaring bilan uni o‘ynamoqchisizlar. Ammo bitta odam ortiqchalik qilyapti. Kim loto o‘ynamaydi?

Interpritatsiya uchun quyidagilarni bilish zarur:


  1. tadqiq qilinayotgan bolaning yoshi;

  2. oila a‘zolarining soni, aka-singillari yoshi;

  3. agar iloji bo‘lsa, bolaning uy va bog‘chadagi, maktabdagi xulqi haqida ma‘lumotlar.

—Oila rasmi” metodikasi interpritatsiyasini shartli 3 qismga ajratish mumkin:

  • Oila rasmi strukturasi taxlili;

  • Oila a‘zolari grafik tasviri xususiyatlari tavsifi;

  • Rasm chizish jarayoni taxlili.

Oila rasmi” strukturasini taxlil qilish va chizilgan hamda real oila tarkibini taqqoslash

Odatda, oilada ijobiy emotsiyalarni his qiluvchi bola oilani to‘laligicha aks ettiradi.

Tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, 6-8 yoshli, normal intellektga ega bo‘lgan bolalarning 85 %(oilasi bilan yashovchi) rasmda oila a‘zolarining to‘liq rasmini chizadi. Agar oila a‘zolaridan birortasi tushib qolgan bo‘lsa, bunga alohida e‘tibor berilishi talab qilinadi.

Chunki u emotsional ziddiyat, oiladagi mavjud vaziyatdan qoniqmaslikdan dalolat beradi.

Ba‘zi hollarda rasmda umuman odamlar aks ettirilmasligi yoki oilaga umuman aloqasi bo‘lmagan odamlar aks ettirilganligini ko‘rish mumkin. Bunday holatlar juda kam uchraydi. Buning sababi - oila bilan bog’liq bo’gan salbiy kechinmalar, rad etilganlik hissi, himoyasizlik hissi, Yuqori darajadagi havotirlanish hamda psixologning o‘rganilayotgan bola bilan yahshi aloqa o‘rnata olmaganligi bo‘lishi mumkin.

Ba‘zan bolalar oila a‘zolaridan birini tushirib qoldirishlari ham uchrab turadi. Buning sababi - o‘sha oila a‘zosining emotsional yoqimsizligi, u bilan nizoli munosabatning mavjudligidir. Ko‘proq aka yoki singillar rasmi chizilmay qoladi. U yoki bu oila a‘zosi rasmi nima uchun chizilmagan degan savolga himoya javobi beriladi - masalan, —joy qolmagani uchun chizmadim”. Ba‘zida esa ochiqdan- ochiq —Chizgim kelmadi, chunki u men bilan urishadi”.

Ba‘zan real o‘ila a‘zolari o‘rniga bola biror hayvoncha, qushcha rasmini chizishi mumkin. Bunda psixolog uchun bola ular bilan kimni identifikatsiya qilayotganligi muhim”.

Ba‘zi rasmlarda bola o‘z rasmini chizmaydi yoki oilasi o‘rniga faqat o‘zini aks ettiradi. Bu bolaning o‘zini oila tarkibiga qo‘shmasligidan, oilada hamjihatlik mavjud emasligidan dalolat beradi. Rasmda —Men”ning mavjud bo‘lmasligi qabul qilinmaslik, rad etilish hissini boshidan kechirayotgan bolalar uchun xarakterli.

Oila tarkibining kattalashtirilishi ham bizga ba‘zi ma‘lumotlar berishi mumkin.

Odatda bu psixologik ehtiyojlarning qondirilmaganligi bilan bog‘liq. Oilada yolg‘iz farzand bo‘lsa, affiliyatsiya ehtiyojlari qondirilmasa, qarindosh yoki qo‘shni bolalar yoki ba‘zida kuchukcha, mushukcha rasmini aks ettirishi mumkin.

Oila a’zolarining joylashishi

Rasmda oila a‘zolarining joylashishi oiladagi o‘zaro munosabatlarning psixologik xususiyatlaridan darak berishi mumkin.

Oilaning jipsligi, oila a‘zolari bir-birlari bilan qo‘l ushlashib turishi, umumfaoliyat bilan birlashuvi oilaning normal psixologik muxiti ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bunga qarama-qarshi xarakteristikali rasmlar emotsional aloqaning past darajaligidan dalolat beradi.

Oilaning bir qismi bir guruhda chizilgan, bitta yoki bir necha shaxs alohida tasvirlangan rasmlar psixologik jihatdan qiziqarlidir. Agar bola o‘zini alohida ajratib qo‘ysa, bu unda ajralib qolganlik hissi mavjudligini bildiradi. Agar oila a‘zolaridan birortasi alohida qilib chizilsa, bolaning unga nisbatan salbiy munosabati, undan bolaga kelayotgan xavf haqida taxmin qilish mumkin.

Rasmda oila a‘zolarini guruxlarga birlashtirish oilaning psixologik mikrostrukturasini aniqlash imkonini beradi.

Chizilgan figuralar xususiyatlari taxlili

Oila a‘zolarining grafik tasvir xususiyatlari bolaning ayrim oila a‘zosiga nisbatan emotsional munosabatini, bola uni qanday idrok etishi, bolaning —Men obrazi” , uning jinsiy identifikatsiya kabi keng qamrovli ma‘lumotlar berishi mumkin.

Bolaning oila a‘zolariga emotsional munosabatini baholashda quyidagilarga alohida e‘tibor berish zarur:



  1. Tana detallari miqdori: bosh, soch, quloqlar, ko‘zlar, ko‘z qorachig‘i, kipriklar, qosh, burun, yuz, og‘iz, bo‘yin, yelka, qo‘llar, kaft, barmoqlar, oyoq,tovonning mavjudligi.

  2. Kiyim detallari va bezaklar: bosh kiyimi,yoqa,galstuk, bant, chontak, kamar,tugmacha, soch turmak elementlari, yani kiyimning murakkabligi,bezaklar.

  3. Figurani chizishda qo‘llanilgan ranglar miqdori.

Odatda ijobiy emotsional munosabat uning rasmini chizishda ijobiy kontsentratsiyada namoyon bo‘ladi yani tana detallarining miqdori, kiyim detallari va bezaklari hamda turli ranglar qo‘llanilishida ifodalanadi. Aksincha, insonga negativ munosabat sxematik tasvir, ba‘zida tananing muhim qismlari tushub qoldirilishida ham aks etadi. Odatda bolalar ota yoki onasining rasmini kattalashtirib chizishadi. Bu haqiqatga yaqin. Ba‘zida esa chizilgan figuranu munosabati oila a‘zolari real munosabatlariga mos kelmaydi. Masalan, 7 yoshli bola o‘z ota- onalaridan kattaroq tasvirlanishi mumkin. Bu bola uchun figuraning kattaligi kuch, ustunlik, ahamiyatlilikni ifodalash vositasi bo‘lib hizmat qilishidan dalolat beradi.

Masalan, 6 yoshli qiz rasmida onasi otasidan 3 marta katta qilib chizilgan. Bu oilada ona avtoritar rahbar bo‘lib, dominantlik qiladi.

Ba’zi bolalar o’zlarini hammadan katta yoki ota-onalari bilan teng qilib chizadilar. Bu esa - bir tomondan, bola egotsentrizmidan, ikkinchi tomondan qarama-qarshi jinsdagi ota yoki onaga —raqobatchi” ekanligini tasdiqlash maqsadida qilinadi. Spu bilan birga “raqibini” kichraytirish yoki umuman chizmaslik hollari ham uchrashi mumkin. O‘zlarini ahamiyatsiz ortiqcha deb his qiluvchi hamda ota-onalari tomonidan mehribonchilik, g‘amxo‘rlik talab qiluvchi bolalar o‘zlarini boshqa oila a‘zolariga nisbatan ancha kichik hajmda tasvirlaydilar.

Shuningdek, impulsiv, o‘ziga ishongan, ustunlikka moyil bolalar o‘zlarini juda katta, hatto butun daraxt hajmida tavirlasalar, xavotirlanish, himoyasizlik hissi mavjud bolalar o‘zlarini haddan tashqari kichik qilib chizadilar.

Oila a‘zolarining xususiyatlarini taxlil qilishda tananing ayrim qismlari tasviriga alohida e‘tibor berish lozim. Chunki, tananing alohida qismlari muayan faollik sohasi bilan bog‘langan bo‘lib muloqot, nazorat, xavotirlanish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Qo‘llar dunyoga ta‘sir qilish, boshqa odamlar xulq-atvorini jismoniy nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Agar bola qo‘llarini baland ko‘targan holda tasvirlangan bo‘lsa, barmoqlari uzun bo‘lsa, bu ko‘pincha uning agressiv istaklari bilan bog‘langan boladi.Ba‘zida tashqi ko‘rinishdan yovvoyi ko‘ringan bolallar ham shunday rasm hizadilar. Bunday bolallar atrofdagilarga nisbatan dushmanlikni his qiladilar, ammo uning asressiv xulq-atvori bosilgan.

Ba‘zida bola barcha oila a‘zolariga qo‘l chizadi, o‘ziga esa chizishni unutadi. Agar bunda bola o‘zini noproportsional tarzda juda kichik tasvirlasa, bu kuchsizlik, oiladagi o‘zining ahamiyatsizliga, atrofdagilar uni haddan ziyod nazorat qilishi, uning faolligini bo‘g‘ishi hissidan darak beradi.

Bosh —Men” lokalizatsiyasi, intellectual va pertseptiv faoliyat markazi.

YUz - tananing muloqot jarayonidagi eng muhim qismi.Agar 5 yoshdan oshgan bolallar rasmda tana qismlari - ko‘z, og‘izni tushirib qoldirsalar, bu muloqot sohasidagi jiddiy buzilishlardan dalolat beradi.

Agar boshqa oila azolarini chizishda bosh, yuz belgilarini qoldirib ketsa yoki yuzni shtrix bilan chizsa, bu shu tasvirlangan shaxs bilan nizoli munosabatlar mavjudligini ko‘rsatadi.

Tish va og‘izni alohida ajratish agressiyaga moyil bolallarga xos. Agar bola o‘zini emas, oila a‘zolaridan birortasini shunday tasvirlasa, ko‘pincha bu odamning bolaga nisbatan dushmanchilik munosabati hamda bolaning qo‘rquv hissi bilan bog‘langan bo‘ladi.


Download 19,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish