Dielеktriklаrning qutblаnish hоdisаsi. Dielеktriklаrning qutblаnishi vа singdiruvchаnligi. Dielеktrik qutblаnishning turlаri



Download 133,98 Kb.
bet3/9
Sana18.04.2022
Hajmi133,98 Kb.
#561978
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
el mater

Gazsimon dielektriklarning elektr utkazuvchanligi.
Ma’lumki, gazlar zaryadlangan zarrachalardan, ya’ni elektron va ionlardan tashkil topilgan. Ularda kattik va suyuk moddalarning aralashmalari xam mavjud.
Xavoda zaryadlangan zarrachalar kuѐsh va kosmik nurlar ta’sirida, yerning radioaktiv nurlanishi va b. ta’sirlar natijasida paydo buladi. Natijada gazlarda ionizatsiya xodisasi ruy beradi.Agar kondensator katlamlari orasida gazni joylashtirib, unga kuchlanish berilsa, zaryadlangan zarrachalarga maydon kuchlanganligi, ya’ni elektr kuchi ta’sir kiladi. Bu kuchlar ta’sirida elektronlar va ionlar bir elektroddan ikkinchisiga xarakat kiladilar. Natijada gazda elektr toki vujudga keladi.Agar zaryadlangan zarrachalar mikdori kup bulsa, elektr kuchlar ta’sirida ular katta tezlikka ega buladi, demak gazdagi tok xam ko’payadi.Gazsimon dielektriklarning volьt-amper tavsifnomasi kuyidagicha buladi (1-rasm). Bir oblastda kupaygan sari proportsional ravishda ko’payadi. Demak, Om konuni bajariladi:
I = U/R
Agar U yanada kupaytirsak (II oblast), bu konuniyat buziladi, ya’ni uzgarmay koladi. Buning ma’nosi shuki, elektron va ionlar ta’sirida
energiya yigadilar. Agar yanada kupaytirsak (III oblast), zaryadlangan zarrachalarning tezligi birdaniga kupayadi, ular neytral zarrachalar bilan tuknashadilar va natijada yangi zaryadlangan zarrachalar paydo buladi. Bu xodisa tez amalga oshadi va uni zarbiy ionizatsiya deyiladi. III oblastda, ya’ni zarbiy ionizatsiya natijasida birdaniga kupayib ketadi.
Zarbiy ionizatsiya xodisasi ruy berganda gazning solishtirma xajmiy karshiligi ρv va isroflar tangens burchagi tgδ birdaniga kamayadi.
Gazlarda ρ katta bulib ρ≈1018 Om·m, tgδ esa, kichik tgδ≈10-6 buladi.
Gazlarni odatda U<Suyuq dielektriklar ikki xil bo’ladi:
1. Neftdan olingan moylar
2. Sintetik moylar
Suyuq dielektriklarning asosiy vazifalari:
1. Kuchlanish transformatorlari, moyli vklyuchatellari, kondensatorlari va b. elektr asbob-uskunalarining ichki qismini to’ldirish.
2. Elektr mustaxkamligini oshirish
3. Issiqlik beradigan muxitni yaratish (masalan, tansformatorlarda)
4. Elektr ѐyni o’chirish (masalan, moyli o’chirgichlarda)
Odatda suyuk dielektriklarning vakuum ostida asbob-uskunalarda qo’yiladi. Ular izolyatsiyaning g’ovak qismlarida shimirib, materialning elektr mustaxkamligini oshiradi.
Neftli moylar 3 guruxga bo’linadi:
1. Transformatorlar va yuqori volьtli o’chirgichlarga ishlatiladigan neftli moylar.
2. Kondensatorlarning qog’oz izolyatsiyasinit shimdirishga ishlatiladigan neftli moylar.
3. Yuqori volьtli ishlatiladigan neftli moylar.
Neftli EI-moylarning odatda neftdan olinadi.Neftni bir necha marotaba tozalab solyarka olinadi. Unda sulьfat kislotasi ѐki ishqor qo’shib, uni kimѐviy birikmalardan tozalanib, quritadilar. Undan keyin filьtrlar ѐrdamida tozalab transformatorlar, kondensatorlar va kabellar uchun kerakli moylar xosil qilinadi.
Neftli elektr izolyatsion moylari qovushqoqliklari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, MN-4 tipidagi moylarning η kichik bo’lib, ular kabellarda ishlatiladi.
Kovushkokligi urtacha bo’lgan S-110 va S-220 tipidagi moylar110 kV ishlaydigan yuqori kuchlanishli kabellarda ishlatiladi.
35 kV da ishlaydigan qog’ozli izolyatsiyali kabellar uchun neftli moylarga konifolь qo’shib ishlatadilar, chunki, konifol η ning ko’paytiradi.
Neftli moylar xam oksidlanadi va eskiradi. Masalan, ular yuqori temperaturalarda ishlaydi, yukori elektr maydoni ta’sir qiladi, ular
xavo va metall bilan tuknashishlari mumkin. Alohida qayd qilish kerakki, mis, latun, temir, suv moylarning eskirishini tezlashtiradi.
Sinov savollari:
1. Suyuq dielektriklar necha xil bo’ladi.
2. Suyuq dielektriklarni asosiy vazifalari nimadan iborat
3. Suyuq dielektriklarda elektr mustaxkamlik qanday oshiriladi.
33
4. Neftli moylar necha guruxga bo’linadi.
5. Neftli elektro izolyatsion moylar nimalardan olinadi.
6. Kondensatorlar va kabellar transformatorlar uchun kerakli moylar
qay usulda tozalanadi.
7. Neftli moylarda oksidlanish va eskirish sabablarini tushuntirish

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Vorob’ev A.A., Vorob’ev G.A. Elektrotexnicheskiy probat
izuchenie tverdix M.Vыsshaya shkola. 1965.
2. Kamolov SH.M., Axmedov A.SH. Elektrotexnika materillari
T.O’qituvchi 1994 g.
3. Kaykov S.N., TSikona A.N. Elektricheskie stroenie tverdыx
dielektrikov L.Energiya 1968g.

Sinov savollari:


1. Suyuq dielektriklar necha xil bo’ladi.
2. Suyuq dielektriklarni asosiy vazifalari nimadan iborat
3. Suyuq dielektriklarda elektr mustaxkamlik qanday oshiriladi.
4. Neftli moylar necha guruxga bo’linadi.
5. Neftli elektro izolyatsion moylar nimalardan olinadi.
6. Kondensatorlar va kabellar transformatorlar uchun kerakli moylar
qay usulda tozalanadi.
7. Neftli moylarda oksidlanish va eskirish sabablarini tushuntirish

Mavzu. Loklar va yelimlar. Plastmassalar


Reja.
1. lpoklarning turlari
2. Lok va kompaundlar
3. Plastmassalar va ularning vazifalari
Lok tabiiy va sintetik qatronlar, bitum, quriydigan moy, tsellyuloza efiri va boshqa birikmalarning kolloid eritmasidir. Lokning qurish jarayonida uning tarkibidagi erituvchi moddalar uchib ketadi, natijada lok pardasi hosil bo‘ladi. Alifatik (benzin, uayt-spirit, kerosin) va aromatik (toluol, ksilol, solvent) uglevodorodlar organik erituvchilarning keng tarqalgan xillaridir.
Vazifasiga ko‘ra elektr izolyatsiya loklari uch guruh (shimiluvchi, qoplovchi va yelimlovchi)ga bo‘linadi. Shimiluvchi loklar g‘ovak va tolasimon izolyatsiya materiallari (qog‘oz, yog‘och, gazlama)ga shimilishi natijasida ular hajmidagi havo bo‘shliqlarini siqib chiqaradi. Lok qurigandan so‘ng izolyatsiya materialining mexanik va elektr mustahkamligi keskin ortib, uning gigroskopiklik xususiyati kamayadi; issiqlik o‘tkazuvchanligi yaxshilanib, izolyatsiyaning issiqqa chidamliligi ortadi. Mazkur loklardan elektr mashina va apparati chulg‘amlarini shimdirishda, lokli gazmollar va qatlamli plastiklar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Qoplovchi loklar qattiq izolyatsiya materiallari yuzasiga surtilishi natijasida silliq, yaltiroq, mexanik mustahkam, namga chidamli qoplama olinadi. Qoplama loki izolyatsiya qarshiligini keskin oshirib, yuzani zaryaddan yaxshi muhofaza qiladi. Ushbu lok yuzani kimyoviy erituvchi va boshqa reagentlarga bardoshli qilishi bilan birga unga chang o‘tirishini ham kamaytiradi. Bunday loklar suyuq holatda sim yoki po‘lat varaqlarga yupqa qilib surtiladi. Natijada, metall yuzasida kerakli xossaga ega elektr izolyatsiya qoplamasi hosil bo‘ladi.
Yelimlovchi loklar ikki qattiq izolyatsiya materialini o‘zaro yoki izolyatsiya
materialini metall bilan biriktirish vazifasini o‘taydi. Bu loklarga materiallarni
yaxshilab yelimlash bilan birga yuqori darajali elektr izolyatsiya xossa sini berish vazifasi ham yuklatiladi. Yelimlovchi loklar materiallarni biriktirish bilan birga
ularga shimilishi ham shart. Bunday loklar xona haroratida qurish xususiyatiga
egadir. Odatda, yuqori harorat va kerakli muhitda quritiladigan loklardan yaxshi va
sifatli parda va hamda qoplamalar olinadi.
Qatronli loklar sintetik, sun‘iy va tabiiy qatron eritmalaridan iboratdir.
Ularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
Bakelit loki bakelitning spirtdagi eritmasi bo‘lib, termoreaktiv turdagi lok hisoblanadi. Bu lok shimiluvchi yoki biriktiruvchilik vazifasini o‘taydi. Bakelit
loki quritilganda jism yuzasida qayishqoq bo‘lmagan qattiq parda qatlami hosil
bo‘ladi. Bu lok getinaks, tekstolit ishlab chiqarishda, elektr apparatlarining izolyatsiyasida shimiluvchi sifatiga keng qo‘llaniladi.
Gliftal loki gliftal qatronining spirtlarning suyuq uglevodorodlar aralashmasidagi eritmasi bo‘lib, termoreaktiv yelimlovchi lok hisoblanadi. Undan mikanit va mikalentalarni biriktirishda foydalaniladi.
Sellyuloza loki - sellyuloza efirining eritmasidir. Bu lok quriganda hosil bo‘lgan parda qatlami termoplastikligi bilan ajralib turadi. Nitrolak qurishidan hosil bo‘lgan pardalar yaltiroq, mexanik mustahkam bo‘lib, havo, namlik va moy ta‘siriga chidamligir. Mazkur lok, asosan, sim yuzasidagi qog‘oz-paxta o‘ramini
shimdirish uchun qo‘llaniladi.
Moyli lok asosini zig‘ir va tung kabi quriydigan moylar tashkil etadi. Quritish jarayonini tezlatish maqsadida ushbu loklarga erituvchi modda qo‘shiladi. Bunday erituvchilarga benzin, kerosin va boshqalar misol bo‘la oladi. Tarkibida bitumi
bo‘lmagan moyli lokning ranggi tiniq bo‘lib, u mato va qog‘oz izolyatsiyasini,
shuningdek, elektr mashina va apparatlari chulgamlarini shimdirishda keng qo‘llaniladi. Bu lok termoreaktiv bo‘lganligi sababli, transformator chulg‘amini
shimdirishda juda qo‘l keladi, hosil qilingan qoplama esa transformator moyida
yaxshi ishlaydi. Issiqlik ta‘sirida tez qotadigan moyli lok elektr mashina va apparatlarning magnit o‘zaklaridagi po‘lat varaqlarni sirlash uchun ishlatiladi. Bu po‘lat varaqlar bir-biridan izolyatsiya qilinsa, o‘zgaruvchan tokli magnit maydonida sodir bo‘ladigan uyurma tok hisobiga vujudga keladigan dielektrik
isroflar birmuncha kamayadi.
Qora bitumli lok tarkibiga bitumlar kiradi. Bu lok moyli lokka nisbatan arzon, yuqori elektr izolyatsiya va kam gigroskopik xossali parda hosil qiladi. Qora bitumli lok asosidagi izolyatsiya eskirishga chidamli bo‘lsa ham, lekin erituvchi va moy ta‘siriga chidamsizdir.
Organik erituvchiga bitum qo‘shib hosil qilingan eritma, sof bitum loki deyiladi. U oddiy sharoitda quritiladi. Sof bitum loki, asosan, turli metall yuzalarini
korroziyadan muhofaza qilishda qo‘llaniladi.
Moy-bitumli lokning tarkibida bitumdan tashqari, quriydigan moy ham bo‘ladi. Mazkur lokning xossalari sof bitumli loklarga nisbatan qayishqoqligi va chidamliligi bilan farq qiladi. Moy-bitumli loklarning erituvchilari qatoriga benzol, toluol va skipidarni kiritish mumkin. Bu loklar transformator chulg‘amlarini shimdirishda ishlatiladi.
Moy-qatronli loklar tarkibida tabiiy va sintetik qatronlar bo‘lib, qayishqoqligi, yelimlash xususiyati, kam gigroskopikligi va issiqqa chidamliligi bilan ajralib turadi. Bu moylar transformator chulg‘amlarini qoplashda ishlatiladi, hosil bo‘lgan qoplama chulg‘amni moy kislota bug‘laridan yaxshi himoya qiladi.
Loklar harf va raqamlar bilan belgilanadi. Harflar lokli asosning tarkibini, birinchi raqam lokning qaerda qo‘llanilishini, keyingi raqamlar esa lokning muayyan turini bildiradi. Elektr izolyatsiyasida ishlatiladigan, shimiladigan loklarga fenolli (FL-98), poliuretanli (UR-9144), kremniy-organikli (KO-964) va
moy-gliftalli (GF-95) loklarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Ko‘pgina loklarni tayyorlash jarayoni murakkab bo‘ladi. Bunda, avvalo, lokli asos tayyorlab olinib, so‘ngra u erituvchida eritiladi va mazkur eritmadan turli qo‘shimchalar chiqarib yuboriladi.

Nazorat savollari:


1. Organik dielektriklar deganda nimani tushunasiz?
2. Yuqori molekulali materiallarga turlari?
3. Sun‘iy ravishda olinadigan yuqori molekulyar materiallar nechta turkumga ajratilish mumkin?
4. Organik dielektriklarda elektr issiqlik kimyoviy va ionizatsiya teshilishlari kuzatiladimi?

Mavzu Metallarning fizik - kimyoviy xarakteristikalari


Reja.


  1. Download 133,98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish