Dolzarb muammolari: nazariya, uslublar, amaliyot mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy seminar



Download 101,76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.06.2022
Hajmi101,76 Kb.
#720431
Bog'liq
PRESS-RELIZ-04.11.21.



PRESS - RELIZ 
 “JAMOATCHILIK FIKRINI OʻRGANISH VA SHAKLLANTIRISHNING 
DOLZARB MUAMMOLARI: NAZARIYA, USLUBLAR, AMALIYOT” 
 MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY - AMALIY SEMINAR 
2021-yil 4-noyabr kuni “Jamoatchilik fikrini oʻrganish va shakllantirishning dolzarb 
muammolari: nazariya, uslublar, amaliyot” mavzusidagi doimiy ilmiy-amaliy seminarning 
dunyoga taniqli olima, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisodiyot 
fanlari doktori, professor Raʼno Ahatovna Ubaydullayevaning yorqin xotirasiga bagʻishlangan 
yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 
Yigʻilish mavzusi “Oʻzbekistonda sotsiologiya fanining shakllanishi – akademik 
Raʼno Ubaydullayevaning hissasi” deb nomlandi. 
Akademik Raʼno Ahatovna Ubaydullayeva Oʻzbekiston xotin-qizlari orasida birinchi 
iqtisodiyot fanlari doktori, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo respublikalari mehnat resurslaridan 
foydalanish, demografiya va aholi bandligi masalalari boʻyicha mintaqaviy kompleks 
muammolar tadqiqotlari tashkilotchilaridan biri edi. 
Raʼno Ahatovna Oʻzbekistonda jamoatchilik fikri sotsiologiyasini oʻrganish,
shakllantirish va rivojlantirishning ilk bosqichida - 1998-yilda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik 
fikrini oʻrganish Markaziga rahbar etib saylandi. Bugun jamoatchilik fikri sotsiologiyasining 
oʻzbek maktabi keng jamoatchilik tomonidan nafaqat Oʻzbekistonda, balki MDH mamlakatlari 
va xorijda ham tan olingan, uzoq 1998-yilda esa bularning hammasini boshidan boshlash kerak 
boʻldi. Bu ham tadqiqotlar metodikasi va metodologiyasini ishlab chiqish, ham jahon tajribasini 
oʻrganish, ham milliy xususiyatlarni, aynan oʻzbekistonliklarga xos mentalitet va boshqa 
koʻplab jihatlarni inobatga olish, degani edi. Oʻzining 24 yildan ortiqroq faoliyati davomida 
Markaz sotsiologiya fanining turli usullari orqali 650dan ziyod kompleks tadqiqotlar oʻtkazdi. 
Raʼno Ahatovna Oʻzbekiston sotsiologlarining bir necha avlodi taʼlim olgan va 
zamonamiz sotsiologlari foydalanayotgan qator kitoblar muallifi. Olima tomonidan 
jamoatchilik fikri sotsiologiyasi sohasida mamlakatda va xorijda koʻplab monografiya
metodika va ilmiy asarlar eʼlon qilingan. Ularning eng muhimlari “Oʻzbekistonda jamoatchilik 
fikrini oʻrganish va shakllantirishning dolzarb muammolari”, “Oʻzbekistonda jamoatchilik 
fikrini oʻrganish metodologiyasi”, “Jamoatchilik fikrining sotsiologik soʻrovlari tanlovi 
metodikasi”, “Oʻzbekistonda jamoatchilik fikrini oʻrganish metodologiyasini takomillashtirish 
muammolari”, 
“Jamoatchilik 
fikri: 
jamiyat 
va 
davlat 
oʻrtasidagi 
muloqot”, 
“Oʻzbekistonliklarning zamonaviy oʻziga xosligi” va boshqalardir. Olimaning “Kambagʻallikni 
qisqartirish chora-tadbirlari kontekstida aholining ijtimoiy tuzilmasi tahlili” (2020) 
fundamental asari esa Oʻzbekistonda sotsiologiya fanining rivojlanishiga ulkan hissa boʻlib 
qoʻshildi. 
Raʼno Ahatovna mamlakatimiz taraqqiyotiga, demokratik davlat va fuqarolik 
jamiyatining shakllanishiga oʻz hissasini qoʻshish sharafiga muyassar boʻlganidan juda 
faxrlanardi, u to umrining oxirigacha oʻz ideallari va ona-yurtiga sidqidildan sadoqat bilan 
xizmat qilish, oʻz sohasidagi bilimlarni tinimsiz takomillashtirib borish, oilasi, odamlar va 
umuman hayotni sevishdek hayotiy maslaklariga sodiq qoldi. 


Raʼno Ahatovna hamisha “Erishilgan marrada toʻxtab qolmasdan, doimo olgʻa 
intilish, ona yurtingga vijdonan va halol xizmat qilish hamda koʻtarinki ruhda mehnat 
qilish kerak!” deb taʼkidlardi. 
Ilmiy-amaliy seminar ishida Oʻzbekiston va yaqin hamda uzoq xorij 
mamlakatlaridan 
yetakchi 
davlat 
arboblari, 
siyosatchilar, 
sotsiologiya, 
siyosatshunoslik, iqtisodiyot, tarix, huquqshunoslik sohasi olimlari ishtirok etdilar.
Seminar doirasida ishtirokchilar eʼtiboriga “Akademik Raʼno Ubaydullayevaning 
ilmiy va intellektual merosi” mavzusidagi maʼruza taqdim etildi. Tadbir davomida akademik 
Raʼno Ahatovna Ubaydullayevaning ilmiy va professional faoliyatiga bagʻishlangan kitob va 
videorolik taqdimoti oʻtkazildi. 
Oʻzbekistonda jamoatchilik fikrini oʻrganish va shakllantirishga hamda sotsiologiya 
taraqqiyotiga qoʻshgan beqiyos hissasini inobatga olib, tadbirda oʻzbek sotsiologiya 
maktabining asoschilaridan biri - akademik Raʼno Ahatovna Ubaydullayevaning xotirasini 
abadiylashtirish maqsadida 4-noyabr kunini akademik R.A.Ubaydullayeva nomidagi yillik 
sotsiologik oʻqishlar kuni deb eʼlon qilish haqida qaror qabul qilindi. Ilmiy oʻqishlarning 
bunday shakli oʻzining uzoq va samarali hayoti davomida jamoatchilik fikrini oʻrganish 
jarayonida akademik Raʼno Ahatovna Ubaydullayeva boshlagan ishni davom ettirish, olima 
shakllantirgan fikrlar, gʻoyalar, takliflarni amalga oshirish imkonini beradi.
 
 
 

Download 101,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish