Dori turlari texnologiyasi


Suyuq dori turlarini tayyorlash qoidalari



Download 41,73 Kb.
bet3/9
Sana31.12.2021
Hajmi41,73 Kb.
#209674
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5447108323444787927

2.2. Suyuq dori turlarini tayyorlash qoidalari.

Eritmani tayyorlash quyidagi bosqichda olib boriladi:

a) Idishlar va tiqinlarni tanlash

b) «A» va «B» royxatiga kiruvchi moddalarning dozasini tekshirish;

c) erituvchining miqdorini aniqlash;

d) aralashtirish, eritish,ekstragirlash,dispergirlash,emulgirlash ;

e) filtrlash, suzish;

f) jihozlash;

g) sifatini baholash.

Eritish eritma tayyorlashning eng asosiy bosqichidir. Bu jarayonni tezlashtirish uchun qizdirish, aralashtirish, eritiladigan moddani maydalash kabi jarayonlardan foydalaniladi. Ko‘pincha eritish yordamchi idishlarda olib boriladi. Тayyor eritmani yot moddalardan tozalash uchun filtrlanadi yoki suziladi (colatio). Dorixona sharoitida filtrlash normal hamda past (vakuum) bosimlarda olib borilishi mumkin.

Filtrlash (filtration) dorixona amaliyotida qo'llaniladigan har qanday (katta-kichik) ko'z ilg'amaydigan zarrachalardan eritmalami tozalash usuli bo'lsa, suzish (colatio) esa ko'zga ko'rinarli zarrachalardan eritmani holi qilish hisoblanadi. Shuning uchun filtrlashda mayda g'ovakli tozalagichdan foydalanilsa, suzishda esa yirik g'ovakli tozalagichlar ishlatiladi. Dorixona sharoitidagi asosiy tozalagich bu filtr qog'oz hisoblanib, u toza kletchatkadan iborat. U oliy navli qog'ozdan olinib, tarkibida ishqoriy muhit beruvchi tuzlar, kislotalar, kraxmal va yog'ochning boshqa qoldiqlari bo'lmasligi kerak.

Filtrlash va suzish uchun asosan shisha voronkalardan foydalaniladi. Suzishni paxta orqali o'tkazilganda, voronka shakli sharsimon bo'lgani ma'qul, chunki paxta chimdimi bunday holda yaxshi o'rnashadi. Paxta chimdimini mayda tolalardan ajratish maqsadida uni yuviladi. Yuvilgan eritmani takror o'tkazib, mayda paxta tolalari o'tmaguncha takrorlanadi. Shundan so'nggina dori eritmasi butunlay suziladi. Filtrlashni tezlatish maqsadida (qavatlangan) taxlangan filtr qog'ozlaridan foydalaniladi. Bunday filtrlar uchun 45° burchakli bo'yinchasi bo'lgan voronkalar rnos keladi. Filtr yorilmasligi uchun voronkaning tubiga bir bo'lak paxta qo'yiladi. Kam hajmli eritrnalarni (tomchi) filtrlashda esa, to'g'ri silliq ftltrlar va 600 burchakli voronkalar qo'llaniladi.

Filtrlashda faqat qog'oz filtrlar ishlatilganda, ular ham albatta, yuqorida ko'rsatilgandek yuvilishi kerak. Suzish, filtrlashni dastlab «yordamchi idishda» o'tkazish lozim, toki o'tayotgan eritma tozaligiga ishonch hosil qilingach, uni bemorga beriladigan shisha idishga filtrlanadi va pirovardida shu ftltr orqali «yordamchi idishdagi» eritma o'tkaziladi. Paxta va filtr qog'ozni suv bilan yuvish mumkin emas, chunki bu eritma darajasining pasayishiga olib keladi. Paxta va filtr qog'oz tayyor eritmani shimganida eritrnaning ma'lum bir qismi yo'qoladi. Bu esa olingan paxta bo'lakchasi va filtr qog'oz hajmi bilan bog'liq bo'lgan yo'qolishdir. Shuning uchun olinayotgan tozalagichlar miqdori eritma hajmiga mos qilib olinishi kerak. Eritma miqdori 100 ml va undan ortiq bo'lganda suzishda va filtrlashda «yo'qotilgan» eritma miqdori belgilangan normaga to'g'ri keladi.

Kam hajmdagi (10-30 ml) eritrnalami filtrlashda «yo'qotiladigan» eritma miqdori reglament normalaridan oshib ketgani uchun uni filtrlashda alohida usullar qo'llaniladi. Suzishda va ayniqsa ftltrlashda dori moddalaming tozalagichlarga so'rilishi (adsorbsiya) natijasida eritmada rnodda konsentratsiyasi kamayadi. Misol tariqasida pepsin eritrnalari, asosan rangli moddalar (metilen ko'ki), etakridin laktat, alkaloidlar, glikozidlar va boshqa moddalami keltirish mumkin, bu hol bo'lmasligi uchun shisha filtrlardan foydalangan ma'qul. Mayda g’ovakli shisha filtrlardan (№ 4 va 5) foydalanish uchun albatta havo bosimini kamaytiradigan asboblar qo'llanilishi kerak. Bu xususda laboratorik sistema va boshqa suv oqirnida ishlaydigan uskunalar ishlatiladi. O'simlik moylari va shunga o'xshash, isiganda yumshaydigan eritmalami ftltrlashda issiq usul qo'llanadi.

Kopincha ichish va sirtga qollash uchun ishlatiladigan eritmalarni yot moddalardan tozalash uchun ularni suziladi, koz tomchilari va ineksion eritmalar esa filtrlanadi.

Toza eritmalar og’zi mahkam berkitilgan shisha flakonlarga solinib, tegishli yorliq yopishtirilib chiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining 29- dekabr 2002-yil 582-sonli buyrugi bilan tasdiqlangan «Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash boyicha qo’llanma» ga asosan suyuq dorilar og’irlik hajm usulida tayyorlanadi.

Og'irlik-hajm usuli bilan suyuq dorilar tayyorlashda dori modda tortib olinib, erituvchi bilan belgilangan hajmgacha yetkaziladi. Eritma darajasini (1:2, 1:5, 1:10) nisbatda belgilaganda ko'rsatilgan hajmda qancha modda borligi tushuniladi. Masalan, 2:100 nisbati 100 ml hajmda 2,0 modda borligini ko'rsatadi. Buni tayyorlash uchun esa 2,0 modda olib, 100 ml gacha erituvchi solish kerak. Konsentratsiya foiz hisobida berilgan bo'lsa, 100 ml hajmdagi moddani gramm miqdori deb yoki ma'lum bir hajmdagi foiz miqdor deb tushuniladi.

Og'irlik-hajm usuli bilan eritmalar tayyorlanganda byuretka, pipetka, menzurka, silindr va shunga o'xshash hajm-o'lchov asboblari hamda oldindan tayyorlab qo'yilgan yuqori darajali eritmalar (konsentratlar) dan foydalaniladi. Yuqori darajali eritmalar shu dori moddani dorixatda ko'rsatilishi mumkin bo'lgan darajasidan yuqori darajada tayyorlangan “ishchi” eritmalar hisoblanib, ularni suyultinb, dorixatda ko'rsatilgan miqdorga keltiriladi. Yuqori darajali eritmalar nomenklaturasi individual dorixatga bog'liq bo'lib, u har bir dorixona sharoiti, joylanishi va kategoriyasiga qarab o'zgarib turishi mumkin. Dorixonalarda ko'p ishlatiladigan yuqori darajali eritmalar O'zbekiston Sog'liqni Saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan buyruq ilova ro'yxatida keltirilgan.

Yuqori konsentratsiyall eritmalar tayyorlash. Bu eritmalami tayyorlashda albatta hajmi belgilangan o'lchov asboblaridan foydalanish kerak. Masalan, 2 litr 50%li kaltsiy xlor eritmasini tayyorlash uchun 1000,0 shu modda tortilib, 2 litr hajmdagi o'lchovi belgilangan idishga solinadi. Uni kamroq miqdordagi tozalangan suvda eritiladi, so'ngra suv bilan uni kerakli hajmga yetkaziladi.

Bunda eritmaning zichligi yoki moddaning hajm oshish koeffitsienti hisobga olingan holda dori modda va qo'shiladigan erituvchi miqdori hisoblab olinishi zarur. 1,0 modda erituvchida eriganda eritma hajrni ko'payish rniqdori shu moddaning hajm oshirish koeffitsinti deb yuritiladi.

Yuqori konsentratsiyali eritmalar aseptik sharoitda, yangi haydab olingan tozalangan suvda tayyorlanadi va filtrlanadi. Bunday eritmalami tayyorlashda ishlatiladigan idish-anjomlar, filtr qog'oz va boshqa yordamchi moddalar sterillangan bo'lishi lozim. Yuqori darajali eritmalami og'zi yaxshi mahkamlanadigan shisha idishlarda, havo harorati 18-22°C dan oshmaydigan salqin xonalarda saqlash tavsiya etiladi. Yuqori konsentratsiya yoki foizli eritmalami dorixonda ish hajmi hisobga olingan holda kerakli miqdori hisoblanib tayyorlanadi. Eritma solingan idishga uning nomi va darajasi, seriya raqami, tayyorlangan kuni va tahlil soni yozilgan xatlar yopishtiriladi.




Download 41,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish