1
DORI VOSITALARINING SANOAT TEXNOLOGIYASI
KAFEDRASI
O‟zbеkiston Rеspublikasi
Sog‟liqni saqlash vazirligi
Toshkеnt farmatsеvtika instituti
Toshkеnt-2014
Sanoat farmatsiyasi fakultеti
YO„NALISHI UCHUN
HAYOT FAOLIYATI
XAVFSIZLIGI
fanidan ma'ruzalar matni
2
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‗LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN”
O‗quv ishlari bo‗yicha prorektor v.b.
farm.f.d., prof.
-------------------------------------
X.S.Zaynutdinov
―
----------
‖
---------------------------------------
2014 yil
5510600 – Sanoat Farmatciyasi (turlari) bo‟yicha va
5522900 – Biotexnologiya ta‟lim yo‟nalishlari
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI”fanidan
MA‟RUZALAR MATNI
Toshkent - 2014
3
Tuzuvchilar:
Xaydarov V.R.
DVST kafedrasi mudiri v.b., dotsent, f.f.n.
Zufarova Z.X DVST kafedrasi katta o‘qituvchisi, f.f.n.
Sharipova S.T. DVST kafedrasi assistenti.
Taqrizchilar:
TTYMI Muxandislik kommunikatsiyalari va tuzilmalari dotsеnti, k.f.n.
M.D.Saidova
Farmakologiya va klinik farmatciya kafеdrasi mudiri, t.f.d. S.A.Saidov
Institut markaziy uslubiy kengashida (2014 y. ―
----------
‖
------------------------------
dagi
-----
–sonli majlis bayoni) ko‗rib chiqildi va ilmiy kengashga tasdiqlash uchun
tavsiya etildi.
Markaziy uslubiy kengash raisi,
f.f.d., prof.
X.S.Zaynutdinov
Institut ilmiy kengashida (2014 y. ―
-----------------
‖
----------------------------------------------
dagi
-----
–sonli majlis bayoni) tasdiqlandi va chop etishga tavsiya etildi.
Ilmiy kengash kotibi,
f.f.d., prof.
Z.O.Yuldashev
4
1-MA‟RUZA
Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish
Reja:
1.«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining mohiyati va maqsadi.
2.Xavf tugrisida tushuncha. Xavfning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va
identifikatsiyasi.
3.Xavfsizlikni tizimiy taxlil kilish. Xavfsizlikning tizimiy taxlili xakida tushuncha va uning
maksadi.
4.Sabab va xavf tizimi.
5.Xayot faoliyati xavfsizligini boshkarish funksiyalari
Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati,
inson qadriyati eng oldingi o‗rindadir. Asosiy Qomusimiz bo‗lgan O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning
hayoti, yashashga bo‗lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining umumiy maqsadi-xavfsiz kelajakni ta‘minlash,
iqtisodiy masalalarni atrof-muhitni muhofaza qilish bilan chambarchas bog‗langan holda olib
borish, inson faoliyatining ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyati bilan chegaralanmasdan, uning
xar xil tabiiy va tasodifiy ofatlardan saqlash masallarini o‗rganish xisoblanadi. Buning asosida
rivojlanishning hamma jarayonlarini tekis o‗sib borishini ta‘minlash, umumbashariy tabiiy
zahiralarni tejash, texnologiyalarni xavfsizlarini tanlash, tashqi muhit bilan xavfsiz muloqot
qilishni ta‘minlaydigan etuk kadrlarni tayyorlash masalalari yotadi. Bunda e‘tiborni hamma
jabhalarda bu ishlarga alohida ahamiyat beruvchi rahbar xodimlarni tayyorlash masalasiga
ahamiyat berish zarurati ko‗rinadi. Xayot faoliyati xavfsizligi negizini uchta mustaqil fan tashkil
qiladi: mehnatni muhofaza qilish (ishlab chiqarish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi, mexnat
qonuniyatlari, yong‗in xavfsizligi), ekologiya-atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolar
mudofaasi (favqulodda xolatlar) fanlari. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilishning qonuniy asosini O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmonlari, O‗zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining
Qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining ko‗rsatma va boshqa tegishli me‘yoriy hujjatlari
tashkil etadi.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining diqqat markazida qo‗yilgan maqsad bu insonni jamiyat
taraqqiyotidagi roli. Hayotiy faoliyat xavfsizligi - bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir.
Ilmiy texnik rivojlanish xayot faoliyat xavfsizligiga bog‗lik bo‗lgan yangi muammolarni
keltirib chikaradi. Bu masalalarni xal etish ilmiy tadkikot natijalari va chukur bilimlarni
bulishni takkoza qiladi. Tadkikot natijalari sanitariya va kurilish normalarida, aktlar, koidalar
xavfsizlik me‘yorlari, konunlashtirilgan aktlar va boshka materiallarda bayon etilgan.
Hozirgi zamon ishlab chikarishdagi jarayonlarni bajarishda ko‗plab mashina va uskunalar
ishlatiladi. Ularga aloxida-aloxida xavfsizlik talablari ishlab chikarilgan. SHu boisdan xayot
faoliyati xavfsizligi masalalarini qismlarini o‗rganishda xavf paydo bo‗lish manbalari,
ularning qisqacha xarakteristikasi, insonga ta‘siri, muxofaza yo‗llarini ma‘ruza
matnida bayon etish lozim. Xayot faoliyat xavfsizligi fanini urganishda texnik, fizik-
ximiyaviy, tibbiy, biologik, kishlok xujaligi, xukukiy va boshka fanlarning yutuklariga
asoslanish zarur.
Unda mehnat muhofazasiga qisqacha kirish, mehnat qonunchiligi, mehnat gigienasi va sanoat
sanitariyasi, sexlarini yoritish, shovqin va titrash, elektr havfsizligi, og‗ir ko‗p mehnatni
mexanizatsiyalash, korxona xududini obodlantirish, yong‗in havfsizligini ta‘minlash va boshqa
dolzarb muammolar o‗rganiladi.
Fanning vazifasi bo‗lajak mutaxassislarga xayot faoliyati va mehnat xavfsizligini ilmiy asosini
o‗rganish, ularga ishlab chiqarishda sog‗lom ish sharoitini yaratish, shuningdek ishlab
chiqarishdagi xavfsizlikni ta‘minlashni o‗rganishdir.
SHunday kilib, xayot faoliyat xavfsizligi fani barcha konunlashtiruvchi aktlar, ijtimoiy-
5
iktisodiy, tadbirlar tizimi bo‗lib insonni ishga kobiliyatligini, sog‗ligini va xavfsizligini
ta‘minlaydi.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi-inson faoliyatining barcha jabhalaridagi xavfli va zararli
omillardan tortib inson himoyasi muhofazasi nazariyasi va amaliyotini o‗z ichiga oluvchi ilmiy
bilimlar sohasi sanaladi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi vazifasi xavflar ta‘sir etish darajasini
baholash, muxofazalash uchun qo‗llanadigan vositalar, yo‗l-yo‗riqlar, qo‗llanmalar, usullarni
ishlab chiqishni shakllantirishdan iborat.
Fan va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy – iqtisodiy xavfsizlikni oshirib, shu bilan birga aholi
salomatligi uchun bo‗lganidek, atrof-muhit uchun ham xavfsizlikning yangi turlari vujudga
kelishiga olib keldi. Xavfsizlik–tushunchasi deganda ishlash davomida insonga ta‘sir etuvchi
xavfsizlikni va inson salomatligiga ta‘sir etuvchi xolatdir.
Butun jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti ma‘lumotlariga ko‗ra, hozirgi paytda baxtsiz
hodisalar oqibatidagi o‗limlar yurak-tomir va onkologik kasalliklardan keyin 3-o‗rinda turadi.
Agar kasalliklardan, asosan katta yoshdagi kishilar hayotdan ko‗z yumsa, baxtsiz voqealar
natijasida esa mehnatga layoqatlilar asosan halok bo‗ladi. SHikastlanish – 2 yoshdan 41
yoshgacha bo‗lgan insonlar o‗limining asosiy sababidan hisoblanadi.
Insoniyat vabo, o‗lat, chechak, terlama epidemiyalarini engib o‗tdi, hayotini uzaytirish
usullarini izlamoqda, biroq baxtsiz hodisalar bilan samarali kurashishning uddasidan chiqmoqda.
SHikastlanish hozirgi vaqtda haqiqiy ijtimoiy kulfat epidemiya ko‗lamiga tenglashdi.
Hayotiy faoliyat – inson organizmidagi murakkab biologik jarayon bo‗lib, salomatlik va
mehnatga layoqatni saqlash imkoniyatini beradi.
Har qanday faoliyat salohiyati xavfli. Turli sabablarga ko‗ra, o‗lim holatlari ehtimoli bor.
Baxtsiz hodisalar xarakteri
Ehtimolligi
Avtofojea (halokat)
4000 dan 1
Qulash
10000 dan 1
Alanga va yonuvchi moddalar ta‘siri
25000 dan 1
Suvga cho‗kish
30000 dan 1
O‗q otadigan qurollardan jarohatlar
100000 dan 1
Aviahalokatlar
100000 dan 1
Jismlarning qulashi
160000 dan 1
Elektjarohat
160000 dan 1
Uraganlar-bo‗ronlar
2500000 dan 1
Xavf tugrisida tushuncha. Xavfning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va
identifikatsiyasi
Xavf - xayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalaridan biri bo‗lib, inson faoliyati
davrida uning sog‗ligiga bevosita yoki bilvosita zarar keltiruvchi, ya‘ni ko‗ngilsiz okibatlarga
olib keluvchi xolat, jarayon, ob‘ekt va vositalardir. Xavfni xarakterlovchi belgilar soni taxlil
maksadiga bog‗liq holda ko‗payishi yoki kamayishi mumkin. SHu sababli, Ishlab chiqarishdagi
xavfni xarakterlovchi belgilar mexnat xavfsizligi standartlariga muvofik - «xavfli va zararli
ishlab chikarish omillari» shaklida talkin kiladi. Xavfli va zararli omillar ta‘sir ko‗rsatish
tabiatiga ko‗ra fizikaviy, ximiyaviy, biologik va psixofiziologik omillarga ajratiladi Xavfli va
zararli omillarni ta‘siri natijasi jarohatlanish, og‗ir kasalliklar, avariyalar va ofatlar soni ortishini
ko‗rsatadi. Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida barcha xavfli va zararli omillarni kuzatish
mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish omili – bu shunday omilki, uning ta‘siri ishlovchini jarohatga olib keladi.
Zararli ishlab chiqarish omili ta‘siri kasallikka olib keladi.
6
Ishlab chiqarish omillari tasnifi
Gr
up
pa
O
m
il
la
r
Xavfli va zararli ishlab chiqarish omil
Fizi
k
M
ex
an
ik
Xarakatdagi mashina va mexanizmlar, mashinalarning harakatlanuvchi qismlari;
xarakatlanuvchi maxsulotlar, materiallar, buziladigan uskunalar;
Xav
o mux
it
i xolati
Ishchi zonasi xavosining ortiqcha changlangan va gaz bilan to‗yinganligi
Xavoning ortiqcha yoki kam ionlashganligi
uskuna va materiallar sirtlari
Ishchi zonasi xavosi xaroratining past yoki yuqoriligi ;
barometrik bosimining yuqori yoki pastligi yoki uning keskin o‗zgarishi
xavoning namligining yuqori yoki kamligi;
xavo xarakatining past yoki yuqoriligi
SHov
qin
,
vibrat
siya
ishlash joyida shovqinning yuqori darajasi
vibratsiya yuqori darajasi
infratovush to‗lqinlar yuqori darajasi
ultratovush yuqori darajasi
Elek
tr
xav
fsi
zli
k
elektr zanjirida quvvatlanish darajasining yuqoriligi
elektromagnit nurlanishlarning yuqori darajasi
elektr maydonining yuqori quvvatlanganligi
magnit maydonining yuqori quvvatlanganligi
Y
O
ru
g‘
la
n
g
a
n
li
k
tabiiy yorug‗likning etishmasligi yoki yo‗qligi
Ishchi zonasining etarli yorug‗lanmaganligi
yorug‗likning yuqoriligi
ultrabinafsha nurlanish yuqori darajasi
infraqizil nurlanish yuqori darajasi
Ishchi zonasida ionlashgan nurlanish yuqori darajasi
Kimyov
iy
odam
organizmiga
ta’siriga ko‘ra
toksik;
qitiqlovchi;
sensibilovchi;
kanserogen;
mutagen;
reproduktiv ta‘sirga ega;
odam
organizmiga
Nafas olish yo‗llari;
oshqozon-ichak trakti;
7
kirish yo‘l-
lariga ko‘ra
Teri va shilliq qavvat orqali.
Psixofi-
ziologik
fizik
zo‘riqishlar
statik
dinamik
asab-psixik
zo‘riqishlar
aqliy zo‗riqish
analizatorlarning zo‗riqishi
mexnat turining bir xildaligi
emotsional zo‗riqish
Biologi
k
Patogen mikroorganizmlar (bakteriya, virus, rikketsiya, spiroxeta, zamburug‗lar)
xayot maxsulotlari
SHunga boglik xolda xavf potensial (yashirin) va real turlarga bo‗linadi. Potensial xavfni
yuzaga,birinchi navbatda ishlab chikarish sharoitiga bog‗iq bo‗lib, xavfni yuzaga keltiruvchi
sabablar orqali baholanadi. Xavf tasirida yuzaga kelgan baxtsiz xodisalarning sabablari esa
texnik-texnologik, sanitar-gigienik, tashkiliy va psixofiziologiya kabi turlarga bo‗linadi.
Xavfning taksonomiyasi- bu uning kelib chikishi tabiati turi, okibatlari, tuzilishi insonga ta‘sir
etish xarakteri va shunga o‗xshash belgilari asosida tasniflanishi bir sistemaga keltirilishidir.
Umuman, «taksonomiya» murakkab hodisalar jarayonlar tushunchalar va ob‘ektlarning
tasniflanishi xamda bir sistemaga solinishi to‗g‗risidagi fan hisoblanadi. Xavf murakkab va ko‗p
belgilarga ega tushuncha bo‗lganligi sababli, uning taksanomiyasini inson xayot faoliyatini
xavfsizligini ta‘minlashda xamda xavf tabiatini chukurrok o‗rganishda muxim rol o‗ynaydi.
Lekin, xozirgi vaktda xavfning takkomil, to‗liq taksonomiyasi ishlab chikilmagan. SHunday
bulsada bu borada ma‘lum darajada ilmiy ishlar bajarilgan bo‗lib, xavfning kuyidagi
ko‗rinishdagi taksonomiyasi vujudga kelgan:
- xavfning yuzaga kelish tabiatiga ko‗ra: tabiiy,texnik, antropogen, ekologik, aralash;
- xavf ta‘sirida ko‗ngilsiz oqibatlarni yuzaga kelish vaqtiga ko‗ra:
impulsiv,kumuletiv;
- lokalizatsiya bo‗yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera, kosmos bilan bog‗liq xavflar;
- yuzaga keluvchi okibatlar bo‗yicha: charchash, tolikish, zo‗rikish, kasallanish, shikastlanish,
jaroxatlanish, avariya, yong‗in va boshqalar;
- keltirib chikaruvchi zararga ko‗ra: sotsial, texnik, ekologik;
- yuzaga kelish soxasi bo‗yicha: madaniy, maishiy, transport, yo‗l -transport, ishlab
chikarish, xarbiy va boshkalar;
- xavfning tarkibi va tuzilishiga ko‗ra: oddiy va xosilali (yasamali), ya‘ni bir necha oddiy
xavflar birikishi natijasida yangi, murakkab xavfning yuzaga kelishi;
- insonga ta‘sir etish xarakteriga ko‗ra: aktiv va passiv;
Xavfli faktorlar belgilari esa aprior va aposterior turlarga bo‗linadi. Aposterior belgilarda
xavfning izi, o‗rni koladi, ya‘ni xavf asosli buladi.
Xavfning nomenklaturasi. Nomenklatura - ma‘lum bir belgilariga kura tartibga solingan,
sistemalashtirilgan nomlar, terminlar ruyxatidir.
Xozirgi vaktda xavfning alfavit tartibidagi nomenklaturasi ishlab chiqilgan bo‗lib, u quyidagi
ko‗rinishga egadir.
Alkogol, anomal xarorat, anomal nisbiy namlik, anomal havo tezligi, anomal barometrik bosim,
anomal yoritilganlik, anomal ionlashgan havo, analizatorlarning zo‗riqishi, aylanish va
xarakatlanish tezligi, aqliy zo‗rikish, bosim ostidagi idishlar, bug‗, balandlik, gazlar,
gerbitsidlar, gipodinamiya, gipokineziya, dinamik zo‗rikish, dorilar, etarsiz mustaxkamlik,
yomg‗ir, yopiq xajm (sig‗im), yong‗in, yong‗inga xavfli moddalar, yorug‗lik oqimining
pulsatsiyasi, zaharli moddalar, zanglash, zaxarlanish, issiq yuza (sirt), infratovush,
infraqizil nurlar, ishchi xolat, ishchining noto‗g‗ri xarakati, kasalliklar, kinetik energiya,
kishilarning xato xarakati, lazer nurlari, mashina va mexanizmlarning aylanuvchi kismlari,
8
muz,
magnit
maydoni,
makroorganizmlar,
meteoritlar,
mikroorganizmlar,
momokaldirok, monotonlik, mashina va mexanizmlarning zo‗riqishi,
nonormal ruhiy holat, notekis yuza, olov, portlovchi moddalar, pestitsidlar, radiatsiya,
rezonans, suv, suv bosishi, suv toshqini, sovuq yuza (sirt), statik zo‗riqish, statik elektr
zaryadlari, tugun, toygok (sirganchik) yuza, tuman, to‗lqin zarbasi, tezlanish, tolikish, uchkun,
uykusizlik, ultratovush, ultrabinafsha nurlar, xazonrezlik, chukurlik, chang, charchash,
shovqin, elektr yoyi, elektr toki, elektr maydoni, emotsional zo‗rizish, yukoridan kulash
(yikilish), yukori ravshanliqdagi yorug‗lik, yukori chastotali tok, yashin, o‗tkir predmetlar
(tikonli, uchli, qirrali, kesuvchi), qasmoq, qurol-yarog‗, qor bosishi, qor kuchishi, quyosh
aktivligi, quyosh zarbasi, xarakktlanuvchi predmetlar, xavoning gaz tarkibini buzilishi.
Aniq tekshirishlar va tadkikotlar o‗tkazishda aloxida ob‘ektlar, ishlab chikarish, sexlar, ish
joylari, ish jarayonlari, kasb turlari bo‗yicha xam xavf nomenklaturasi tuziladi.
Xavfning kvantifikatsiyasi. Kvantifikatsiya- sifat darajasi aniqlanadigan va baxolanadigan
murakkab tushunchalarga sonli xarakteristika berish demaqdir.
Kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshka usullar qo‗llaniladi. Xavfning eng keng tarqalgan
soniy baholash mezoni-tavakkal, tavakkalchilik, ya‘ni xavf-xatarga karshi bormoqdir.
Soniy baxolash - ma‘lum davrdagi faoliyat davomida yuzaga kelgan ko‗ngilsiz oqibatlarni
oldindan ehtimol qilingan, sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan xavfga, ko‗ngilsiz okibatlarga
nisbatidir. Tavakkalni aniqlashda okibatlarning sinfi ko‗rsatilishi lozim.
Xavfning identifikatsiyasi. Xavf potensial, ya‘ni yashirin xarakterga ega. SHu sababli, hayot
faoliyat xavfsizligini ta‘minlashda xavfni oldindan aniqlash muxim rol o‗ynaydi.
Identifikatsiya - xavfni va uning soniy hamda vaqtli ko‗rsatkichlarini aniqlash jarayoni bo‗lib,
uning natijasida xayot faoliyat xavfsizligini ta‘minlashga karatilgan profilaktik va operativ
tadbirlar ishlab chikiladi.
Identifikatsiya jarayonida xavfning nomenklaturasi, xavfni yuzaga kelish extimoli, fazoviy
koordinatalari, xavf tufayli kutiladigan zarar va boshka parametrlar aniklanadi. Olingan
natijalar asosida esa anik tadbirlar ishlab chikiladi.
Potensial xavf yuzaga keladigan, amalga oshadigan sharoitlar baxtsiz hodisalarning sabablari
deyiladi. Baxtsiz hodisalar turli xil, ya‘ni jaroxatlar, shikastlanishlar, kasallanishlar va boshka
ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin.
Xavf, sabab va okibat - baxtsiz xodisalarni, favkulodda xolatlarni, yong‗inlarni va shu kabi
boshka ko‗ngilsiz xodisalarni asosiy xarakteristikasi hisoblanadi.
«Xavf - sabab - ko‗ngilsiz oqibatlar» - bu logik rivojlanish jarayoni bo‗lib, yashirin xavfni yuzaga
chikishiga xamda real zarar keltirib chikarishga olib keladi. Ko‗rsatilganidek, bu jarayon ko‗p
sababli hisoblanadi. SHu sababli baxtsiz hodisalarni oldini olishda ularning sabablarini
aniklash muxim rol o‗ynaydi.
Quyida yuqoridagi uchlikga doir misollar keltiramiz:
Elektr toki (xavf) - qisqa tutashuv (sabab) - kuyish (okibat);
Pestsidlar (xavf) - SHXV foydalanmaslik (sabab) - zaxarlanish (okibat).
Insoniyatning xar kanday faoliyati potensial xavfli jarayondir. Albatta, bu tasdik aksiomatik
xarakterda bo‗lsada, muxim metodologik axamiyatga egadir.
Xavfsizlikni tizimiy taxlil kilish. Xavfsizlikning tizimiy taxlili xakida tushuncha va uning
maksadi.
Sistemali taxlil — murakkab muammolar, jumladan, xavfsizlik sistemasi bo‗yicha karor
tayyorlash va uni asoslash uchun foydalaniladigan metodologik vositalar majmuidir.
Sistema- o‗zaro birikkan komponentlar majmui bo‗lib, ularning o‗zaro ta‘siri natijasida
ma‘lum bir maksad amalga oshiriladi, ish bajariladi.
Sistemaning komponentlari jumlasiga material va ob‘ektlardan tashqari ularning o‗zaro
bog‗lanishi xamda ular o‗rtasidagi munosabatlar xam kiradi. Har kanday soz mashina texnik
sistemaga misol bo‗la oladi. Agar sistemaning bir komponentini inson tashkil etsa, bunday
sistema «ergatik sistema» deb ataladi. Ergatik sistemaga misol tariqasida «inson-mashina»,
«inson-muxit», «inson-mashina-muxit», kabilarni keltirishimiz mumkin.
Sistemani tashkil etuvchi elementlarni o‗ziga xos xususiyatlari bo‗lishi bilan bir katorda uning
9
o‗zini xam o‗z xususiyati mavjud bo‗ladi. Sistemada vujudga kelgan xususiyat uni tashkil
etuvchi elementlarning birortasida xam bo‗lmaydi. Masalan, yonuvchi modda-
kislorod-yongin manbasi bitta sistemani tashkil etadi. Agar ushbu elementlardan birortasi
bo‗lmasa yonish jarayoni yuzaga kelmaydi. Bu erda yonuvchi modda yonish xususiyatiga,
kislorod-yong‗inni yuzaga keltirish sharoitini yaratash xususiyatiga, manba esa yong‗inni amalga
oshirish xususiyatiga ega. Albatta, bu sistemada ushbu elementlardan birortasining bo‗lmasligi,
sistemani buzilishiga olib keladi, natija, maksad (ushbu kolatda-yonish) amalga oshmaydi.
Xavfsizlikni sistemali taklilining asosiy maksadi ko‗ngilsiz okibatlar (baxtsiz xodisalar)ga olib
keluvchi sabablarni aniklash va shu asosida ularni kamaytirish ehtimolini ta‘minlovchi
tadbirlar ishlab chikishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |