Drasi boshlang’ich sinflarda integratsiyalashgan ta’lim


Darsning mavzusi: “Tabiatda havo” (Tabiatshunoslik 3-sinf)



Download 2,41 Mb.
bet37/83
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#275030
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Bog'liq
Boshlang’ich sin integratsiya Amaliy mashgulot 2021

Darsning mavzusi: “Tabiatda havo” (Tabiatshunoslik 3-sinf).

Darsning ta’limiy maqsadi: fanlararo ekologik bilimlarni shakillantirish;

Darsning tarbiyaviy maqsadi: fanlararo ekologik tarbiya berish;

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: fanlararo mantiqiy tafakkurni o’stirish.

Darsning jixozi: Darsliklar, qog’oz, plamaster,

Darsning maetodi: “Aqliy hujum”

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi axboroti, o’quvchilarni darsga tayyorlash.

II.Uy vazifasini so’rash va baholash. O’tilgan mavzu so’raladi va baholanadi.

III. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish. O’qituvchi o’quvchilarga darsning mavzusi, maqsadi, tanlangan metodi haqida tushuncha beradi.

IV. Yangi mavzuni o’rganish: Aziz o’quvchilar! Bugungi mavzumizni “Tabiatshunoslik (3 - sinf) ” va “Matematika(4 - sinf)” fanlari aloqadorligida olib boramiz. Mazkur mavzuni “Aqliy hujum” metodi yordamida o’rganamiz. Sinf o’quvchilari guruhlarga bo’linadi va ular oldiga muammo qo’yiladi. Har bir guruh muammo yechimi to’g’risida barcha ishtirokchilar o’z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda hech kimga o’zga kishi g’oyalariga “hujum” qilishga haqqi yo’q. Demak, “Aqliy hujum” metodi bilan qisqa daqiqalarda o’nlab g’oyalarning yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo’ladi. Sinf guruhlari va ularning yechimi lozim bo’lgan muammolar:

1-guruh. “Havo”

2-guruh. Havoning ahamiyati.

3-guruh. Suvning xususiyatlari.

4-guruh. Tabiatda suv

5-guruh. Ona tabiat.

1-guruh. “Havo” muammosini yechish yuzasidan quydagi fikrlarni bildirdilar:


  • bizni o’rab turgan havo;

  • havo bizga ko’rinmaydi;

  • havo bo’shliq emas;

  • u turli moddalardan tashkil topgan

2 - guruh. “Havoning ahamiyati” muammosini yechish yuzasidan quydagi fikrlarni bildiradilar:

  • kislorod odam uchun zarur;

  • o’simliklar havodagi korbonat angidridni yutib, o’zidan kislorod chiqaradi.

3- guruh. “Suvning xususiyatlari” muammosini yechish yuzasidan quydagi fikrlarni bildirdilar:

- kislorod odam uchun zarur;

- suv kengayadi;

- suv siqiladi.

4 - guruh. “Tabiatda suv” muammosini yechish yuzasidan quydagi -fikrlar bildirdilar:


  • okean va dengizlar;

  • muzliklar;

  • daryo va ko’llar

5 - guruh “Ona tabiat” muammosini yechish yuzasidan quydagi fikrlar bildirdilar:

- demak, ona tabiat,

- bizni tortar har vaqt.

Har bir guruh ishtirokchilari oldiga qo’yilgan muammo bo’yicha yo’qorida qayd etilgan mulohazalar va takliflar yozib borildi. Fikr xilma-xilligi tavsiflandi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatga ko’ra, eng yaxshi takliflar quydagicha ajratiladi:



Nihoyat muammoni yechish uchun “Tabiatni muhofaza qilish kerak” taklifi tanlandi.

Shu asnoda mavzuni 4-sinf “Matematika” darsligining “Hajmlarni o’lchash” mavzusi 883-masala orqali fanlararo vertikal asosida bog‘laydi. Jumladan: Matematika fanini ham ekologik nuqtai nazaridan bog’lash mumkin. Unda O’quvchilar bo’yi 40 metr, eni bo’yidan 10 metr qisqa maydonda bog’ barpo etishdi. Bog’ maydonining yuzini toping. Bog’ atrofini qanday uzunlikdagi devor bilan o’rash kerak? Masalasi keltiriladi.

Mazkur mavzularda tabiatshunoslikni fanlararo o’qitishda vertikal bog’lanish uzviyligi nazarda tutildi.


Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish