Dunyo bo’ylab buyuk muzeylar Reja


Parijda joylashgan Luvr muzeyi



Download 7 Mb.
bet3/7
Sana21.02.2023
Hajmi7 Mb.
#913311
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muzeylar

Parijda joylashgan Luvr muzeyi.

2018-yilda Parijda joylashgan Luvr muzeyi o‘z tarixida ilk bor 10,2 million tashrif buyuruvchilarni qabul qilib, rekord o‘rnatdi. 2017-yilda bu ko‘rsatgich 25 foizga kamroq bo‘ldi. 2019-yilga kelib esa ko‘rsatgich 9,6 millionni tashkil qildi. The Art Newspaper nashri har yili dunyoda eng ko‘p tashrif buyurilgan muzeylar ro‘yxatini e’lon qilib boradi. Ushbu ro‘yxatda Luvr muzeyi bir necha yildan buyon yetakchilikni qo‘ldan bermayapti.



Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi ham shu yili rekord natijaga erishdi. 2018-yilda muzeyga 7,36 million kishi tashrif buyurgan va bu oldingi yilgiga nisbatan 5 foizga ko‘p degani. 2019-yilda esa muzey tashrif buyuruvchilari soni biroz pasaygan va 6,5 millionga yaqinni tashkil qilgan. Xo‘sh, bu jamoatchilikning, asosan, katta obro‘ga ega muassasalarga diqqatini qarayotganini anglatadimi? Buning uncha tanish bo‘lmagan yoki kichik muzeylar faoliyatiga qanday ta’siri bor?
Shubhasiz, xalqaro turizmning rivojlanishi mamlakatga juda katta foyda keltiradi. Bu borada o‘zida bir qancha afzalliklarni birlashtirgan Luvr uchun bonus ham bor: uning kolleksiyalari ulug‘vor tarixiy yodgorlik ichida bir necha asrlik tarixni qamrab olgan, shedevrlar ichra shedevr bo‘lmish “Mona Liza” Luvrda saqlanadi, u dunyoning birinchi raqamli turistik yo‘nalishi bo‘lmish Parijda joylashgan. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilarning to‘rtdan uch qismi chet elliklardir: Luvrga borish — bu Montmartr yoki Yelisey maydoni kabi joylar qatorida Fransiya poytaxtini kashf qilganingizni tasdiqlash katakchalaridan biridir.
Lekin Luvr turistik gigantlarning yagonasi emas. Sorbonna Nuvel universiteti professori Fransua Meresning aytishicha, “dunyoda 60-80 tacha ana shunday millioner muzeylar bor”. The Art Newspaper jurnali ro‘yxatining yuqori nuqtalaridan joy olgan Xitoy Milliy muzeyi (7,4 million), Vatikan muzeyi (6,9 million), Briyaniya muzeyi (6,2 million), Tate Modern (6 million), National Gallery of London (6 million), Ermitaj (4,6 million) kabi muzeylar ham bu borada Luvrga raqobatchi bo‘la oladi.
“Bir sanoat va ommaviy mantiq mavjud: davlat va xususiy moliyaviy oqimlar, asosan, eng boy va ko‘zga ko‘ringan tomonga qarab yo‘naltiriladi”, — deya kuzatuvlarini ma’lum qiladi Fransua Meres. Ushbu mexanizm orqali ko‘proq afzalliklarga ega bo‘lganlar boshqalarga nisbatan ustunligini oshirmoqda. Bu Matfey effekti deyiladi. Bu nazariya 1998-yilda sotsiolog Robert King Merton tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u Matfey Injilidagi quyidagi gapga asoslangan: “Kimda bor bo‘lsa, unga beramiz va u mo‘l-ko‘l bo‘ladi, ammo kimda yo‘q bo‘lsa, bor narsasini ham tortib olamiz”.
Muzeylarga aloqador bo‘lmagan yana bir fenomen: Parij operasi davlatdan 98 million yevro miqdorida subvensiya oladi. Bunga 18 million yevro xususiy kompaniyalar ajratgan summani ham qo‘shish kerak. Shu vaqtda butun regiondagi 20 ga yaqin opera uchun 28,5 million yevro subvensiya ajratiladi.
2018-yilda Luvr ikki muhim loyihadan ham xalqaro miqyosda o‘z nufuzini ko‘tarishda yaxshigina foyda oldi. Bir tarafdan Beyonse va Jay-Z’lar o‘zlarining kliplarini aynan Luvrda suratga tushirdi. Klip internet tarmog‘ida 150 million tomoshabinni yig‘di va ularning aksariyati yoshlar edi. Guardian nashri Luvrning bir kechada “ajoyib marka”ga aylanganini yozgan edi. Muzey do‘konida o‘z nomi tushirilgan 1600 turdagi narsalar majud.
Ikkinchi tomondan, Fors ko‘rfazida o‘z nomining paydo bo‘lishi unga yaxshigina foyda berdi: Abu-Dabida Jan Nuvel tomonidan qurilgan Abu-Dabi Luvr muzeyi 2017-yilda ochildi va ochilganidan buyon bir milliondan ortiq turistni qabul qildi. Shunday qilib Luvrning Yaqin Sharq, Afrika va Osiyo xalqlari oldida shuhrati yanada oshirildi. Luvr muzeyi bugungi kunda 70 dan ortiq hamkorlik loyihalarida qatnashmoqda.
Brendni targ‘ib qilish — eng yaxshi usul
Boshqa muzeylar o‘z brendini targ‘ib qilish qanchalik muhimligini allaqachon tushunib yetdi. Iqtisodchi Bruno Frey bu haqda 1998-yilda Nyu-Yorkdagi Guggenhaym muzeyining Bilbaoda o‘z faoliyatini boshlaganidan bir yil keyin o‘zining “Superstar Museum” asarida aytib o‘tgan edi. O‘shandan buyon Londondagi Viktoriya va Albert muzeyi Shotlandiyaning Dandi shahrida filial ochdi va Xitoyning Shenchjen shahrida filial tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bordi, Pompidu markazi Malaga, Bryusselda va Shanxayda o‘z filiallarini ochishga muvaffaq bo‘ldi.
“Foyda olish uchun globallashuvdan foydalanayotgan ana shunday cheklangan yulduz muzeylar guruhi qarshisida boshqa muassasalar yashab qolishga harakat qilmoqda. Ular ko‘pincha subvensiyalar va ko‘ngillilar yordamiga tayanib qolgan. Fransiyada 1200 ta muzey bo‘lsa, ularga tashrif buyuruvchilarning yarmi 10 ta muzey hissasiga to‘g‘ri kelmoqda”, — deya qo‘shimcha qiladi Fransua Meres.
Ba’zi elementlar kamtarona qayta muvozanatni boshlab berishi mumkin. Masalan, Luvr muzeyi direktor-prezidenti qabul hajmini oshirish maqsadida 60 million yevrolik hajmdagi ishlarni amalga oshirdi va tirbandlikning oldini olishni kafolatlagan 30 daqiqadan kam vatqda kirishga imkon beruvchi vaqt belgilangan kirish chiptalarini joriy qildi.
Muzey ashyolari ko‘rgazmasini tashkillashtiruvchi Jan Fransua Gryunfeld Luvr haqida kinoyali ohangda shunday degan: “Luvrda eksponatlardan ko‘ra ko‘proq kallalarni ko‘rasiz. Asarlardan zavq olishni istasangiz, Shatoruga boring!”. Bundan tashqari, yirik muassasalar singari “qolganlar ham, hajmidan qat’i nazar, o‘z tashrif buyuruvchilariga endi qanday murojaat qilishni yaxshiroq biladi, ular o‘zlarini marketing vositalari va buning uchun kerakli bilim-ko‘nikma bilan ta’minladi”.
Jozibali muzeylar qurish uchun ko‘p mablag‘ sarflagan Fransiya mintaqaviy metropoliyalari yiliga bir necha yuz ming mehmonlarni ham jalb qila oladi. Shunday qilib, katta muzeylarning muvaffaqiyatlari kichik muzeylarning zallarini bo‘shatib qo‘ymaydi.
The Art Newspaper jurnali tomonidan tuzilgan 2019-yilda eng ko‘p mehmon qabul qilgan san’at muzeylari o‘ntaligi:

  1. Luvr muzeyi — Parij — 9 600 000 (tashrif buyuruvchilar soni);

  2. Xitoy Milliy muzeyi — Pekin — 7 390 000;

  3. Vatikan muzeyi — Vatikan, Rim — 6 882 931;

  4. Metropoliten San’at muzeyi — Nyu York — 6 479 548;

  5. Britaniya muzeyi — London — 6 239 983;

  6. Tate Modern — London — 6 098 340;

  7. Milliy Galereya — London — 6 011 007;

  8. Ermitaj davlat muzeyi — Sankt-Peterburg — 4 956 529;

  9. Museo Reina Sofía muzeyi — Madrid — 4 425 699;

  10. Milliy san’at galereyasi — Vashington — 4 074 403.



Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish