Dunyo bo’ylab buyuk muzeylar Reja



Download 7 Mb.
bet7/7
Sana21.02.2023
Hajmi7 Mb.
#913311
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muzeylar

Vatikan muzeylari

Butun dunyodan kelgan sayyohlar turnaqator navbat bilan chiroyiga oshiqadigan Sikstin kapellasi, Pio-Klementino, Kapella Nikkolina muzeylarini virtual shaklda ham tomosha qilish mumkin.
Salvador Dali muzeyi (Figares)

Salvador Dalining teatr-muzeyi uning ona shahri Figaresda (Ispaniya) joylashgan. U sayyolahrning sevimli maskanlaidan. Muzey saytida zallarga sayohat, Galatey minorasi va Mey Uest yuzi tushirilshan xona hamda Figares ko‘chalariga sayohat qilish mumkin.
Pushkin nomidagi DTSM (Moskva)

Buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin nomidagi tasviriy san’at davlat muzeyi zallarini muzey sayti orqali aylanish mumkin. U yerda har bir zal va eksponatlar haqida qisqa audio va matnli ma’lumotlar olish mumkin.
Rus muzeyi (Sankt-Peterburg)

Virtual Rus muzeyi” saytiga muzeydagi eng noyob eksponatlar joylashtirilgan. Ular 12 ta kolleksiyaga yig‘ilgan. Ularning har biriga qisqa ma’lumotlar berilgan. Kompyuter qarshisida o‘tirib, muzeyning virtual 3D shaklida aylanish mumkin.
Butun dunyo koronavirus pandemiyasi sabab o‘z qobig‘iga o‘ralib olishi mumkin. Ammo bu san’at asarlaridan bahramand bo‘lishga to‘siq bo‘lmaydi. Karantin sabab uydan chiqolmay qolgan odamlar esa shu orqali biroz yengil tortadi va vaqtini mazmunli o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Xulosa qilib aytganda, Har qanday davlat taraqqiyot sari intilar ekan, doimo tarixga nazar tashlab, mavjud urf-odatlar, anʼanalar va qadimiy yodgorliklarni oʻrganishga va saqlashga intilishi tabiiy. Ayniqsa bu borada muzeylarning oʻrni beqiyosdir. Chunki muzeylar oʻtmishdan kelgan tarixiy madaniyat, maʼrifat, tabiat yodgorliklarining yaxlit tizimiga solingan yigʻindisi boʻlib amaldagi qonun-qoidaga muvofiq ravishda saqlanadi va namoyish qilinadi.
1977-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan 11-Xalqaro muzeylar konferensiyasida Xalqaro Muzeylar kengashining Bosh konferensiyasi qarori tasdiqlangan. Unga koʻra 18-may muzey kuni deb belgilandi. 1999-yildan boshlab esa yurtimizda muzeylar kunini nishonlash Oʻzbekiston madaniy hayotining muhim voqealaridan biriga aylandi.
Muzeylar — tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqning maʼnaviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ham muzeylarning oʻrni beqiyos. Muzeylar har bir xalq tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy anʼana va qadriyatlarini oʻrganish, ularni targʻib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, dunyodagi ilk muzey Museon deb nomlanib, oʻquv maskani koʻrinishida boʻlgan va taxminan eramizdan avvalgi 290-yili Aleksandriyada Ptolomey-1 tomonidan tashkil etilgan. Uning tarkibida turar joylar, ovqatlanish hamda mutolaa xonalari, oʻsimlik va hayvonot bogʻlari, rasadxona hamda kutubxona ham boʻlgan. Keyinchalik esa, tibbiyot va astronomiyaga oid jihozlar, jonivorlarning qotirilgan nusxalari va shu kabi oʻquv jarayonlarida asqatadigan turli namoyish qurollari ham muzeydan oʻrin ola boshlagan.
Muzeylar dastlab badiiy asarlar majmuiga, keyin esa moddiy va maʼnaviy maʼrifiy yodgorliklarni yigʻuvchi va saqlovchi muassasaga aylangan. Oʻzining ulkan tarixiy obidalari bilan nafaqat Yevropa va Osiyoda, balki butun dunyoga mashhur boʻlgan Italiya davlatida ham XV asrga kelib, mavjud yodgorliklarni muntazam ravishda toʻplash ishlari avjiga chiqqan.
XIX asrga kelib, eng katta muzeylar AQSH, Angliya, Shvetsiya, Yaponiya, Hindiston va Rossiyada barpo etildi. Shular qatorida 1852-yili Ermitaj, 1873-yili Moskvadagi Tarix muzeyi, 1892-yili Tretyakov galereyasining tashkil etilgani soʻzimiz dalilidir.
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhasida boʻlgani kabi madaniy sohada ham tub burilish yasadi. Jumladan, milliy anʼana hamda qadriyatlarimizni tiklash, boy merosimizni chuqur oʻrganish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng targʻib etishga katta eʼtibor qaratila boshlandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda turli yoʻnalishda 1200 dan ortiq davlat va nodavlat muzey faoliyat koʻrsatmoqda. Ushbu madaniyat maskanlari ajdodlarimizdan bizga meros boʻlgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy xazina boʻlib, u yillar davomida boyitilib, tarixdan meros boʻlgan ashyolar, insoniyat ijodi mahsuli sifatida yaratilgan sanʼat asarlari saralanib, muzeylardan joy olib, umuminsoniy boylikka aylantirilmoqda.
Bugungi kunda muzeylarimizga katta ahamiyat qaratilmoqda, Prezidentimiz tashabbusi bilan 10 yillik davlat dasturini qabul qilinganligi, yaʼni 2017-2027-yillar davomida yurtimizdagi barcha muzeylarni rekonstruksiya qilish, qayta taʼmirlash va ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlash aynan madaniyat sohasidagi bugungi kun dolzarb masalalaridan biri edi. Yuksak eʼtibor tufayli koʻplab muzeylar bunyod etildi, mavjudlarining ishi esa zamon talablari darajasida yoʻlga qoʻyilib, muzey-qoʻriqxonalar tashkil qilindi. Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi kabi oʻnlab maskanlar barpo etilgani va Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi ochiq osmon ostidagi muzeylar qaytadan taʼmirlangani fikrimiz tasdigʻidir.
Poytaxtimizga tashrif buyurgan mehmon sayohati davomida, albatta, Temuriylar tarixi Davlat muzeyida ham boʻladi. Ushbu muhtasham majmuada Amir Temur va temuriylar davri tarixi, madaniyati, sanʼati bilan yaqindan tanishish mumkin. Eksponatlar ajdodlarimizning ulkan salohiyatidan soʻzlaydi. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyidagi osori-atiqalar esa oʻzbek davlatchiligi tarixining naqadar qadimiyligi va yuksakligi toʻgʻrisida soʻzlaydi, qolaversa, har bir davrga oid ashyolar betakrorligi bilan kishida hayrat tuygʻusini uygʻotadi. Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi koʻrgazmalari Vatanimiz mustaqilligi yoʻlida qurbon boʻlgan fidoyi farzandlar toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Bu muzey yosh avlod ongida istiqlol neʼmatining naqadar bebaho va yuksak ekanligi, uning qadriga yetish kerakligi haqida yana-da teran fikr uygʻotadi. Termiz arxeologiya muzeyida saqlanayotgan arxeologik topilmalar ham noyobligi, ilmiy tadqiqotlar uchun manba boʻla olishi bilan qadrlidir. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi istiqlol yillarida mamlakatimiz sportchilarining eng nufuzli xalqaro musobaqalarda qoʻlga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari toʻgʻrisida keng maʼlumot yetkazadi. Oʻzbekiston xalq amaliy sanʼati, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeylaridagi eksponatlar xalqimizning boy hunarmandchilik xazinasi, oʻziga xos tasviriy sanʼat asarlari, ularning janrlarini tarannum etadi. Qadimiy shaharlarimizdagi ochiq osmon ostidagi muzeylar esa dunyoning turli tomonlaridan kelayotgan sayyohlarni hayratda qoldirmoqda va ularning oqimi yildan-yilga xalqaro darajada muzeylarimizga boʻlgan qiziqish ortib boryapti.
Muzeylar maʼnaviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda oʻziga xos oʻrin tutadi. Saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qoʻlyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak maʼnaviyatidan hikoya qiladi. Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, eʼzoz va muhabbat tuygʻusini uygʻotish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand boʻlish tuygʻusini ham shakllantira oladigan maskandir. Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlgan muzeylar yosh avlodga xalqimizning qadimiy va boy tarixi, oʻziga xos madaniyati, istiqlol gʻoyalarini yana-da teran anglashga koʻmaklashmoqda.
Aytish joizki, muzeyshunoslik keng fan tarmogʻi boʻlib, oʻzida tarix, arxeologiya, sanʼatshunoslik, sotsiologiya, pedagogika, falsafa, estetika, kompyuter texnologiyalari kabi bir qator sohalarni qamrab olgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida muzeyshunoslik yoʻnalishi faoliyat yuritadi, aynan ushbu taʼlim dargohi soha uchun kadrlar tayyorlab beradigan yagona ilm maskani hisoblanadi. Bu yerda talaba — yoshlarga bakalavr, magistratura hamda doktorantura bosqichlarida tahsil berish bilan birga tashkil etilgan va etilayotgan koʻplab yangi muzeylar yosh avlodni tariximiz, moddiy va madaniy merosimizni naqadar chuqur ildizga egaligini singdirgan holda, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻulari bilan tarbiyalangan mutaxassis boʻlib yetishmoqdalar.
Muzeylar maʼnaviy va maʼrifiy ilm oʻchogʻi sifatida doim taraqqiyotda, rivojlanish va oʻzgarishda. Ularning zaxiralarini doimo boyitib borish, toʻplangan muzey ashyo va kolleksiyalarini kelajak avlodlarga bus-butun holatda yetkazish, asrab-avaylash har birimizdan alohida masʼuliyat talab etadi. Ushbu dargohda oʻz kasbining fidoiy insonlari faoliyat yuritadilar. Ular tomonidan yaratiladigan har bir ekspozitsiya oʻzining maftunkorligi, tarixiy ahamiyati va judayam boy tarixiy yodgorliklarni oʻz ichiga qamrab olganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
ADABIYOTLAR :

1. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. Muloqot . 1998 yil № B, -1-16




  1. Dmitriyeva N.A. “Izobrajeniye i slovo”. “Moskva”. 1962y.


  2. “Voproso’ ekspozionnoy raboto’ kravedcheskix muzeyev”. Moskva ., 1979y.


  3. Sadullayev “Urta Osiyo arxeologiyasi”. “Toshkent”. 1990y.


  4. Bader O.N. “Muzeyfikatsiya arxeologicheskix pamyatnikov”.



7. Sovet arxeologiya. Moskva. 1978y. №3.
Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish