E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet15/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Mexanik usullar — bular tozalash, qoqish, ushlab (tutib) olish va boshqa usullardir. Masalan, pashshalarni ushlash va yo‘qotish uchun pashsha ushlagichlar, yopishqoq qog‘ozlar yoki pashsha urgichlar ishlatiladi. So‘nalarni ushlash uchun sharsimon ushla­gichlar qo‘llanilmoqda va bu ijobiy natijalar bermoqda.
Fizikaviy usul — hasharotlar fizikaviy usul yordamida yuqori va past haroratlarda yo‘qotiladi. Masalan, burgalar, qandala (tax- takanalar) bilan zararlangan buyumlar kuydiriladi, kiyimlarni yuvishda bitlar va ularning tuxumlarini yo‘qotish uchun issiq suv ishlatiladi. Dezinfeksiyalash kameralarida issiq havo va bug‘ keng qo‘llaniladi. Oldingi paytlarda suvaraklarni muzlatib yo‘qotganlar.
Kimyoviy usul — insektisidlar deb ataluvchi kimyoviy modda- larning bo‘g‘imoyoqlilarga zaharli ta’sir qilishiga asoslangan. Ayrim insektisidlar (DDT, DDV aerozollari va b.) bo‘g‘imoyoqlilar organizmiga nafas yo‘llari orqali kiradi. Boshqa insektisidlar (natriy ftorit, borat kislota, bura, xlorofos va b.) esa bo‘g‘imoyoqlilar yoki hasharotlar organizmiga (ichagiga) ovqat orqali tushishi natijasida o‘zining toksik ta’sirini namoyon qiladi. Odatda insektisidlar turli oziq-ovqat mahsulotlariga aralashtirib hasharotlarga beriladi, masalan, xlorofos eritmasi qo‘shilgan shakar yoki ammoniy karbonat pashshalar uchun kuchli zahar hisoblanadi.
Kimyoviy zaharlarning keyingi guruhi — bo‘g‘imoyoqlilar organizmiga tashqi qoplamlar orqali kiradigan kontakt insek- tisidlardir. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha uglevodorodlar (DDT, geksaxloran), fosfororganik birikmalar (xlorofos, karbofos va b.), o‘simliklarga tegishli (piretrum) va kimyoviy tabiatga ega bo‘lgan insektisidlar (albixtol, kerosin, skipidar, karbol kislota va b.) bunga misol bo‘ladi.
Ayrim kimyoviy insektisidlar haqida quyidagilarni bilish zarur:
Dixlordifeniltrixloretan (DDT) deyarli barcha bo‘g‘imoyoqli- larga ta’sir qiladigan zahardir. Dezinseksiya uchun 10% li dust— DDT ishlatiladi. DDT sovun shaklida ham ishlatilishi mumkin (5% texnik DDT qo‘shilgan xo‘jalik sovuni).
Geksaxloran organik erituvchilarda aerozol, kukun va eritmalar shaklida ishlatiladi. Geksaxloran bo‘g‘imoyoqlilarga zaharli ta’siri bo‘yicha DDT dan bir necha bor kuchlidir va bu ta’sir uni turar joylarda qo‘llashni chegaralaydi.
Xlorofos ko‘pgina bo‘g‘imoyoqlilar (burgalar, qandalalar, suvaraklar, pashshalar) uchun zaharli bo‘lib, ularni tezda o‘ldiradi. Xlorofos ularga uchta yo‘l orqali ta’sir qilishi mumkin: kontakt, nafas yo‘llari va ichak orqali. Xlorofosni dezinseksiya uchun har xil shakllarda qo‘llash mumkin (dustlar, suvli eritmalar, suspen- ziyalar shaklida). Pashshalar bilan kurashishda suyuq va qattiq yem ishlatiladi. Suyuq yemlar xlorofosning 0,5% suvli eritmasiga pashshalarni jalb qiladigan moddalar (10% shakar qiyomi, 50% non kvasi)ni qo‘shish orqali tayyorlanadi.
Kavkaz yoki fors moychechagi gullarining kukun darajasigacha maydalangani — piretrum hasharotlarning deyarli barcha turlari uchun zaharli hisoblanadi. Tananing sochli joylaridagi bitlarni yo‘qotish uchun karbofos, metilsetofos va boshqa insektisidlarga ega bo‘lgan shampunlar ishlatiladi.
Qon so‘ruvchi bo‘g‘imoyoqlilardan saqlanish maqsadida indivi­dual himoya vositalari sifatida — repellentlar (bo‘g‘imoyoqlilarni cho‘chitib haydovchi moddalar) keng qo‘llaniladi. Bunday repel- lentlarga dimetilftalat, dietiltoluamid (DETA), benzimin va bosh- qalar kiradi. Repellentlar bo‘g‘imoyoqlilardan individual himoya- lanish uchun tavsiya etiladigan malhamlar, kremlar va losyonlar tarkibiga kiradi. Ular tananing ochiq joylariga surtish uchun qo‘llaniladi.
Deratizatsiya
Deratizatsiya (fransuzcha rat — kalamush va de — yo‘q) — kalamushlarni yo‘qotish demakdir. Hozirgi vaqtda bu termin asosida nafaqat kalamushlarni, balki epidemiologik jihatdan xavfli bo‘lgan va katta iqtisodiy ziyon keltiruvchi zararli kemiruvchilarni yo‘qotish tushuniladi. Kemiruvchilar bilan kurashishdagi asosiy yo‘nalish ularning yashashlari uchun noqulay vaziyat yaratishdir. Kemiruv- chilarni qirish tadbirlari kimyoviy, mexanik va biologik usullar yordamida amalga oshiriladi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish