E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet31/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

/ Cr
22-rasm. Qon surtmasini tayyorlash.
oynachasining chekkasigacha yetmasligi kerak. Shuning uchun qon tomchisi diametri 2—3 mm dan ortiq bo'lmasligi zarur. Surtma tayyorlash maqsadida silliqlangan oynacha buyum oynachasi ustiga qo'yilgan qon tomchisi oldiga 450 burchak ostida qo'yiladi va unga tegishiga qadar oldinga surtiladi. Qon oynachalar orasida bir xil tarqalsa tez harakat bilan surtma qilinadi. To'g'ri tayyorlangan surtma bir tekis qalinlikda bo'ladi (sarg'ish rangli bo'lib tiniq ko'rinib turadi). Har bir bemor qonidan kamida ikkita surtma tayyorlanadi.
Yirik qon tomchisini tayyorlash uchun buyum oynachasiga diametri 5 mm ga yaqin kattalikdagi qon tomchisi tomiziladi. Bu tomchi igna yoki buyum oynachasi uchi bilan 10—15 mm gacha diametrda surtiladi. Tomchi qalinligi shunday bo'lishi kerakki, u orqali gazeta shrifti ko'rinsin. Surtmalar qalin bo'lmasligi zarur, aks holda u qurigandan keyin yoriladi va oynachadan ko'chib tushadi.
Odatda oynachaga bir-biridan ma’lum oraliqda 2—3 tomchi qo‘yiladi. Olingan tomchilar buyum oynachasining orqa tomonida maxsus (mumli) qalam yordamida bemor familiyasi yoki qayd etilgan raqami va hokazo yozuvlar bilan belgilanadi.
Qonning namli yirik surtmasiga yirik tomchi qo‘yish juda qulay- dir. Bu vaqtda tomchi mustaqil ravishda disk bo‘yicha yoyiladi, qalam yordamida surtmaga belgi qo‘yiladi. Bu preparatda zararlangan eritrositlar qismi yaxshi saqlanadi, bu esa parazit turini aniqlashda muhimdir. Bu usulning afzalligi yana shundan iboratki, surtmaga qo‘yilgan tomchi oynaga bevosita qo‘yilganga nisbatan mustahkam ushlanib turadi.
Tayyorlangan yirik tomchilar xona haroratida 2—3 soatdan kam bo‘lmagan vaqt oralig‘ida quritiladi. Tomchi quritilgandan keyin unga Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘i quyiladi. Bo‘yash muddati o‘rtacha 30—45 minutni tashkil qiladi. Bo‘yalgan tomchi ehtiyot- korlik bilan vodoprovod suvida chayiladi va tik (vertikal) holatda quritiladi.
Surtma metil spirtida 3 minut yoki 96% li etil spirtida 10 minut davomida fiksatsiya qilinadi. Fiksatsiyalangan preparatlar havoda quritiladi va azur-eozin bo‘yog‘ida 20—30 minut davomida bo‘yaladi.
Chayilgan preparatlar quritilib mikroskop ostida tekshiriladi. Bezgak kasalligiga chalingan bemordan olingan qonda zararlangan eritrositlarda moviy rangli sitoplazma va to‘q qizil yadrolari bilan bezgak plazmodiylari ko‘rinadi.
Bemor qonida bezgak plazmodiylarining topilishi tashxisni tasdiqlaydi.
Mikroskopik usulning sezgirligini maxsus yorituvchi bo‘yoqlar

  • flyuoroxromlar bilan belgilangan antitelolari bo‘lgan maxsus zardoblar bilan ishlov berish orqali oshirish mumkin. Bu anti- telolar bilan ishlangan preparatlar luminessent mikroskop orqali tekshiriladi (23-rasm).

Immunoflyuoressent usul nomini olgan bu usul viruslarni aniqlashda, masalan, gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni kasallikning birinchi kunlarida aniqlashning tezla- tilgan usuli sifatida keng qo‘llaniladi.
Bakterioskopik (mikroskopik) tekshirish usullari, odatda o‘lat (o‘lat bubonidan tayyorlangan bo‘yalgan surtmalarda iyersiniya- larni topish), meningit (orqa miya suyuqligi cho‘kmasida menin-



Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish