Qon (transmissiv) infeksiyalari. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari asosan qon va limfada joylashgan bo‘lib, sog‘lom odamga infeksiya yuqtirib olgan qon so‘ruvchi hasharotlar — bitlar, burgalar, chivinlar va kanalarning chaqishi orqali tushadi (4-rasm).
Shuni ta’kidlash zarurki, mazkur guruhdagi yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari nafaqat odam organizmida, balki qon so‘ruvchi hasharotlar organizmida ham parazitlik qilishga mos- lashgan. Shuning uchun qon so‘ruvchi hashoratlarni yo‘qotish va
4-rasm. Qon (transmissiv) infeksiyalarning yuqish mexanizmi.
A—infeksiya yuqtirgan organizm; B—sog‘lom organizm; 1—qon so‘ruvchi tashuvchining bemor organizmidan qon so‘rishi; 2—qo‘zg‘atuvchining tashuvchi organizmida bo‘lishi; 3—qo‘zg‘atuvchining tashuvchi chaqqanda organizmga kirishi.
sog‘lom kishilarni ularning chaqishidan himoya qilish tadbirlari epidemiyaga qarshi muhim tadbirlardan hisoblanadi. Bu guruh infeksiyalariga qaytalama va toshmali tiflar, kalamushdan yuqadigan rikketsioz, pappatachi isitmasi, gemorragik isitmalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |