Echish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, er) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni Erning puldagi chekli mahsuloti: Er maydoni 30 gektar bo`lgani uchun so`m. Demak


Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana31.03.2022
Hajmi1,42 Mb.
#520231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
13.1-Mavzu. Tashqi ta’sirlar va unga oid davlat siyosati.

Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar 
Tashqi ta’sirga javoban xatti-harakatni tartibga solish o`rniga, davlat ijtimoiy 
samaradorlik bilan xususiy rag`batlantirishlarni moslashtirishda bozorga 
asoslangan siyosatdan foydalanishi mumkin. Masalan, biz avval ko`rganimizdek, 
hukumat salbiy tashqi ta’siri bor faoliyatni soliqqa tortish va ijobiy tashqi ta’siri 
bor faoliyatni subsidiya qilish orqali tashqi ta’sirlarni o`zlashtirishi mumkin. Salbiy 
tashqi ta'sirlar bilan shug`ullanish uchun kuchga kirgan soliqlar tuzatuvchi soliqlar 
deyiladi. Ular, shuningdek, ulardan foydalanish tarafdori bo`lgan iqtisodchi Artur 
Pigu (1877-1959) nomiga Pigu soliqlari deb ham yuritiladi. Ideal tuzatuvchi soliq 
salbiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi harajatlariga teng bo`ladi va ideal tuzatuvchi 
subsidiya ijobiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi foydasiga teng bo`ladi. 
Iqtisodchilar odatda ifloslanishni bartaraf qilish yo`li sifatida tuzatuvchi 
soliqlarni afzal ko`rishadi, chunki ular jamiyat uchun kam harajatda ifloslanishni 
kamaytirishi mumkin. Nima uchunligini ko`rish uchun, keling bir misolni ko`rib 
chiqaylik. 
Faraz qilaylik, ikkita korxona – qog`oz ishlab chiqaruvchi va po`lat ishlab 
chiqaruvchi, har yili bir daryoga 500 tonna chiqindi chiqaradi. EPA bu ifloslanish 
darajasini kamaytirishni xohlaydi. U ikki yechimni ko`rib chiqadi: 

Tartibga solish: EPA ifloslanishini kamaytirish uchun har bir zavodga yiliga 
300 tonna chiqindi chiqarishini aytishi mumkin. 

Tuzatuvchi soliq: EPAhar bir zavod chiqaradigan chiqindining har bir 


286 
tonnasi uchun so`m50,000 dan soliq undirishi mumkin. 
Tartibga solish ifloslanish darajasini belgilaydi, soliq esa ifloslanishni 
kamaytirish uchun zavod egalariga qaratilgan iqtisodiy tayanch bo`ladi. Qaysi 
yechimni yaxshiroq deb, o`ylaysiz? 
Ko`pchilik iqtisodchilar soliqni afzal ko`radi. Bu afzallikni tushuntirish 
uchun, ular birinchi soliq ifloslanish umumiy darajasini kamaytirishda tartibga 
solish kabi samarali ekanligiga ishora qilishadi. EPA tegishli darajada soliq joriy 
etish orqali o`zi istagan ifloslanish darajasiga erishishi mumkin. Soliq qancha 
yuqori bo`lsa, ifloslanishni kamaytirish shuncha katta bo`ladi. Soliq yetarlicha 
yuqori bo`lsa, fabrikalar ifloslanishi nolga tushirib umuman zavodni yopadilar. 
Tartibga solish va tuzatuvchi soliqlar ifloslanishni kamaytirishga qodir bo`lsa-
da, soliq bu vazifani yanada samaraliroq amalga oshiradi. Tartibga solish har bir 
zavoddan bir xil miqdorda ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Ammo teng 
kamaytirish suvni tozalash uchun arzon yo`l emas. Qog`oz zavodi po`lat zavoddan 
ko`ra ancha past harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Agar shunday 
bo`lsa, qog`oz zavodi soliq to`lashning oldini olish uchun ifloslanishni katta 
miqdorda kamaytirishi mumkin, po`lat zavodi ifloslanishni kamaytirishga kam 
harakat qilib, soliqni to`lab qo`ya qoladi. 
Odatda, tuzatuvchi soliq ifloslantirishga narx qo`yadi. Bozorlar tovarlarni eng 
yuqori baholaydigan xaridorlarga sotgani kabi, tuzatuvchi soliq ham ifloslanishni 
kamaytirishda eng yuqori narxga ko`nadigan fabrikalar ifloslantirish stavkalarini 
ajratadi. EPA qaysi ifloslanish darajasini tanlashidan qat’iy nazar, u soliq 
yordamida eng past umumiy harajat bilan bu maqsadga erishishi mumkin. 
Iqtisodchilar tuzatuvchi soliqlar atrof-muhit uchun ham yaxshiroqdir deb 
aytishadi. Buyruq-va-nazorat tartibga solish siyosati ostida, fabrikalar uchun ular 
300 tonna chiqindidan boshqa yana chiqindi chiqarishni kamaytirish uchun hech 
qanday sabab yo`q. Aksincha, soliq fabrikalarni toza texnologiyalarni 
rivojlantirishga undaydi, chunki toza texnologiya zavod to`lashi kerak soliq 
miqdorini kamaytiradi. 
Tuzatuvchi soliqlar boshqa soliqlardan farq qiladi. 8-bobda muhokama 
qilinganidek, aksariyat soliqlar rag`batlantirishni buzadi va resurslar taqsimotini 
ijtimoiy maqbul darajadan uzoqlashtirib yuboradi. iqtisodiy farovonlikdagi 
kamayishi, ya’ni iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligida, hukumat 
ko`taradigan daromadlar miqdoridan oshib ketadi, natijada yo`qotishlarga sabab 
bo`ladi. Aksincha, tashqi ta’sirlar mavjud paytda, jamiyat ham zarar ko`rgan 
boshqa odamlar farovonligi haqida ham qayg`uradi. Tuzatuvchi soliqlar 
tashqi ta’sirlar borligini hisobga olib, natijada resurslarni taqsimoti ijtimoiy maqbul 
darajaga yaqinlashishini ta’minlaydi. Shunday qilib, tuzatuvchi soliqlar hukumat 
uchun daromad oshirish bilan bir vaqtda, ular iqtisodiy samaradorlikni ham 
oshiradi. 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish