Echish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, er) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni Erning puldagi chekli mahsuloti: Er maydoni 30 gektar bo`lgani uchun so`m. Demak


Texnologik yoyilishlar, sanoat siyosati va patent himoyasi



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana16.03.2022
Hajmi1,42 Mb.
#493757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
13.1-Mavzu. Tashqi ta’sirlar va unga oid davlat siyosati.

Texnologik yoyilishlar, sanoat siyosati va patent himoyasi 
Ijobiy tashqi ta’sirning imkoniyatli muhim bir turi – bu texnologik yoyilish, 
ya’ni bir firmaning tadqiqot va ishlab chiqarish harakatlarining boshqa firma 
texnologik yangiliklariga ega bo`lishiga ta’siri. Masalan, sanoat robotlari bozorini 
olaylik. Robotlar tez o`zgarib borayotgan texnologiyalarning boshida turadi. Firma 
robot yaratganda uning yangi va yaxshiroq dizayn kashf qilishiga imkoniyat 
mavjud. Bu yangi dizayn faqatgina bu firmani emas balki butun jamiyatga foyda 
olib kelishi mumkin, chunki bu dizayn jamiyatning texnologik bilimlari qatoriga 
qo`shiladi. Bu esa yangi dizaynning iqtisodiyotdagi boshqa ishlab chiqaruvchilar 
uchun ijobiy tashqi ta’sirga ega bo`lishini anglatadi.
Bu holatda, hukumat robotlar ishlab chiqarilishiga subsidiya kiritib bu tashqi 
ta’sirni o`zlashtirishi mumkin. Agar hukumat firmalarga har bir ishlab chiqarilgan 
robot uchun subsidiya to`lasa, taklif chizig`i ushbu subsidiya miqdorida pastga 
tushadi va bu o`zgarish robotlarning muvozanat miqdorini oshiradi. Bozor 
muvozanati ijtimoiy maqbul darajaga tenglashishiga ishonch hosil qilish uchun 
subsidiya texnologik yoyilish qiymatiga teng bo`lishi kerak. 
Rasm 
Ta’lim 
bahosi 
Maqbul holat 
Muvozana

Tashqi 
foyda 
BOZOR 
MAQBUL 
Talab
(xususiy 
qiymat) 
Ijtimoiy qiymat 
(xususiy qiymat 
va tashqi foyda) 
Taklif
(xususiy xarajat) 
Ta’lim va
ijtimoiy maqbul 
holat
Ijobiy tashqi ta’sir bo’lganda, 
tovarlar ijtimoiy qiymati 
xususiy qiymatdan oshib 
ketadi. Shuning uchun, optimal 
miqdor Q
MAQBUL
, muvozanat 
miqdor Q
BOZOR
dan yuqori.
Ta’lim qiymati 


284 
Texnologik yoyilishlar qanchalik katta va ular ijtimoiy siyosat uchun nimani 
bildiradi? Bu muhim savol, chunki texnologik rivojlanish nega hayot darajasi 
davriy ravishda o`sishiga sababdir. Ammo bu qiyin savol ham hisoblanadi va 
buning ustida iqtisodchilar ko`pincha kelishishmaydi. 
Ba’zi iqtisodchilar texnologik yoyilishlar tarqaluvchi va shuning uchun 
hukumat eng ko`p yoyilish qiluvchi sanoatlarni qo`llab-quvvatlashi kerak deb 
ishontirishadi. Masalan, ushbu iqtisodchilar agar kartoshka chipslaridan ko`ra 
kompyuter chiplarini yaratishni ko`proq yoyilishga ega bo`lsa, unda hukumat 
kartoshka chipslari ishlab chiqarishdan ko`ra kompyuter chiplarini ishlab 
chiqarishni qo`llab-quvvatlashi kerak. Bunday ishni soliq kodeksi tadqiqot va 
rivojlanish sarfiga maxsus soliq imtiyozlari taklif qilish orqali cheklangan 
miqdorda bajaradi. Ba’zi boshqa davlatlat ko`p texnologik yoyilishlar taklif 
qiluvchi maxsus sanoatlarga subsidiya kiritish bilan chuqurroq e’tibor qaratadi. 
Texnologik sanoatni rivojlantirishga qaratilgan hukumatning iqtisodiyotga 
aralashuvi ba’zida 
sanoat siyosati
deb yuritiladi.
Boshqa iqtisodchilar sanoat siyosati to`g`risida salbiy fikrda. Garchi 
texnologik yoyilish umumiy bo`lsa-da, sanoat siyosatining muvaffaqiyati hukumat 
turli bozorlarda yoyilish hajmini o`lchashga qodir bo`lishini talab etadi. Bu o`lchov 
muammosi eng qiyinidir. Bundan tashqari, aniq o`lchovlarsiz, siyosiy tizim eng 
katta ijobiy tashqi ta’sirlardan ko`ra katta siyosiy ta'sirga ega bo`lgan sanoatlarni 
subsidiya qilishi mumkin. 
Texnologik yoyilishlar bilan shug`ullanishning yana bir usuli patent himoyasi 
hisoblanadi. Patent qonunlari ma’lum vaqt uchun o`zlarining ixtirolaridan mutlaq 
foydalanishini ta’minlab ixtirochilar huquqlarini himoya qiladi. Firma texnologik 
yangilik qiladigan bo`lsa, u g`oyani patentlab, o`zi uchun ko`p iqtisodiy foyda 
olishi mumkin. Patent huquqi firmaga ixtirosi ustidan 
mulk huquqini
berib tashqi 
ta’sir o`zlashtiriladi. Boshqa firmalar yangi texnologiyalar foydalanish istagida 
bo`lsa, ular ixtiro firmasidan ruxsat olishi kerak va unga royalti to`laydi. 
Shunday qilib, patent tizimi firmalarni texnologiyani rivojlantiradigan tadqiqot va 
boshqa faoliyat bilan shug`ullanishiga katta turtki beradi. 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish