Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika


Tasodifiy hodisalar ustida amallar



Download 372,65 Kb.
bet3/14
Sana30.01.2023
Hajmi372,65 Kb.
#905439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
SARVAR EHTIMOL.docx 6

Tasodifiy hodisalar ustida amallar
Biror tajriba o`tkazilgan bo`lib, uning natijasida A va V hodisalar ro`y bergan bo`lsin. Ko`pgina hollarda ehtimolni hisoblash jarayonida o`rganilayotgan hodisalar orasidagn bog`lanishni aniqlash lozim bo`ladi. Shu maqsadda quyida hodisalar tengligi, yig`indisi va ko`paytmasi tushunchalari bilan tanishamiz.
1-ta`rif. Agar tajriba natijasida A hodisa ro`y berganda hamma vaqt V hodisa ham ro`y bersa, A hodisa V ni ergashtiradi deb ataladi va А⊂ V kabi yoziladi.
Masalan, tajriba 3 dona yangi nav urug`ni ekishdan iborat bo`lsin. Bu tajriba natijasidan quyidagi hodisalarni tuzamiz:
A0 — birorta ham urug` unib chiqmaganligi hodisasi,
A1 — 1 dona urug`ning unib chiqish hodisasi,
A2 — ikki dona urug`ning unib chiqish hodisasi,
A — unib chiqqan urug`lar soni ikkitadan ortiq bo`lmaganlik hodisasi. Ravshanki, bu
xolda А0 ⊂ А1, А1 ⊂ А­, А2 ⊂ А bo’ladi.
2-ta`rif. Agar A hodisa V hodisani ergashtirsa va o`z navbatida V hodisa A hodisani ergashtirsa, u holda A va V teng kuchli hodisalar deyiladi va A=V kabi yoziladi.
3-ta`rif. Tajriba natijasida yo A hodisa, yoki V hodisa, yoki ham A, ham V hodisalar ro`y berishidan iborat hodisa A va V hodisalarning yig`indisi deb ataladi va
A + V (1)
kabi belgilanadi.
4-ta`rif. Tajriba natijasida ham A hodisa, ham V hodisaning (bir vaqtda)birgalikda ro`y berishidan iborat hodisa A va V hodisalar ko`paytmasi deb ataladi va
AV (2)
kabi belgilanadi.
5-ta`rif. Agar A va V hodisalar bir paytda ro`y berishi mumkin bo`lmagan hodisalar, ya`ni A⋅ V=V bo`lsa, u holda A va V birgalikda bo`lmagan hodisalar deyiladi. Aks holda birgalikda hodisalar deyiladi.
Masalan, tangani tashlash natijasida bir vaqtda gerbli va raqamli tomonlar tushish hodisalari birgalikda bo`lmagan hodisalar bo`ladi.
6-ta`rif. Agar A va V hodisalar yig`indisi muqarrar hodisa, ko`paytmasi esa mumkin bo`lmagan hodisa, ya`ni
A+V=U, A⋅ V=V (3)
bo`lsa, u holda A va V hodisalar o`zaro qarama-qarshi hodisalar deyiladi. Odatda A hodisaga karama-qarshi hodisaga kabi belgilanadi.
Demak, A+ =U, A⋅ =V. (4)
7-ta`rif. Tajriba natijasida A hodisaning ro`y berishdan, V hodisaning esa ro`y bermasligidan iborat hodisa A va V hodisalar ayirmasi deb ataladi va A - V kabi belgilanadi.
1-eslatma. A1, A2, …, Ap hodisalarning yig`indisi va ko`paytmasi yuqoridagidek ta`riflanadi.
A1, A2, …, Ap hodisalarni qaraylik. Agar bu hodisalar yig`indisi muqarrar hodisa bo`lsa, ya`ni A1 + A2 + … + Ap = U (5)
bo`lsa, u holda A1, A2, …, Ap hodisalar hodisalarning to`la gruppasini tashkil etadi deyiladi.
Agar A1, A2, …, Ap hodisalar uchun
1o. A1 + A2 + … + Ap = U
2o. AiAj=V i j (i, j=1, 2, …, n)
bo’lsa, ya`ni istalgan ikkita Ai va A ( i j) (i, j=1, 2, …, n) hodisalar bir vaqtda ro`y berishi mumkin bo`lmasa, u holda A1, A2, …, Ap hodisalar juft-jufti bilan birgalikda bo`lmagan hodisalarning to`la gruppasini tashkil etadi deyiladi.
Agarda bir necha A1, A2, …, Ap hodisalardan istalgan birini sinash natijasida ro`y berishi boshqalariga qaraganda kattaroq imkoniyatga (qulaylikka) ega deyishga asos bo`lmasa, bunday hodisalar teng imkoniyatli hodisalar deyiladi.

Download 372,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish