Ekalogiya va atrof muxitni muxofaza qilish



Download 229 Kb.
bet6/17
Sana06.07.2022
Hajmi229 Kb.
#751108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ABRAZES DIPLOM ISHGA

Fiziologik optimum — bu biotsenoz ichidagi turning o'sish, ko'payish va rivojlanishi uchun hamma abiotik omillarning qulay bo'lishidir.
  • Sinekologik optimum — bu biotsenoz ichidagi biotik aloqalar bo'lib, shu yerdagi tur boshqa turlar ta'siri (raqobati, yirtqichlar, parazitlar)dan holi sharoit turning yaxshi rivojlanishiga imkon beradi. Jumladan, don ekinlarining kushandasi gessen pashsha-sining ko'payib ketishiga, uning ashaddiy dushmani parazit pardaqanotli hasharotning kam bo'lishidir.


    4.Biosenoz vaqt bo'yicha doim turg'un va bir xil holatda bo'ladigan guruhlardan iborat bo'ladi;


    5.Biosenozni hosil qiluvchi vakillar o'z joylarida, biosenoz ichida ko'payish xususiyatlariga egadir.
    Hozirgi vaqtda Membius ko'rsatib o'tgan biosenozning shu belgilari o'zining tabiiy xususiyatlarini saqlab qolgan.
    3.2. Biotsenozlar (jamoalar) haqida tushuncha.


    Jamoa — Ekosistemasining tirik ajralmas qismi bo‘lib, ma’lum bir hududni egallagan, bir-biriga o'zaro ta’sir qo'rsatuvchi populatsiyalar yig'indisi hisoblanadi.
    Masalan, emanlar jamoasi yoki shuvoqlar jamoasi deganda ana shu hududlarda yashovchi barcha o‘simliklar va hayvonlami o'z ichiga oluvchi tirik organizmlar jamoasini e’tiborga olib, ularda emanlar va shuvoqlar us- tunlik qiladi. Shu sababli bu jamoalami emanlar yoki shuvoqlar jamoasi deb yuritiladi.
    Ba’zi bir jamoalami aniqlash qiyinlik tug'diradi, chunki bu jamoaga kimvchi bir-birlari bilan o'zaro munosabatda bo'lgan komponentlar o'z chegarasidan tashqariga chiqib ketgan bo'lishi mumkin. Jamoa bu dinamik harakatda bo'lgan birlik bo'lib, unda har xil tropik darajada bo'lgan or­ganizmlar hayot kechiradi, jamoa orqali energiyalar oqimi hamda ozuqa moddalaming uzluksiz almashinuvi bo'lib turadi.
    Jamoaning tizimi ma’lum vaqt ichida asta-sekinlik bilan shakllanadi. Bunga m iso I qilib, vulqonlar ta’sirida hosil bo'lgan yalong'och tog' jinslarida asta-sekinlik bilan jamoaning hosil bo'lish jarayonini model qilib olish mumkin. Bunday jinslarda tuproq hali hosil bo'lmaganligi sababli ularda daraxtsimon o'simliklar o'sa olmaydi. Biroq, har xil yo'llar bilan bu verlarga kelib qolgan suvutlari va lishayniklar o'sib joylashib oladilar va jamoaning dastlabki tizimini shakllantiradilan Sekin-asta halok bo'lgan va parchalangan suvo'tlari va lishayiiiklaming qoldiqlari bu yerlarda tuproq qatlamining hosil bo'lishiga olib keladi, natijada, bunday joylarda moxsi- monlar va paporotniklarning o'sishi va rivojlanishi uchun imkoniyat vu- judga keladi. Pirovardida ulardan so'ng yuqori taraqqiy etgan urug'li o'simliklaniing o'tsimon, bo'tasimon va hattoki daraxtsimon vakillari paydo bo'la boshlaydi. Ana shu yuqorida aytilgan sxemalardagidek ma’lum davr ichida bir turlarning ikkinchi bir turlar bilan almashinishi ekologik sulcsessiya deyiladi. Shunday jamoalarning hayvonlar dunyosida ham bir turning ikkinchi tur bilan almashinib turishi kuzatiladi. Bunday almashinib turishga turlarning almashinishi yoki qo'shni jamoalardan turlarning mi- gratsiyasi (kirib kelishi) sabab bo'ladi.
    Tog' jinslaridagi dastlabki paydo bo'lgan suksessiyalar birlamchi sukses- siyalar deyiladi. Birlamchi suksessiyadan farq qilib ikkilamchi suksessiya deb ilgari tirik organizmlar yashagan qoldiqlari bo'lgan, biroq hozirgi kunda o'simliklari juda kam rivojlangan joylarda boshlanayotgan suksessiyaga ayti- ladi. Ana shunday ikkilamchi suksessilarga misol qilib, kesilgan o'rmonlarni, qishloq xo'jaligida foydalanib keliiigan, biroq kuygan va tashlab qo‘yilgan yerlarni olish mumkin. Ana shunday joylarda o'simliklarning sporalari, uaig'lari, vegetativ ko‘payish organlari (Udizpoyalar, piyozboshlar) saqlanib qolib, suksessiyaning shakllanisliiga ta’sir ko'rsatadilar. Birlamchi va ikkilam­chi suksessiyalarda ham uni o‘rab turgan flora va fauna hal qiluvchi rolni o‘ynaydi, ana shular ishtirokida suksessiyalar bo‘lib turadi.EKOLOGIK OMILLARNING ORGANIZMLARGA
    TA’SIR QILISH QONUNLARI
    Shu kunda dunyoning hamma regionlarida ekologik tanglik yuzaga kelgan, tabiiy holat buzilgan, ya’ni Sibirda Baykal koMining ifloslanishi, AQShning Nevada, Qozog‘istonning

    Semipalatinsk dashtlarida, Sharqiy Xitoyning Lubnur ko‘li atrofida atom va vodorod bombalarining sinovidan keyingi radiatsiyaning ta’siri. O'rta Osiyoda Orol fojiasi, tuproqning gerbitsid va pestitsidlar bilan zaharlanishi, Kaspiy dengizi sathining pasayishi yoki ko‘tarilishi, Ukraina va Belorussiya yerlarida Chernobil AESining portlashidan qolgan radiatsiyaning salbiy natijalari, Shvetsariya koMlarida kislotali yomg’ir yog'ishidan tiriklikning nobud boiishi, Fors ko'rfazida dengiz suviga neftning oqizib yuborilishi, raketa va bombalar portlashi­dan tabiiy holatning buzilishi kabi salbiy harakatlar tabiat holatini yomonlashtirib yubormoqda. Har bir inson tabiatga bo'lgan munosabatini o’zgartirib, o'zi yashab turgan muhit va ertangi kun haqida o'ylaydigan vaqt keldi.


    Tabiatdagi «kasalliklar» tufayli yuzlab o’simlik va hayvonlar yo'qolib ketmoqda, suv havzalari ifloslanib, inson toza ichimlik suvisiz qolmoqda. Atmosferaga tashlanayotgan zaharli gazlar, kimyoviy moddalar inson va tabiat, jonzotlarning hayoti, ekologik holatni buzmoqda.
    Tirik jonzotlar ma’lum muhitda va uning omillari ta’siri ostida yashab, rivojlanadi, ko'payadi, ekologik omillar bilan muloqotda bo'ladi, o'zgaradi, doimiy harakatda bo‘lib, nasi qoldiradi.
    Biz ko'pincha tirikni o‘likka, biologik holatni fizikaviy yoki kimyoviy holatga, jonli tabiatni jonsiz tabiatga, organik dunyoni neorganik dunyoga, aktivlikni passivlikka, abiotik omillami biotik omillarga qarshi qo‘yamiz. Shunga qaramasdan tirik tabiatni juda tezlik bilan o‘lik tabiatdan farqlaymiz, ular bir-biri bilan doim bog’liq, ajralmas ekanini ham bilamiz. Hayot fizikaviy muhitsiz bo'lmaydi. Lekin tirik jonzotlar o‘z navbatida shu fizikaviy, o’zlari yashab turgan muhitga ta’sir qiladi. Bu ta’sir Yerda hayotning saqlanishi uchun juda katta ahamiyatga egadir. Tuproq, atmosfera va suvning xususiyatlari, har xil jinslarning hosil bo'lishida o’simlik va hayvonlar hayot-faoliyatining roli kattadir.
    Organizm faoliyatida urug‘ yoki tuxum hosil qilish, tana haroratini suv balansi bir xil ushlashi, doim harakatda bo lishi, nafas olish va qon aylanish kabi jarayonlarni boshqarishi fizikaviy muhit kuchlari (yerning tortish kuchi, energiya oqimi,

    kimyoviy reaksiyalar va hk.) bilan teng bormayotganga o'xshaydi. Masalan; tog‘ jinslaridan kattaroq toshni qiyadan pastga qarab yumalatganda energiya hosil boMadi. Lekin bu yerda yerning tortish kuchi, jinsning yumalashidan chiqqan energiya, uning ma’lum joyga kelib to’xtab atrof-muhit bilan tenglashishi, tirik organizmning na ko'payishi, na nafas olishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilmaydi.


    Fazoda uchayotgan qush o'zini ushlash uchun tinimsiz energiya sarf qiladi, qanotlarini ishlatadi, buning natijasida muhitning fizikaviy qarshiligini hamda yerning tortish kuchini yengadi va havoda erkin uchadi. Qushning kuchi u hazm qilgan ozuqadan ajralib chiqadi va qushning ma’lum maqsadi — o‘ljani ushlash, yirtqichdan qochish yoki bir joydan ikkinchi joyga ko'chishini amalga oshiradi.
    Qush, asalari, may qo‘ng‘izining uchishi, otning chopishi, sherning yugurishi, baliqning suzishi tirik organizmlarga xos bo’lgan faoliyatning boshlanishidir.
    O'simliklar ildizlari orqali tuproqdan mineral moddalarni olib, murakkab uglevodlar, oqsillar, fermentlami sintez qiladi. o’zlarining tanasini kattalashtiradi va muhitning fizikaviy kuchiga qarshi turadi. Lekin muhitning fizikaviy kuchlarini jilovlab bo'lmaydi, ular cheksiz, har xil va doim harakatda bo'lib, tirik organizmlarga bir joyda, bir necha tabiiy kuch birlikda ta’sir qiladi.


    1. Download 229 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish