Ekologik vaziyatlarning rivojlanish yo’nalishlari



Download 23,54 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi23,54 Kb.
#761479
Bog'liq
26-MAVZU. EKOLOGIK VAZIYATLARNING RIVOJLANISH YO’NALISHLARI
izhtimoij-iqtisodij tizimlar va mulkchilik munosabatlari, mikrob ppt 1, mikrob ppt 1(2), nanotexnalogiya 11, Prionlar, monoklonal ppt 1, test O'zb yangi t, 975292.pptx, O'zgaruvchan, pochta aloqasi korxonalarida vpn tarmogini tashkil etishning oziga xos xususiyatlari, Манзарали ўсимликлар 2-маърўза (2), Песня Косем, 2, Biznes rejalashtirishdan SLAYD, Mustaqillik davri hikoyalarida milliy ruh va ma’naviy axloqiy muamolar

EKOLOGIK VAZIYATLARNING RIVOJLANISH YO’NALISHLARI.

Ekologik vaziyatlarning tadrijiy (dinamik) o’zgarishini o’rganish natijalariga ko’ra, respublika hududida ularning bir necha ustuvor yo’nalishlari ajratiladi:


1) maydoni jihatdan muntazam kengayib boruvchi,
2) quyi (oddiy) vaziyatdan yuqori (murakkab) vaziyatga barqaror o’tib boruvchi,
3) barqaror o’zgarmas,
4) murakkab vaziyatdan oddiy vaziyatga qarab o’zgaruvchi,
5) majmuali tadrijiy.
Ekologik vaziyatlarning aksariyati maydoni jihatdan kengayib, muntazam ravishda rivojlanib boradi. Bu hol vaziyatni kuchaytiruvchi omillarning tadrijiy o’zgaruvchanligi bilan bog’liq. Antropogen omilning beto’xtov keng miqyosdagi ta’siri vaziyatni makonda kengayib borishini ta’minlaydi. Yangi neft va tabiiy gaz konlarini ochish maqsadida burg’ulash ishlarining Qarshi dashtida muntazam rivojlantirilishi o’rtacha ekovaziyatni keskin vaziyat bilan almashishi va uning hududda progressiv ravishda kengayib borishiga ta’sir etmoqda.
Quyi qulay ekovaziyatni yuqori darajadagi murakkab vaziyatlar bilan almashishi ayrim arellarda sodir bo’ladi. Quyi Amudaryoda 1961 yildan e’tiboran gidroekologik vaziyatning tobora murakkablashuvi tufayli tabiiy muhit eng qulay vaziyatdan (1961 y.) falokat darajagacha qadar (1976-1990 yillar) o’zgardi. O’zgarish bir yo’nalishda davom etib, barcha vaziyatlar darajalari bir-birlarni birin-ketin almashtirib borgan. Barqaror o’zgarish Amudaryoda suv sarfining kamayishi va minyerallashuv darajasi oshib borishi bilan bog’liq bo’lgan. Falokat darajani eng dahshatlisi Orol dengizida yuz byerdi. Qisqa vaqt mobaynida (1961-2000 yillar) uning sathi CAPut!’ m pasaydi, ya’ni har yili 0,5 m dan tushib borgan. Byerk havzalar uchun bu katta ko’rsatkich.
Barqaror ekovaziyat faqat ayrim kichik ekotizimlar uchun xos. Bu ekotizimlarda tabiiy va antropogen omillar vaziyat o’zgarishiga deyarli ta’siri qilmaydi yoki ularning barqarorligi kuchli bo’ladi. Baland tizma tog’larning suv ayirg’ich qismlari(glyatsialnival mintaqa)da insonnig xo’jalik faoliyati nihoyatda chegaralangan, faqat ayrim alpinistlar va muzshunoslar ma’lum joylardagina ish olib boradilar. Ularning faoliyati tabiiy muhit o’zgarishiga olib kelmaydi.
Murakkab ekovaziyatning oddiy vaziyatga qarab o’zgarishi insonni tabiiy muhitni maqsadga muvofiq yo’nalishda qayta o’zgartirish va landshaft jarayonlarini barqaror boshqarishi bilan bog’liq. Keyingi vaqtlarda sanoat oqava suvlarining katta qismini tozalashga yerishilganligi tufayli Chirchiq va Ohangaron daryolari suvlarini muayyan darajada tozalashiga yerishildi. Shuningdek, atmosfera havosiga chiqarilayotgan sanoat chiqindilarining miqdorini respublika miqyosida kamayib borayotganligi va boshqa ijobiy o’zgarishlar atrof muhit tozalanishi va insonning yashash sharoitlari qulayligining ortib borishida sezilmoqda.
Majmuali tadrijiy ekovaziyat sanoat, transport, qurilish va qishloq xo’jaligi rivojlangan hududda tarkib topadi, shakllanadi va rivojlanadi. Hududda xalq xo’jaligining turli tarmoqlari mavjud bo’lganligi tufayli atrof muhitga ta’siri ham turli darajada sodir bo’ladi. Natijada ma’lum hududda bir necha darajali ekovaziyatlar yuzaga keladi va shakllana boshlaydi. Ta’sir darajasi, muntazamligi, chiqindilarni turiga qarab va ayniqsa chora-tadbirlarning samaradorligiga bog’liq holda vaziyatlarning rivojlanish bosqichlari turlicha bo’ladi. Tog’-metallurgiya (Olmaliq, Navoiy, Uchquduq va boshqa) korxonalari, enyergetika, kimyo, neftni qayta ishlash va boshqa sanoat majmualari ta’sir doirasida ekovaziyat tang qolgan sanoat korxonalari atrofida esa har xil bo’lishi kuzatiladi.
Ekologik vaziyatni obyektiv va har tomonlama tahlili shuni ko`rsatadiki, ekologik xavf – hatarning vujudga kelishi nafaqat fan – texnika taraqqiyotiga, balki jamiyatning tabiat bilan o`zaro munosabatlarini boshqarish mehanizminig yo`qligiga bog`liq. Tabiiyki, bunday hol tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlariga olib keladi. Ekoligik vaziyatning yomonlashuni hamda tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, shuningdek, tabiatning ichki tuzilish va rivojlanishining qonuniyatlariga amaliyotga yetarlicha e`tibor bermasligi bilan ham bog`liq. Ichki boshqaruv mehanizmiga ega bo`lgan tabiiy muhit o`zida sodir bo`ladigan jarayonlarni muayyan muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega. Ammo har qanday tizim kabi tabiiy muhita ham muayyan chegaralarga ega. Shu sababli tabiiy muhitning o`zgarish dinamikasi ma`lum sig`im orqali, ya`ni o`z – o`zini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining ta`sir ko`lami tabiiy muhitning o`z – o`zini tiklash imkoniyatlaridan ortiqcha bo`lsa, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlari ro`y beradi va bu o`zgarishlarni qanday yo`nalishda sodir bo`lishini oldindan belgilash va boshqarish imkoniyatlari bo`lmaydi.
Tabiiy muhitning ekologik jihatdan nomaqbul o`zgarishlarining ilmiy texnikaviy omillari ko`pgina hollarda jamoyatning tabiatga nisbatan munosabatlariga bog`liq. Chunki tabiat bilan o`zaro ta`sir jarayonida tabiatdan oqilona foydalanishni rivojlantirish av boshqarish streategiyasini optimallashtirish vazifalarini hal etish uchun yetarlicha tayyor bo`lmaydi.
Jamiyat va tabiat orasidagi o`zari ta`sir va bu ta`sir tufayli tabiiy muhit sodir bo`ladigan o`zgarishlarning dolzarb umumzaminiy muammolari Markaziy Osiyo mamlakatlarida xususan, O`zbekistonda ham vujudga kelishiga ko`ra, o`ziga xos mintaqaviy belgilarga va sharoitlarga ega.
Download 23,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
haqida umumiy
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti