Ekotizimlarning o'zgarishi. Suksessiya xodisasi. Biosfera xaqida tushuncha. Vernadskiy ta'limoti, noosfera


Bioma va bioloogik xilma-xillik. Atrof-muhit muhofazasi



Download 70,77 Kb.
bet4/17
Sana17.07.2022
Hajmi70,77 Kb.
#814464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
ekologiya mavzular

5.Bioma va bioloogik xilma-xillik. Atrof-muhit muhofazasi.
Bioxilma-xillikning muhimligi. Biologik xilma-xillik ham jahon hamjamyati uchun, ham har bir davlat uchun muhum hayotiy manba hisoblanadi. U iqtisodiy faoliyatning va yashash uchun manba topishning asosida yotibdi Uni saqlash va samarali foydalanish esa inqirozsiz rivojlanish uchun mutloqo zarurdir. Uni himoya qilish va qo‘llab-quwatlash kelajak avlodlar ijtimoiy foniga hissa qo‘shish bilan barobar, negaki 5 hatto go‘yo insonga mutlaqo foyda keltirmaydigan hayot shakllari ham hayot sharoitlarini o‘zgartirishda muhim bo‘lishi mumkin. Bioxilma-xillikning shunday yovvoyi va xonaka yoki madaniylashgan biologik turlari tarkibi oziq-ovqatlarning va ko‘pgina dori-darmonlaming shuningdek, sanoat mahsulotlarining almashlab bo‘lmaydigan yagona manbai hisoblanadi. AQSH kabi industirial rivojlangan davlatlar Yalpi Milliy Mahsulotning (YaMM) 4,5% ga yaqini faqatgina yovvoyi turlardan foydalanishdan oladi. Kam rivojlangan davlatlar uchun bu raqam ancha yuqori bo‘ lishi mumkin. Madaniy o‘simliklar turlari va xonakilashgan hayvonlaming zamonaviy tijorat ahamyati ancha yuqori, masalan 0 ‘zbekistonda qishloq xo‘jalik mahsulotlari YaMMning 45%ni tashkil etadi. Ayniqsa, kam rivojlangan davlatlar uchun bu borada ko‘p daromad olish iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan belgilanmasada, ular xalqlar uchun hayot kechirish manbai hisoblanadi. Misol uchun Ganada aholining 4/3 qismi uchun yovvoyi tabiat iste’mol qilinadigan oqsilning asosiy manbayi hisoblanadi, rivojlanayotgan davlatlardagi deyarli 80% kishilar uchun yovvoyi hayvonlar va o'simliklardan olinadigan an’anaviy dori-darmonlar sog‘liqni saqlashning asosiy birinchi chora-tadbirlari hisoblanadi. Hattoki zamonaviy farmokopiya dori-darmonlaming 14 qismi tarkibida o‘simIiklaming foydalaniladigan faol tarkibiy qismlari mavjud bo‘lib undagi topilmagan imkoniyatlar foydali moddalaming kichik bir qismini tashkil etadi. Biologik xilma-xillik biosferani shakllantiradi, unda boshqa biologik turlar bilan birga inson ham istiqomat qiladi va yashovchanlik va muvaffaqiyat uning holatiga bog‘liq 0 ‘tishmishda insoniyat faoliyati tabiat jarayonlari miqyosiga taqqoslanganda unchalik keng emas edi. Hozirgi vaziyat boshqacha bo‘lib insoniyat XXI asrga yaqinlashgani sari yuz berayotgan iqlimiy o‘zgarishlar, , cho‘llanish, yer degratsiyasi va boshqa xavflar biz o‘z kelajagimiz asosiga ham milliy darajada ham jahon miqyosida talofat yetkazayotganimizni ko‘rsatmoqda Markaziy Osiyo mintaqasining noto‘g‘ri rivojlanishi oqibatida yuzaga kelgan Orol inqirozi bunday rivojlanish alohida mintaqalar ham umuman sayyoramiz uchun unchalik xavfli oqibatlarga olib kelishining yaqqol misolidir. Bioxilma-xillik haqida konvensiya. Ilgari ko‘p davlatlarda Bioxilma-xillikni saqfashga unchalik katta ahamiyat berilmas edi.Biroq dunyo oldida turgan muammoni anglash darajasi oshishi bilan bi6xilmaxillikning zarurligini tushunish darajasi ham oshdi. Bugun biologik xilma-xillikni saqlash global ustuvor ahamyat kasb etadi va shunday sifatda davlatlaming barqaror rivojlanish rejasiga kiradi. 1992-yiIda BMTning Atrof-muhit va Rivojlanish bo‘yicha konferinsiyasida 156 ta davlat imzolagan Bioxilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiya yo‘nalishda hal qiluvchi qadam hisoblanadi (Rio-deJaneyrodagi “Yer muammolari bo‘yicha oliy darajadagi uchrashuv”) 1993-yilda u xalqaro hujjat sifatida kuchga kirib 1995-yil oxirida 120 davlatda jumladan 0 ‘zbekistonda ham ratifikatsiya qilindi. Konvensiyaning asosiy maqsadlari: - yeming biologik resurslari ham yerdagi, ham suvdagi jumladan o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar xilma-xilligini saqlash; - mamlakatlaming o‘z biologik resurslaridan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo'jaligida va resurslarga, na bu tarmoqlarga zarar keltirmaydiga usullar bilan foydalanishini ta’minlash; - genetik resurslardan foydalanish imkoniyatlari va shu asosda olinadigan foydalami adolatli va teng taqsimlanishini rag‘batlantirish. Konvensiya hukumatlardan tabiat manbalarini boshqarish va ishlab chiqishda Bioxilma-xillikni saqlash va samarali foydalanishni ta’minlashni talab qiladi. U milliy iqtisodiy tuzilmalarini va sivosatni ulami saqlash va samarali foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish usullarini aniqlash uchun baholashni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, Konvensiyada alohida shart sifatida ta’kidlanadiki, uning Tomonlari (yoki qonun chiqaruvchi idoralari ushbu bitim bilan o‘zlarini bog‘lashga majburiyat olgan davlatlar) ma’lim bir tadbirlami amalga oshirishlari shart, jumladan: - biologik resurslami saqlash va betalofat foydalanish bo‘yicha milliy strategiyalami ishlab chiqish; - jamiyatning xabardorligi va ta’limini rag‘batlantirish ;- tatqiqot va o‘quv dasturlarini ta’sis etish ; - “Atrof-muhitga ta’sirini baholash” maxsus jarayoni yordamida iqtisodiy rivojlanish bosqichida Bioxilma-xillik masalalarining zaruriy hisobini ta’minlash;- tomonlar o‘rtasidagi ilmiy va texnik hamkorlikni rag‘batlantirish. Biologik xilma-xillik bo‘yicha milliy strategiya va harakat rejasi. 0 ‘zbekiston o‘zining barqaror rivojlsanishi uchun Bioxilmaxillik resurslarining muhimligini tan olga holda, 1995-yilda Bioxilma-xillik to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga qo‘shi!di. Hukumat olib borayotgan siyosatga muvofiq hamda Konvensiya doirasidagi ustuvor majburiyatlami bajarish uchun Respublikada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish dasturi va Global ekologik jamg'armasi tomonidan faol qo‘ Uab-quvvatlangan “Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha milliy starategiya va harakat rejasi” loyihasini tayyorlashga kirishildi. Mazkur loyiha hukumatning ijrochi agenti sifatida harakat qiluvchi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Ushbu hujjat bir vaqtning o‘zida 0 ‘zbekistonning 1997-yil dekabr oyigacha Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy Strategiya va Harakat rejasi ishlab chiqish yuzasidan olgan majburiyatlariga muvofiq Tomonlar Xalqaro Konferensiyasining hisoboti hisoblandi. Maqsad va faoliyat sohasi. Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha milliy strategyaning maqsadi mamlakat biologik resurslami boshqarishning yagona bosh yo‘nalishi va rejalashtirish tuzulmasini shakliantirishni ta’minlashdan iborat. Shunday qilib, mazkur sohadagi istiqbol faoliyati strategyada ko‘rsatilgan va mustahkamlangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim. Strategiyaning yaratilishi milliy daraja rejalashtirish uchun aniq yo‘nalish beradi, shuningdek, maqsadga qaratilgan va samarali dastur hamda loyihalami ishlab chiqishni ta’minlaydigan mexanizmni yaratadi. Bundan tashqari, u yordam beruvchi donor tashkilotlari tomonidan ham foydalaniladi. Bioxilma-xillikni saqlash starategyasining harakat doirasi faqatgina mamlakat bioxillmaxilligini saqlash va undan foydalanish masalalari bilan chegaralanadi hamda boshqa sohalardagi faoliyatga taalluqli boMmaydi. Ba’zi yo‘nalishlar, masalan, suv manbalarini boshqarish Bioxilma-xillikka jiddiy ta’sir ko‘rsatsada, boshqa dastur va loyihalarga kiritilgan. M azkur hujjatlarning tuzilmasi. Hujjat uch qismdan va ilovadan iborat.
Birinchi qism. Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiyani ishlab chiqish shart-sharoitlari va asoslari o‘z ichiga quyidagilami oladi: xalqaro konteksti detallashtiruvchi kirish bo‘limi; yerdan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari va xarakterini ifodalovchi boTim; 0 ‘zbekistonda Bioxilma-xillikning maqomi va bahosi qisqa tarzda ko‘rsatilgan bo‘lim; Bioxilmaxillikni saqlash va undan barqaror foydalanishning qonunchilik hamda institutsional kontekstini o‘z ichiga olgan bo‘lim. Ikkincbi qism. Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya-mavjud axborotlaming qisqa tahlilidan, asosiy va joriy milliy maqsadlardan hamda ulami amalga oshirish yo'llari, shuningdek, strategiya matnidan iborat. Uchinchi qism. Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy harakat rejasi-maqsadga erishishning aniq harakatlarini mas’ul tashkilotlar va tomonlami, harakatlar rejasi va jadvalini belgilaydi hamda rivojlantiradi. Kelgusida amalga oshirish bosqichida harakat rejasida budjet va moliyaviy manbalar belgilangan bo‘ladi. Milliy strategiya va harakat rejasini tayyorlash chog‘ida ko‘pgina tomonlar jalb etildi. Loyihaga o'rmon xo'jaligi, alohida muhofaza qilinadigan hududlar, suv va qishloq xo‘jaligi, energetika majmui, ilmiy jamoatchilik, reja organlari va nohukumat tashkilotlaming jamoa va alohida vakillari ham qo‘shildi. Mamlakatning turli hududlarida ko‘pgina tomonlar ishtirokida seminarlar o‘tkazish yo‘li bilan (mahalliy hokimyat-hokimliklar, davlat organlarining mahalliy vakillari, jamoa xo‘jaliklari, yer qurilishi tashkilotlari va jamoa birlashmalari) loyihani ishlab chiqish jarayonini manfaatdor tomonlar keng jalb qilindi. “Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha milliy strategiya va harakat rejasini” ishlab chiqish jarayonida zarur maslahatlami ta’minlash, o‘qitish va texnik yordam ko‘rsatish xalqaro maslahatchilar jalb etildi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi loyihani amalga oshiruvchi organ hisoblanib, u tegishli davlat tashkilotlari, shuningdek, Davlat 0 ‘rmon Qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi va nodavlat tashkilotlari vakillarini o‘z ichiga olgan institutlararo ish tartibi qo‘mitasini tashkil etdi.
Loyihani muvofiqlashtiruvchi, ish tartibi qo‘mitasining umumiy rahbarligi ostida yuqorida ko‘rsatilgan mutaxassislardan iborat ishlab chiquvchilaming intizomiy guruhi, shuningdek, biologik sohasiga tegishli boshqa tashkilotlar vakillari faoliyatini boshqarib turadi. Loyihani tayyorlashda bunday keng doiradagi vakillik Bioxilma-xillikni saqlash strategiyasining multi sektorial asosda ishlab chiqarilayotganiga kafolat beradi va hukumatning barqaror rivojlanishga yer ishi bo‘yicha qilayotgan sa’y-harakatlarining bir qismiga aylanadi. Bioxilma-xillikni saqlash Strategiyasi va 0 ‘zbekistonda amalga oshirilayotgan jarayonlar va tadbirlar o‘rtasidagi munosabat. M ustaqillikka yer ishgandan so'ng 0 ‘zbekiston muhim iqtsodiy, siyosiy va ijtimoiy o ‘zgarishlar obyektiga aylandi. Respublika oldida turgan eng katta m uammolardan biri o ‘tmishda bu hududda barqaror rivojlanish siyosatining bo‘lmaganligi tufayii yuzaga kelgan inqirozli ekologik vaziyatlam i yengishdir. Shu munosabat bilan bir qancha milliy va hududiy tashabbuslar yuzaga keldiki, ulam ing barchasi turli darajada Bioxilrna-xillikka tegishlidir. Ular quyidagilam i o ‘z ichiga oladi: Tabiatni muhofaza qilish va 0 ‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojalanishini ekologik ta’minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi (TMQBRMHR). Bioxilma-xillikni saqlash strategyasi bu hujjatga asosiy tarkibiy qism sifatida qaradi. TM QBRM HR ekologik rcjalashtirishni aniq yo‘naltirish, uning tarkibiy qisimlarini qoMlab-quvvatlash va o ‘zaro munosabatga kafolat beradi. Barqaror Rivojlanish bo‘yicha Milliy Komissiya (BRMK). BRM K respublikaning kelgusidagi barqaror rivojalanishi uchun m as’uldir. Uning vazifasiga qisman barqaror rivojlanishni ta’minlaydigan tashabbuskorlik siyosati, stratigiya va harakat rejasi kiradi, shuningdek, ulaming samarali rivojlanishini nazorat qiladi. Bundan tashqari Rio de Janeyroda o ‘tgan “Yer muammolari bo‘yicha Oliy darajadagi Uchrashuv”da ishlab chiqilgan va 0 ‘zbekiston tomoni ham imzolagan bitimni samarali hamda to‘liq amalga oshirish uning asosiy m as’ulyati hisoblanadi. Bunga erishishda TMQBRMHR uning Bioxilma-xillik bo‘yicha tarkibiy qisimlarini qo‘shganda asosiy vosita boiadi.“Iqlim o‘zgarishi” va “Cho‘Uanishga qarshi kurash” xalqaro konvensyalari. Global Ekologik Jamg‘armasi (GEJ) BMTRD yordami bilan 0 ‘zbekiston misolida iqlimning o‘zgarishi bo‘yicha hududiy tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Ushbu ikki loyihaning mavzusi va Bioxilmaxillikni saqlash muammolari ko‘p jihatdan bevosita bir-biri bilan bogMiqdir. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha qoMlaniladigan yagona chora tadbirlar Respublikadagi ekologik vaziyatning inqirozli muammolarini hal qilishda aniq natijalarga erishilishini ta’minlashi zarur. Bu yerda shuningdek, yalpi natijalami e’tiborga olgan holda harakatlami rnuvofiqlashtirish muhim ahamyatga ega. Shimoliy Tyan-Shanning bioxilma-xilligini saqlash bo‘yicha transchegaraviy loyihasi. Bu loyiha GEJ va boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy ta’minlanib, 10 million AQSH dollariga tengdir. Loyiha quyidagi asosiy qismlarga ega: Qirg'iziston Respublikasi uchun Milliy strategiya va harakat rejasini ishlab chiqishni siyosat, qoidalar va institutsional shart-sharoitlami mustahkamlash; G ‘arbiy Tyan-Shandagi mahalliy aholi tomonidan tabiat boyliklaridan barqaror foydalanishni qo‘llab-quwatlovchi dastumi ishlab chiqish; alohida muhofaza qilinadigan tabiy hududlari joriy xarajatlarini qoplash uchun moliyalashtirish mcxanizmlarini ishlab chiqish; hududiy hamkorlik va ekologik mezonlarni uyg‘unlashtirishni rag‘batlantirish. Loyihani ishlab chiqish 1998-yilda boshlanadi. Bu Bioxilmaxillikni saqlash bo'yicha milliy strategiyani ishlab chiqishning rasmiy ravishda yakunlanishi va tasdiqlanishi hamda 0 ‘zbekistonda Bioxilmaxillikni saqlash bo‘yicha Harakat Rejasini amalga oshirishning boshlanishiga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, Transchegara loyihasi guruhi bilan qilingan maslahatlar natijalari bo‘yicha u o‘z ichiga qayerdaki zarur bo‘lsa, mazkur loyihani amalga oshirish uchun zarur strategek va tarkibiy tuzilmani ta’minlaydi. 0 ‘z navbatida u strategiya va harakat rejasini ishlab chiqishda vujudga keladigan impulsni qo‘llab - quvvatlash va amaliy natijalarga erishishni ta’minlashi zarur. Transchegara loyihasi strategiyani ishlab chiqishdan amaliy harakatlarga o‘tishni ta’minlashda favqulodda foydali bo‘ladi.

Download 70,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish