Ekskursant — vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) tunab qolmasdan yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan davrda sayohat qiluvchi jismoniy shaxs; ekskursiya yetakchisi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana29.09.2022
Hajmi0,52 Mb.
#850814
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
O‘RQ-549-сон 18.07.2019. Turizm to‘g‘risida

16-modda. Turistik axborot markazi


Jismoniy va yuridik shaxslarni turistik resurslar hamda turistik industriya obyektlari to‘g‘risida
xabardor qilish, shuningdek turistik bozorlarda turistik mahsulotlarni targ‘ib qilish bo‘yicha
faoliyatni amalga oshiruvchi markaz turistik axborot markazidir.
Turistik axborot markazlarining loyihalari hamda ularda realizatsiya qilinadigan tovarlarning
(ishlar va xizmatlarning) ro‘yxati vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.
Turistik axborot markazi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilishi mumkin.
4-bob. Turistik zonalar va turistik klasterlar
17-modda. Turistik zonalar
Muayyan chegaralarga ega bo‘lgan, bir yoki bir necha turistik resurslar (tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-
madaniy, davolash-sog‘lomlashtirish obyektlari, shuningdek turistlar va ekskursantlarning
ehtiyojlarini qanoatlantira oladigan boshqa obyektlar) joylashgan, kirish turizmini va ichki turizmni,
turistik industriyani rivojlantirish, turistik resurslarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona
foydalanish maqsadida tashkil etilgan hudud turistik zonadir.
Turistik zonalar davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga ko‘ra tashkil etiladi.
Turistik zonalar respublika yoki mahalliy darajada tashkil etiladi. Respublika darajasidagi
turistik zonalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari asosida, mahalliy darajadagi turistik zonalar esa vakolatli davlat organi
bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklarining qarorlari asosida tashkil etiladi.
Turistik zonalarni aniqlashda ularda turistik resurslarning mavjudligi, shuningdek ushbu
hududlarning turizm turlarini rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlari inobatga olinadi.
Qurilayotgan turistik industriya obyektlarining mulkdorlari va (yoki) egalari turistik
zonalarning hududlarida turistik resurslar barpo etilayotganda, shuningdek ulardan
foydalanilayotganda ushbu obyektlarning mavjud mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, ilmiy, badiiy,
madaniy muhitga yoki boshqa tashkiliy-maqsadli muhitga va infratuzilma muhitiga
uyg‘unlashuvini nazarda tutishi shart.
Turizm sohasi subyektlari turistik zonalar hududlarida o‘z faoliyatini tashkil etishda va amalga
oshirishda atrof tabiiy muhitga, madaniy meros obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlashi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Turistik zonalarda amalga oshiriladigan turistik faoliyat va qonunchilikda taqiqlanmagan
boshqa faoliyat turistik zonalarni tashkil etish maqsadlariga monelik qilmasligi kerak.
(17-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish