Ekskursiya xizmatida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish qoidasi



Download 1,84 Mb.
bet1/12
Sana21.06.2022
Hajmi1,84 Mb.
#689724
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
22-23 ma`ruza matni


EKSKURSIYA XIZMATIDA BIRINCHI TIBBIY YORDAMNI KO‘RSATISH QOIDASI
14.1. Birinchi tibbiy yordamning ekskursiya jarayonidagi ahamiyati
14.2. Yurakni massaj qilish qoidasi
14.3. Ekskursiya jarayonidagi turli noxush holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidasi
14.4. Jabrlanuvchini transportda shifoxonaga jo‘natish qoidasi

14.1. Birinchi tibbiy yordamning ekskursiya jarayonidagi ahamiyati


Birinchi tibbiy yordam - to‘satdan shikastlangan va sog‘ligini yo‘qotgan insonga salomatligini va hayotini saqlashga qaratilgan oddiy tibbiy tadbirlarni ifodalaydi.
Jabrlanuvchini qutqarish gid tomonidan tibbiy yordamni qanchalik tez va to‘g‘ri ko‘rsatganiga bog‘liq bo‘ladi.
Birinchi tibbiy yordamning mazmuni jabrlangan insonga jarohatlangan a’zolaridagi og‘riq taassurotini kamaytirish, oddiy tibbiy yordam uslublarini qo‘llashga va shikastlangan insonni tez shifoxonaga yuborishdan iboratdir.
Birinchi tibbiy yordamni to‘g‘ri tashkillashtirish uchun quyidagilar bajarilishi zarurdir:

  • har bir turistik firmada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga va gid aptechkasida saqlanishi lozim bo‘lgan tibbiy vositalarning mavjudligiga javobgar bo‘lgan mas’ul shaxsni tayinlash;

  • har bir turistik firmada gidlarni birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

qoidalariga o‘qitilishini tashkil etish;

  • gid tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam shifokor kelguniga qadar (shifokor o‘rnida emas!) ko‘rsatiladigan yordam bo‘lib, quyidagilarni qamrab oladi: jarohat joyidan qon ketishini vaqtincha to‘xtatish, jarohatlangan a’zoning (kuygan sohani) boylami, og‘ir shikastlanganda shu sohani immobilizatsiyalash

(a’zoni qimirlatmaydigan qilish), jonlantirish tadbirlarini (sun’iy nafas berish, yurakni massaj qilish) o‘tkazish, umumma’lum bo‘lgan kasalliklarda og‘riq qoldiruvchi va boshqa dori vositalarini to‘g‘ri berish, jabrlanuvchini shifoxonaga transportda jo‘natish.
Gid aptechkasida (komplektatsiyalash yo‘riqnomasi asosida) tibbiy yordam ko‘rsatishda lozim bo‘lgan barcha tibbiy vositalar bo‘lmog‘i shart.
Gid ekskursiya jarayonida jabrlangan insonga birinchi tibbiy yordamni tezda ko‘rsatishi uchun u eng avvalo insondagi hayot va o‘lim belgilarini anglay olishi shart.
Insondagi hayot belgilari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • gid jabrlanuvchining yurak urishini ko‘krak qafasining chap sohasiga qo‘l kaftini qo‘yib yoki qulog‘i bilan eshitib aniqlaydi;

  • pulsni bilakning ichki sohasidan, bo‘yindan paypaslab aniqlaydi;

  • nafas olish mavjudligini aniqlash ko‘krak qafasining harakatiga, og‘iz yoki burunga oynachani ushlab namlanishiga qarab yoki burunga yaqinlashtirilgan paxta tolasining harakatiga qarab aniqlaydi;

  • ko‘z qorachig‘ining yorug‘likka reaksiyasiga, ya’ni ko‘zga yo‘naltirilgan yorug‘likka ko‘z qorachig‘i keskin torayishi orqali aniqlaydi.

Hayot belgilarining mavjudligi, jabrlanuvchiga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlash mumkinligidan dalolat beradi.
Insonlarda klinik o‘lim 5-7 daqiqa davom etib, bunda inson nafas olmaydi, yurak qisqarishlari kuzatilmaydi, biroq to‘qimalarda qaytmas jarayon belgilari hali mavjud bo‘lmaydi. Bu davrda organizmni hali hayotga qaytarish mumkin bo‘ladi. 8-10 daqiqa o‘tgach biologik o‘lim jarayoni qayd etiladi. Bu fazada jabrlanuvchi hayotini hayotiy muhim a’zolari miyada, yurakda, o‘pkada qaytmas jarayon sodir bo‘lganligi sababli saqlab qolish mumkin bo‘lmaydi.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish