Eksperimental statistik modellashtirish usuli



Download 63,36 Kb.
bet1/2
Sana30.06.2022
Hajmi63,36 Kb.
#719424
  1   2
Bog'liq
1 amaliy


EKSPERIMENTAL STATISTIK MODELLASHTIRISH USULI
I. Kirish
Matematik tavsifni tuzishdan oldin modellashtirish ob’ektida bo’lib o’tadigan alohida «elementar» jarayonlar tahlil qilinadi. Bunda har bir «efementar» jarayonni o’rganish bo’yicha tajribalar modellashtirish ob’ektning ishlash sharoitlariga maksimal yaqinlashadigan sharoitlarda o’tkaziladi.
Avval matematik tavsifning strukturasi asosi sifatida jarayonning gidrodinamik modeli tadqiq qilinadi. Keyin topilgan modelning gidrodinamik sharoitlarini hisobga olgan holda kimyoviy reaksiyalar, modda va issiqlik o’tkazishIarning kinetikasi o’rganiladi va bu jarayonlar har birining matematik tavsifi tuziladi. Bu holda barcha tadqiqlangan «elementar» jarayonlar (bloklar) tavsiflarini yakuniy bosqichi - modellashtirish ob’ektining matematik tavsifini yagona tenglamalar tizimiga birlashtirishdir.
Matematik tavsifning qurislmi blokli tamoyilining yutug’i shuki, undan apparaturali rasmiylashtirishning yakuniy varianti hali noma’lum bo’lgan ob’ektni loyihalash bosqichida foydalanish mumkin.
Ko’rsatilgan usullarga analitik, tajribaviy va tajribaviy-analitik usullar kiradi. Matematik modellashtirishda eksperimental statistik modellashtirish usullari mavjud bo’lib, staxostik jarayonlarni matematik modellashtirishda, odatda eksperimental statistik modellashtirish usuli qo’llaniladi. Bunda texnologik jarayonning matematik modelini tuzishda, shu ob’ektda olingan tajriba natijalaridan foydalaniladi.
II. Ishning maqsadi: Tajriba natijalaridan foydalanib, texnologik jarayonlarning matematik ifodasini tuzish.
III. Masalaning qo’yilishi va nazariy asoslari.
Agar modellashtirilayotgan ob`ekt etarli darajada o`rganilmagan bo`lsa va determinlashgan modelni tuzish imkoniyati bo`lmasa, unda jarayonning matematik modeli eksperimental statik modellashtirish usuli bilan tuziladi. Bunda statistik material aktiv yoki passiv eksperiment qo`yish usuli bilan to`planadi.
Passiv eksperimentda, tajriba o`zgaruvchilarni galma-gal o`zgartirib borib yoki ishlab turgan texnologik apparatlarda aloxida parametrlarning o`zgarishlarini yozib borib yoki ishlab turgan texnologik apparatlarda aloxida parametrlarning o`zgarishlarini yozib borib, to`plangan statistik materialni regression xamda korrelyatsion tahlil qilish usullari yordamida qayta ishlanadi.
Agar bu bog’liqlik matematik ifodasini, ma’lum qonuniyatlar orqali analitik ifodalash mumkin bo’lmasa, unda eksperimental statistik modellashtirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun avval eksperiment o’tkaziladi. Kirish parametri (x) qiymatini o’zgartirib borib, chiqish parametri (U) qiymatlari olinadi.
Aktiv eksperiment o`tkazish bilan ob`ekt to`g‟risida statistik ma`lumot to`plashda, tajribani zamonaviy rejalashtirish usullarini qo`llanishi sababli, tajribalar sonini qisqartirsh mumkin. Shunday qilib, tajriba (ma`lumotlarini) natijalarini qayta ishlashda regression va korrelyatsion tahlil qilish usullarini qo`llab, jarayonning matematik modelini olish mumkin: y = f (x1,x2,....xk) bu erda, x1,x2,...xk- faktorlar (texnologik parametrlar) tajriba natijasida olingan. Regressiya tenglamasining umumiy ko`rinishi quyidagicha bo`ladi:

bu erda, b0 - erkin had bj - chiziqli effekt koeffitsienti bjj - kvadratik effekt buj - o`zaro ta`sir koeffitsienti. Bu tenglama koeffitsientlarini «eng kichik kvadratlar» usuli yordamida aniqlanadi, ya`ni quyidagi shart bo`yicha:

Qandaydir texnologik jarayonning matematik ifodasini tuzish kerak bo’lsin (1.1- rasm).

Тexnologik jarayon

X Y


1.1 - rasm


Bu texnologik jarayonning chiqish parametri (y) kirish parametri (x ) ga bog’lik o’zgaradi, ya’ni ular orasida qandaydir funksional bog’liqlik bor, y=f(x) (masalan: berk idishdagi bosimning har xil qiymatlariga, idish ichidagi suyuqlikning har xil qaynash temperaturasi mos keladi).
Bu qiymatlarni koordinatalar sistemasiga qo’yib chiqib, eksperiment nuqtalari birlashtiriladi va regressiya «egri» chizig’i olinadi (1.2- rasm).
Regresiya egri chizig’ining ko’rinishi har-xil bo’lishi mumkin. Masalan: tig’ri chiziq, parabola yoki boshqa ko’rinishda.
Regressiya egri chizig’i ko’rinishiga qarab bog’liqlik tenglamasi tanlanadi (masalan, y = kx, ya’ni koordinata boshidan o’tgan to’g’ri chiziq tenglamasi).
Bu tenglama koeffitsientini, eng kichik kvadratlar usulini qo’llab topiladi.


Download 63,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish