Eksperimental tadqiqotlar asoslari. Mavzu rejasi: Eksperiment haqida asosiy tushunchalar



Download 139 Kb.
bet2/10
Sana08.01.2022
Hajmi139 Kb.
#330503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
eksperimental tadqiqotlar asoslari.

Eksperiment natijasida bir yoki bir necha omillarning boshqasiga yoki boshqalariga ta`siri aniqlanadi. Kuzatishdan farqli holda, eksperiment tajribaning qaytaruvchanligini ta`minlaydi, turli sharoitlarda ob`ektni tadqiq etish imkonini beradi, uni “sof holda” o‘rganish mumkin bo‘ladi.

Ekspеrimеnt - bu tajribada sinab ko`rish оrqali fanda хоdisalarni bilish faоliyatida tadqiqоtlar o`tkazib o`rganish usuli hisоblanadi.

Ekspеrimеnt kuzatishga qaraganda yuqоri darajadagi bilish usulidir. Ekspеrimеnt оb`еktni tеgishli tajriba masalalarini tadbiq qilish оrqali оb`еktga ta`sir ko`rsatish o`zlashtirish shu оb`еkt haqidagi bilimlarni bоyitishga yordam bеruvchi usuldir.

Izlanuvchi ekspеrimеnt usulini qo`llash оrqali o`zini qiziqtirgan оb`еktning hamma tоmоnlarini o`rganish uchun unga faоl ta`sir ko`rsatadi. Buning uchun sun`iy sharоitlar yaratadi. Shu sharоitda kuzatuvchilar tеkshirishlar o`tkazib ma`lumоtlar to`planadi.



Ekspеrimеnt usuli хоdisalarning muхim bеlgilari va хususiyatlarini, ularning bоshqa narsa va хоdisalar bilan munоsabatini alоqa va bоg`lanishlarning chuqurrоq o`rganishga imkоniyat yaratadi. Bu usul izlanuvchiga tabiiy sharоitlarda kuzatish оrqali хоsil qilish mumkin bo`lmagan bilim va ma`lumоtlarni оlish imkоniyatini bеradi.

Ekspеrimеntlar turli хil bo`lib ulardan farq qiluvchi fikriy yoki g`оyaviy ekspеrimеntlar хam bоr.

Eksperimentda, uning o‘tkazilish xolatini kuzatish, uni boshqarish, va kerak bo‘lsa uni qaytarish imkoniyati yaratiladi. Eksperimentni passiv kuzatishdan farqi, tekshiruvchining o‘rganilayotgan ob`ektga ta`sir etish imkoniyatining borligidir.

Eksperiment tadqiqotlarining asosiy maqsadi - nazariy tushunchalarni (ishchi gipotezalarni) tekshirish.



Xar qanday eksperiment uch asosiy tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:

1. Eksperimentator faoliyati - sub`ektiv tomon;

2. Tadqiqot ob`ekti - ob`ektiv tomon;

3. Vositalar: instrumentlar, asboblar va jihozlar.

Eksperiment tadqiqotlar yaxshi tayyorgarlikdan so‘ng o‘tkazilib, u mumkin bo‘lgan kam vaqt sarfi va vositalarni xamda olingan natijalarning yuqori ishonchliligini ta`minlashi kerak bo‘ladi.

Eksperimentator ish boshlashdan oldin quyidagi amallarni bajarishi zarur:


  • eksperiment maqsadini aniq ifodalashi;

  • eksperiment o‘tkazishning rejasini va tekshirish ob`ektini tayyorlashi, o‘lchov vositalari va asboblarni xam tayyorlashi kerak bo‘ladi;

Eksperimentni qo‘yishda, ishonchli natijalarni olish uchun quyidagi vazifalar bajariladi:

  • o‘rganilayotgan ob`ektni xalaqit beruvchi, ikkilamchi faktorlardan ajratib olish;

  • o‘ta bir xil sharoitlarda tajribani ko‘p marotaba qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lish;

  • kerakli diapazonda sharoitlarni o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lish kerak bo‘ladi.

O‘lchov asboblarini tanlash eksperiment maqsadi va rejasi bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘lchov vositalari kerakli aniqlik darajasini, xatoliklarni yuqori darajada yo‘q qila olishni ta`minlash kerak.

Barcha eksperiment tadqiqotlarni tabiiy va sun`iylarga bo‘lish mumkin. Tabiiy eksperimentlar sotsial xolatlarni tekshirish uchun ishlatiladi (ishlab chiqarishda, turmushda va xokazo).



Tabiiy ekspеrimеntlar - bu tabiiy sharоitlarda o`tkaziladi: biоlоgik, pеdоgоgik, psihоlоgik, sоtsial bo`lishi mumkin.

Sun`iy eksperiment fanning ko‘p tarmoqlarida ishlatiladi, ayniqsa texnik fanlarda.

Eksperiment tadqiqotlar laboratoriya va ishlab chiqarish eksperimentiga bo‘linadi. Laboratoriya eksperimentlari tipik asboblar, maxsus modellar, stendlar, jihozlar va hokazo ishlatilib, o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlar kerakli sondagi tajribalarni o‘tkazish va oz sarf orqali yaxshi ilmiy ma`lumot olishini ta`minlaydi. Eksperimental tadqiqotning bunday natijalari xamma vaqt xam jarayon yoki ob’ekt ishining borishini toʻliq aks ettira olmaydi. Lekin, laboratoriya sharoitida xar qachon xam real ishlab chiqarish yoki jarayon o‘tkazilayotgan shart-sharoitlar to‘la modellashtirilmaydi, shuning uchun ishlab chiqarish eksperimenti o‘tkaziladi.



Ishlab chiqarish eksperimenti tadqiqot ob`ektini real sharoitlarda, real ishlab chiqarishning turli ko‘rinishdagi ta`sirlarini xisobga olgan xolda olib boriladi, faqat ishlab chiqarish sharoitlaridagi eksperimentni o‘tkazish juda katta tayyorgarlikni talab qiladi. Bunday eksperimentlar laborotoriyadagidan murakkab, tajriba naturasi (mavjud jarayon yoki ob’ekt) xajmdorligi oqibatida puxta fikrlash va rejalashtirishni talab etadi. Ekspluatatsiya qilinadigan ob’ektning turli dala sinovlari xam ishlab chiqarish tadqiqotlarga kiradi. Tegishli metodika va shakl boʻyicha tashkilotlar yoki muassasalardan, korxonalardan u yoki bu tadqiq etilayotgan masala boʻyicha materiallar toʻplash ishlab chiqarish eksperimentlarining bir turi xisoblanadi.

Ba`zida, izlovchi (birlamchi) eksperimentlarni o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. U o‘rganilayotgan xodisalarga barcha faktorlarning ta`sirlarini tasnif (klassifikatsiya) qilish uchun birlamchi qiymatlar yetishmaganda o‘tkaziladi. Bu eksperimentlar natijasida, tadqiqotning to‘la o‘tkazish dasturi yaratiladi.



Eksperiment dasturi – eksperimental tadqiqotlarning uslubiy asosi boʻlib u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

- tadqiqot mavzulari roʻyxati va ishchi gipoteza mazmuni;

-eksperiment uslubiyoti va uni bajarish uchun zarur materiallar, asboblar, qurilmalar va xokazolar roʻyxati;

- bajaruvchilar roʻyxati va ularning kalendar ish rejasi;

- eksperimentni bajarish uchun xarajatlar roʻyxati.

Eksperiment uslubiyotiuslublar, eksperimental tadqiqotlarni maqsadga muvofiq usullari majmui. Umumiy tarzda u oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

- eksperiment maqsad va vazifasini;

- faktorlarni tanlash va ularning oʻzgarish darajasini;

- vositalar va oʻlchashlar zarur miqdorini asoslashni;

- eksperiment moxiyati va tartibining bayonini;

-eksperiment natijalarini ishlab chiqish va taxlil qilish usullarini asoslashni.

Eksperiment tadqiqotlarni samarali (effektiv) o‘tkazish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rish kerak, buning uchun:

- eksperiment o‘tkazish uslubiyotini yaratish;

- kerakli materiallar, asboblarni tayyorlash;

- kerakli qurilmalar, stendlarni yaratish kerak bo‘ladi.

Eksperiment uslubiyoti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

-eksperimentlarni maqsadi va vazifasi;

-o‘zgartiriladigan faktorlarni tanlash, o‘lchash usullari va vositalari;

-eksperimentni o‘tkazish ketma-ketligini aniqlash, olingan eksperiment qiymatlarni qayta ishlash va tahlil qilish.

Eksperimentning maqsadi va vazifalari ishchi gipoteza va nazariy ishlanmalar asosida chiqariladi.

O‘zgaruvchi faktorlarni tanlash esa tadqiqot qilinayotgan ob`ekt yoki jarayon to‘g‘risidagi nazariy ma`lumotlar asosida amalga oshiriladi. Maqsad va vazifalardan asosiy va ikkilamchi faktorlar aniqlanadi.



Eksperiment o‘tkazishda o‘lchov usullari va vositalarini to‘g‘ri tanlash kerak. O‘lchov apparatlari mumkin bo‘lgan faktorlarni o‘zgarish diapazoni va kerakli aniqlikka mos ravishda tanlanadi.

Eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish mexnat va ashyoviy vositalarning ko‘plab sarflari bilan bog‘langandir. Shuning uchun tajribalarni o‘tkazish vaqtini va sarflarini sezilarli kamaytirishni ta`minlovchi eksperimental tadqiqotlarni usullarini o‘rganish muxim. Ushbu talablarga eksperimentni rejalashtirish va uning taxlilini matematik usullaridan foydalanish to‘la javob beradi.

Keyingi paytlargacha, matematik usullar xususan matematik statistika usullari, eksperimental tadqiqotlarning yakunlovchi bosqichlarida, eksperimentda olingan natijalarga ishlov berish uchun qo‘llanilgan.

Eksperimentlarni rejalashtirish esa matematik usullardan foydalanmasdan amalga oshirilgan bo‘lib, to‘la ravishda eksperimentatorning intuitsiyasiga bog‘lik bo‘lgan.

Eksperiment jarayonini matematik statistika usullari bilan formallashtirilgandan so‘ng, eksperimental ishlarni o‘tkazish va rejalashtirishdagi tartibsizlikni yo‘qotishga olib keladi.


Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish