Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


a-  an’anaviy  to‘g‘ri  burchakli  setkali;  b,c



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

a-  an’anaviy  to‘g‘ri  burchakli  setkali;  b,c-dioganal 

qovurg‘ali  setkali  (b-tayanch  oyoqchasiz;  c-oyoqchali); 

d-  dioganal  qovurg‘ali,  quloqchalari  o‘rtaga  surilgan  

setkali; e- to‘rsimon teshilgan va cho‘zilgan; 

1- 

quloqcha; 

2-ramka; 

3-oyoqcha; 

4-vertikal 

qovurg‘alar;  5-  dioganal  qovurg‘alar;  6-gorizantal 

paychalar.  

 



 

24 


panjaraning  ishchi yuzasi ancha katta bo‘lib, aktiv moddani yaxshiroq ushlaydi, panjaraga korroziya ta’sirini 

kamaytiradi va batareyaning ishlash muddatini oshiradi.  

 

Plastina  panjarasi  g‘ovak  aktiv  modda  (pasta)  bilan  to‘ldiriladi.  Pastaning  asosini  sulfat  kislotaning 



suvdagi  eritmasi  aralashtirilgan  qo‘rg‘oshin  poroshogi  tashkil  qiladi.  Aktiv  moddaning  mustahkamlash 

maqsadida pastaga polipropilen tolalar qo‘shiladi. Manfiy plastina aktiv moddasini zichlashib ketishini oldini 

olish  maqsadida  bu  elektrod  pastasiga  kengaytiruvchi  elementlar  [(bariy  sulfati BaSO

4

  (~44%), lignosulfat 



Na (~28%), kuya (~ 28%) ] qo‘shiladi.  

 

Xamirsimon  pastani  plastina  panjaralariga  suriladi,  presslanadi  va  quritiladi.  So‘ngra  akkumulator 



plastinalariga  sulfat  kislotaning  distillangan  suvdagi  kuchsiz  eritmasida  (~  1,05  g/sm

3

)  kichik  tok  bilan 



elektrokimyoviy  ishlov  beriladi.  Bu  jarayon  plastinalarni  shakllanishi  (formirovka)  deb  nom  olgan.

 

SHakllanish  natijasida  musbat  plastinada  to‘q  jigar  rang  qo‘rg‘oshin  ikki  oksidi  (PbO



2

),  manfiy 

plastinada  to‘q  kulrang  g‘ovak  qo‘rg‘oshin  (Pb)  hosil  bo‘ladi.  SHakllanishdan  keyin  plastinalardagi  aktiv 

modda  yuqori  g‘ovaklikka  ega  bo‘ladi.  G‘ovak  moddaning  aktiv  yuzasi  (elektrolit  bilan  bevosita 

ta’sirlanadigan yuza) plastinaning geometrik yuzasiga nisbatan yuz barobardan ortiq bo‘ladi. Bu elektrolitni 

plastinaning ichki  qatlamlariga  bemalol  o‘tishini ta’minlaydi  va  aktiv  moddadan foydalanish  koeffitsientini 

oshiradi. 

 

SHakllanish jarayonidan keyin plastinalar quritiladi va havo tarkibidagi kislorod ta’sirida oksidlanadi. 



Bu usulda tayyorlangan akkumulatorlar “quruq razryadlangan” deb ataladi va ishga tushirishdan oldin ularni 

zaryad  qilish  kerak  bo‘ladi.  “Quruq  zaryadlangan”  akkumulatorlarni  tayyorlash  uchun  plastinalar  o‘ta 

qizdirilgan bug‘ yordamida, ya’ni kislorodsiz sharoitda quritiladi.  

 

Tayyor  plastinalar  baretka  yordamida  manfiy  va  musbat  yarim  bloklarga  birlashtiriladi.  Baretka-born 



va  plastinalarning  quloqchalari  kavsharlanadigan  ko‘prikchadan  tashkil  topgan.  YArim  blokdagi  parallel 

ulangan  plastinalar  soni,  akkumulator  batareyasining  nominal  sig‘imini  belgilaydi,  ya’ni  plastinalar  soni 

ortishi  bilan  sig‘im  ham  ortadi.  Musbat  plastinalar  odatda  manfiy  plastinalardan qalinroq  bo‘ladi.  Standart 

avtomobil  akkumulatorlarida  musbat  plastinalarning  qalinligi  1,52  mm,  manfiy  plastinalar  esa  1,4  mm  ni 

tashkil  qiladi.  Quvvati  katta  bo‘lgan  akkumulatorlarda  plastinalarning  qalinligi  6,35  mm  gacha  bo‘lishi 

mumkin.  

 

Avval akkumulatorlar blokidagi manfiy plastinalar soni musbat plastinalarga nisbatan bitta ko‘p bo‘lar 



edi. Hozir bu an’ana o‘zgarib, endi musbat plastina bitta ortiqcha tayyorlanmoqda, chunki bunday tuzilishga 

ega bo‘lgan akkumulator, o‘lchamlari o‘zgarmagan holda, kattaroq tok berishi mumkin. 

Har  xil  qutbli  plastinalarning  o‘zaro  qisqa  tutashuvini  oldini  olish  maqsadida  ularning  orasiga 

separatorlar o‘rnatiladi. Bundan tashqari separatorlar plastinalar orasidagi tirqishni o‘zgarmas holda saqlaydi, 

ularni silkinish va titrash (vibratsiya) natijasida surilib ketishini istesno qiladi.  

 

  Separatorlarning  sifati akkumulatorni  samarali  ishlashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Batareyaning  ichki 



qarshiligi va elektrstartyor qisqichlaridagi kuchlanish qiymati bevosita separatorlarning qarshiligiga bog‘liq. 

Separatorlar  musbat  plastinadagi  aktiv  moddani  to‘kilishini  kamaytiradi,  manfiy  plastinani  sulfatlanish 

tezligini sekinlashtiradi, batareyani ishlash muddatini oshiradi. 

Separatorlar yuqori g‘ovaklik, yetarli mexanik mustahkamlik, kislotaga chidamlilik, yaxshi izolyatsiya 

va  elastiklik  xususiyatlariga  ega  bo‘lishi  kerak.  Ommaviy  ravishda  tayyorlanadigan  avtomobil  batareyalari 

uchun  xomashyoni  arzonligi  va  bemalol  olish  mumkinligi,  hamda  tayyorlanish  texnologiyasining  soddaligi  

muhim ahamiyatga ega. 

Qo‘rg‘oshin  kislotali  akkumulatorda 

separator  tayyorlash  uchun  mikrog‘ovakli 

plastmassa  (miplast,  porovinil,  plastipor, 

vinipor),  mikrog‘ovakli  ebonit  (mipor), 

shisha  paxta  kabi  materiallar  ishlatiladi. 

Mipordan tayyorlangan separatorlar o‘zining 

o‘ta  g‘ovakligi,  elektr  qarshiligi  kamligi 

bilan  boshqa  materiallardan  tayyorlangan 

separatorlardan  ustin  turadi  va  batareyani 

ishlash  muddatini  oshirish  imkonini  beradi. 

Mipor 


tabiiy 

kauchuk, 

silikagel 

va 


oltingugurtning aralashmasini vulkanizatsiya 

qilish 


yo‘li 

bilan 


olinadi. 

Mipordan 

tayyorlangan 

separatorlarning 

mo‘rtligi, 

elektrolitning  sekin  singishi,  xomashyoning 

kamyob  va  qimmatligi  asosiy  kamchiligi 

3.3-rasm. Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlarning 

separatorlari: 

a- miplastdan tayyorlangan separator; b-polietelendan 

tayyorlangan separator-konvert 



 

25 


hisoblanadi. 

 

Miplast  polixlorvinil  yelimini  (smolasini)  qizdirib  biriktirish  yo‘li  bilan  olinadi.  Miplast 



separatorlarining tayyorlash texnologiyasi  ancha sodda, xomashyo ham kamyob emas. Miplast separatorlar 

elektrolitni o‘ziga juda tez singdiradi, mexanik mustahkamligi, kimyoviy chidamliligiyetarli darajada. Lekin 

miplast separatorlarning g‘ovakligi nisbatan past. G‘ovaklarning diametri katta bo‘lganligi uchun ularda tok 

o‘tkazuvchi  o‘simtalarni  hosil  bo‘lish  ehtimoli  yuqoriroq  bo‘ladi.  Shuning  uchun  miplast  separatorli 

akkumulatorlarning ishlash muddati bir muncha kamroq bo‘ladi. Separatorlar yupqa (1...2 mm) to‘rtburchakli 

plastina  ko‘rinishida  bo‘lib  (3.3-rasm),  elektrolit  o‘tishiniyengillatish  uchun  musbat  plastinaga  qaratilgan 

tomoni trapetsiyasimon, yumoloq yoki tuxumsimon vertikal qovurg‘ali qilib tayyorlanadi. Balandligi uncha 

katta  bo‘lmagan  (0,15...,2  mm)  va  manfiy  plastina  tomonga  qaratilgan  qovurg‘alar  separatorlarni  “o‘sib” 

ketish  ehtimolini  kamaytiradi,  manfiy  plastina  oldidagi  elektrolitda  diffuziya  va  konvektsiya  uchun 

sharoitlarni  yaxshilaydi.  Separatorlar  plastinalarga  nisbatan  eniga  3…5  mm,  bo‘yiga  9...10  mm  ga kattaroq 

bo‘ladi.  Bu  plastinalar  orasida  tok  o‘tkazuvchi  o‘simtalar  hosil  bo‘lishini  kamaytiradi.  Ba’zida,  og‘ir 

sharoitda ishlaydigan avtomobillar uchun qo‘sh  separatorli akkumulatorlar o‘rnatiladi. Qo‘sh separatorlarda 

mipor yoki miplastdan tayyorlangan separatorlarning musbat plastinaga qaragan  tomoniga shisha paxtadan 

tayyorlangan  yupqa  namat  joylashtiriladi.  SHisha  namat  musbat  plastinaga  yopishib  turadi  va  uning  aktiv 

massasini tebranish, titrash ta’sirida sirg‘alib to‘kilib ketishidan ancha saqlaydi.    


Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish