Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

Generator  quyidagicha  ishlaydi.   Elektromagnit  uyg‘otish  printsipiga    asoslangan  o‘zgaruvchan  tok 

generatorlari  o‘z-o‘zini  uyg‘otish  xususiyatiga  ega  emas.    Bunday  generatorlarni  ishga  tushirish    uchun 

dastlabki    daqiqalarda    uning    uyg‘otish  chulg‘amiga  akkumulatordan  cho‘tka  va  mis  halqalar  orqali  tok 

beriladi.  Uyg‘otish chulg‘amidan o‘tayotgan tok ta’sirida uning atrofida magnit oqimi hosil bo‘ladi . Magnit 

oqimining asosiy qismi rotor 9 ning tumshuqsimon o‘zagining birinchi bo‘lagi  orqali  havoli tirqishni kesib 

stator  1  ning  tishchalari  va  o‘zagiga  o‘tadi,  so‘ngra  havoli  tirqishni  yana  bir    bor    kesib,    rotorning  

tumshuqsimon  o‘zagining  qarama-qarshi  qutblangan  ikkinchi  bo‘lagiga  o‘tib,  uyg‘otish  chulg‘ami  vtulkasi 

15 orqali tutashadi. Magnit oqimining qolgan qismi  o‘zakdan tashqariga taralib ketadi. 

Rotor aylanganda  statorning  har bir tishchasi ostidan rotorning dam musbat, dam manfiy qutb-langan 

tumshuqsimon  uchliklari  o‘tadi,  ya’ni  stator 

chulg‘amlarini  kesib  o‘tayotgan  magnit  oqimi 

yo‘nalishi  bo‘yicha  ham,  qiymati  bo‘yicha  ham 

o‘zgarib 

turadi. 


Natijada, 

statorning 

faza 

chulg‘amlarida o‘zgaruvchan 3 fazali o‘zgaruvchan 



tok induktsiyalanadi. 

Generatorning  stator  chulg‘amlarida  hosil 

bo‘lgan    o‘zgaruvchan  tokni    o‘zgarmas  tokka 

aylantirish  uchun  uch  fazali,  ikki    yarim  davrli, 

ko‘prikli  to‘g‘rilash  sxemasi  ishlatiladi.  Bu  sxema 

yordamida 

to‘g‘rilangan 

 

kuchlanishning 



pulsasiyasi  nisbatan  katta  bo‘lmaydi  va  hozirgi 

vaqtda 


avtomobillarda 

juda 


keng 

ko‘lamda  

qo‘llanilayotgan  elektron  jihozlarni  me’yorida 

ishlashini ta’minlaydi. 

   Zamonaviy  generatoralarning  ba’zi  turlarida, 

ularni  quvvatini  oshirish  maqsadida,  to‘g‘rilagich 

blokiga  ikki  dioddan  tashkil  topgan  qo‘shimcha 

yelka  o‘rnatilmoqda,  (2.4-rasmda  punktir  chiziq 

bilan  ko‘rsatilgan). 

To‘g‘rilagichning 

bunday 

sxemasi  stator  chulg‘amlarning  faqat  «yulduz» 

usuli bilan ulangan xolda ishlatish mumkin, chunki 

qo‘shimcha  yelka  generatorning  umumiy  zanjirga 

«yulduz» sxemasining nol nuqtasidan ulanadi. 

  To‘g‘rilagichning 

VD7, 

VD8 


diodlardan 

tashkil  topgan  qo‘shimcha  yelkasi  generatorning 

faza  kuchlanishining  o‘zgarish  shakli  sinusoidadan 

farqli 


bo‘lgan 

xollarda 

ishga 

tushadi. 



Kuchlanishning o‘zgarish shakli qanday bo‘lishidan 

qat’iy  nazar  uni  ma’lum  sinusoidalar  yig‘indisi 

       2

.6-rasm.   BOSCH   firmasining   kompakt    

       generatori: 

1-shkiv,  2,6-oldingi  va  ketingi  qopqoqlar,  3-

ventilyatorlar,  4-stator,  5-rotor,  7-cho‘tkatutqich-

kuchlanish  rostlagichi  birlashtirilgan  tugun,  8-

himoya qobig’i,  9-kontakt  halqalar, 10-to‘g’rilagich 

bloki, 11-mahkamlash qulog’i 



 

13 


ko‘rinishiga  keltirish  mumkin.  Bu  sinusoidalar  garmonikalar  deb  yuritiladi.  Birinchi  garmonikaning 

chastotasi  faza  kuchlanishining  chastotasiga  mos  keladi,  uchinchi  garmonikaning  chastotasi  esa 

birinchisinikiga  nisbatan  uch  marta  yuqori  bo‘ladi.  Faza  kuchlanishining  o‘zgarish  shaklini  birinchi  va 

uchinchi garmonikalar yig‘indisi ko‘rinishidagi ifodasi 2.5 - rasmda keltirilgan.       

VD7,  VD8  diodlar  aynan  uchinchi  garmonika  kuchlanishini  to‘g‘rilaydi  va  generatorning  nominal 

quvvatini taxminan 12…15 % ga oshirish imkonini beradi. 

Zamonaviy  avtomobillarda  sovitish  parraklari  ichki  qismiga  joylashtirilgan  generatorlar  tobora  keng 

joriy qilinmoqda. Ular kompakt konstruktsiyali generatorlar deb yuritiladi (2.6-rasm) va an’anaviy tuzilishga 

ega bo‘lgan generatorlardan asosan quyidagilar bilan farqlanadi:     

a)  ikkita  sovitish  parraklari  generator  korpusining  ichiga  joylashtirilib,  ular  rotor  valining  ikkala 

tomoniga  o‘rnatiladi.  Bu  sovituvchi  havo  oqimini  ancha  kuchayishiga  va  generator  o‘lchamlarini 

o‘zgartirmagan holda quvvatini 10…12% ga oshirish imkonini beradi; 

b)  kontakt  halqalari,  cho‘tkatutqich  va  cho‘tkalar,  kuchlanish  rostlagichi  va  to‘g‘rilagich  bloki 

generatorning  ichki  qopqog‘idan  tashqariga  joylashtiriladi  va  maxsus  himoya  qobig‘i  bilan  berkitiladi.  Bu 

generator  korpusi  o‘lchamlarini,  kontakt  halqalar  diametrini  kichraytirish,  podshipniklarni  sovitish 

sharotlarini yaxshilaydi; 

c)   kompakt generator yuritmasi elastik poliklin tasma vositasida rotor valiga o‘rnatilgan ko‘p jilg‘ali va 

diametri kichraytirilgan shkiv orqali amalga oshiriladi. Uzatmaning uzatish nisbati 3,5 gacha orttirilgan va bu 

dvigatel salt ishlagan hollarda ham akkumulatorlar batareyasini zaryad qilish imkoniyatini beradi . 

d)  ikkita  sovitish  parraklari  generator  korpusining  ichiga  joylashtirilib,  ular  rotor  valining  ikkala 

tomoniga  o‘rnatiladi.  Bu  sovituvchi  havo  oqimini  ancha  kuchayishiga  va  generator  o‘lchamlarini 

o‘zgartirmagan holda quvvatini 10…12% ga oshirish imkonini beradi; 

e)  kontakt  halqalari,  cho‘tkatutqich  va  cho‘tkalar,  kuchlanish  rostlagichi  va  to‘g‘rilagich  bloki 

generatorning  ichki  qopqog‘idan  tashqariga  joylashtiriladi  va  maxsus  himoya  qobig‘i  bilan  berkitiladi.  Bu 

generator  korpusi  o‘lchamlarini,  kontakt  halqalar  diametrini  kichraytirish,  podshipniklarni  sovitish 

sharotlarini yaxshilaydi; 

f)   kompakt generator yuritmasi elastik poliklin tasma vositasida rotor valiga o‘rnatilgan ko‘p jilg‘ali va 

diametri kichraytirilgan shkiv orqali amalga oshiriladi. Uzatmaning uzatish nisbati 3,5 gacha orttirilgan va bu 

dvigatel salt ishlagan hollarda ham akkumulatorlar batareyasini zaryad qilish imkoniyatini beradi . 

Kontakt  halqalari  va  cho‘tkalari  bo‘lmagan  kontaktsiz  (cho‘tkasiz)  o‘zgaruvchan    tok    generatorlari  

boshqa    turdagi  generatorlardan  o‘zining  ishonchlilik  va  chidamlilik  darajasining  yuqoriligi  bilan  ajralib 

turadi.  Bu  turkumdagi  generatorlarning  xizmat  muddati  faqat  podshipniklar  yeyilishi  va  chulg‘amlar  

izolyatsiyasi  eskirishi bilan  cheklanadi.  Kontaksiz  generatorlar og‘ir sharoitda,  ya’ni chang - to‘zon ko‘p 

bo‘ladigan  karerlarda, yo‘lsizlik sharoitida ishlaydigan avtomobillar uchun ayniqsa zarur. 

Kontaksiz  generatorlarning  induktorli  va  qisqartirilgan  tumshuqsimon  qutbli  shakllari  mavjud.  Bu 

turkumdagi  generatorlarning  umumiy  tomoni  shundan  iboratki,  ularda  uyg‘otish  chulg‘ami  qo‘z-  g‘almas 

bo‘ladi, farqi esa, uyg‘otish chulg‘ami o‘rnatilgan joy bilan bog‘liq. Masalan, induktorli generatorlarda  (2.7-

rasm)  uyg‘otish chulg‘ami  rotorning yon tomonida,  qopqoqqa mahkamlangan vtulkaga o‘rnatilgan bo‘lsa, 

qisqartirilgan tumshuqsimon qutbli generatorda (2.8-rasm), maxsus  moslamalar yordamida, rotorning ikkita 

yarim o‘zagining o‘rtasiga joylashtiriladi. 

 

2.7.  rasm.  Induktorli  generatorning 



konstruktiv

 

sxemasi 



2.8-rasm. Tumshuqsimon, qisqartirilgan 

qutbli  generatorning  konstruktiv sxemasi. 

 

 

 



 

 



 

14 



Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish