Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Yarim o‘tkazgichli kuchlanish rostlagichlari



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

2.7. Yarim o‘tkazgichli kuchlanish rostlagichlari 

 

   Hozirgi  vaqtda  ko‘pchilik  avtomobillarga  elektromagnitli    kuchlanish    rostlagichlarining    yuqorida 



keltirilgan  kamchiliklaridan  ko‘p  jihatidan  holi  bo‘lgan  yarim  o‘tkazgichli    rostlagichlar  o‘rnatilmoqda.  

Ularning kontakt-tranzistorli va kontaktsiz-tranzistorli turlari mavjud. 

   Kontakt-tranzistorli 

rostlagichlar 

bizga 

ma’lum  bo‘lgan  elektromagnit  rostlagichlarning  



takomillashtirilgan    ko‘rinishi    bo‘lib,  ularga    o‘rnatilgan    tranzistor    generatorning  uyg‘otish  zanjiriga 

ulanadi  va  u  rostlash  elementi  vazifasini  bajaradi.   Bu    turdagi  rostlagichlarda   kontaktlar    orasida  uchqun 

hosil bo‘lishini keskin kamaytirish hisobiga ularning ishonchli ishlash muddati sezilarli darajada oshirilgan. 



 

18 


Lekin  harakatlanuvchi  qismlari  saqlanib  qolgani 

uchun  elektromagnit  rostlagichlarga  xos  bo‘lgan 

kamchiliklarning 

ko‘pchiligi 

bu 

turdagi 


rostlagichlarga ham taalluqlidir. 

   Generator  kuchlanishini  ishonchli  rostlashni 

ta’minlashdagi  keyingi  bosqich  kontaktsiz-

tranzistorli  rostlagichlar  ishlab  chiqilishi  va 

avtomobillarga  keng  ko‘lamda  tatbiq  qilinishi 

bo‘ldi.  Bu  rostlagichlarda  o‘lchov  elementi 

vazifasini  ham,    rostlash  elementi  vazifasini  ham 

tranzistorlar 

bajarib, 

ularda 


kontaktlar 

va 


prujinaga 

ehtiyoj 


yo‘q. 

Harakatlanuvchi 

qismlarining 

yo‘qligi, 

qo‘llanilgan 

 

yarim 



o‘tkazgichlarning 

 

chidamlilik 



darajasining 

yuqoriligi  va    kafolatli    xizmat    muddatining 

kattaligi,   namlikka,   chang-loyga,  vibrasiyaga   ta’sirchansizligi kontaktsiz-tranzistorli  rostlagichlarini  uzoq 

vaqt davomida ishonchli ishlashini ta’minlaydi.  Bundan tashqari,  bu turdagi rostlagichlarda generator-ning 

uyg‘otish toki qiymatini sezilarli darajada oshirish imkoniyati mavjud. 

   YArim  o‘tkazgichli  kuchlanish  rostlagichlarida  ishlatiladigan  tranzistorlarning  tavsifnomasi  ma’lum 

darajada temperaturaga bog‘liqligi, ularning asosiy kamchiligi  hisoblanadi. Atrof  muhitning  yuqori harorati  

yarim    o‘tkazgichli  rostlagichlarning  barqaror  ishlashiga    putur  etkazishi  mumkin.    Shuning  uchun,    yarim 

o‘tkazgichli  rostlagichlarni  ishlatishning  chegaraviy  temperaturasi    elektromagnitli  rostlagichlarnikiga 

nisbatan kamroq bo‘ladi. 

     Kontakt-tranzistorli  kuchlanish  rostlagich-ari.  Kontakt-tranzistorli  kuchlanish  rostlagichining 

umumiy  sxemasi  2.15-rasmda  keltirilgan.  Rostlagich  chulg‘ami  -  R

CH

  generatorning  to‘la    kuchlanishiga  



ulangan. Tranzistor VT1 ning emitteri E  musbat potentsialga ega. Tranzistorning bazasi B ga  R

b

  qarshilik 



orqali  manfiy  potentsial  uzatiladi.    Kuchlanish  rostlagichi  KR  ning  kontaktlari  tutashganda,  tranzistorning 

bazasiga musbat potentsial uzatiladi.  Generatorning uyg‘otish chulg‘ami UCH tok manbaiga tranzistorning 

emitter-kollektor o‘tish joyi orqali ulangan. 

   Rostlagich  quyidagicha    ishlaydi .    Genera-tor    kuchlanishi  rostlanadigan  kuchlanishdan  ki-chik 

bo‘lganda,    rostlagich  kontaktlari  prujina-ning  tortish  kuchi  hisobiga  uzilgan  holda  bo‘ladi.  Tranzistorning 

bazasi  manfiy  potentsialga  ega  bo‘ladi  va  emitter-baza    o‘tish  joyi  orqali  bosh-qarish  (baza)  toki  o‘tadi.  

Tranzistor VT1 ochila-di va uning emitter-kollektor o‘tish joyidan  generatorning  uyg‘otish chulg‘ami UCH 

ga akkumula-tordan yoki to‘g‘rilagichdan tok o‘tadi.   

   Generatorning kuchlanishi belgilangan rostlash qiymatiga yetganda, rostlagich o‘zagidagi elektromagnit 

maydonning  tortish  kuchi  hisobiga    kontaktlar  tutashadi  va  tranzistorning    bazasiga    musbat  potentsial  

uzatiladi.    Natijada  tranzistor  cho‘rt  bekilish  holatida,  ya’ni  juda  keskin  yopiladi.  Tranzistor  yopiq  holda 

bo‘lganda  uyg‘otish  toki zanjiriga  qo‘shimcha  qarshilik R

q   

ulana  nadi  va  natijada,  uyg‘otish  chulg‘amidan 



o‘tayotgan  tok    qiymati  kamayadi,  generator  kuchlanishi  pasayadi.  Rostlagich  kontaktlari  yana  uziladi, 

tranzistor  ochiladi  va  tok  uyg‘otish  chulg‘amiga    tranzistorning  qarshiligi  keskin    kamaygan  emitter-

kollektor o‘tish joyi orqali uzatiladi. Generator kuchlanishi yana orta boshlaydi.  Bu jarayon davriy ravishda 

davom etadi va generatorning kuchlanishi belgilangan qiymat darajasida ushlab turiladi. 

   Kontakt-tranzistorli kuchlanish  rostlagichlarning  amalda  eng  keng    tarqalgani   ГАЗ-53A,    ГАЗ-5204, 

Moсквич-412" avtomobillariga o‘rnatilgan РР-362 belgili rostlagichdir. 

      Kontaktsiz-tranzistorli  kuchlanish    rostlagichi.    Amalda  tatbiq  topgan  kontaktsiz-tranzistorli 

rostlagichlarining  eng  keng  tarqalgani  ГАЗ-24,  ЗИЛ-130  va  boshqa  avtomobillarga  o‘rnatilgan  RR-350 

belgili  rostlagichdir  (2.16-rasm).  РР-350  rostlagich  asosan  R1,  R3    qarshiliklardan  iborat  bo‘lgan  o‘lchov 

elementi,  taqqoslash  (sezuvchi)  elementi  stabilitron  VD1,  tranzistorlar  VT1,    VT2,    VT3  va  qo‘shimcha 

qarshilik R8 larni o‘z ichiga olgan rostlovchi elementdan tashkil topgan. Bundan tashqari, rostlagichni tez va 

barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida sxemaga diodlar VD2, VD3, VD4, drossel g‘altagi L va bir qator 

qarshiliklar o‘rnatilgan. 

   Rostlagich  quyidagicha  ishlaydi .  Generator  kuchlanishi,  belgilangan  rostlanish  qiymatidan  kam  

bo‘lganda,    stabilitron    VD1    dagi  kuchlanish    uni    teshib    o‘tish    uchun  zarur  qiymatga  erishmaydi  va  u 

yopiq bo‘ladi. Bu holda tranzistor VT1 ham yopiq, chunki uning baza toki zanjiri uzilgan.  Tranzistor VT1 

ning  berk  bo‘lishi,  tranzistor  VT2  da  baza  toki  hosil  bo‘lishiga  olib  keladi  va  u  quyidagi  zanjir  bo‘yicha 

o‘tadi:  "+" qutb - R7 - VD2 diod - VT2 tranzistorning emitter-baza o‘tish joyi - R5 - "-"  qutb. Baza  toki 

ta’sirida VT2  tranzistor ochiladi va o‘z navbatida VT3 tranzistorni ham ochiq bo‘lishini ta’minlaydi,  chunki 

          2.15-rasm.Kontakt-tranzistorli  kuchlanish     

rostlagichining umumiy sxemasi 



 

19 


unda baza toki mavjud bo‘ladi va 

u  "+"  qutb  -  VT3  tranzistorning 

emitter-baza  o‘tish  joyi  -  VD2 

diod 


VT2 


tranzistorning 

emitter-kollektor  o‘tish    joyi    - 

R6  -  "-"    qutb    zanjiri    orqali  

o‘ta-di.    Bizga    ma’lumki, 

tranzistor  ochiq  bo‘lganda  uning 

emitter-kollektor  o‘tish  joyining 

qarshiligi  hisobga  olmasa  ham 

bo‘ladigan 

darajada 

kichik 


qiymatga  ega.  Demak,    VT3  

tranzistorning    ochiq    holda 

bo‘lishi , generatorning uyg‘otish chulg‘ami  UCH ga  qarshiligi juda kam bo‘lgan zanjir orqali tok borishi 

ta’minlanadi. Generatorning kuchla-nishi ortadi. 

  Generatorning  kuchlanishi    belgilangan  rostlanish  qiymatiga  yetganda  R1,  Rp,  R3,  R4    qarshiliklar  

kattaligini  to‘g‘ri  tanlash  hisobiga,  stabilitron    VD1    dagi  kuchlanish  teshib  o‘tish  qiymatiga  erishadi  va 

stabilitron keskin ochiladi (teshiladi).  Stabilitronning  ochilishi VT1 tranzistorida baza toki hosil bo‘lishiga 

olib keladi va u quyidagi zanjir orqali o‘tadi:  "+" qutb - VT1  ning emitter-baza o‘tish  joyi - VD1 stabilitron 

- R3 - L drossel - "-" qutb.  Bu tok ta’sirida VT1 tranzistor ochiladi va R5 qarshilikda kuchlanishni pasayishi 

sodir bo‘ladi.Natijada VT2 tranzistorning emitter va baza orasidagi potentsiallar ayirmasi keskin kamayadi,  

VT2  tranzistor  yopiladi  va  VT3  tranzistorining  baza  toki  zanjirini  uzadi.    Bu  VT3  tranzistorning  ham 

yopilishiga  olib  keladi  va  tok  generatorning  uyg‘otish  chulg‘amiga    qarshilik    R8    orqali  o‘tishga  majbur 

bo‘ladi.  Uyg‘otish  toki kamayadi,  generator-ning  kuchlanishi  pasaya    boshlaydi   va  demak,  stabilitrondagi 

kuchla-nish  ham  kamayadi.  Stabilitron-dagi  teskari  kuchlanish,  teshib  o‘tish  kuchlanishi  qiymatidan  

kamayishi    bilanoq,    u  yopiladi.    Bu  esa  VT1  tranzistorning  ham  yopilishiga,  VT2  hamda  VT3 

tranzistorlarning  ochilishiga    va    generator  kuchlanishining  yana  ortishiga  olib  keladi.    Bu  jarayon  davriy 

ravishda    300  Gts  gacha    chastota  bilan  sodir  bo‘ladi  va  shuning  uchun  rostlanayotgan  kuchlanishning 

amplitudasi 0,1-0,2 V dan ortmaydi. 

   PP-350  rostlagichdagi  qolgan  elementlar  uning  barqaror  ishlashini  ta’minlash    va  ba’zi tranzistorlarni 

himoya qilish uchun xizmat qiladi. 

   So‘ndiruvchi diod VD4 uyg‘otish toki keskin kamayishi natijasida generatorning uyg‘otish chulg‘amida 

hosil  bo‘ladigan  o‘z-induktsiya EYUK  ta’sirida  VT3 tranzistorni kuyishdan saqlay-di.  Berkituvchi diodlar 

-VD2 va VD3 dagi kuchlanishning  pasayi-shi  hisobiga  VT2, VT3 germa-niyli tranzistorlarning yopili-shi 

tezlashadi. 

   Drossel L generatordan rost-lagichga,  ya’ni stabilitronga ke-layotgan  kuchlanish pulsasiyasini silliqlash 

uchun xizmat qiladi. O‘zgaruvchan tok generatoridagi magnit  zanjirining  va  to‘g‘rilash sxemasining o‘ziga 

xos  tomonlari  tufayli  kuchlanish  sezilarli  pulsasiyaga  ega  bo‘lishi  mumkin.  Drossel  L  bo‘lmagan  holda 

stabilitron  ana  shu kuchlanishning pulsasiyasi ta’sirida ochilib, rostlanish jarayoni buzilishiga olib keladi. 

   Tranzistor  R

tk

  harorat  ortishi  natijasida  drossel  qarshiligi  va  stabilitron  tavsifnomasini  o‘zgarishini 



kompensasiya qilish  vazifasini bajaradi. 

   Teskari aloqa qarshiligi R9 tranzistorlar ochiq holdan  yopiq holga o‘tish vaqtini kamaytiradi va shuning 

hisobiga tranzistorlarni ortiqcha qizishdan saqlaydi. Bundan tashqari, teskari aloqa qarshiligi  sxemaning  bir 

holdan ikkinchi holga o‘zgarish chastotasini kerakli qiymatlargacha (50-300 Gts) kamaytirishni  ta’minlaydi. 

Aks holda, ya’ni teskari aloqa qarshiligi bo‘lmasa, sxemaning o‘zgarish chastotasi generator kuchlanishning 

pulsatsiyasi bilan  belgilanib, u bir necha kilogersga yetishi va tranzistorlardagi quvvat yo‘qotilishi sezilarli 

darajada ortishi mumkin. 

   Integral  kuchlanish  rostlagichlari.    elektron  rostlagichlarning  keyingi  taraqqiyoti  natijasida 

mikroelektronika  elementlari  ishlatilgan  integral  rostlagichlar    ishlab  chiqildi.  Integral  rostlagichlarning 

o‘lchamlarini  (38*58*12  mm)  va  massasini  (50  g)  juda  kichikligi  ,  temperaturaga  chidamlilik  darajasi 

nisbatan  yuqori  bo‘lganligi  tufayli,  ularni      to‘g‘ridan-to‘g‘ri  generatorning  ichki  qismiga  (ba’zi 

generatorlarda  cho‘tkatutqichga) joy-    lashtirish imkoniyatini  beradi. 

   Hozirgi vaqtda ikki turdagi integral  rostlagichlar  chiqarilmoqda:  14 V ga mo‘ljallangan Я-112 va 28 

V  ga-  Я-120.   Ularning  gabarit  o‘lchamlari  va  massasi  PP-350  rostlagichga  nisbatan   14-24  marta   kichik,  

temperaturaga    chidamliligi  esa  1,6  marta  yuqori.  YA-112A  rusumidagi    rostlagichlar  "Mocквич",  ВАЗ-

2105,  2107  yengil  avtomobillarida  va  ПАЗ,  ЛАЗ  avtobuslarida  o‘rnatilgan.  GM-Uzbekistan  qo‘shma 

korxonasining chiqarayotgan avtomobillarida ham  integral rostlagichlar ishlatilgan. 

2.16-rasm. РР-350 belgili kuchlanish rostlagichining sxemasi 




 

20 


  Avtomobil 

generatorlarini 

ishlab 

chiqarish 

bo‘yicha 

ixtisoslashgan  dunyoning    Bosch 

(Germaniya),  Valeo  (Frantsiya), 


Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish