Ектрон почта (ЭП)


Elektron pochta imkoniyatlari



Download 77 Kb.
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi77 Kb.
#279539
1   2   3   4
Bog'liq
Elektron pochta

2. Elektron pochta imkoniyatlari

EP orqali faqat matnlarni emas, balki rasm, grafika, video, tovushlardan tashkil topgan ma’lumotlarni ham jo’natish va qabul qilish imkoniyati paydo bo’ldi.

EP orqali olingan fayllarni turli tashuvchilarga yozib olish, vinchester disklarida saqyaash va u bilan boshqa fayllar ustida bajariladigan amallarni: tahrir qilish, nusxa olish va boshqalarni bemalol amalga oshirish mumkin. Agar ingliz tilida yozilgan adabiyot va jurnallarni o’qimoqchi bo’lsangiz va ingliz tilini bilmasangiz, sizga yordamchi tarjimon dasturlardan foydalanishni maslahat beramiz. Buninguchun, avvalo, bu faylni kompyuterning qattiq diskiga yoki disketga ko’chirib olish va so’ng Styles, Socrat, Promt98 yoki boshqa biror tarjimon dasturlar yordamida rus tiliga (hozircha) tarjima qilishingiz mumkin.

EPning ajoyib xususiyatlaridan biri – u masofa tanlamaydi va uzoq, yaqin masofalar ham har doim yaqin masofadek tuyulaveradi.



EP universal aloqa vositasi. EPning bir xil bo’yruqlari orqali matn, har xil formatdagi hujjatlarni, faks, telekslarni, umuman, ixtiyoriy fayllarni jo’natish va qabul qilib olish mumkinligi uning universal aloqa vositasi ekanligini bildiradi.

EP ni yetkazish tezligi. EP jo’natilgaiidan so’ng bir zumda (1–5 minut ichida yoki bir soat, ba’zan undan ham ko’proq vaqg orasida) manzilga tez yetib boradi. Uning manzilga yetib borishi uchun ba’zan ko’plab aloqa bo’limini o’tib borishiga to’g’ri keldi. Misol uchun siz xatni Nyu-Yorkka jo’natsangiz, u bir qancha aloqa bo’limlaridan Toshkent, Angliya, Germaniya yoki boshqa mamlakatlar orqali yetib borishi mumkin. U shlyuz deb ataluvchi kompyuterlardan ham o’tishi mumkin. Uni qanday yo’llardan o’tib kelganligi xatning bosh qismida o’z aksini topgan bo’ladi.

Qog’ozsiz ishlashga o’tish. Turli idoralarga kuniga kelib tushadigan xatlar ro’yxati va unga javob berish uchun judu ko’p qog’oz talab qilinadi. Bu esa mos ravishda qog’oz uchun xarajatni talab qiladi. Elektron pochtadan foydalanganda esa ma’lumotlarni qog’ozga chop etish shart emas, ularni elektron ko’rinishda saqlash mumkin. Bunda ham qog’oz uchun xarajatlar iqtisod qilinsa, ham elektron ko’rinishda saqlanayotgan xatlarni izlash ancha oson bo’ladi.
3. Elektron pochta dasturlari va elektron pochta manzillari

Hozirda EP dan foydalanishni yanada qulay holga keltirish uchun ko’p dasturlar yaratildi. Bular MS Exchange, MS Mail, MS Outlook Express, Internet Mail, Visual Mail va boshqa dasturlardir. Ularning soni tez ko’payib borayotganini hamda undan foydalanish qulaylashib borayotganini sezish qiyin emas.

EP abonentga yetib borish uchun u xalqaro andazalar talabi asosida va EPning andaza adresi shaklida jo’natilishi lozim. Har bir foydalanuvchiga manzil u biriktirilgan provayderlar tomonidan belgilanadi. Xususan, quyidagi EP manzilini ko’rish mumkin: yusupovsh@law.silk.org

shyusupov@tatu.silk.org

Bunda yusupovsh” abonentning nomi bo’lib, u Shuxrat Yusupovningn bosh harflaridan olingan, @ (kuchukch) belgisi esa abonent nomini domendan (aloqa koordinatalaridan) ajratish uchun xizmat qiladi.

@ belgidan o’ng tomonda joylashganlar simvollar to’plami domen deb ataladi va u abonentning qayerda joylashganini aniqlaydi. Yuqoridash adreslarda law.silk.org va tatu.silk.org simvollar ketma–ketligi domenlarni bildiradi. Bunda law.silk.org quyidagilarni anglatadi: lawtashkilot nomi (yuridik instituti), silk –kompyuter tarmog’i nomi, org (organization – tashkilot so’zidan olingan) esa tashkilotlilik belgisidir, u xududi shuningdek, ikkinchi adresda ham tatu tashkilot nomi (ToshDU), silk.org esa oldingi adresga o’xshatib tarmoq va tashkilotni bildiradi. Domenning tashkil etuvchilari (law, silk va org jumlalari) bir-biridan nuqta bilan ajratiladi(law.silk.org kabi).

Domenning eng o’ngida joylashgan .org qisqartma domenning yuqori bosqichi deb ataladi. Uning o’rnida mamlakat kodi turishi mumkin.

Masalan, .uz (O’zbekiston), .ru (Rossiya), .uk (Buyuk Britaniya). Bu holda domen geografik prinsip asosida tashkil qilinganini bildiradi. Bu kodlar xalqaro andazalar (ISO) tomonidan aniqdanadi.

Yuqorida keltirilgan adreslash Internet kompyuter tarmog’ida keng tarqalgan adreslarni tashkil qilish sistemasi DNS (Domain Name System) — domenlarning nomlash sistemasida qabul qilingan.



Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish