Ekzogen jarayonlar shamolning geologik ishi


-rasm. Avstraliya Pinakli sahrosida shamol ta’sirida



Download 1,54 Mb.
bet2/8
Sana09.06.2022
Hajmi1,54 Mb.
#647209
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ekzogen jarayonlar shamolning geologik ishi

5-rasm. Avstraliya Pinakli sahrosida shamol ta’sirida
hosil bo‘lgan g‘aroyib shakllar.
Ohaktoshlardan tarkib topgan minorachalarning bo‘yi 4 metrgacha boradi va turli shakllarni: kolonnalar, odamlarning silueti, baliq, barmoq va boshqalarni eslatadi.Minorachalarning shakllanishi shamol va suvning birgalikda bajargan geologik ishi bilan bog‘liq.
Shamolning geologik ishi
Shamolning geologik ishiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1 - deflyasiya (lat. «deflyasio» - puflash, sochish); 2 - korraziya (lat. «korrazio» - egovlash, silliqlash, tarashlash, sindirish); 3 - transportirovka - 4 - akkumulyasiya (lat. «akkumulyasio» - to‘plash). Shamolning yuqorida ko‘rsatib o‘tgan barcha ishlari bir - biri bilan bog‘liq bo‘lib, bitta murakkab jarayon hisoblanadi. Shamol bilan bog‘liq bo‘lgan hamma jarayonlar, relef shakllari, yotqiziqlari eol nomi bilan yuritiladi (eol qadimgi yunon afsonasida - shamol xudosidir).Shamol barcha o‘nqir - cho‘nqirlarga, qoya toshlarning orasiga kirib borib, undagi mayda zarrachalarni uchirib ketadi. Bu hodisa deflyasiya deyiladi.
Deflyasiya natijasida qatlamli mo‘rt, bo‘shoq jinslarda g‘aroyib shakllar vujudga kelishi mumkin «Eol qozoni» degan chuqurliklar hosil qiladi. Deflyasiya natijasida ba’zan hosildor tuproqlarni ham shamol uchirib ketib, boshqa joylarda to‘playdi. O‘rta Osiyodagi O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarining janubiy qismiga janubdan esuvchi «afg‘on shamoli» millionlab tonna chang to‘zonini uchirib olib keladi, Afg‘on shamoli esganda, Quyosh yuzini ko‘rib bo‘lmaydigan darajada Atmosferani chang qoplab oladi. Kunduz kunlari qorong‘ilashib, yaqin masofadagilarni tanimay qolasiz. Ayniqsa, Sahroi Qabirda chang - to‘zonli bo‘ron - samum esganda butun tirik mavjudotlar dahshatga tushadi. Ehtimol, ana shu samum tufayli va Quyosh nuridan o‘zlarini muhofaza qilish uchun ham odamlarga oq kiyimlarga o‘ranib olish odat tusiga aylangandir.
Korraziya (lotincha corrasio - tarashlash) ochilib qolgan tog‘ jinslari va minerallarga mexanik ishlov berish, silliqlash, tarashlash bo‘lib, bu uchib kelayotgan qum donalari yordamida yuz beradi. Qum donalari shamol yordamida uchirilib, turli balandlikka ko‘tariladi. Pastroqda uchayotgan qum donalari yirikroq va ko‘proq bo‘lib, asosan qoya toshlarni «bombardimon» qilib, “burg‘ilash” ishlarini bajaradi.
Shamol uchirgan milli-onlab qum donalari tog‘ jinslarining yuzasiga urilib, uni asta-sekin tarashlaydi, silliqlaydi, burg‘ilab turli chuqurchalar hosil qiladi va nuratadi (115-rasm). Shamol birinchi navbatda yumshoq jinslarni emiradi. Shamolning bunday emiruvchi ishi uchirib ketish va tarqatish bilan birga sodir bo‘ladi.



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish