Электроника ва автоматика факультетининг «Радиотехника ва касб таълими» кафедрасида 5522000 – Радиотехника ва 5140900 – Касб таълими ихтисосида таълим олувчи талабалар учун «аналог электрон šурилмалар схемотехникаси»


Muvofiqlik sertifikatini va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish



Download 2,16 Mb.
bet153/191
Sana11.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#352313
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   191
Bog'liq
metralogiya

Muvofiqlik sertifikatini va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish.

Sо‘rovchilarga muvofiqlik sertifikatini va sertifikat-lashtirilgan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini berishni SI, ular bо‘lmasa, SMI amalga oshiradi.

SI sinov bayonnoma (lari) ni kо‘rib chiqib, ishlab chiqarish holatini baholab va ijobiy qaror qabul qilingandan sо‘ng muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, O`zRH 51-021 “О‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi. Davlat reyestrini olib borish qoidalari” da belgilangan О‘z SMT ning Davlat reyestrida rо‘yxatdan о‘tkazadi va sо‘rovchiga topshiradi. Sertifikat faqat rо‘yxat raqami bо‘lgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.

Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati,

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar tо‘g‘risida” Qaroriga asosan ishlarning murakkabligi darajasiga, kо‘p mehnat talab qilishi va о‘ziga xosligiga qarab, barcha hujjatlar berilgan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan 1 oygacha muddatda belgilangan.

Sertifikat berish bо‘yicha hamma ishlarga, shu jumladan buyurtmalarni kо‘rib chiqish, ishlab chiqarishni tekshirish, sinash va tekshiruvchan nazorat, hujjatlarni rо‘yhatdan о‘tkazish va zarur hujjatlarni tarjima qilish va boshqalar О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida dekloratsiyalangan tariflar bо‘yicha amalga oshiriladi.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, mahsulotning о‘ziga xos hususiyatlarini va sertifikatlashtirish sinovlarini о‘tkazish sharoitlarini, hamda mahsulotning MH ni amal qilish muddatini va sifat tizimi yoki ishlab chiqarish sertifikatlashtirilgan muddatini inobatga olgan holda, lekin uch yildan ortiq bо‘lmagan muddatga SI belgilaydi.

Ishlash (yaroqlilik) muddati kо‘rsatilgan mahsulot tо‘pi yoki yakka mahsulot sertifikatining amal qilishi mahsulotning ishlash (yaroqlilik) muddatidan oshmasligi lozim.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 3 oy oldin, sо‘rovchi mazkur hujjatda kо‘rsatilgan tartibda mahsulotni qaytadan sertifikatlash maqsadida SI ga ariza beradi.

Chet el muvofiqlik sertifikatlarini tan olish.

О‘z SMT ga kiruvchi SMI va SI lari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bо‘lgan mahsulotlar sertifika-tini sо‘zsiz tan olish huquqiga egadirlar.

Respublikada foydalaniladigan yurtimiz va chetdan keltirilgan mahsulotlariga boshqa davlatlarning (Xalqaro tizimlari) tomonidan berilgan sertifikatlarni tan olish tо‘g‘risidagi qarorni, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi, bunday idora bо‘lmaganda SMI qabul qiladi.

Xalqaro tizim va kelishuv doiralarida sertifikatlarni tan olish, ana shu tizim va kelishuvlarda о‘rnatilgan qoidaga muvofiq о‘tkaziladi.

Sertifikatni tan olinishi uchun sо‘rovchi buyurtmani SI ga yuboradi.

Buyurtmaga sertifikatni tasdiqlangan nushasi va sertifikatlashtirish xalqaro tizimi yoki kelishuvlarning qoidalari bilan belgilangan boshqa hujjatlar va materiallar ilova qilinishi lozim.

Zarur hollarda sо‘rovchi О‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan MH ning qо‘shimcha talablariga muvofiqligi sinovlari bayonnomasiniig nusxasini taqdim etadi.

Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil asosida SI, sertifikatni tan olish (tan olmaslik) tо‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Tan olish jarayonini amalga oshirishda SI mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqliligini tasdiqlash uchun takroriy sinovlarni tо‘liq hajmda ayrim tavsiflari bо‘yicha о‘tkazishni talab qilishi mumkin.

Tan olish jarayoni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi bо‘yicha belgilanadi.

Tan olingan taqdirda, О‘z SMT da belgilangan namunaga muvofiq, mahsulotga muvofiqlik sertifikati beriladi va О‘zSMT Davlat reyestriga kiritiladi.

Chet el sertifikatlarini tan olish bо‘yicha ishlariga haq tо‘lash sо‘rovchi tomonidan bajariladi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 avgust 1994 yil 409sonli “Majburiy sertifikatlash-tirish kerak bо‘lgan tovarlar (mahsulotlarni) О‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqib ketish tо‘g‘risida” gi qaroriga asosan “О‘zstandart” agentligi va О‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qо‘mitasi bilan hamkorlikda yо‘riqnoma ishlab chiqilib, 26 fevral 2000 yil Adliya Vazirligida rо‘yxatdan о‘tgan.

Ushbu yо‘riqnomaga asosan muvofiqlik sertifikat-lari bir nomdagi yoki bir xil mahsulot guruhlariga berilib, uning joriy qilinishi hamma mahsulot tо‘piga tadbiq etilib, О‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan о‘tgan muvofiqlik sertifikatida kо‘rsatilgan haqiqiy miqdoriga beriladi.

О‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bojxona nazorati ostida, qonun asosida amalga oshiriladi.

Tashqariga olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalasi hal qilinguncha, ular joylarida, mahsulotni egalari ixtiyorida va transportda saqlanishi mumkin.

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish “Uzstandart” agentligi о‘rnatgan muddatda amalga oshiriladi.



Oziq- ovqat va qishloq hо‘jalik mahsulotlari

1 kundan 5 kungacha




Yengil sanoat mahsulotlari

5-10 kungacha

Xom ashyo tarmoq mahsulotlari (yog‘ochni qayta ishlashdan boshqa)

10 kungacha

Elektrotexnika va texnika mahsulotlari

5-15 kungacha

Mashinasozlik mahsulotlari

10 kungacha

Yog‘ni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar

15 kungacha

О‘lchash vositalari

5-30 kungacha






Mahsulot sifat va havfsizlik talablariga muvofiq bо‘lmagan holda, sertifikatlashtirish idorasi nomuvofiq-ligi haqida rasmiy ravishda xulosa beradi.

Muvofiqlik sertifikatida kо‘rsatilgan ma’lumot-larning haqqoniyligi tо‘g‘risida javobgarlik, muddatlarni о‘zaytirish va sertifikatlashtirish qoidalarini buzilishiga sertifikatlashtirish idorasi javobgardir.

Respublikaga olib kelinayotgan maxsulot bojxona nazorati ostida sertifikatlashtirish uchun bojxona idorasi, sertifikatlashtirish idorasi vakillari bilan mahsulot egasining yoki uning vakili ishtirokida namuna olinadi. Shunga asosan sertifikatlashtirish idorasining vakili tomonidan “О‘ztandart” agentliti tasdiqlagan shaklda namuna olinganligi haqida 3 nusxada dalolatnoma tuzadi, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga taqdim etiladi.

Mustaqil hamdustlik davlatlarining (keyinchalik MDH) о‘zaro kelishuviga muvofiq, MDH davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarga beriladigan muvofiqlik sertifikati A4 formatda rus tilida tо‘lg‘aziladi.




Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish