Elementlarning zamonaviy davriy jadvali, elementlarning davriy xususiyatlari



Download 238,09 Kb.
bet9/11
Sana11.04.2022
Hajmi238,09 Kb.
#544123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-dars

Qoʻshimcha guruh - elementlari uchun valent elektronlarning elektron konfiguratsiyalarini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: (n-1)d ns .
Fosfor atomining asosiy va qoʻzgʻalgan holatda valentlik namoyon qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqamiz:

Qoʻzgʻalmagan holatda fosforning p-pogʻonachasida uchta toq elektroni boʻladi.Qoʻzgʻalgan holatda esa s-pogʻonachadagi elektron juftlarning bittasi boʻsh d-pogʻonachaga oʻtadi. Bunda fosfor atomining valentligi uchdan (asosiy holatda) beshga (qoʻzgʻalgan holatda) oʻzgaradi. Azot va fosfor V guruh (bitta guruhda joylashsa ham) elementlari boʻlsa ham, ularning valentlik namoyon qilish imkoniyatlari turlicha. Bundan tashqari azot atomi NH tarkibli barqaror ion hosil qiladi, ammo fosfor osongina bunday ion hosil qilmaydi. Fosforning 3s – orbitalidagi elektronlarining bittasi 3d-orbitalga oʻtishi hisobiga 5 ta toq elektronga ega boʻladi va V valentlikni namoyon qiladi. Azot atomida esa 2d – orbital mavjud boʻlmaganligi uchun fosfordagi kabi oʻtishlar azot atomida kuzatilmaydi:

Quyidagi rasmda oltingugurt atomlarining elektron tuzilishining energetik holati sxemasi va uning II, IV va VI valentlik namoyon qilishi imkoniyati koʻrsatilgan:

Xulosa qilib aytganda kimyoviy element atomlarining valentlik namoyon qilish imkoniyati: 1) toq elektronlar soni; 2) boʻsh orbitallarning mavjudligi; 3) umumlashmagan elektron juftlarning borligi bilan aniqlanadi.
2.6. Kvant sonlari
Elektronlarning harakatini tavsiflash uchun 4 ta kvant sonlaridan foydalaniladi.
I.Bosh kvant soni -n. Elektronning energiyasini, elektron bulutning oʻlchamini va elektron pogʻonalar sonini aniqlaydi. Bosh kvant soni 1,2,3,4,5,6,7...n., gacha qiymatlarini qabul qiladi va K,L,M,N,O,P,Q kabi harflar bilan belgilanadi:

Bosh kvant soni qiymati qanchalik katta boʻlsa, elektronning xususiy energiyasi va elektron bulut oʻlchami shuncha katta va elektronning yadro bilan bogʻlanish (tortishish) energiyasi shuncha kichik boʻladi.
Atomdagi elektron qobiqlar soni ularning davr raqamiga teng.
Elektron pogʻonadagi (qobiqdagi) elektronlarning maksimal soni N=2n2 formula bilan hisoblanadi. Bu yerda n – elektron qobiqning tartib raqami. Masalan, birinchi (n=1) elektron qobiqdagi elektronlar soni N=2∙12=2 ta, ikkinchi (n=2) elektron qobiq (pogʻona)dagi elektronlar soni N=2∙22=8 ta, uchinchi (n=3) elektron qobiqdagi elektronlar soni N=2∙32=18 ta va h.z. boʻladi.
Bosh kvant soni (n) ning qiymati ortgan sari elektronning xususiy energiyasi ham ortib boradi.
Normal holatda (qoʻzgʻalmagan, asosiy holat) turgan elektronga tashqaridan qoʻshimcha energiya berib, bosh kvant soni kattaroq boʻlgan pogʻonalarga (qoʻzgʻalgan holatga ) oʻtkazish mumkin. Bunda elektronning xususiy energiyasi ortadi, yadro bilan bogʻlanish energiyasi esa kamayadi.
Energiya miqdori juda katta boʻlsa elektron atomdan chiqib ketadi va ion holatga oʻtadi. Qoʻzgʻalgan holatga oʻtgan elektron oʻzining avvalgi holatiga oʻtishi uchun qancha energiya yutgan boʻlsa yana shuncha energiya chiqarishi kerak.
Elektron bulutlar bir-biridan nafaqat oʻlchami bilan balki shakli bilan ham farq qiladi. Elektron bulutning shaklini orbital (azimutal) kvant soni xarakterlaydi. Elektron bulutlarning turli xil shakllarda boʻlishi bitta energetik pogʻonaning ichida elektronlar energiyalarining oʻzgarishi bilan tushuntiriladi.
Bitta energetik pogʻonada joylashgan orbitallarning energiyalari har xil, shuning uchun ularning shakllari ham har xil boʻladi:

Download 238,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish