Embrion varaqlarining differensiatsiyasi Qushlarning embrional taraqqiyoti



Download 32,93 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2022
Hajmi32,93 Kb.
#507196
  1   2   3
Bog'liq
Embrionologiya


Mavzu: Embrionologiya faning mohiyati, otalanish. Embrion varaqalarining hozil bo`lishi, orgonogenez haqida ta`limot.
Reja:

  1. Embrion varaqlarining differensiatsiyasi
    2. Qushlarning embrional taraqqiyoti .
    3. Sut emizuvchilarning embrional taraqqiyoti.
    4. Bachadonda o`tadigan taraqqiyot .



Embrion varaqlarining differensiatsiyasi

Embrion taraqqiyoti paytida embrion varaqlari va to`qimalar hamda organlar hosil bo`lishi divergent tabaqalanish (differensiatsiya) yo`li bilan boradi, Bunday tabaqalanishning bir necha bosqichlarini tafovut qilish mumkin: ootipik differensiatsiya, blastomerlarning differensiatsiyasi, embrion varaqlarining va to`qimalarining differensiatsiyasi.


Ootipik differensiatsiyani tuxum hujayra yoki zigota sitoplazmasida bo`lg`usi kurtaklarning prezumptiv (presumptio-ehtimol) qismlar shaklida kuzatish mumkin. Masalan, zigota animal qutbi kelajakda ektodermaga, vegetativ qutb materiali endodermaga aylanadi.
Blastomerlarning differensiatsiyasi bo`lajak to`qima kurtaklari zigotadan shu to`qima rivojlanishini ta`minlaydigan blastomerlar hosil bo`lishi bilan belgilanadi. Ko`pincha maydalanishning ilk davrlaridayoq bir-biridan farq qiladigan blastomerlar hosil bo`ladi. Blastula bosqichida blastula tubi, qopqoqchasi va qirg`oq zonasi blastomerlari bir-biridan farq qiladi.
Embrion varaqlarining differensiatsiyasida birlamchi embrion varaqlari alohida tuzilishga ega bo`lgan chegaralangan qismlar hosil qilib, ulardan turli organlar va to`qimalar tabaqalanadi. Bunga biz birlamchi endodermadan xorda va mezoderma ajralib chiqishini (lansetnikda) misol qilib keltirishimiz mumkin. Embrion varaqlarining differensiatsiyasi turli hayvonlarda o`ziga xos tomonlarga ega bo`lishiga qaramasdan, o`zaro o`xshashliklari ham bor. Xordalilarda ektodermadan nerv to`qimasi, terini qoplovchi epidermis va uning hosilalari taraqqiy qiladi.
Endodermadan ovqat hazm qilish nayi, nafas yo`li va siydik pufagi shilliq pardasini qoplovchi epiteliy, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi bezlar rivojlanadi. Embrionning o`rta qavati - mezoderma ko`pdan-ko`p to`qimalar hosil bo`lishida ishtirok qiladi. Uning differensiatsiyasini amfibiyalar misolida qarab chiqamiz.
Mezoderma kurtagi visseral (ichki) va parietal (tashqi) varaqlarga ega, xaltasimon tuzilishda bo`lib, xorda va birlamchi ichak nayining yon tomonlarida teri ektodermasi ostida joylashadi. U asta-sekinlik bilan orqa (elka) segmentlari - somitlarga bo`linadi. Segmentlanish mezodermaning dorsal qismini o`z ichiga olib, ventral qismi segmentlarga bo`linmay qoladi. Somitlar mezodermaning segmentlanmagan ventral qismidan ajralib miotomlarga aylanadi. Ventral qism splanxnotom nomini oladi. Ma`lum vaqtgacha miotomlar segment oyoqchalari vositasida splanxnotomlar bilan bog`langan bo`ladi. Miotomlarning medial qismi skelet muskulaturasiga aylanadi, ventro-medial qismi - sklerotom (skelet varag`i), xorda tomonga qarab siljib, mezenximal to`qimani hosil qiladi. Miotomning lateral plastinkasi yoki dermotom to`lig`icha mezenximaga aylanib, terining biriktiruvchi to`qima qismi - dermani hosil qiladi. Splanxnotom qorin pardasi, plevra, perikard kabi zardob pardalarning hosil bo`lishida ishtirok qiladi.
Sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarning embrion varaqlari embriondan tashqaridagi qismlarga ham ega. Bu qismlar embrion pardalari hosil bo`lishini ta`minlaydi. Bu hayvonlarni amniotlar (o`z taraqqiyoti davrida embrion paradalari, jumladan, amnion hosil qiluvchilar) deb ataydilar.
Differensiatsiyaning to`rtinchi bosqichida to`qima kurtaklari to`qimalarga aylanadi. Muayyan kurtakni hosil qiluvchi hujayralar tegishli to`qima hujayralari va hujayramas tuzilmalarni hosil qilib, ularning biokimyoviy va fiziologik xossalarini ta`minlaydi.
Embrion taraqqiyotning ilk bosqichlaridayoq uning turli qismlari o`rtasida morfologik va biokimyoviy farqlar vujudga kelib, keyinroq bu farqlar yanada yaqqolroq ko`zga tashlanadi va sifat o`zgarishlariga olib keladi. Taraqqiy qilayotgan embrion qismlarining o`zaro ta`siri zigotaning maydalanishidayoq paydo bo`ladi. Endigina hosil bo`lgan ikki blastomer bir-biridan ajratilsa, har biridan mustaqil organizm hosil bo`ladi (bir tuxumdan rivojlanuvchi egizaklar). Embriolog V.Ru (1888) tajribalarida isbotlanganidek, blastomerlardan biri o`ldirilib, ikkinchisi, shikastlanmagani bilan aloqasi buzilmasa, unda qolgan blastomer tananing yarmini hosil qiladi. Bu hodisa blastomerlarning o`zaro ta`siriga yaqqol misol bo`la oladi
Taraqqiyot ilgarilab borgan sari embrion qismlarinig o`zaro ta`siri kuchliroq namoyon bo`la boradi. Bu ta`sirni embriologlar induktiv ta`sir (induksiya) deb ataydilar. Biz yuqorida zigota, blastula va embrion varaqlarida prezumptiv qismlar holida differensiatsiya mavjudligini ko`rgandik. Prezumptiv qismlarning tegishli organlar, to`qimalarga aylanishi embrional taraqqiyot uchun zarur me`yorli shart-sharoitlar mavjud bo`lganda va embrion turli qismlarining o`zaro induktiv ta`siri ostida yuz beradi. Masalan birlamchi endoderma tarkibidagi xorda kurtagi ektodermaning uning ustida joylashgan qismiga ta`siri natijasida bu qism nerv plastinkasi, keyinchalik nerv nayiga aylanadi. O`z navbatida nerv plastinkasi xorda kurtagining xordaga aylanishiga sabab bo`ladi. Bo`lajak xorda-mezodermal materialni embrion tanasining boshqa biror joyiga ko`chirib o`tqazib, o`z taraqqiyoti uchun xarakaterli bo`lmagan joyda nerv nayi taraqqiy qilishini kuzatish mumkin.
Embrion taraqqiy qilayotgan muhit omillarining o`zgarishi, uning turli qismlariga har xil ta`sirlar ko`rsatilishi embrional taraqqiyotning me`yorli, genetik jihatdan asoslangan (determinatsiya qilingan), borishi buzilishiga sabab bo`lishi mumkin.


Download 32,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish