Endokrin tizimi patofiziologiyasi


Qalqonsimon bezning giperfunksiyasi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana03.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#526569
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Endokrin tizimi patofiziologiyasi

Qalqonsimon bezning giperfunksiyasi.
Qalqonsimon bez gormonlari 
ishlab chiqarishning ko‘payishi, tiroksin bilan bog‘lanuvchi globulinni bog‘lanish 
kuchining zaiflashishi, qalqonsimon bez gormonlari metabolizmining buzilishi
yoki to‘qimalarning gormon ta’siriga sezgirligi ortishi gipertireoz rivojlanishiga 
olib keladi. Uning eng keng tarqalgan ko‘rinishi - diffuz toksik bo‘qoqdir (Bazov 
kasalligi, Graves kasalligi). 
Diffuz toksik bo‘qoqning odatiy simptomokompleksiga qalqonsimon 
bezning kengayishi, ekzoftalm, asosiy almashinuvning kuchayishi, issiqlik ishlab 
chiqarishning ko‘payishi, taxikardiya va yurak disfunksiyasining boshqa belgilari 
("tirotoksik yurak"), barmoqlarning titrashi, aqliy qo‘zg‘aluvchanlik kiradi. 
Bu va boshqa ko‘plab patologik jarayonlar ortiqcha miqdorda ishlab 
chiqariladigan tiroksin va triiodotironinning toksik ta’siriga bog‘liq. Infeksiya, 
gipotermiya, shuningdek hayz sikli bilan bog‘liq bezning fiziologik funksional 
faoliyatiga ta’sirlarlar kasallikning rivojlanishiga yordam beradi. Gipertireoz 
erkaklarga qaraganda ayollarda ko‘proq uchraydi. Ruhiy travma odamlarda 
gipertireoz rivojlanishida qo‘zg‘atuvchi omil bo‘lishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda diffuz toksik bo‘qoqning etakchi patogenetik zvenosi bo‘lgan 
tirotropinni gipersekresiyasi nazariyasi qayta ko‘rib chiqilgan. Immun 
jarayonlarining buzilishi, birinchi navbatda, qonda follikulyar endokrinotsitlar 
membrasida tirotropin reseptorlarini stimullovchi antitanalarning paydo bo‘lishi 
juda muhimdir. Bazedov kasalligida autoantitanalar va limfotsitlarning 
miyokardiodistrofiya va ekzoftalmning patogenezidagi patogen roli ham 
isbotlangan. tireotsitlar, miyotsitlar, adipotsitlar va fibroblastlarning antigenlariga 


qarshi sitotoksik autoantitanalar va limfotsitlar xosil bo‘lishi tez tez uchrab turadi. 
Gipertireozning patogenezi nafaqat odamlarda, balki qalqonsimon gormonlar 
preparatlari kiritilgangan, yoki qalqonsimon bez to‘qimasi ovqatiga qo‘shib 
berilgan laboratoriya hayvonlarida ham o‘rganilgan. Tajriba o‘tkazilgan itlar, 
kalamushlar, sichqonlar, quyonlarda tana vaznining pasayishi, nafas soni va nafas 
olish harakatlarining ko‘payishi, asosiy almashinuv va tana haroratining ortishi, 
trofik kasalliklar, diareya va qayt qilish kuzatildi. Xayvonlar gipoksiyaga sezgir, 
refleks yoyi barcha bo‘g‘inlari qo‘zg‘aluvchan, harakatlanish faolligi ortgan 
xolatga o‘tadi. Tiroksin va triiodotironinning xaddan tashqari toksik ta’sirining 
etakchi mexanizmi oksidlanish jarayonlarining ko‘payishi va mitoxondriya 
membrana o‘tkazuvchanligining ortishi hisoblanadi. Mitoxondriyaning funksional 
integratsiyasini buzilishi oksidlovchi fosforillanishning birlashishiga olib keladi, 
natijada ATF va boshqa yuqori energiyali birikmalarning fosfat bog‘lanishlarida 
energiya to‘planishini ingibitsiya qilinadi. Oksidlanishning erkin energiyasi issiqlik 
shaklida ajralib chiqadi. Gipertireozdagi manfiy azot balansi oqsil parchalanishini 
stimulyatsiyasini anglatadi. Giperglikemiya jigar va mushak to‘qimalarida 
glikogen parchalanishining kuchayishi tufayli yuzaga keladi. To‘qimalarda 
glyukozadan foydalanish tezlashadi, geksokinaza faolligi oshadi. 
Tiroid gormonlarining ko‘pligi uglevodlarning yog‘larga aylanishini 
ingibitsiya qiladi, xolesterin parchalanishini va uning to‘qimalarda ishlatilishini 
tezlashtiradi, 
jigarda 
yog‘larning 
oksidlanishini 
kuchayadi, 
shuningdek 
adrenalinning lipolitik ta’siriga yog to‘qimalarining sezgirligini oshiradi. Bularning 
barchasi tananing energiya sarfini ko‘payishiga olib keladi. Ushbu o‘zgarishlarning 
natijasi 
depodan 
yog‘ning 
ajralishi 
bo‘lib, 
gipoxolesterinemiya 
va 
giperketonemiya, tirotoksikoz bilan og‘rigan bemorlarda tana vaznining 
pasayishini tushuntiradi. 
Qalqonsimon bez gormonlari va autoantitanalar yurak mushaklaridagi 
metabolizmni buzadi. Miyokardda distrofik o‘zgarishlar, atrioventrikulyar 
o‘tkazuvchanlikning buzilishi, chap qorinchaga yuklamani ortishi kuzatiladi. 
Yurak miozitlari membranalarining lipid peroksidatsiyasi oshadi, yurak faoliyatini 
energiya va plastik ta’minlash buziladi. "Tirotoksik yurak" xolinergik va adrenerjik 
ta’sirga etarli darajada javob bermaydi. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish